Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.3K photos
771 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Dehqon bozorlarida oziq-ovqat xavfsizligi sog‘lig‘imiz kafolati!

♻️ Sanepidqo’mita Izboskan bo’limi tomonidan tumandagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Sanepidqo‘mita mutaxassislari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda dehqon bozorlarida savdo qilayotgan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.
📌 Tadbir davomida:
— Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlash sharoitlari tekshirildi
— Veterinariya xulosa hujjatlari ko‘zdan kechirildi
— Sotuvchilarga gigiyena va sanitariya talablariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi
🔬 Shuningdek, bozorda faoliyat yuritayotgan veterinariya laboratoriyasining holati, mavjud jihozlarning ishchi holati ham o‘rganildi.
❗️ Nega bu muhim?
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi aholi salomatligini saqlashning eng muhim omillaridan biridir. Sifatsiz yoki nazoratsiz mahsulotlar iste’moli ovqatdan zaharlanish, yuqumli kasalliklar va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👑👑👑👑🩳

📣 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

✔️Endilikda siz va xodimlaringiz uchun sanminimum kurslarida o‘qish yanada osonlashdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarni gigienik o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha zamonaviy raqamli yechim sifatida https://study.sanepid.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.

🔹Platformada:
• sanitariya-gigiena bo‘yicha o‘quv kurslari;
• interaktiv test sinovlari;
• masofaviy o‘qitish imkoniyatlari;
• o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan.

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/157352

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Butunjahon immunizatsiya haftaligi munosabati
bilan jurnalistlar va OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

📌 Seminarda Sanepidqo‘mita mutaxassislari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa va O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

▶️ Muloqotdan ko'zlangan maqsad emlashning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, emlashdan teng ravishda foydalanishni ta’minlash va barcha yoshdagi odamlarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish;

➡️emlashning zarurligi va xavfsizligi haqida aholini xabardor qilish;

➡️ har yili 2 milliondan 5 milliongacha odam hayotini saqlab qolishda eng samarali usul sifatida emlashning rolini ta’kidlash;

➡️ jamiyatni himoya qilish uchun jamoaviy harakatlarning zarurligini keng targ‘ib qilish.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/157605

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Changli havo salomatlik uchun jiddiy xavf!

‼️Hududingizda changli havo kuzatilsa, sog‘lig‘ingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
😷 Niqob taqing
Ko‘chaga chiqqanda niqob taqish chang zarrachalarining nafas yo‘llariga kirishini kamaytiradi.
🏠 Xonadonni himoya qiling
Changli havo paytida deraza va eshiklarni yopiq saqlang. Uyda nam tozalashni muntazam amalga oshiring.
💧 Ko‘proq suyuqlik iste’mol qiling
Suv ichish organizmni qo‘llab-quvvatlaydi va chang ta’sirini yengillashtiradi.
🚫 Ortiqcha tashqariga chiqishdan saqlaning
Zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi borlar uchun.
👁 Ko‘z va nafas yo‘llarini asrang
Ko‘zlarda noqulaylik bo‘lsa, toza suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Imkon qadar yuzni yopib yurish foydali.
🚫 Yo‘l bo‘yidagi noqonuniy savdoga chek qo‘yilmoqda!

☀️ Issiq kunlar boshlanishi bilan ochiq joylarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladi. Bu esa ko‘zga ko‘rinmas, ammo jiddiy oqibatlarga olib keluvchi bakteriyalar va infeksiyalar tarqalishiga sabab bo‘ladi.
👨‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan magistral yo‘llar bo‘yida nazorat tadbirlari amalga oshirldi.
Nazorat davomida:
✔️ noqonuniy savdoga chek qo‘yilmoqda
✔️ aholiga xavfsiz ovqatlanish qoidalari tushuntirilmoqda
❗️ Nima uchun bu muhim?
— Yo‘l bo‘yida sotilayotgan mahsulotlar ko‘pincha sanitariya talablariga javob bermaydi
— Tez buzilib, ovqatdan zaharlanishga olib keladi
— Oshqozon-ichak kasalliklari va parazitlar xavfi ortadi
Tavsiya:
Fuqarolar va tadbirkorlar oziq-ovqat mahsulotlarini faqat ruxsat etilgan savdo joylarida, toza va gigiyenik sharoitda sotishlari zarur.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍓 Qulupnay yeyishda ehtiyot bo‘ling!

‼️Qulupnay mavsumi kirib kelishi bilan ushbu mazali va foydali meva ko‘pchilik dasturxonidan joy oladi. Biroq uni to‘g‘ri iste’mol qilmaslik salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
❇️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tumani bo‘limi rahbari Shoxidaxon Shomirova aynan shu dolzarb mavzuda o‘z tavsiyalarini bildirib, qulupnayni iste’mol qilishda gigiyena qoidalariga amal qilish muhimligini ta’kidladi.
👆Ushbu lavxa orqali batafsil ma’lumot berildi.
📢 UNOPS O‘zbekiston Respublikasi Sanepidqo’mita uchun laboratoriya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

1️⃣ Suvdagi neft mahsulotlari analizatori — 17 dona

🗂 Tender hujjatlariga havola.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 5-may, soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan).

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

📢 ЮНОПС объявляет тендер на поставку лабораторного оборудования для Санэпидкомитета Республики Узбекистан:

1️⃣ Анализатор нефтепродуктов в воде — 17 единиц

🗂 Ссылка на тендерную документацию.

Крайний срок подачи заявок: 5 мая 2026 года, 12:00 (по Ташкентскому времени).

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Rejali tekshiruv o‘tkazildi

📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Paxtaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 29-sonli umumta’lim maktabida rejali tekshiruv ishlari olib borildi.
🧼 Tekshiruv davomida ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, ichimlik suvi holati hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi nazorat qilindi.
Maktablarda sanitariya gigiyena talablariga qat’iy amal qilinishi bolalar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.
MTTda sanitariya holati o‘rganildi.

Sanepidqo’mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Leader kids” xususiy MTTda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔶O‘rganish davomida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:
🟢 Oshxona holati va oziq-ovqat xavfsizligi
🟢 Hojatxona va sanitariya tozaligi
🟢 Qo‘l yuvish moslamalari holati
🟢 Kanalizatsiya tizimining ishlash darajasi
🟢 Tibbiyot burchagining mavjudligi va jihozlanishi
🟢 Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik daftarlari
Quydagilar bo’yicha tavsiyalar berildi.
Qo‘l yuvish qoidalariga qat’iy rioya qilish
Oshxonada mahsulotlarni saqlash va tayyorlashda gigiyena talablarini kuchaytirish
Hojatxonalarni doimiy dezinfeksiya qilish
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazorat qilish
Tibbiyot burchagini zarur vositalar bilan to‘liq ta’minlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toza qo‘llar — salomatlik garovi!

🧼Ushbu lavha orqali qo‘llarni to‘g‘ri va samarali yuvish qoidalarini bilib olishingiz mumkin. Oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali ko‘plab kasalliklarning oldini olish mumkin.
👍1
❗️ Quturish — bu virusli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvon (it, mushuk, tulki va boshqalar) tishlashi orqali yuqadi. Eng muhim jihati kasallik belgilari paydo bo‘lgach, uni davolash deyarli imkonsiz!
⁉️Qanday yuqadi.
• Tishlash orqali
• Tirnalgan joyga hayvon so‘lagi tushganda
• Jarohatlangan teri yoki shilliq qavat orqali
⚠️ Belgilariga e’tibor bering:
• Tishlangan joyda og‘riq, achishish
• Harorat ko‘tarilishi
• Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya)
• Asabiylashish, talvasa
• Nafas olish qiyinlashuvi
🚑 Tishlangan zahoti nima qilish kerak?
Jarohatni darhol 10–15 daqiqa sovunlab yuvish
Spirt yoki yod bilan zararsizlantirish
Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish
Vaksina olishni kechiktirmaslik!
🛡 Oldini olish uchun:
• Uy hayvonlarini vaqtida emlatish
• Begona hayvonlarga yaqinlashmaslik
• Bolalarga ehtiyot choralarini o‘rgatish
• Ko‘chadagi hayvonlar bilan aloqani cheklash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Qizamiqqa qarshi ogohlik muhim!

👩‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tumani bo‘limi mutaxassisi O‘g‘iloy Qosimova tomonidan qizamiq kasalligini oldini olish bo‘yicha atroflicha tushuntirish va zarur tavsiyalar berildi.
📌 Ushbu lavha orqali siz:
— qizamiq qanday yuqishini
— uning dastlabki belgilari qanday bo‘lishini
— eng muhimi, qanday qilib himoyalanish mumkinligini bilib olasiz
⚠️ Eslatma, qizamiq juda tez tarqaluvchi yuqumli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar uchun xavfli hisoblanadi.
👍4👏1
📢 Aholi salomatligi doimiy e’tiborda!

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida tuman hududidagi 25 ta MFYda keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borildi.
🏠 Xodimlar xonadonma-xonadon yurib, aholiga quyidagi kasalliklar haqida muhim tushunchalar berdi:
🔹 Botulizm va guruhli ovqatdan zaharlanish
🔹 Quturish, bezgak, leyshmanioz va kuydirgi
🔹 Virusli gepatitlar
🔶Tadbir davomida fuqarolarga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, maxsus eslatmalar tarqatildi.
Maqsad har bir xonadonga sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur bilimlarni yetkazish.
1
😁😂😅😅

GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHGA
QO‘YILADIGAN MAXSUS TALABLAR


🍖 So‘yilgan hayvonlarning ichki a’zolari va to‘qimalarining so‘yilgandan keyingi ifloslanishining oldini olish uchun:
— qo‘llar, pichoqlar, zirhli qo‘lqoplar va fartuklar ifloslanishiga qarab har 30 daqiqada kamida 1 marta yuviladi va dezinfeksiya qilinadi;
– tanani arralash uchun arraning polotnosi
ifloslanishiga qarab 1 ish soatiga kamida 1 marta sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinfeksiya qilinadi;
– so‘yish mahsulotlari 15 minutdan kechiktirmasdan qayta ishlashga (ishlov berishga) yuboriladi;
– so’yilgan hayvon tanasini osma ilgaklardan yerga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/159426

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM