Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
991 subscribers
1.75K photos
1.55K videos
1 file
1.28K links
❤️ LIFE COACH
Ayollarga o'zini anglash, ichki ishonchni tiklash va maqsadlari sari dadil qadam tashlashda yordam beraman.

O'zini qadrlash va sevish
Ichki to'siqlarni yengish
Maqsadni aniq belgilash va unga erishish
Baxtli va ongli hayot sari olğa
Download Telegram
Audio
Yoshligimizda musiqasi bilan mahliyo qilgan bo’lsa, yillar o’tib ovoziga ishqimiz tushdi bu san’atkorning..

Musiqa vaqti 📻
2
🧭 Aybdorlik hissidan xalos boʻlish texnikasi

"Eski sahifani yopish"
texnikasi

❤️ 🗑️ Saralash va Oʻchirish
​Aybdorlikni ikkita qutiga ajrating:
Mening xatoyim: Tan oling va qabul qiling. Bu — yetuklik belgisi.
Nazoratsiz holat: Boshqalarning hislari yoki oʻtmishni oʻzgartira olmaysiz. Buni shunchaki unuting.
❤️🛠️ Qayta Tiklash
​Hissiyotni energiyaga aylantiring:
Kompensatsiya: Kimnidir ogʻritgan boʻlsangiz, bugun boshqa birovga yaxshilik qiling.
Tajriba: Vaziyatga xato emas, "qimmatli dars" deb qarang.
❤️ 🔓 Yangilanish
Eski versiyangizni kechiring: Oʻshanda bor bilim va imkoningiz darajasida harakat qilgansiz.

🌙Yangi sahifa oching: Siz xatolaringizdan iborat emassiz. Siz — ulardan xulosa chiqargan yangi insonsiz.

Texnikani bajaring . Foydali bõlgan bõlsa 3 qatar reaksiya "❤️", "🔥" bosaylik 🥹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥21👏1💋1
❤️ Erkak ayolning tashqi ko‘rinishiga emas, energiyasiga tortiladi.

❤️ Go'zallik e'tiborni tortishi mumkin. Ammo erkakni yoningizda ushlab turadigan narsa — siz taratayotgan energiyadir.
O'zini qadrlaydigan ayolning energiyasi boshqacha.
Xotirjam ayolning yonida inson o'zini xavfsiz his qiladi.
Samimiy tabassum, ishonch va ichki sokinlik — eng qimmat "bezak"dir.

❤️Shuning uchun avvalo tashqi ko'rinishni emas, ichki dunyoni parvarish qiling. Chunki haqiqiy joziba — qalbdan boshlanadi. 🌿

💬 Sizningcha, munosabatlarda ko'proq nima muhim: tashqi go'zallikmi yoki ichki energiyami? Fikringizni izohlarda yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3🥰1👏1💔1
Siz dunyoni qanday ko'rsangiz, ko'pincha bu ichki holatingizni aks ettiradi.

🌿 Ichingiz tinch bo'lsa — imkoniyatlarni ko'rasiz.
🌪 Ichingiz xavotirga to'lsa — hamma joyda muammoni sezasiz.
💛 O'zingizni qadrlasangiz — boshqalarning munosabati ham boshqacha tuyuladi.
Hayotni o'zgartirishni istasangiz, avval ichki dunyongizni o'zgartirishdan boshlang.
Chunki tashqi olam — ichki olamingizning aksidir. 🤍
🤍 Savol: Bugun dunyo sizga nimani ko'rsatyapti? Va bu sizning ichki holatingiz haqida nima deyapti?

💬 Sizningcha, bu fikr qanchalik to'g'ri? Izohlarda fikringizni yozing.
🔥21👏1
Baxtni kichik narsalarda ham ko‘ra olasizmi?

Ertalab uyg'onib, bir piyola issiq choy ichish bu baxt.
Kechqurun yaxshi uxlash
bu baxt.
Bugun o'zingizga g'amxorlik qilish
bu baxt. 🌟

Baxtni kelajakka qoldirmang.
U — bugun, hozir, shu lahzada. 🌟

Bugun o'zingizga qanday g'amxo'rlik qilasiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏1
👁️ Ichki holatingizni tekshiramiz: Hozir sizga nima yetishmayapti?

​ Quyidagi variantlarga uzoq o‘ylamasdan qarang va ichki tuyg‘uingiz birinchi bo‘lib tortgan raqamni tanlang:

1 — Olov 🔥
2 — Suv 🌊
3 — Daraxt 🌳
🔥2👍1
🔑 Test javoblari:

1 — Olovni tanlagan bo'lsangiz: Hozir sizga hayotiy energiya, motivatsiya yoki qandaydir yangi maqsad yetishmayapti. Bir xillikdan charchagansiz, ichingizda nimadir yangilik qilish istagi yonmoqda. Vaqtni boy bermay, kichik bo‘lsa ham harakatni boshlang!

