Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
GEPATIT — Jigarni zararlovchi xavfli kasallik!

📌 Gepatit nima?
Gepatit — bu jigar yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha viruslar sababli yuzaga keladi (A, B, C turlari).
📊 Eng ko‘p uchraydigan turlari:
🔹 Gepatit A — iflos suv va ovqat orqali
🔹 Gepatit B — qon va biologik suyuqliklar orqali
🔹 Gepatit C — asosan qon orqali yuqadi
⚠️ Asosiy belgilar:
• Holsizlik, tez charchash
• Ko‘ngil aynishi, qusish
• Ko‘z va terining sarg‘ayishi
• Qorinda og‘riq
• Ishtaha yo‘qolishi
🛡 Oldini olish yo‘llari:
✔️ Toza suv ichish
✔️ Qo‘llarni tez-tez yuvish
✔️ Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
✔️ Steril tibbiy vositalardan foydalanish
✔️ Emlanish (A va B gepatitga qarshi)
🚨 Yodda tutung!
Gepatit vaqtida aniqlansa, davolash samarali bo‘ladi!
1
🚰 Xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish qoidalari.

Aholi uchun muhim tavsiyalar:
🔹 Faqat tekshirilgan va ishonchli manbadan suv iching
🔹 Kran suvi ichishdan oldin albatta qaynatilsin 🔥
🔹 Suvni yopiq va toza idishlarda saqlang 🫙
🔹 Idishlarni muntazam yuvib, dezinfeksiya qiling 🧼
🔹 Meva va sabzavotlarni faqat toza suvda yuving 🥦🍎
🔹 Shubhali (rang, hid, ta’m o‘zgargan) suvni ichmang
⚠️ Iflos suvning zarari:
🚫 Quyidagi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin:
• Ich ketish (diareya)
• Ichak infeksiyalari
• Gepatit A
• Parazitar kasalliklar
Qo‘shimcha tavsiyalar:
💧 Safarda qadoqlangan suvdan foydalaning
💧 Filtrlangan suv ichish tavsiya etiladi
💧 Bolalarga faqat qaynatilgan suv bering 👶
💧 Suvni ochiq holda uzoq vaqt saqlamang
Hududlarda sog‘liqni saqlash bo’yicha profilaktik tadbirlar olib borildi.

📍 Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Qashqar MFYda sanitariya-profilaktik yo‘nalishda keng qamrovli targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
👥 Sanepidqo‘mita mutaxassislari hamda ichki ishlar xodimlari birgalikda aholiga zarur tavsiyalar berib, ogohlantirish ishlarini olib bordi.
🛑 Ko‘tarilgan asosiy masalalar:
⚠️ Xavfli yuqumli kasalliklar:
— Qrim-Kongo gemorragik isitmasi
— Kuydirgi
— Brutsellyoz
— Quturish
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
🥫 Uyda tayyorlangan konserva mahsulotlari noto‘g‘ri saqlansa, botulizm xavfini yuzaga keltirishi alohida ta’kidlandi.
🧼 “Toza qo‘llar” qoidalariga amal qilish — ichak infeksiyalariga qarshi eng oddiy va samarali himoya ekani eslatib o‘tildi.
❗️Unutmang Profilaktika kasallikning oldini olishdagi eng muhim qadam!
👥👥👥👥👥👥👥

LEYSHMANIOZ TARQATUVCHI CHIVINLAR FAOLLASHADIGAN MAVSUM BOSHLANMOQDA!


📝JSSTning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi. O‘zbekistonning qator viloyatlarida leyshmaniozlarning tabiiy o‘choqlari mavjud bo‘lib, har yili visseral va zoonoz teri leyshmanioz kasalligi ro‘yxatga olinadi.

🎤Ushbu kasallik haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Inna Tyo bilan suhbatlashdik.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/143931

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😷 Sog‘lig‘ingizni asrang — toza nafas oling!
🔹 Changli muhitda uzoq vaqt bo‘lish nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya va umumiy holsizlikka olib kelishi mumkin.
Quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
🟢 😷 Niqob taqing
Chang ko‘p bo‘lgan joylarda tibbiy niqob yoki respirator ishlating.
🟢 🏠 Uy ichini toza tuting
Nam latta bilan tez-tez artish changni kamaytiradi.
🟢 🚪 Deraza va eshiklarni yopiq tuting
Kuchli shamol paytida chang kirishini oldini oling.
🟢 💧 Ko‘proq suv iching
Organizmdan zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.
🟢 🌿 Yashil hududlarda sayr qiling
Daraxtlar havoni tabiiy tozalaydi.
🟢 🧼 Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
Qo‘l va yuzni tez-tez yuvib turing.
⚠️ Unutmang: Changli havo — salomatlik uchun xavf!
Sog’lom hayot Toza qo‘llardan boshlanadi.

