Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Tibbiyot xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Unda epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri X. Saydanov hamda immunolog B. Arzimatov ishtirok etdi.
👨‍⚕️ Tadbirda Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi bo‘lim mudirlari, KTMP, OP va OSHP rahbarlari qatnashdi.
📌 Seminar davomida:
— Meningit va qizamiq kasalliklarini erta aniqlash
— Kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi
— Zamonaviy davolash usullari
— Profilaktika choralariga oid muhim ma’lumotlar muhokama qilindi
🌍 Shuningdek, JSST tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar asosida tushuntirishlar berildi.
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda:
✔️ sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
✔️ o‘z vaqtida emlanish (vaksinatsiya)
eng muhim omillardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
🚨Qizamiq oddiy kasallik emas!

📢Bir qarashda oddiy toshma yoki isitmadek tuyulishi mumkin…
Ammo qizamiq — bolalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi!

❗️ Har bir ota-ona bilishi kerak:
Qizamiq tez yuqadi va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
💉 Eng kuchli himoya — emlash!
🧼 Tozalik va gigiyena — har kuni odat bo‘lsin
🚫 Kasal bolalardan uzoqroq tuting
Farzandingizni himoya qiling bugun ertaga kech bo‘lishi mumkin!
Bolalar salomatligi yo‘lida muhim profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

👩‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 20-sonli MTTda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida gijja kasalligining oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida keng qamrovli sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borildi.

🩺 Tadbirlar davomida quydagi tadbirlar amalga oshirildi;
👫Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
🧼 Gigiyena qoidalari haqida sodda va tushunarli tarzda tushuntirishlar berildi
👨‍👩‍👧 Ota-onalar uchun foydali tavsiyalar yetkazildi
🛡 Kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rildi
⚠️ Unutmang!
Farzandingiz salomatligi sizning e’tiboringizda!
Aholi salomatligi yo‘lida keng qamrovli targ‘ibot ishlari o’tkazildi.

🔰 Sanepidqo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida tuman hududidagi 25 ta MFYda uyma-uy yurib targ‘ibot ishlari olib borildi.
🏡 Xonadonlarga kirib, aholi bilan bevosita muloqot qilinib:
☑️ Botulizm kasalligi
☑️ Guruhli ovqatdan zaharlanish holatlari
☑️ Qutirish,qizamiq, bezgak
☑️ Leyshmanioz va kuydirgi
☑️ Virusli gepatit kasalliklari
bo‘yicha oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi.
📌 Shuningdek, aholiga kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha eslatmalar tarqatildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichimlik suvi sifati doimiy nazoratda.

💧Biz iste’mol qilayotgan suv nechog‘li sifatli? Uning nazorati bormi? “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion-tahliliy dasturida havola etilgan lavhada ushbu savollarga Andijon viloyati misolida batafsil javob berildi.
♻️Mazkur yo‘nalishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi hamda “Andijon suv ta’minoti” xizmati bilan hamkorlikda qator profilaktik va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, ichimlik suvi manbalarining sanitariya holati doimiy o‘rganilib, laboratoriya tahlillari asosida suv sifati monitoring qilinmoqda.
🏆 “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot”

⚽️ Sport sog‘lom hayot, kuchli iroda va jamoaviylik timsoli!

🔰 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sanepidqo‘mitaning Jalaquduq, Xo‘jaobod va Paxtaobod tuman bo‘limlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔥 Bellashuvlar qizg‘in, muhit esa do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Har bir ishtirokchi nafaqat g‘alaba uchun, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun maydonga tushdi.
Sog‘lom jamoa — samarali faoliyat garo
1
STANDARTLASHTIRISH VA METROLOGIYA: AMALIY SEMINAR

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishida muhim seminar tashkil etildi.
📌 Mazkur seminar tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash hamda sohada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.
👩‍⚕️Seminarni qo‘mita Sanitar-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassislari L. Turdiyeva va R. Maqsudxodjayeva olib bordi.
☑️Tadbir davomida:
• laboratoriyalarda metrologik nazoratni kuchaytirish,
• o‘lchovlar aniqligini ta’minlash,
• zamonaviy talablar asosida samarali ish yuritish
bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
📌Ushbu seminar soha mutaxassislari uchun amaliy bilim va tajriba almashish maydoniga aylandi hamda sanitariya-epidemiologik nazorat tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
YuKEM axborot tizimi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.

