Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
999 subscribers
1.74K photos
1.55K videos
1 file
1.27K links
❤️ LIFE COACH
Ayollarga o'zini anglash, ichki ishonchni tiklash va maqsadlari sari dadil qadam tashlashda yordam beraman.

O'zini qadrlash va sevish
Ichki to'siqlarni yengish
Maqsadni aniq belgilash va unga erishish
Baxtli va ongli hayot sari olğa
Download Telegram
Kecha ko’rishga ulgurolmey qolgan qizlarimiz bor ekan…

Atiga 200 ming so’m evaziga 1 soatlik kansultatsiya olish imkoniyatini berganmiz…

Mayli sizlar uchun bugun xam 200.000 so’mlik chegirma davom etadi
Xozir yozing joyingizni bron qiling.

Murojaat uchun
👇👇👇👇👇👇
@nuradmin1124
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Qaynonangiz o‘g‘lini sizdan qizg‘anganini yoki oralaringizga tushganini sezganmisiz? 😂🙈

To‘g‘risini ayting, sizda ham shunaqa holatlar bo‘lganmi? Izohda bo‘lishing 👇
😁5🔥2💯1
Chegirmali kansultatsiyaga yana 3 ta joy bo’sh
Xoziroq murojaat qiling
👇👇👇👇👇👇
@nuradmin1124
🌸 Balki aynan siz bu postni bekorga o‘qimayotgandirsiz...

Hayotingizda bir xil muammolar qayta-qayta takrorlanayotganini sezganmisiz?

Goho pul yetmaydi...
Goho oilada tushunmovchilik...
Goho o‘zingizni qadrsiz his qilasiz...


💓Va ichingizda bitta savol:
"Nahotki shunday yashashga majbur bo‘lsam?"

Javob — yo‘q.✖️
Ba'zan hayotni o‘zgartirish uchun bitta to‘g‘ri qadam kifoya qiladi.
Shu sababli yaqin soatlarda ko‘plab ayollarga foyda bergan maxsus imkoniyatni e'lon qildik

🕊 Agar siz ham o‘zgarishga tayyor bo‘lsangiz, bizga murojaat qiling..
Konsultatsiya narxi 200 ming sóm.

❤️ Murojaat uchun
@nuradmin1124
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
➡️ XOTIRJAM QALB AFFIRMATSIYASI

Bugun barcha xavotirlarni qo‘yib yuboraman.
🌹 Men xotirjamman.
🤩 Qalbim tinchlik va muhabbat bilan to‘la.
Har bir voqea mening foydam uchun sodir bo‘lmoqda.
🤩 Men hayot oqimiga ishonaman.
🤩 Ichki xotirjamlikni tanlayman.
Nafasim bilan tinchlikni qabul qilaman, xavotirni esa qo‘yib yuboraman.
🤩Men o‘zimni xavfsiz, qadrlangan va himoyalangan his qilaman.
Bugun qalbingizni tinchlik bilan to‘ldiring.

🤍 Ushbu affirmatsiyalarni ertalab va uxlashdan oldin bir necha marta takrorlang.
Qalbingizdagi xotirjamlik hayotingizga ham nur olib kiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️"Hamma narsani o'zim qilaman" deydigan ayollar fojiasi...

Siz ham shundaymisiz?
"Erim qilmasa ham o'zim qilaman." "Yordam so'ramayman." "Hammasiga ulguraman."
Tashqaridan bu kuchli ayolga o'xshaydi...
Ammo ichkarida nima bo'layotganini bilasizmi?

💔Charchoq yig'iladi.
❤️‍🩹 Alam yig'iladi.
❤️‍🩹 Erkakka nisbatan e'tirozlar ko'payadi.
💔 Ayollik energiyasi asta-sekin so'nadi.

Eng achinarlisi esa...
Siz hamma narsani o'zingiz qilgan sari, atrofdagilar bunga odatlanib qoladi.
Natijada sizni qadrlash emas, sizga suyanish boshlanadi.

🌸 Kuchli ayol bo'lish yaxshi. Lekin hamma yukni yolg'iz ko'tarish — kuch emas.
Ba'zan yordamni qabul qilish ham dono ayolning belgisi.
🔴 O'zingizni qadrlang. Siz ham dam olishga, mehr olishga va qo'llab-quvvatlanishga loyiqsiz.

💬 Siz ham bir paytlar: "Hammasini o'zim qilaman" deb yashaganmisiz? Fikringizni izohlarda yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🥰21
#Tonggi_affirmatsiya

Men kechagi o'zimdan ham kuchliroq uyg'ondim.

Mening qalbim xotirjam, ongim tiniq, tanam esa sog'lom.

Men o'zimni sevaman, qadrlayman va hurmat qilaman.

Muvaffaqiyat meni izlab kelmoqda.
Har bir eshik men uchun osonlik bilan ochiladi

Hamma yaxshiliklar omadni Qabul qildim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
​Siz so‘radingiz — men va’da beraman!

