Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
520 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
🏆 “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot”

⚽️ Sport sog‘lom hayot, kuchli iroda va jamoaviylik timsoli!

🔰 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sanepidqo‘mitaning Jalaquduq, Xo‘jaobod va Paxtaobod tuman bo‘limlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔥 Bellashuvlar qizg‘in, muhit esa do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Har bir ishtirokchi nafaqat g‘alaba uchun, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun maydonga tushdi.
Sog‘lom jamoa — samarali faoliyat garo
1
STANDARTLASHTIRISH VA METROLOGIYA: AMALIY SEMINAR

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishida muhim seminar tashkil etildi.
📌 Mazkur seminar tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash hamda sohada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.
👩‍⚕️Seminarni qo‘mita Sanitar-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassislari L. Turdiyeva va R. Maqsudxodjayeva olib bordi.
☑️Tadbir davomida:
• laboratoriyalarda metrologik nazoratni kuchaytirish,
• o‘lchovlar aniqligini ta’minlash,
• zamonaviy talablar asosida samarali ish yuritish
bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
📌Ushbu seminar soha mutaxassislari uchun amaliy bilim va tajriba almashish maydoniga aylandi hamda sanitariya-epidemiologik nazorat tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
YuKEM axborot tizimi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.

🔰Sanepidqo‘mita Boshqarmasi hamda UNOPS (UNIPON) tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida epidemiologiya xizmati mutaxassislari uchun YuKEM raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.
📅 Seminar 16–18-aprel kunlari davomida tashkil etilgan bo‘lib, unda soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingan.
📍 Trening davomida ishtirokchilar:
YuKEM axborot tizimining imkoniyatlari va funksiyalari bilan tanishmoqda
Tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar olmoqda
Amaliy mashg‘ulotlar orqali platformada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda
Kirish testlari va savol-javoblar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda
👨‍💻 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan YuKEM ATga kirish, ma’lumotlar bilan ishlash hamda axborot almashinuvini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
🔰 Mazkur seminar-trening epidemiologik nazorat tizimini raqamlashtirish hamda ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologik faol qo‘shimchalar — dori vositasi emas!

Ko‘pchilik biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) dori sifatida qabul qiladi. Ammo bu noto‘g‘ri tushuncha!
💊 Esda tuting!
Biologik faol qo‘shimchalar bu organizmni qo‘llab-quvvatlovchi vosita, ammo ular kasallikni davolamaydi.
❗️ Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 BFQlar shifokor tavsiyasisiz qabul qilinmasligi lozim
🔹 Ular dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi
🔹 Noto‘g‘ri qabul qilish sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin
🔹 Har bir organizm uchun ta’siri turlicha bo‘ladi
🩺 Muhim siz uchun!
Agar sizda biror kasallik alomatlari bo‘lsa, o‘zbilarmonlik bilan BFQ qabul qilish o‘rniga, albatta mutaxassisga murojaat qiling.
📢 Immunizatsiya haftaligi boshlandi!

💉 Joriy yilning 19–25 aprel kunlari yurtimizda “Immunizatsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
🛡️ Emlash — har bir bola va aholini xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng ishonchli va samarali usulidir.
👶 Ayni damda:
bolalar rejali emlanmoqda
emlanmagan aholi qamrab olinmoqda
tibbiy brigadalar tomonidan emlash ishlari kuchaytirilmoqda
📊 Asosiy maqsad — aholini, ayniqsa bolalarni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish va sog‘lom avlodni ta’minlash.
⚠️ Unutmang!
Emlash orqali qizamiq, poliomiyelit va boshqa xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
📣 Hurmatli aholi!
Siz ham farzandlaringiz salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!
👉 Emlash jarayonlarida faol ishtirok eting!
👉 Poliklinika va tibbiyot muassasalariga murojaat qiling!
Mahallalarda sog‘lom turmush targ‘iboti izchil davom etmoqda!