2 — Suvni tanlagan bo'lsangiz: Sizga hozir mutloq tinchlik va hissiy dam olish kerak. Miyangizdagi o‘y-fikrlar va majburiyatlar sizni charchatgan. Bugun o‘zingizga vaqt ajrating, issiq vanna qabul qiling yoki shunchaki yolg‘iz qolib, hamma narsani unuting.

3 — Daraxtni tanlagan bo'lsangiz: Sizga barqarorlik, xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlash yetishmayapti. Kelajak haqidagi xavotirlar bo‘lishi mumkin. Unutmang, sizning ildizingiz, bilimingiz va tajribangiz har qanday bo‘rondan o‘tishga yetarli. O‘zingizga ishoning!

💬 Siz qaysi raqamni tanladingiz va javob ichki holatingizga to‘g‘ri keldimi? Izohda yozib qoldiring!
👍3
Forwarded from ❤️Muxammadzokir❤️ Parizoda❤️Muxammadumar❤️
Toʻgʻri javob yangilik qilish istagi bor inshaalloh tez orada bu maqsadim amalga oshadi Alloh fazli bilan albatta 🫰 javoblar uchun rahmat 😘
🥣 Foydali nonushta — kuningizning eng muhim boshlanishi!

🥀 Ko'pchilik nonushtani o'tkazib yuboradi. Aslida esa sog'lom nonushta organizmga kun bo'yi energiya beradi, diqqatni oshiradi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

🌿 Sog'lom nonushta tarkibida bo'lsin:
🥚 Oqsil — tuxum, tvorog yoki qatiq.
🥣 Murakkab uglevod — suli yormasi yoki donli non.
🥑 Foydali yog'lar — avokado, yong'oq yoki urug'lar.
🍎 Meva va sabzavotlar — vitamin va tolalar manbai.
💧 Bir stakan suv yoki shakarsiz choy.
Ertalab och qoringa shirinlik, gazli ichimlik yoki faqat qahva bilan cheklanmang.

Esingizda bo'lsin: Nonushta — bu shunchaki ovqat emas, balki sog'lom hayot sari qo'yilgan birinchi qadam.
🌸 O'zingizga g'amxo'rlik qiling.

Sog'lig'ingiz har kuni qiladigan kichik, ammo to'g'ri tanlovlardan boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1👌1
🧠 Psixosomatika: Tanadagi óğriqlar ong ostining gapi.

🔴​Tahlillar toza, lekin og‘riq bor. Nega?
Chunki_ ichga yutilgan hislar tanada og‘riqqa aylanadi. Tana — ong ostining eng sodiq ko‘zgusidir:
Yelkalar: Ortiqcha mas'uliyat va birovlarning muammolarini ko‘tarib yurish.

❤️Bel: Kelajakdan, moddiy yetishmovchilikdan qo‘rquv va hayotda tayanchsizlik.
❤️Oshqozon: Insonlarni, ularning gaplarini yoki vaziyatlarni "hazm qila olmaslik".
❤️Tizzalar: O‘zgarishlarga qarshilik, moslashuvchanlik yetishmasligi va murosasiz mag‘rurlik.
❤️Tomoq: Ichga yutilgan alamlar, aytilmay qolgan haqiqatlar va e'tirozlar.
❤️Bosh og‘rig‘i: O‘zini tinmay tanqid qilish, haddan tashqari ko‘p o‘ylash va his-tuyg‘ularni nazorat qilishga urinish.

📢 Hech narsani ichingizga yutmang .


❤️ ​Qalbdagi tugunlar yechilsa, tanadagi og‘riqlar ham o‘z-oziyidan ketadi. O‘zingizni asrang va tanangizga quloq tuting.

Sizda stress paytida ko‘proq tanangizning qaysi qismi signal beradi? Izohlarda yozing 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍2🕊1🏆1
O'ZINGIZGA ISHONCH — MUVAFFAQIYATNING BIRINCHI QADAMI

🌸Ba'zida hayot sizni sinaydi... Ba'zida esa odamlarning shubhalari sizning ovozingizdan balandroq eshitiladi.

Lekin unutmang...👇
🌱 Siz o'ylaganingizdan kuchliroqsiz.
🌱 Siz his qilganingizdan qadrliroqsiz.
🌱 Siz orzu qilganingizdan ham ko'prog'iga qodirsiz.

