Yozda shamollamaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
☀️ Yoz faslida havo issiq bo‘lishiga qaramay, shamollash holatlari tez-tez uchrab turadi. Bunga konditsioner, muzdek ichimliklar, haroratning keskin o‘zgarishi va nam kiyimda uzoq yurish sabab bo‘lishi mumkin.
📌 Shamollashning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
✅ Konditsioner haroratini 22–26 °C oralig‘ida saqlang va sovuq havo oqimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanangizga urilmasin.
✅ Muzdek ichimlik va muzqaymoqni me’yorida iste’mol qiling, ayniqsa jaziramadan keyin birdaniga sovuq mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
✅ Cho‘milgandan so‘ng nam kiyimni imkon qadar tezroq almashtiring.
✅ Issiq ko‘chadan sovuq xonaga yoki aksincha keskin o‘tishdan ehtiyot bo‘ling.
✅ Yetarli miqdorda toza suv iching va vitaminlarga boy meva-sabzavotlarni muntazam iste’mol qiling.
✅ Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish viruslarning tarqalishini kamaytiradi.
⚠️ Agar tana harorati ko‘tarilishi, tomoq og‘rishi, burun bitishi yoki yo‘tal kabi belgilar kuzatilsa, o‘zbilarmonlik bilan dori qabul qilmang. Shifokorga murojaat qilib, uning tavsiyalariga amal qiling.

🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?
✅Sog‘lom ovqatlanish, avvalo, sifatli mahsulot tanlashdan boshlanadi. Kundalik xarid vaqtida ayrim oddiy qoidalarga amal qilish nafaqat o‘zingizni, balki oilangiz salomatligini ham himoya qiladi.
📅 Yaroqlilik muddatini tekshiring.
Mahsulotni xarid qilishdan oldin ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan sanani diqqat bilan ko‘zdan kechiring.
📦 Qadoq holatiga e’tibor bering.
Shikastlangan, yorilgan, shishgan yoki ochilgan qadoqdagi mahsulotlarni xarid qilmang.
🌡 Saqlash sharoitini baholang.
Sut mahsulotlari, go‘sht, baliq va muzlatilgan mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanayotganiga ishonch hosil qiling.
🏷 Mahsulot yorlig‘ini o‘qing.
Tarkibi, ishlab chiqaruvchi, saqlash sharoiti va boshqa muhim ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
🥩 Go‘sht va baliq mahsulotlarini diqqat bilan tanlang.
Mahsulotning rangi, hidi va tashqi ko‘rinishi tabiiy bo‘lishi kerak. Shubhali mahsulotlarni xarid qilishdan saqlaning.
🥚 Tuxum xaridida ehtiyot bo‘ling.
Qobig‘i darz ketgan yoki iflos tuxumlarni xarid qilmang.
🛍 Xaridni to‘g‘ri tartibda amalga oshiring.
Tez buziladigan mahsulotlarni xaridning oxirida oling va imkon qadar qisqa vaqt ichida muzlatkichga joylashtiring.
🚫Tasodifiy savdo nuqtalaridan mahsulot olmang.
Sanitariya talablari ta’minlanmagan joylarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
❗Unutmang, mahsulotni to‘g‘ri tanlash oziq-ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi eng muhim qadamlardan biridir.

Xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik ustuvor vazifa.
🏛 Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi rahbarligida boshqarma boʻlimlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik masalalariga bagʻishlangan seminar o’tkazildi.
🔹 Seminar davomida xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qatʼiy amal qilish, korrupsion xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📖 Shuningdek, xodimlarning masʼuliyatini yanada oshirish, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda fuqarolar bilan ishlashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
❗Seminar yakunida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, har bir xodimning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish hamda halol va ochiq faoliyat yuritish eng muhim vazifalardan biri ekani alohida taʼkidlandi.

🥩 Goʻsht mahsulotlari savdosida sanitariya talablari nazorat qilindi
📍 Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo’limi tomonidan “Yoshlar” va “Mullavoy” MFY hududida faoliyat yuritayotgan qassobxonalarda nazorat o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✅O‘rganish jarayonidago‘sht va go‘sht mahsulotlarini sotish shoxobchalarida yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish tartibi, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi hamda zarur hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.
⚠️ Eslatma: Veterinariya nazoratidan o‘tmagan yoki sanitariya talablari buzilgan sharoitda saqlangan go‘sht mahsulotlari orqali brutsellyoz, salmonellyoz hamda boshqa zoonoz va oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar tarqalish xavfi ortadi. Shu bois go‘sht mahsulotlarini faqat rasmiy nazoratdan o‘tgan savdo nuqtalaridan xarid qilish tavsiya etiladi.

Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
28-iyul Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni
❗️ VIRUSLI GEPATITGA QARSHI KURASHISHNI KECHIKTIRIB BO'LMAYDI
‼️ Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni har yili 28-iyul kuni virusli gepatit, ya'ni jigarning og'ir kasalliklari va saratoniga olib keladigan yallig'lanish kasalligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida nishonlanadi.
🔍 2026-yilgi Butunjahon gepatitga qarshi kurash kunining shiori "Gepatit: Keling, uni tahlil qilaylik" bo'lib, odamlar va ularning hayotini saqlab qolishi mumkin bo'lgan xizmatlar o'rtasidagi to'siqlarni olib tashlashga chaqiriqdir. Virusli gepatit butun dunyo bo'ylab oldini olish mumkin bo'lgan kasallik va o'limning asosiy sababi bo'lib qolmoqda.
Batafsil:👇 👇 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/198579
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
Batafsil:

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2026-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi boshlandi.
tizim tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Sanepidqo‘mita tizimida korrupsion holatlar fosh etilgani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Brusellyozning oldini olish o‘z qo‘lingizda!
Brusellyoz – chorva mollaridan odamlarga yuqadigan xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallikning oldini olishda veterinariya va sanitariya qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
✅ Kasallikdan himoyalanish uchun:
🔹 chorva mollarini veterinariya mutaxassislari tavsiyasiga muvofiq o‘z vaqtida emlating;
🔹 kasal hayvonlarni sog‘lom podadan ajrating va veterinarga murojaat qiling;
🔹 xom sut iste’mol qilmang, sutni albatta qaynatib iching;
🔹 faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan go‘sht va sut mahsulotlarini xarid qiling;
🔹 chorva bilan ishlaganda qo‘lqop va boshqa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning;
🔹 qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvib, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling.
⚠️ Uzoq davom etuvchi isitma, kuchli terlash, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari kuzatilsa, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling.

🏘 "Mahallabay ishlash” tadbirlari amalga oshirildi.
⚡️Sanepidqo'mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Mahallabay" ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tumandagi “Uchko‘za‘" MFY hamda "Fayziobod" MFY lari hududida istiqomat qiluvchi aholi bilan sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.
📌Xodimlar tomonidan uyma-uy yurib aholi orasida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, sog‘lom ovqatlanish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, eslatmalar tarqatilmoqda.

🎙 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimiz. Quyidagi audio murojaatda korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400
➡️ Audioni tinglang va yaqinlaringiz bilan ham ulashing!
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨 O‘tkir ichak infeksiyalari sog‘lig‘ingizga jiddiy xavf! O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
🦠 Yoz faslida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari ko‘payishi kuzatiladi. Ushbu kasalliklar asosan iflos qo‘l, sifatsiz oziq-ovqat va ichimlik suvi orqali yuqadi.
⚠️ Kasallikning asosiy belgilari:
🤒 Tana haroratining ko‘tarilishi;
🤢 Ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
💧 Ich ketishi;
😣 Qorin og‘rig‘i va holsizlik.
✅ Kasallikning oldini olish uchun:
🧼 Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving.
💦 Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
🥗 Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving.
🥩 Go‘sht, baliq va tuxumni to‘liq pishirib iste’mol qiling.
🧊 Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatkichda saqlang.
🚫 Ko‘cha va noma’lum joylarda tayyorlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
👨⚕️ Agar ich ketishi, qayt qilish yoki tana harorati ko‘tarilishi kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilmang va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Go‘sht mahsulotlari savdosida sanitariya talablari: mutaxassis tavsiyalari
🥩Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini xarid qilishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish aholi salomatligini saqlashda muhim Sanpedqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Shohidaxon Shomirova go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilishda amal qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya talablari, mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilar e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Gepatitga qarshi kurashish: xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi
📌 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limida “Butun jahon gepatitga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
🎤 Seminarni shifokor epidemiolog N. Turdiyev olib borib, ishtirokchilarga virusli gepatitning turlari, kasallikning yuqish omillari, ilk belgilari, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish hamda samarali profilaktika choralariga oid batafsil ma’lumotlar berdi.
🛡 Tadbir davomida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xavfsiz tibbiy muolajalar, emlashning ahamiyati va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Seminar yakunida bo‘lim xodimlari mutaxassis bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

BASSEYNDAGI GIGIYENA — ODDIY, LEKIN JUDA MUHIM!
🏊♀️Basseynda cho‘milish — dam olish va sog‘liqni mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biri. Biroq u faqatgina qoidalarga amal qilingan taqdirdagina xavfsiz va foydali bo‘ladi. Basseyn muhitida gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya qilish har bir inson uchun juda muhim hisoblanadi.
📌 Basseynga kirishdan avval shaxsiy gigiyenaga alohida e’tibor qaratish lozim. Avvalo, suvga tushishdan oldin sovun bilan dush qabul qilish shart. Bu tanadan mikroblar va kirlarni yo‘qotib, suvning tozaligini saqlashga yordam beradi.
Batafsil:👇 👇 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/199260
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
🏊♀️Basseynda cho‘milish — dam olish va sog‘liqni mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biri. Biroq u faqatgina qoidalarga amal qilingan taqdirdagina xavfsiz va foydali bo‘ladi. Basseyn muhitida gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya qilish har bir inson uchun juda muhim hisoblanadi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/199260
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurash qonun ustuvorligi va shaffoflik yo‘lida.
🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirokida brifing o‘tkazildi.
📌Brifing davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash sohasida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.