🏢 Sanepidqo’mita Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan A. Raxmanov MFY hududida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
🛡️Immunizatsiya haftaligi
20–25 aprel kunlari o‘tkazilayotgan haftalik doirasida bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning ahamiyati keng targ‘ib qilindi.
🧼 “Toza qo‘llar”
Oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali yuqumli hastaliklar oldini olish mumkinligi tushuntirildi.
💉Qizamiqdan himoyalaning!
Qizamiq — tez yuqadigan xavfli kasallik bo‘lib, uni oldini olishning eng samarali yo‘li bu emlash ekani ta’kidlandi.
🩺 Virusli gepatit A oldini olish mumkin!
Farzandlar salomatligini asrashda vaksina muhim himoya vositasi ekani yana bir bor eslatildi.
🐕 Quturishdan ehtiyot bo‘ling!
Uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlatish va ularni nazoratda saqlash xavfli kasallikning oldini olish mumkinligi aytib o‘tildi.
Dehqon bozorida sanitariya nazorati amalga oshirildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumani Dehqon bozorida navbatdagi nazorat va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
♦️ Tadbir davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi tekshirilib, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
🔬 Shuningdek, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan mahsulotlar yuzasidan berilayotgan kunlik xulosalar monitoring qilinib, savdo rastalarida sanitariya talablariga rioya etilishi nazorat qilindi.
Maktab hojatxonalari: sanitariya talablari qanday?

📌 Umumta’lim muassasalarida hojatxonalar SanQ va me’yorlar asosida tashkil etilishi shart. Bu o‘quvchilar salomatligini saqlashning muhim omili.
Asosiy talablar:
✔️ O‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida hojatxonalar
✔️ Hojatxonalar o‘quvchilar soniga yetarli miqdorda bo‘lishi
✔️ Qo‘l yuvish joylari hojatxona yaqinida joylashgan bo‘lishi
🧼 Gigiyena vositalari majburiy:
— sovun doimiy mavjud bo‘lishi
— toza suv uzluksiz yetkazib berilishi
— qo‘l quritish vositalari bo‘lishi
🗑 Chiqindilar va tizim:
✔️ Har bir hojatxonada yopiq axlat qutilari o‘rnatilgan bo‘lishi
✔️ Chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilishi shart
✔️ Kanalizatsiya tizimi soz va uzluksiz ishlashi zarur
🧴 Sanitariya holati:
🔸 kun davomida bir necha marotaba tozalash
🔸 muntazam dezinfeksiya ishlari
🔸 yoqimsiz hid va ifloslikka yo‘l qo‘ymaslik
🌬 Sharoit:
— shamollatish tizimi ishlashi
— yoritish yetarli bo‘lishi
⚠️ Sanitariya talablariga amal qilinmasa, hojatxonalar infeksiya manbaiga aylanishi mumkin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaksina — yuqumli kasalliklardan himoya qiladi!

👩‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tumani bo‘limi mutaxassisi O‘g‘iloy Qosimova tomonidan bolalar o‘rtasida ko‘k yo‘tal kasalligini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
⚠️ Ko‘k yo‘tal — kuchli yo‘tal xurujlari bilan kechadigan, ayniqsa kichik yoshdagi bolalar uchun xavfli yuqumli kasallikdir.
💉 Ushbu kasallikdan ishonchli himoya — bu o‘z vaqtida emlash hisoblanadi.
Vaksina organizmni himoya qiladi
Kasallikning og‘ir kechishini oldini oladi
Sog‘lom avlodni ta’minlaydi
📌 Unutmang: emlashni kechiktirish — farzandingiz sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishdir!
📢 Yoshlar salomatligi e’tibor markazida!

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan 36-umumta’lim maktabida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
⚠️ Tadbir davomida quyidagi kasalliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi:
🔸 Gepatit “A”
🔸 Quturish
🔸 Qizamiq
🔸 Ovqatdan zaharlanish
👩‍🏫 O‘qituvchi va o‘quvchilarga:
Kasalliklarning kelib chiqish sabablari
Yuqish yo‘llari
Oldini olish choralari
Salomatlikka ta’siri haqida muhim ma’lumotlar yetkazildi.
📌Eng muhimi kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish oson va samaraliroq!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzini meʼyorida isteʼmol qiling!

Tuzni ortiqcha isteʼmol qilish:
yuqori qon bosimi
yurak-qon tomir kasalliklari
sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.


Kuniga 5–6 grammdan ortiq tuz isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
Ovqatlarga kamroq tuz soling.
Tayyor va sho‘r mahsulotlarni cheklang.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM