Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.3K photos
771 videos
147 files
912 links
Download Telegram
🔰 Rejali tekshiruv o‘tkazildi

📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Paxtaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 29-sonli umumta’lim maktabida rejali tekshiruv ishlari olib borildi.
🧼 Tekshiruv davomida ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, ichimlik suvi holati hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi nazorat qilindi.
Maktablarda sanitariya gigiyena talablariga qat’iy amal qilinishi bolalar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.
MTTda sanitariya holati o‘rganildi.

Sanepidqo’mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Leader kids” xususiy MTTda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔶O‘rganish davomida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:
🟢 Oshxona holati va oziq-ovqat xavfsizligi
🟢 Hojatxona va sanitariya tozaligi
🟢 Qo‘l yuvish moslamalari holati
🟢 Kanalizatsiya tizimining ishlash darajasi
🟢 Tibbiyot burchagining mavjudligi va jihozlanishi
🟢 Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik daftarlari
Quydagilar bo’yicha tavsiyalar berildi.
Qo‘l yuvish qoidalariga qat’iy rioya qilish
Oshxonada mahsulotlarni saqlash va tayyorlashda gigiyena talablarini kuchaytirish
Hojatxonalarni doimiy dezinfeksiya qilish
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazorat qilish
Tibbiyot burchagini zarur vositalar bilan to‘liq ta’minlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toza qo‘llar — salomatlik garovi!

🧼Ushbu lavha orqali qo‘llarni to‘g‘ri va samarali yuvish qoidalarini bilib olishingiz mumkin. Oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali ko‘plab kasalliklarning oldini olish mumkin.
👍1
❗️ Quturish — bu virusli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvon (it, mushuk, tulki va boshqalar) tishlashi orqali yuqadi. Eng muhim jihati kasallik belgilari paydo bo‘lgach, uni davolash deyarli imkonsiz!
⁉️Qanday yuqadi.
• Tishlash orqali
• Tirnalgan joyga hayvon so‘lagi tushganda
• Jarohatlangan teri yoki shilliq qavat orqali
⚠️ Belgilariga e’tibor bering:
• Tishlangan joyda og‘riq, achishish
• Harorat ko‘tarilishi
• Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya)
• Asabiylashish, talvasa
• Nafas olish qiyinlashuvi
🚑 Tishlangan zahoti nima qilish kerak?
Jarohatni darhol 10–15 daqiqa sovunlab yuvish
Spirt yoki yod bilan zararsizlantirish
Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish
Vaksina olishni kechiktirmaslik!
🛡 Oldini olish uchun:
• Uy hayvonlarini vaqtida emlatish
• Begona hayvonlarga yaqinlashmaslik
• Bolalarga ehtiyot choralarini o‘rgatish
• Ko‘chadagi hayvonlar bilan aloqani cheklash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Qizamiqqa qarshi ogohlik muhim!

👩‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tumani bo‘limi mutaxassisi O‘g‘iloy Qosimova tomonidan qizamiq kasalligini oldini olish bo‘yicha atroflicha tushuntirish va zarur tavsiyalar berildi.
📌 Ushbu lavha orqali siz:
— qizamiq qanday yuqishini
— uning dastlabki belgilari qanday bo‘lishini
— eng muhimi, qanday qilib himoyalanish mumkinligini bilib olasiz
⚠️ Eslatma, qizamiq juda tez tarqaluvchi yuqumli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar uchun xavfli hisoblanadi.
👍4👏1
📢 Aholi salomatligi doimiy e’tiborda!

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida tuman hududidagi 25 ta MFYda keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borildi.
🏠 Xodimlar xonadonma-xonadon yurib, aholiga quyidagi kasalliklar haqida muhim tushunchalar berdi:
🔹 Botulizm va guruhli ovqatdan zaharlanish
🔹 Quturish, bezgak, leyshmanioz va kuydirgi
🔹 Virusli gepatitlar
🔶Tadbir davomida fuqarolarga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, maxsus eslatmalar tarqatildi.
Maqsad har bir xonadonga sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur bilimlarni yetkazish.
1
😁😂😅😅

GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHGA
QO‘YILADIGAN MAXSUS TALABLAR


🍖 So‘yilgan hayvonlarning ichki a’zolari va to‘qimalarining so‘yilgandan keyingi ifloslanishining oldini olish uchun:
— qo‘llar, pichoqlar, zirhli qo‘lqoplar va fartuklar ifloslanishiga qarab har 30 daqiqada kamida 1 marta yuviladi va dezinfeksiya qilinadi;
– tanani arralash uchun arraning polotnosi
ifloslanishiga qarab 1 ish soatiga kamida 1 marta sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinfeksiya qilinadi;
– so‘yish mahsulotlari 15 minutdan kechiktirmasdan qayta ishlashga (ishlov berishga) yuboriladi;
– so’yilgan hayvon tanasini osma ilgaklardan yerga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/159426

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Sinf xonalarida gigiyenik talablar o‘quvchilar salomatligi va samarali ta’lim uchun muhim omil hisoblanadi.
Tozalik,
toza havo,
yetarli yorug‘lik
qulay sharoit sog‘lom muhit yaratadi.
📌 Har bir sinfda ushbu talablar bajarilishi farzandlarimiz kelajagi uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda “tez va oson ozish” va’dasi bilan taklif etilayotgan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) keng tarqalmoqda. Ammo ularning barchasi ham xavfsiz emas.
⚠️ Ehtimoliy salbiy oqibatlar:
— yurak-qon tomir tizimiga zarar
— jigar va buyrak faoliyatining buzilishi
— gormonal nomutanosiblik
— uyqusizlik va asabiylik
— allergik reaksiyalar
❗️ Ayrim mahsulotlar tarkibi aniq ko‘rsatilmagan yoki nazoratdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin.
❗️Yodingizda tuting
Sog‘lom vazn tashlash faqat muvozanatli ovqatlanish, jismoniy faollik va mutaxassis tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Gepatitga qarshi kurash muhim profilaktik tadbirlar davom etmoqda!

Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan gepatit kasalligini oldini olish maqsadida 5-oilaviy poliklinikada epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
🔍 O’rganish davomida;
▫️ olib borilayotgan profilaktik ishlar,
▫️ mavjud hujjatlar,
▫️ sanitariya-gigiyena talablari asosida faoliyat holati o‘rganildi.
🏘️ Shuningdek, “Mahallabay” tizimi orqali aholi o‘rtasida gepatit kasalligi, uning yuqish yo‘llari va oldini olish choralariga oid keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
❗️Eslatma o’rnida shuni yodda tuting!
✔️ Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
✔️ Faqat toza va xavfsiz oziq-ovqat iste’mol qiling
✔️ Tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘ting
🌥Havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:
– gripp va O‘RVI;
– difteriya;
– ko‘kyo‘tal;
– qizamiq;
– suvchechak;
– qizilcha;
– epidemik parotit;
– o‘pka sili va boshqalar

🐾Fekal-oral yo‘li bilan tarqaladigan infeksiyalar:
– qorin tifi hamda A va V paratiflari;
– dizenteriya;
– salmonellyoz;
– virusli gepatit A;
– gelmintozlar;
– botulizm;
– vabo va boshqalar.

👥Maishiy-kontakt yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:
– qichima;
– pedikulyoz (bitlash);
– mikrosporiyalar;
– trixofitiya;
– qoqshol;
– quturish;
– kuydirgi va boshqalar.

🦟 Qon so‘ruvchi hasharotlar (chivinlar, kanalar, burgalar, bitlar, so‘nalar, bo‘kalar va boshqalar) chaqishi orqali yuqadigan infeksiyalar:
– bezgak;
– tulyaremiya;
– toshmali tif;
– kana ensefaliti;
– o‘lat va boshqalar.

👤Parenteral yo‘l bilan (ineksiya, jarohat, operatsiya, tatuirovka, qon, sperma/vaginal sekretsiya, ko‘krak suti, limfa va boshqalar) va vertikal yo‘l bilan (onadan homilaga) yuqadigan infeksiyalar:
– zaxm;
– gonoreya;
– trixomoniaz;
– virusli gepatit B va C;
– OIV infeksiyasi va boshqalar.

❗️Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishning asosiy chora-tadbirlari quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
– infeksiya manbalarini o‘z vaqtida aniqlash;
– infeksiya manbalariga ta’sir ko‘rsatish;
– infeksiya yuqish yo‘llarini uzish;
– infeksiyaga moyil bo‘lgan inson organizmiga ta’sir o‘tkazish;
– veterinariya va fitosanitariya nazoratini o‘z vaqtida amalga oshirish;
– ovqatlanishni tashkil etish jarayoni qoidalariga rioya qilish (sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatlari va qoidalariga amal qilish, ovqatga to‘g‘ri kulinariya va termik ishlov berish, xom oziq-ovqat mahsulotlarini tatib ko‘rishdan saqlanish, faqat oqar ichimlik suvi bilan yaxshilab yuvilgan sabzavotlar, ko‘katlar va mevalarni iste’mol qilish).

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

🔶Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Tekshiruvlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi:
🥛 Sut va sut mahsulotlarining saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati
🥗 Tayyor salat va tez buziluvchi mahsulotlarning gigiyenik holati
🥩 Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining veterinariya hujjatlari va saqlanishi
🍞 Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda sanitariya talablariga rioya etilishi
🧊 Mahsulotlarni saqlash uchun muzlatgich va jihozlarning holati
📄 Tadbirkorlarning tibbiy daftarchalari mavjudligi va amaldagi holati
Shuningdek, tadbirkorlarga:
⚠️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
⚠️ Mahsulotlarni belgilangan haroratda saqlash
⚠️ Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotmaslik
⚠️ Tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Yumshoq muzqaymoq xavfsiz va sifatli bo‘lishi shart!

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlar hamda savdo shoxobchalari xodimlari o‘rtasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
✔️Nima uchun nazorat o‘tkazildi?
Yoz mavsumida yumshoq muzqaymoq mahsulotlariga talab oshadi. Noto‘g‘ri tayyorlash yoki saqlash esa oziq-ovqatdan zaharlanish va ichak infeksiyalari xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligini himoya qilish maqsadida tushuntirish ishlari tashkil etildi.
📌 Jumladan;
Uskunalar va apparatlarning tozaligi
Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
Xomashyo sifati va yaroqlilik muddati
Tayyor mahsulotni to‘g‘ri saqlash sharoitlari
✔️ Muzqaymoq apparatlarini har kuni dezinfeksiya qilish
✔️ Faqat sifatli va sertifikatlangan xomashyodan foydalanish
✔️ Xodimlar maxsus kiyim va qo‘lqopda ishlashi
✔️ Mahsulotni belgilangan haroratda saqlash
✔️ Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimlarni ishga jalb qilish
1