Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
948 subscribers
1.77K photos
1.56K videos
1 file
1.28K links
❤️ LIFE COACH
Ayollarga o'zini anglash, ichki ishonchni tiklash va maqsadlari sari dadil qadam tashlashda yordam beraman.

O'zini qadrlash va sevish
Ichki to'siqlarni yengish
Maqsadni aniq belgilash va unga erishish
Baxtli va ongli hayot sari olğa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng ko‘p uchraydigan sabablari:

• Tanqid va solishtirish

Erkakning miyasi “ayoli oldida erkakligini” his qilmasa…
Tanqid tez-tez takrorlansa u o‘zini ayol yonida “zaif” his qiladi va uzoqlasha boshlaydi.

•Ayolning salbiy energiyasi ko‘payib ketganda

Erkak ayolning to’lqinlaridan kuchli ta’sirlanadi.

Shikoyat, hafsalasizlik, turli xil gumonlar erkakni charchatadi.
Charchagan joyda sovish boshlanadi.

• Hurmat yetishmasa(erkak dep tan olinmasa)

Erkak muhabbat bilan yashaydi, lekin hurmat bilan nafas oladi.

Ayol uning qarorlarini, so‘zini yoki mas’uliyatini mensimasa erkakning ichki olami ayoliga nisbattan yopilishni boshlaydi.

•Ayol o‘zini erkagi oldida juda past baholasa

Ayol o‘ziga ishonmasligi erkakni sovitadi.

Chunki erkak tabiatan “o‘zidan rozi bo‘lgan ayolga talpinadi”

•Ayol erkakni haddan ortiq nazorat qilsa

Qayerdasiz?
Nega javob bermayapsiz?
Kimlar bilan yuribsiz?
U yerga bormaysiz, kabi nazorat ostiga olingan so’zlar…

Erkak ruhiyatida
“erkinligim cheklanmoqda”
degan bosimni his qilishiga majbur bo’ladi sovish tezlashadi.

•Ayol faqat olishni bilib, berishni unutganda

Faqat e’tibor kutish, talab qilish, norozilik qilish…
lekin ayolning o‘zi munosabatga energiya qo‘shmasa erkak uzoqlashadi.

•Erkak o‘zini keraksiz sezganda

Ayol mustaqil bo‘lishi yaxshi.
Ammo erkak o‘zining “rolini” sezmasa himoyasi, kerakligi, mavjudligi qadrlanmasa ichki bog‘lanish yo‘qoladi.


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
1
✍🏻 Психологик мувозанат учун 7 оддий қадам
1. Энергиянгизни сақланг. Ҳамма нарсага қувват сарфламанг — фақат сиз учун муҳим бўлган ишларга.
2. Ҳаммани қутқаришни тўхтатинг. Ҳаммага ёрдам бериб бўлмайди. Биринчи ўринда — ўзингиз.
3. Заҳарли одамлардан узоқ юринг. Ёлғиз қолишдан қўрқиб, муносабатларга кирманг.
4. Ўзингиздан ортда қолган одамларни ушлаб турманг. Уларнинг энергияси сизга тўсиқ бўлади.
5. Нега ҳаммага ёқишга ҳаракат қилаётганингизни ўйлаб кўринг. Бу одатнинг ортида нима ётганини тушунинг.
6. Қувватингиз йўқ пайтда ўзингизни мажбурламанг. Танангизни эшитинг, тингланг ва кучингизни асранг.
7. Одамларни ўзгартиришга уринишни қўйинг. Ҳар кимнинг ўз йўли, ўз тафаккури бор. Сиз фақат ўзингиз ўзгаришингиз мумкин.


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
2
Эркак машуқасини эмас — уни ёнидаги ўзининг ички ҳолатни яхши кўради

Эркак психологиясида асосий қонун шундай: Унинг диққати аёлга эмас, ўзида пайдо бўладиган ҳиссиётга қаратилган бўлади.
У унда ўзини кучли, қизиқарли ва қадрли ҳис қилади — ва шу ҳолатини яхши кўради.

1. Хотини — барқарорлик ва хавфсизлик манбаи.
Хотини билан эркак ўзини тинч ва ҳимояланган ҳолда ҳис қилади.
Уй — таниш муҳит.
У ерда ўзгармайдиган қоидалар, барқарор ҳаёт ва эмоционал хавфсизлик бор.

2. Машуқаси эса — ҳаяжон ва янги ҳиссиёт манбаи.
Машуқаси билан у ўзини янги, қизиқарли ва етарли деб ҳис қилади.
У ерда флирт, эътибор, мақтов ва романтика кўпроқ.
Яъни, дофамин юқори бўлади.

3. Шунинг учун эркак ҳеч қачон биттасини танламайди
Чунки ҳар икки аёл унга икки хил ички ҳолат беради.
Эркак бу икки ҳиссиётдан ҳам воз кечгиси келмайди.