​Kechagi so‘rovnomada ko‘pchilik "Xohlayman, zo‘r bo‘lardi!" deb javob berdi.

Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermaymiz!
🔴 ​Bugun hayotingizdagi eng og‘riqli, sizni qiynayotgan 1️⃣ta muammoingiz bo‘yicha BEPUL yechim va yo‘nalish beraman.

➡️ ​Munosabatlar, pul, ichki charchoq yoki asabiylik... Sizni aynan nima to‘xtatib turganini aniqlab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsataman.

👇 Muammoingizni hoziroq adminimizga yozib yuboring, javob beraman:
👉 @XurriyatAxmedova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥰1
Savolingizni to’liq va aniq qilib yozing

Soat 20:00 gacha qabul qilaman jonlarim

Murojaat uchun
@xurriyataxmedova ga
2 ta ishtirokchi bilan savol javob qildik

Sizlarga imkoniyat 4 soat vaqt qoldi
Bepul tarzda savollaringizga javob olish uchun
👍1
🦋Erkakka mas'uliyatni qanday qaytarish mumkin?

Ko‘p ayollar shunday deydi:
"Erim hech narsaga mas'uliyat olmaydi. Hamma yuk mening zimmamda..."
Lekin bir savol...
🔎 Balki siz sezmagan holda uning mas'uliyatini o‘zingiz olib qo‘ygandirsiz?
➡️Ayol hamma muammoni o‘zi hal qilsa...
➡️Hamma qarorni o‘zi qabul qilsa...
➡️Hamma narsani nazorat qilsa...
Erkak asta-sekin mas'uliyatni his qilmay qo‘yishi mumkin.

📌 Mas'uliyatni qaytarish — urush qilish emas. Bu ishonch bildirish, chegaralarni belgilash va erkakka o‘z vazifasini bajarish uchun imkon berishdir.
🌿 Sizningcha, erkak mas'uliyatli bo‘lishi uchun ayol nimalarni o‘zgartirishi kerak?

✍️ Fikringizni izohlarda yozing. Birgalikda muhokama qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tonggi_affirmatsiya

Mavzu : Erkinlik affirmatsiyalari

🕊 1. Men boshqalarning fikridan ozodman va o‘z hayotimni o‘zim tanlayman.

2. Men o‘tmishdagi barcha og‘riq va qo‘rquvlarni erkin qo‘yib yuboraman.

🤍 3. Men har bir qarorimda o‘zimni, o‘z xotirjamligim va qadrimni tanlayman.

🤩 4. Men har qanday cheklovlardan xolosman — hayotimda erkin nafas olaman va rivojlanaman.

🤩 Ushbu affirmatsiyalarni kun davomida qaytarib yuring.
Aytganlar izohga + qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🔮 Psixologik Test: Sizda qaysi energiya turi ustunlik qiladi?

​Har bir savolda o‘zingizga eng yaqin keladigan bitta javobni tanlang.

​1. Og‘ir va charchatadigan kundan keyin qanday hordiq chiqarasiz?

🔤) Do‘stlar bilan ko‘rishib, faol muloqot qilaman yoki biror joyga boraman.
🔤) Yolg‘iz qolib, kitob o‘qiyman, musiqa eshitaman yoki shunchaki dam olaman.
D) Ijodiy ish bilan shug‘ullanaman, rasm chizaman, video/fotosuratlar bilan ishlayman yoki yangi g‘oyalar o‘ylab topaman.
🔤) Keyingi kun rejasini tuzaman va atrofdagi tartibsizliklarni tartibga keltiraman.

​2. Muammoli situatsiyaga duch kelsangiz, birinchi navbatda nima qilasiz?

🔠) Darhol harakatga o‘taman va tezkor yechim topishga intilaman.
🔠) Vaziyatni ichimda tahlil qilib, sabablarini tushunishga harakat qilaman.
🔠) Vaziyatga nostandart yondashaman, uni ilhom yoki tajriba sifatida qabul qilaman.
🔠) Xotirjamlikni saqlab, mantiqiy reja tuzaman va bosqichma-bosqich hal etaman.

​3. Odamlar sizda eng ko‘p qaysi xislatni qadrlashadi?
🅰️) Shijoat, kirishimlilik va yuqori kayfiyat.
🅰️) Boshqalarni eshita olish, bosiqlik va samimiylik.
🅰️) Yuqori did, nozik hissiyot va noodatiy g‘oyalar.
🅰️) Ishonchlilik, tartiblilik va mas’uliyat

Kommentarida óziz tanlagan harfni  yozib qoldiring birga natijasini yechamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
🔮 Psixologik Test: Sizda qaysi energiya turi ustunlik qiladi? ​Har bir savolda o‘zingizga eng yaqin keladigan bitta javobni tanlang. ​1. Og‘ir va charchatadigan kundan keyin qanday hordiq chiqarasiz? ​🔤) Do‘stlar bilan ko‘rishib, faol muloqot qilaman yoki…
📊 Natijalarni hisoblang.

