Psixolog Xurriyat Axmedova | Florya|
955 subscribers
1.77K photos
1.56K videos
1 file
1.28K links
❤️ LIFE COACH
Ayollarga o'zini anglash, ichki ishonchni tiklash va maqsadlari sari dadil qadam tashlashda yordam beraman.

O'zini qadrlash va sevish
Ichki to'siqlarni yengish
Maqsadni aniq belgilash va unga erishish
Baxtli va ongli hayot sari olğa
Download Telegram
Bugun
12:00 dan
13:00 gacha

1 soat ichida siz menga o’zingizni qiziqtirgan savolingizni berishingiz mumkun .

Faqat shu vaqt oralig’ida
12:00 dan 13:00
gacha yozib qoldirasiz va man sizlarga birin ketin javob yuboraman.

https://t.me/Axmedova_Xurriyat
1
Siz nimani aytsangiz o’shanga aylanasiz.
👍1🥰1
G‘azab va hayajon, shubhasiz, bizni kasalliklarga ko‘proq moyil qiladi. Boshqa tomondan, agar ong tinch va ijobiy fikrlar bilan band bo‘lsa, tana kasallik uchun oson nishonga aylanmaydi.
👏1
Tabassum bilan boshlang 😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🔹 Mas’uliyatsiz erkak nima uchun shunday bo‘ladi?

Odatda sabablar:
• Bolalikda ortiqcha asrab-avaylash
• Qarorlar uchun javob bermagan hayot tajribasi
• Tanqid, bosim yoki doimiy nazorat sabab passivlashish
• Ichki ishonchsizlik

Bu — “yomon xarakter” emas, o‘rganilgan xulq.



🔹 Mas’uliyatni erkakka qanday qaytarish mumkin?

1️⃣ Ayol uning o‘rniga ishni qilmasligi kerak

Agar ayol:
– Uning majburiyatlarini bajarib bersa
– Muammolarini yopib yursa
erkakda “men qilmasam ham bo‘laveradi” degan ichki dastur shakllanadi.

👉 Birinchi qadam — ortiqcha qutqarishni to‘xtatish.



2️⃣ Tanqid emas, oqibatni ko‘rsatish

“Sen hech qachon mas’uliyatli emassan”
“Agar bu ish qilinmasa, biz mana bunday oqibatga duch kelamiz”

Bu erkakni himoyaga emas, fikrlashga olib keladi.



3️⃣ Mas’uliyatni kichik bo‘laklarda topshirish

Birdan katta yuk berish emas:
✔️ “Bugun shu masalani sen hal qil”
✔️ “Bu ish sendan”

Bajarilganda — e’tirof qilish juda muhim.



4️⃣ Chegaralarni aniq qo‘yish

Ayol ichidan emas, ochiq aytadi:
“Men buni sening o‘rningga qilmayman. Bu sening mas’uliyating.”

Bu — jazolash emas, voyaga yetgan munosabat.



🔹 Ayol erkakka qanday yordam bera oladi?

Uni nazorat qilish bilan emas — ishonch berish bilan
Buyruq bilan emas — hamkorlik bilan
Tanqid bilan emas — hurmat bilan
Qutqarish bilan emas — javobgarlik maydonini ochib berish bilan



🔹 Eng muhim haqiqat:

Ayol erkakni o‘zgartira olmaydi,
lekin ayol munosabat tizimini o‘zgartirsa, erkak majbur bo‘lib o‘sadi yoki chiqib ketadi.
Hech qanday kutishlarsiz qadrlang va quvoning. Odamlar sizga yaxshi bo‘lmasa ham, sizni xiyonat qilsa ham, hatto rahmat aytmasa ham muhim emas. Agar siz atrofdagilarni, baxtli va qayg‘uli his-tuyg‘ularni qadrlasangiz, hayotingiz mazmunli, tushuncha, quvonch, kuch va qo‘rqmaslik bilan to‘la bo‘ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ХИЁНАТ ОХИРИМИ ЁКИ БОШЛАНИШИ?

Бу холатда аёллар 2 турга бўлинади:
1. Қабул қилмайман, ажрашаман
2. Хафалигимни музлатиб, чидашда давом этаман..

Аслида хиёнат хаётимизда турли сабаблар ва мақсадлар сари кириб келади!

Бунда қуйидагилар мухим:
1. Хиссиётларни яшаб ўтиш
2. Қайғуришга ўзига рухсат бериш
3. Чегаралрни қўйиш
4. Оғриқдан қутилиш
5. Сабабларни анализ қилиш
6. Дарсларни қабул қилиш, англаш
7. Ундан кейингина оилани сақлашга харакат қилиб кўриш ёки муносабатларни тўхтатишга қарор қабул қилиш мақсадга мувофиқ бўлади!


Лайк босинг ва дугонангизга улашинг! Улар хам фойдалансин 💋


https://t.me/Axmedova_Xurriyat
👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Munosabatlarni saqlab qolish uchun 2 tamon xam kurashishi kerak.
Oilada erkak — erkak bo‘lsa, qolganlar o‘z o‘rnini bilsa nimalar o‘zgaradi?

1️⃣ Tartib paydo bo‘ladi
Qaror bitta markazdan chiqadi — tortishuv kamayadi.

2️⃣ Ayol tinchlanadi
Ayol boshqarishdan chiqadi, his bilan yashay boshlaydi.

3️⃣ Ona chekinadi
Qaynona aralashuvi tabiiy kamayadi, chegara paydo bo‘ladi.

4️⃣ Munosabat yumshaydi
Talash emas, kelishuv ustun bo‘ladi.

5️⃣ Bolalar barqarorlashadi
Kimga suyanishni biladi, xavfsizlik hissi kuchayadi.

6️⃣ Mas’uliyat joyiga tushadi
Kim nimaga javobgar — aniq bo‘ladi.

📌 Xulosa:
Erkak joyida bo‘lsa — oila joyida bo‘ladi.
👍2👏2
Tug’ilgan sanasiga ko’ra ayolni xaqiqati…
👇👇👇