4. Хотинидан кетиш нима учун қийин?
Чунки у ерда:
• оила,
• болалар,
• жамиятнинг фикри,
• жавобгарлик,
• молиявий хавф бор.
Бу омиллар эркакда қўрқув уйғотади.

6. Машуқаси билан кетишдан нима учун қўрқади?
Чунки у ерда кафолат йўқ, муносабат қанча давом этади, келажак қандай бўлади — ҳеч ким билмайди.
Эркак “ҳаммасини ташлаб, номаълум ҳаётга киришдан” қўрқади

7. Эркак учун:
• Хотини — тинчлик ва барқарорлик.
• Машуқаси — ҳаяжон ва эътибор.
Шунинг учун у иккаласини ҳам йўқотишдан қўрқади ва танловдан қочиб, вазиятни чўзаверади.

8. Учбурчакни одатда эркак эмас, аёл тугатади. Кўп ҳолларда вазиятга хотини ёки машуқаси чек қўяди: “Мен бу ҳолатга чидолмайман” деб.
Шу билан бу учбурчак тугайди.
Бундай муносабатнинг қанча давом этиши эса аёлларнинг сабрига боғлиқ. Қачон сабр косаси тўлса, бу учбурчак муносабат ҳам парчаланади.


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xayrli_tong

Assalomu aleykum sevimli oilam yangi kun muborak bo’lsin kuningiz yoqimli va mazmunli bo’lsin!


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
1
Орзуларингизни амалга ошириш учун чек-лист:

Орзулангизни реалликка айлантиришни истайсизми? Ўзингизни қуйидаги рўйхат орқали текшириб кўринг:

1. Орзунгиз аниқ шакллантирилган
— Сиз аниқ нима истаяпсиз? Ноаниқ ва умумий ибораларсиз ифода қилинганми?

2. Орзуингиз чин дилдан, ўзингизники
— Сиз ростдан ҳам буни истаяпсизми ёки бошқаларнинг умидларини қондиришга ҳаракат қиляпсизми?

3. Аник мотивацияга эгасиз
— Нима учун бу орзуга интилаяпсиз? Орзу амалга ошганда қандай ҳис-туйғуларни ҳис қилишни хоҳлайсиз?

4. Муддат белгиланган
— Қачонга қадар бу орзуни амалга оширишни ният қилгансиз?

5. Орзу майда қадамларга бўлинган
— Бугун орзуингизга яқинлашиш учун қандай амалий қадам ташлашингиз мумкин?

6. Доимий равишда ҳаракат қилаяпсиз
— Ҳар куни, ҳатто кичик қадамлар орқали ҳам мақсад сари илгарилаяпсизми?

7. Натижага ишонасиз
— Сиз орзуингизга эришишингиз мумкинлигига чин дилдан ишонасизми?

8. Турли йўллар орқали мақсадга етишишга очиқсиз
— Ҳаётнинг орзуингизга олиб борувчи турли йўлларига очиқмисиз?

9. Илгарилаш учун миннатдорлик билдиряпсиз
— Йўлингиздаги ҳар бир кичик ютуқ учун миннатдорлик қилаяпсизми?

10. Орзуларни қаттиқ назорат қилишдан воз кечгансиз
— Ҳаракат қилиб, лекин қўрқув ва шубҳалар орқали орзуингизни бўғмаяпсизми?


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ha, bu — og‘riq, larzaga tushish, shok.
Lekin aynan shu yerda kam uchraydigan ko‘nikma namoyon bo‘ladi:
bosim ostida ham juftlikning chin, chuqur va halol muloqot qila olishi.

Hamma bunga qodir emas.
Bunga qodir bo‘lganlar — bir-biriga yanada yaqinlashadi, kuchayadi, ochiqlashadi.
Qodir bo‘lmaganlar — bir zumda ajrashadi,
hatto oldin munosabatlar *“ideal”*dek ko‘ringan bo‘lsa ham.

Mana inqirozni birga yengib o‘tadigan juftliklarni boshqalardan ajratuvchi 5 asosiy omil:



1️⃣ Ular hissiyotlarini yashirmaydi

Har kim o‘zini qanday his qilsa, shunday gapiradi — filtrlarsiz.
Og‘riq, g‘azab, qo‘rquv — barchasi tashqariga chiqadi.
“Hamma narsa joyida” degan niqob ortiga yashirmaslik — ishonchni qayta tiklashning birinchi qadami.



2️⃣ Ular himoyalanish uchun emas, tushunish uchun tinglaydi

Inqiroz paytida ko‘pchilik faqat o‘zini eshitadi va o‘zini oqlashga tayyorlanadi.
Yetuk juftliklar esa sherigiga quloq tutadi — so‘zlarni emas, hissiyotlarni eshitadi.
Bu ularga aslida nima o’zgarib qolganini tushunishga yordam beradi.



3️⃣ Ular o‘z harakatlari uchun javobgarlikni oladi

Aybni to‘liq bittasiga yuklashmaydi.
Har biri munosabatlar buzilishiga o‘z hissasini tan oladi.
Bu juftlik ichida hurmat va kuchni oshiradi.



4️⃣ Ular chegaralar va kutgan narsalarni ochiq muhokama qiladi

Shokdan keyin ko‘pchilik “oldingidek” yashashda davom etadi.
lekin astalik bilan hammasini boshqattan boshlashga urinishadi.
Yetuk juftliklar ochiq gaplashib olishadi:
Niman qabul qilinadi, Nima mumkin emas, Nima ular uchun muhim—
va munosabatlarni qayta quradi.



5️⃣ Ular ishonchni qayta tiklashni kichik qadamlardan boshlaydi

Katta va baland va’dalardan emas,
kunlik kichik amallardan:
o‘z vaqtida kelish, halollik, his-tuyg‘ularga e’tibor.
Har bir kichik qadam — aloqani qayta bog‘laydi
va “birga bo‘lish xavfsiz” degan tuyg‘uni qaytaradi.

Hammaga mustahkam munosabatlar tilayman 🤍🤍🤍


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zida ayol hayotida bir lahza bo‘ladi — undan keyin u avvalgidek bo‘lolmaydi.

Bu sinish emas.
Bu — ichida uzoq yillar yashagan, o‘zini inkor qilib yashagan qismi o‘lgan lahza.
Va uning nomi — XIYONAT.

Xiyonat ayolni emas, uning illyuziyalarini buzadi:

— “yaxshiroq bo‘lsam, meni tanlashadi”
— “qulay bo‘lsam, ketishmaydi”
— “chidab tursam, u o‘zgaradi”

Endi u haqiqatni yuragi bilan emas, ko‘zi bilan ko‘ra boshlaydi.
Bu — yangi yo‘lning boshlanishi.

Ayolning o‘ziga nisbatan haqqoniyligi uyg‘onadi

Xiyonatdan keyin u rollarni o‘ynashni to‘xtatadi.
Birinchi bor shunday deydi:
“Charchadim. Endi o‘zim xohlagandek yashayman.”

U o‘z ovozini eshita boshlaydi — qo‘rquvning emas,
o‘zining ovozini.

Xiyonat ichki qaramlikni tugatadi

Endi “u holda yashay olmayman” → “hammasiga qodirman”
“qadrim unda” → “qadrim o‘zimda”
“yo‘qotishdan qo‘rqaman” → “men tanlayman”

Ayol energetik jihatdan ulg‘ayadi.
Bu sovuqlik emas — tayanch.

Ayol sovuq bo‘lib qolmaydi — u tanlashni o‘rganadi

Endi u chiroyli so‘zlarga ishonmaydi.
Yolg‘onni bir zumda sezadi.
Qaysi erkak ko‘tara oladi, qaysisi faqat iste’molchi — darrov biladi.
Endi u “qutqarish kerak bo‘lgan” erkaklarni emas,
unga bera oladigan erkakni tanlaydi.

Bu esa uning taqdirini o‘zgartiradi.
Xiyonat ayolda og‘riqning alkimyosini uyg‘otadi
Og‘riq — ichki chuqurlikka, sokin kuchga aylanadi.
Shu sababli bunday ayollar:
— chiroyliroq
— donoroq
— ayollik to‘la
— qimmatroq bo‘lib qoladi.
Chunki ular olovdan o‘tib oltin bo‘lib chiqadi.
Yashirin haqiqat
Xiyonat ayolni:
porlovchi olmosga aylantirishi
yoki
🧊 butunlay muzlatib qo‘yishi
mumkin.
His qilib o‘tkazgan — porlaydi.
Yopilgan — qattiqlashadi.
Energiya o‘zgaradi — taqdir o‘zgaradi
Xiyonatdan bukilmay o‘tgan ayol
kuchli va saxiy erkaklar uchun magnitga aylanadi.
Bu hiyla emas —
uning energiyasi endi butun, sokin va haqiqiy.
Yakun
Xiyonat ayoldan hech narsa olib qo‘ymaydi.
Faqat uning asliga qaytishga to‘sqinlik qilgan qismlarni olib tashlaydi.
Asliga qaytgan ayol esa
doim yaxshiroq taqdirga ega bo‘ladi.


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Assalomu aleykum sevimli kuzatuvchilarim
Bugun tabassum qilishingiz uchun yuzlab sabablar bo’lsin!
Xafa bo’lishga bittayam sabab topolmang!!!


https://t.me/Axmedova_Xurriyat