Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
📢 Yoshlar salomatligi e’tibor markazida!

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan 36-umumta’lim maktabida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
⚠️ Tadbir davomida quyidagi kasalliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi:
🔸 Gepatit “A”
🔸 Quturish
🔸 Qizamiq
🔸 Ovqatdan zaharlanish
👩‍🏫 O‘qituvchi va o‘quvchilarga:
Kasalliklarning kelib chiqish sabablari
Yuqish yo‘llari
Oldini olish choralari
Salomatlikka ta’siri haqida muhim ma’lumotlar yetkazildi.
📌Eng muhimi kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish oson va samaraliroq!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzini meʼyorida isteʼmol qiling!

Tuzni ortiqcha isteʼmol qilish:
yuqori qon bosimi
yurak-qon tomir kasalliklari
sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.


Kuniga 5–6 grammdan ortiq tuz isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
Ovqatlarga kamroq tuz soling.
Tayyor va sho‘r mahsulotlarni cheklang.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦

BRIFING: “KASB KASALLIKLARINI OLDINI OLISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR”

🛡Kasb kasalliklarini profilaktika qilish va erta tashxislash usullaridan biri majburiy profilaktik tibbiy ko‘riklar bo‘lib, ular kasalliklarning 90 foizini erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

🗓2025-yil tahlillariga ko‘ra kasb kasalliklarining umumiy soni tarkibida qo‘rg‘oshindan zaharlanish, simobdan o‘tkir va surunkali zaharlanish holatlari ma’lum darajada kamaygani, aksincha LOR a’zolari kasalliklari biroz oshgani kuzatilmoqda.

🎙Maftuna Saidova, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/155992

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Meningit — e’tiborsiz qoldirmang!

Meningit tez rivojlanadigan va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli kasallikdir. Dastlabki belgilar paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorga murojaat qiling.
🛡 Unutmang‼️gigiyena, ehtiyot choralar va emlash — eng samarali himoya!
👍1
🛡️ Emlash — sog‘lom hayot sari muhim qadam!

🔸Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumanida “Immunizatsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan barcha DPMlarda emlash ishlari tashkil etilib, aholi faol qatnashmoqda.
💉 Jarayon davomida 13 xil turdagi vaksinalar qo‘llanilib, fuqarolar turli yuqumli kasalliklarga qarshi himoyalanmoqda. Emlash ishlari nafaqat reja asosida, balki turli sabablar bilan avval emlanmay qolgan fuqarolarni ham qamrab olmoqda.
❗️ Nega emlanish muhim?
✔️ Og‘ir va asoratli kasalliklarning oldini oladi
✔️ Bolalar immunitetini mustahkamlaydi
✔️ Kasalliklarning keng tarqalishini kamaytiradi
✔️ Sog‘lom jamiyat shakllanishiga xizmat qiladi
👨‍👩‍👧‍👦 Hurmatli fuqarolar! Emlash jarayonlarida faol qatnashing va o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini himoya qiling.
🛡️ Bolalar salomatligi nazoratda!

👬 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya holatini yaxshilash va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida rejali nazorat ishlari olib borilmoqda.

📌 Jumladan, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan muassasada kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Nazorat jarayonida muassasaning umumiy sanitariya holati, gigiyenik talablarning bajarilishi, bolalarni qabul qilish jarayonidagi profilaktik choralar, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi hamda ovqatlanish tizimidagi xavfsizlik va sifat masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bunday tadbirlar bolalar salomatligini mustahkamlash va yuqumli kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
⚽️ Sog‘lom turmush kuchli jamoa sari!

🏃‍♂️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq, Xo‘jaobod hamda Paxtaobod tumanlari bo‘limlari mutaxassislari o‘rtasida sportni targ‘ib etish maqsadida minifutbol bo‘yicha do‘stona uchrashuv tashkil etildi.
🏟 Bellashuv Paxtaobod tumanidagi sport maydonida yuqori saviyada o‘tkazildi.
💬 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, sportning inson salomatligi va ruhiy holatiga ijobiy ta’siri alohida ta’kidlandi. Shuningdek, soha xodimlari har tomonlama namuna bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
🔥 Uchrashuv qizg‘in, faol va do‘stona ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.
🟢 Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi emas!

BFQlar organizmni qo‘llab quvvatlaydi, ammo kasallikni davolamaydi.
Dori vositalari esa aynan davolash va profilaktika uchun qo‘llaniladi.

⚠️ Qo‘shimchalarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmang shifokor bilan maslahatlashish muhim!
Yo‘l bo‘yidagi noqonuniy savdo sog‘liq uchun xavfli!