💡 O'zingizga ishoning. Har bir kichik qadam sizni katta marralar sari olib boradi.
🚫 Qo'rquv sizni to'xtatmasin.
🚫 Boshqalarning fikri yo'lingizni belgilamasin.

Bugun o'zingizga bitta va'da bering: "Men o'zimga ishonaman. Men har kuni yaxshiroq bo'lib boryapman. Men albatta maqsadimga erishaman!"

🌟Va'da berdingizmi ?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from B.F.
Salom Xurriyat apka yaxshimisiz yaxshi yuripmisiz ishlariz yaxshimi charchamin siza katta rahmat kop kop raxmat man bilan ishlaganiz uchun man vaxt ajratip mani tinglaganiz uchun kop minatdorman man Kansultatsiyadan keyin kop ozimi anglap ozimi xammanarsaga ochiq qildim erim bilan munosabatim puldan kop qiynalardim pullarga ochilganimdan judayam xursandman va yana oilam bilan juda baxtliman kattakon raxmat xammisha sog omon bolip yuring. 😘😘
1🔥1👏1
Pul energiyasi affirmatsiyasi.

Pul – bu sizning vibratsiyangiz!
​Tashqi dunyo — ichki holatingiz ko‘zgusi. Psixologiyada moddiy yetishmovchilik jismoniy harakatga emas, ichki "qashshoqlik signali"ga bog‘liq. Xavotir va qo‘rquv to‘lqinida bo‘lsangiz, Borliq sizga yana o‘sha vaziyatlarni qaytaradi.
🔮Pul oqimini ochish uchun 2️⃣ta qoida:

💵Erkin qo‘yib yuboring: Pul to‘layotganda siqilmang. "Bu energiya hayotimga 10 barobar bo‘lib qaytadi" deb niyat qiling.
🙏Shukronalik bildiring: Qo‘lingizga kelgan har qanday miqdordagi pulni quvonch va minnatdorchilik bilan qabul qiling.
💗Kunlik (Affirmatsiya):
"Men yetishmovchilik illyuziyasidan chiqib, cheksiz to‘kinlik maydoniga o‘tmoqdaman. Pul — men orqali oqadigan ilohiy va barakali energiya. Men boylikka loyiqman!"
💬Sizningcha, pul kelishiga to‘sqinlik qilayotgan eng katta ichki blokingiz nima? Izohlarda yozing! 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍1🔥1👏1🏆1😇1
Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
Kechagi sórovnomamizdagi eng kóp ovoz olgan  savolni birgalikda yechamiz.

​1. "4️⃣- 7️⃣-8️⃣" Nafas mashqi (Asabni tez tinchlantirish)

​Ichingizda 4️⃣soniya sanab burundan nafas oling.
​Nafasni 7️⃣soniya ushlab turing.
​Og'izdan 8️⃣soniya davomida sekin chiqarib yuboring.
Davomiyligi: Ketma-ket 4 marta takrorlang. Miya va tanani darhol bo'shashtiradi.

​2. "🤩 daqiqalik dudoq" (Miyani o'chirish)
​Telefon, odamlar va barcha ishlardan uzoqlashing.
Ko'zni yumib, 🔢daqiqa hech narsa qilmay, shunchaki qorong'ilikda yoting yoki o'tiring. Miya axborot olishdan to'xtasa, energiya tiklana boshlaydi.

🤩Oltin qoida: Hozir o'zingizdan mukammallikni talab qilmang. Majburiy ishlarni minimal darajaga tushiring va tanangizga shunchaki dam bering.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2
#Tonggi_affirmatsiya

Mavzu: Muvaffaqiyat va yangi imkoniyatlar

🌸 Men har qanday vaziyatda eng to‘g‘ri va foydali qarorlarni qabul qilaman.

🌟 Bugun men uchun omad eshiklari va mutloq yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

🌸 Mening ichki kuchim har qanday maqsadga oson va g‘olibona erishishga yetarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1
🧠KUCHLI TEXNIKA.

Alam va g‘azabni 15 daqiqada kamaytirish
😮‍💨 1️⃣. Nafas oling (5 daqiqa) 4 soniya nafas oling, 4 soniya ushlab turing, 6 soniyada sekin chiqaring.
📝2️⃣. Hislaringizni yozing (5 daqiqa)

O'zingizdan so'rang:
• Meni nima ranjitdi?
• Nega bu meni og'ritdi?

🤍3️⃣ . Qo‘yib yuboring (5 daqiqa) Ichingizda takrorlang:
"Men bu hisni tan olaman. Uni qo‘yib yuborishni va xotirjamlikni tanlayman."

🪴.Esda tuting:
G‘azabni ushlab turish sizni charchatadi, uni sog‘lom yo‘l bilan boshqarish esa qalbingizni yengillashtiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1