👐 Gigiyena — sog‘liq garovi! “Toza qo‘llar” dasturi doirasida aholining, ayniqsa bolalar va yoshlarning qo‘l gigiyenasiga bo‘lgan e’tiborini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
👨‍👩‍👧 Bolalarni yoshligidan o‘rgataylik!
Ota-onalar farzandlariga erta yoshdan qo‘l yuvish odatini singdirishlari juda muhim. Bu odat ularning sog‘lom ulg‘ayishida katta ahamiyatga ega.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Qo‘llarni har doim sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuving
🔹 Ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishni unutmang
🔹 Ko‘chadan kelgach va hojatxonadan so‘ng qo‘llarni tozalang
🔹 Antiseptik vositalardan foydalanish tavsiya etiladi
⚠️ Esda tuting. Toza qo‘llar infeksion kasalliklarning oldini olishda eng oddiy va samarali usullardan biridir.
🛒 Oziq-ovqat bozorlari nazorat ostida!

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi oziq-ovqat bozorlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganildi.
🔍 Mataxasisslar tomonidan quyidagilar tekshirildi;
Sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
Mahsulotlarning saqlash sharoitlari (harorat, gigiyena)
Sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi
Mahsulotlarning yaroqlilik muddati
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi;
📌 Mahsulotlarni belgilangan sharoitda saqlash
📌 Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
📌 Tibbiy ko‘rikdan o‘tishni o‘z vaqtida tashkil etish
📌 Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni savdodan olib tashlash
📌 Savdo joylarini doimiy toza saqlash
🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish barchamizning vazifamiz!
1
Gepatit A dan himoyalanishda vaksinatsiya — eng ishonchli yo‘l!

💉 Gepatit A bu asosan iflos qo‘l, suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan xavfli virusli kasallik. Ammo yaxshi xabar bor — vaksina orqali uni oldini olish mumkin!
Nima uchun vaksinatsiya muhim?
🔹 Organizmda kuchli immunitet hosil qiladi
🔹 Kasallanish xavfini keskin kamaytiradi
🔹 Og‘ir asoratlarning oldini oladi
🔹 Bolalar va kattalarni birdek himoya qiladi
👨‍👩‍👧‍👦 Ayniqsa quyidagilar uchun juda muhim:
✔️ Bolalar (erta yoshdan boshlab)
✔️ Jamoat joylarida ishlovchilar
✔️ Sayohat qiluvchilar
✔️ Tibbiyot va oziq-ovqat sohasi xodimlari
⚠️ Unutmang!
Vaksina — bu nafaqat o‘zingizni, balki atrofdagilarni ham himoya qilishdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz salomatligi eng katta boylik!

‼️Qizamiqning oldini olishning eng ishonchli yo‘li — o‘z vaqtida emlashdir.
Vaksina bolangizni og‘ir asoratlardan himoya qiladi va immunitetini mustahkamlaydi.
👨‍⚕️ Farzandingizni himoya qiling emlashni kechiktirmang!
Shahrixon tumanida tug‘ruq kompleksida rejalı tekshiruvlar o‘tkazildi.

📍Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 2-son tug‘ruq kompleksida reja asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📋 Nazorat mobaynida;
🧾 Amaldagi qaror va buyruqlarning bajarilish holati o‘rganildi
🗂 Tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar ham batafsil ko‘zdan kechirildi:
🧼 Sanitariya-gigiyena holati
🌡 Xonalar harorati va namligi
💡 Yoritish darajasi
🛏 Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar
🧴 Dezinfeksiya vositalaridan foydalanish holati
🚿 Tozalash va dezinfeksiya ishlari sifati
♻️ Tibbiy chiqindilarni to‘g‘ri saqlash va utilizatsiya qilish tartibi
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
SANEPIDQO‘MITA VA UNOPS O‘ZBEKISTONDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA MUASSASALARI INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILMOQDA, BU ESA JAMOAT SALOMATLIGI TIZIMINI MUSTAHKAMLAMOQDA

‼️O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va BMTning Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha idorasi (UNOPS) “COVID-19ga favqulodda javob” loyihasi doirasida laboratoriya va jamoat salomatligi muassasalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

📝Kasalliklarni nazorat qilish, laboratoriya diagnostikasi va jamoat salomatligi tizimini kuchaytirish borasida sezilarli natijalarga erishildi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/145573

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul
#Aprel_oyi_uchun

⚡️Aprel oyida vrachlar uchun ochiladigan malaka oshirish kurslari!

1️⃣ oylik (144 soat):
🔷 “Epidemiologiya”
🔷 “Bakteriologiya”
🔷 “Oziq-ovqat maxsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar”
🔷“Tibbiy entomologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha

Kursga yozilish uchun:
☎️+998 90 919 73 71
✉️@Shakhobiddinovich_1404

📍Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonabod, “Toshkent” MFY, Toshkent yangi aylanma avtomobil yo‘li.

🔖Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi.

📌Mo‘ljal: “Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi”

👉SanepidRC👈

Instagram | Youtube | Facebook|Website
Shakar iste’moli va sog‘liqqa ta’siri .

⚠️
Shakarni ortiqcha iste’mol qilish semirish, tish kasalliklari, yurak muammolari va qandli diabet xavfini oshiradi. Shuningdek, modda almashinuvi buziladi.
Shakarni me’yorida iste’mol qiling, tabiiy mahsulotlarni ko‘paytiring va sog‘lom turmush tarziga amal qiling