🔰Sanepidqo‘mita Boshqarmasi hamda UNOPS (UNIPON) tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida epidemiologiya xizmati mutaxassislari uchun YuKEM raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.
📅 Seminar 16–18-aprel kunlari davomida tashkil etilgan bo‘lib, unda soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingan.
📍 Trening davomida ishtirokchilar:
YuKEM axborot tizimining imkoniyatlari va funksiyalari bilan tanishmoqda
Tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar olmoqda
Amaliy mashg‘ulotlar orqali platformada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda
Kirish testlari va savol-javoblar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda
👨‍💻 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan YuKEM ATga kirish, ma’lumotlar bilan ishlash hamda axborot almashinuvini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
🔰 Mazkur seminar-trening epidemiologik nazorat tizimini raqamlashtirish hamda ma’lumotlar almashinuvini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologik faol qo‘shimchalar — dori vositasi emas!

Ko‘pchilik biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) dori sifatida qabul qiladi. Ammo bu noto‘g‘ri tushuncha!
💊 Esda tuting!
Biologik faol qo‘shimchalar bu organizmni qo‘llab-quvvatlovchi vosita, ammo ular kasallikni davolamaydi.
❗️ Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 BFQlar shifokor tavsiyasisiz qabul qilinmasligi lozim
🔹 Ular dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi
🔹 Noto‘g‘ri qabul qilish sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin
🔹 Har bir organizm uchun ta’siri turlicha bo‘ladi
🩺 Muhim siz uchun!
Agar sizda biror kasallik alomatlari bo‘lsa, o‘zbilarmonlik bilan BFQ qabul qilish o‘rniga, albatta mutaxassisga murojaat qiling.
📢 Immunizatsiya haftaligi boshlandi!

💉 Joriy yilning 19–25 aprel kunlari yurtimizda “Immunizatsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
🛡️ Emlash — har bir bola va aholini xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng ishonchli va samarali usulidir.
👶 Ayni damda:
bolalar rejali emlanmoqda
emlanmagan aholi qamrab olinmoqda
tibbiy brigadalar tomonidan emlash ishlari kuchaytirilmoqda
📊 Asosiy maqsad — aholini, ayniqsa bolalarni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish va sog‘lom avlodni ta’minlash.
⚠️ Unutmang!
Emlash orqali qizamiq, poliomiyelit va boshqa xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
📣 Hurmatli aholi!
Siz ham farzandlaringiz salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!
👉 Emlash jarayonlarida faol ishtirok eting!
👉 Poliklinika va tibbiyot muassasalariga murojaat qiling!
Mahallalarda sog‘lom turmush targ‘iboti izchil davom etmoqda!

🏢 Sanepidqo’mita Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan A. Raxmanov MFY hududida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
🛡️Immunizatsiya haftaligi
20–25 aprel kunlari o‘tkazilayotgan haftalik doirasida bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning ahamiyati keng targ‘ib qilindi.
🧼 “Toza qo‘llar”
Oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali yuqumli hastaliklar oldini olish mumkinligi tushuntirildi.
💉Qizamiqdan himoyalaning!
Qizamiq — tez yuqadigan xavfli kasallik bo‘lib, uni oldini olishning eng samarali yo‘li bu emlash ekani ta’kidlandi.
🩺 Virusli gepatit A oldini olish mumkin!
Farzandlar salomatligini asrashda vaksina muhim himoya vositasi ekani yana bir bor eslatildi.
🐕 Quturishdan ehtiyot bo‘ling!
Uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlatish va ularni nazoratda saqlash xavfli kasallikning oldini olish mumkinligi aytib o‘tildi.