🌡 Issiq kunlar boshlanishi bilan ochiq joylarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladi. Bu esa ko‘rinmaydigan, ammo jiddiy xavf tug‘diruvchi bakteriyalar va infeksiyalar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
🚔 Shu bois, Sanepidqo’mita Oltinko‘l tumani bo’limi tomonidan, magistral yo‘llar bo‘ylarida nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Mutaxassislar tomonidan noqonuniy savdoga chek qo‘yish, aholiga xavfsiz ovqatlanish madaniyatini tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
⚠️ Nima uchun bu muhim?
— Yo‘l bo‘yida sotilayotgan mahsulotlar ko‘pincha sanitariya talablariga javob bermaydi
— Ular tez buzilib, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib keladi
— Oshqozon-ichak kasalliklari va parazitlar tarqalish xavfi ortadi
Fuqarolar va tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlarini faqat ruxsat etilgan savdo joylarida, toza va gigiyenik sharoitda sotish tavsiya etilmoqda.
Kasalliklarning oldini olish eng to‘g‘ri yo‘l!

🟢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
👨‍👩‍👧‍👦 Fuqarolarga quyidagi yuqumli kasalliklar haqida tushuntirishlar berildi:
— Qizamiq
— Gepatit
— Quturish
— Ovqatdan zaharlanish
— Brutsellyoz
— Sil kasalligi
— Ichak infeksiyalari
💉 Shuningdek, immunizatsiya haftaligi doirasida emlash tadbirlarida faol ishtirok etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Vaksinalar yuqumli kasalliklardan ishonchli himoya vositasi ekani tushuntirildi.
⚠️ Yuqumli kasalliklarning oldini olish sog‘lom hayot garovi. Har bir fuqaro o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasligi, gigiyena qoidalariga amal qilishi va o‘z vaqtida emlanishi muhimdir.
RASMIY AXBOROT

‼️2026-yilda Respublikamizda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar biroz ortgani munosabati bilan, aholi ayniqsa bolalar orasida ushbu infeksiya keng tarqalishini oldini olish maqsadida 8024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bo’lgan 4862 nafar fuqarolar emlash bilan qamrab olindi. Vaksina bilan emlashga tibbiy moneligi bo'lgan bemorlar bilan muloqotda fuqarolar shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda 2026-yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati ro'yxatga olingan bo'lib shundan 168 nafari 14 yoshgacha bo'lgan bolalаrni tashkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga ko'ra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda.

Meningit o’zi nima va u nimasi bilan xavfli?

✔️Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavflidir.

Oldini olish choralariga quyidagilar kiradi:
🔹 o‘z vaqtida emlanish;
🔹 shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
🔹 kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;
🔹 jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish;
🔹"Haj" va "Umra" safarlariga borishdan avval meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanishlarini ziyoratdan kelgandan so'ng ommaviy tadbirlardan cheklanishni tavsiya qilamiz

Unutmang! Emlash — meningokokk infeksiyasidan ishonchli himoyalanishning eng samarali usullaridan biridir.

‼️Sanepidqo’mita ma’lum qiladiki, respublikamizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash uchun keng ko’lamli choralar amalga oshirilmoqda.

📝Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va ko’rilayotgan choralar haqida ishonchli manbalardan ma’lumot olishingizni so’raymiz

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Media haftalik 3-kun: bahslar qizigan, fikrlar “yonib” chiqqan maydon

Qashqadaryoda davom etayotgan Media haftalikning 3-kuni dasturga mos ravishda turli auditoriyalarni bir nuqtaga jamladi. Axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari, blogerlar hamda yosh mobilograflar tajribali ekspertlar bilan yuzma-yuz munozaraga kirishdi. Ushbu haftalikda Sanepidqo'mita Axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ham mentor sifatida ishtirok etib, o'z bilimlarini bo'lishdi

💬Bunda oddiy tinglash yo‘q edi – bu maydonda fikrlar to‘qnashdi, yondashuvlar sinovdan o‘tdi. Tajriba va salohiyat o‘zaro “bahslashdi”, xulosalar esa quruq gap bilan emas, aniq va asosli keyslar orqali isbotlandi.


Seminar-treninglar keskin, jo‘shqin va ayni paytda juda jonli ruhda o‘tdi.

❗️P.S. Kun xabari: 1- va 2-kunlarda ishtirok etgan TV va bosma OAV vakillari bugungi mavzularga qiziqib, “yana qatnashsak bo‘ladimi?” degan savol bilan qaytib kelgani – sa’y-harakatlar bejiz emasligining kichik, lekin muhim belgisi.


✍️ Media haftalik 24-aprelga qadar davom etadi. Siz ham qiziqyapsizmi? Unda Qarshi davlat universitetiga keling!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bezgakka qarshi kurash bugunning muhim vazifasi!

🌏25-aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni munosabati bilan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
🔰 “Jalaquduq hayoti” gazetasining 2026-yil 48-sonida parazitologiya bo‘limi va laboratoriyasi mudiri N. G‘oforovaning “Bezgak kasalligidan saqlaning” nomli maqolasi chop etildi.
📢 Shuningdek, Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi va xududiy bo’limlari tomonidan aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar, jumladan bezgakning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda.
📍 Mahallabay ishlash tizimi asosida:
MFYlarda aholi bilan uchrashuvlar
Maktablarda o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari
Tibbiyot muassasalarida targ‘ibotlar
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida profilaktik suhbatlar
o‘tkazilib, bezgak kasalligining oldini olish, erta aniqlash va himoyalanish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.