​Qaysi harfni ko‘proq tanladingiz?

"🤩" harfi ko‘p bo‘lsa — Olov energiyasi (Faol va yetakchi)
​Sizda yorqin va harakatlantiruvchi energiya bor. Siz atrofingizdagilarga ilhom va g‘ayrat ulashasiz, qiyinchiliklardan qo‘rqmaysiz va har doim oldinga intilasiz. Ba’zan to‘xtab, dam olishni ham unutmaslik kerak!

🌊 "🤩" harfi ko‘p bo‘lsa — Suv energiyasi (Tinch va chuqur)
​Sizning energiyangiz juda bosiq, chuqur va tinchlantiruvchi. Siz atrofdagilarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunasiz va insonlarga ruhiy tasalli bera olasiz. Sizning kuchingiz — ichki xotirjamligingizda.

🎨 "🤩" harfi ko‘p bo‘lsa — Havo energiyasi (Ijodkor va erkin)
​Siz yengil, ilhomga boy va ijodkor energiyaga egasiz. Go‘zallikni ko‘ra olasiz va g‘oyalarga boy insonsiz. Sizga doimiy qoliplar yoqmaydi, erkinlik va o‘z-o‘zini namoyon qilish siz uchun eng muhimi.

🌿 "🤩" harfi ko‘p bo‘lsa — Yer energiyasi (Mustahkam va tartibli)
​Sizning energiyangiz barqarorlik va ishonchlilik ramzidir. Siz amaliy fikrlaysiz, tartibni xush ko‘rasiz va har bir ishni oxiriga yetkazasiz. Atrofdagilar sizga har qanday vaziyatda tayanishi mumkin.

Test natijangiz qanday chiqdi? Bu ta’rif o‘zingizga mos keldimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mani 1 soatlik kansultatsiyam 100$

Ammo 1- Avgustdan
Kansultatsiya narxi 200$ bo’ladi
#Yangi_imkoniyat_affirmatsiyasi

🤩Bugun hayotimga yangi
imkoniyatlar eshigi ochiladi.


😘Men o'zimga mos, barakali va foydali imkoniyatlarni mamnuniyat bilan qabul qilaman.

Men o'sishga, rivojlanishga va yuksalishga loyiqman.

🤩To'g'ri insonlar, to'g'ri imkoniyatlar va to'g'ri qarorlar meni topmoqda.

🤩Men qo'rquvni ortda qoldirib, ishonch bilan oldinga qadam tashlayman.

❤️ Koinot menga eng yaxshi eshiklarni ochmoqda.

🌸Men hayotimdagi barcha yangi imkoniyatlar uchun minnatdorman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotdagi toksik insonlardan ong osti darajasida uzilish.

Ba'zan sizni charchatayotgan narsa ish yoki muammolar emas...
Balki sizni doim:
📌qadrsizlantiradigan,
ayblaydigan,
🖊manipulyatsiya qiladigan,
💡 energiyangizni so‘rib oladigan insonlardir.

Vaqt o‘tishi bilan bu holat:
💔 O‘zingizga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi.
💔 Ichki xotirjamlikni buzadi.
Aybdorlik hissini kuchaytiradi.
❗️ Hayotdan zavq olishni qiyinlashtiradi.

Unutmang...
1⃣ Har bir insonning shaxsiy chegaralari bo‘lishi kerak.
2⃣ O‘zingizni himoya qilish — xudbinlik emas.
3⃣O‘zingizni qadrlash — sog‘lom hayotning boshlanishi.
Sizni ortga tortayotgan insonlardan avvalo ong osti darajasida ozod bo‘ling.

💬 Siz ham hayotingizda toksik insonlardan uzoqlashishga tayyormisiz? Izohlarda "Tayyorman" deb yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
➡️ "Hayotingizda hozir nima yetishmayapti deb o‘ylaysiz?"

Bu savolga shoshilmay javob bering...
Balki siz: —
Ko‘proq pul kerak, deb o‘ylayotgandirsiz. —
Yoki baxt, sevgi, sog‘liq yoki omad.

Lekin bir lahza to‘xtang...


Ba'zan bizga yetishmayotgan narsa tashqi emas. U ichki holatdir.
🔴 O‘zingizga ishonch.
🔴 Ruhiy xotirjamlik.
🔴 Maqsad.
🔴Baraka hissi.
🔴 O‘zini sevish.
🔴 Ichki erkinlik.

Bugun o‘zingizdan so‘rang:
"Men aslida nimani izlayapman?"


Chunki bu savolga bergan javobingiz hayotingizning keyingi yo‘nalishini belgilashi mumkin.

💬 Endi navbat sizda...

➡️Hayotingizda hozir eng ko‘p nima yetishmayapti deb o‘ylaysiz?
Bir so‘z yoki bir jumla bilan izohlarda yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2