📍 Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.
🔶Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ikromov boshchiligida boshqarma bo‘limlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
🟢Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha bo‘limlar kesimida, jumladan, yuqumli kasalliklar, sanitariya nazorati, laboratoriya hamda profilaktika yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅Seminar yakunida mas’ul xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
📍Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Namuna MFY hududida aholi o‘rtasida navbatdagi sanitariya-profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🤝 Mahalla faollari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
📌 Targ‘ibot davomida quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi:
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash (vaksinatsiya)ning ahamiyati;
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda “Toza qo‘llar” loyihasining sog‘liqni saqlashdagi o‘rni;
🥫 Uy sharoitida konserva mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilmagan holda tayyorlash botulizm kasalligiga sabab bo‘lishi mumkinligi;
⚠️ Zoonoz hamda boshqa xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish choralari yuzasidan tavsiyalar berildi.

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌡️ Jazirama issiqda o‘zingizni asrang!
🌞Yozning issiq kunlarida sog‘lig‘ingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
💧 Ko‘proq toza suv iching.
🧢 Bosh kiyim kiying va och rangli, yengil kiyimlarni tanlang.
☀️ Soat 11:00–17:00 oralig‘ida quyosh ostida uzoq vaqt qolmang.
🚑 Agar bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi yoki hushdan ketish kabi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
📌Ushbu lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.

Atmosfera havosida sifat nazorati amalga oshirildi.
🌍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan atmosfera havosi sifatini nazorat qilish maqsadida rejali laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.
🧪 Navbatdagi monitoring davomida tuman markazidagi Dilxush va O‘zbekiston ko‘chalarida atmosfera havosidan namunalar olinib tahlil qilindi.
💨 Laboratoriya tekshiruvlari natijasida chang, azot oksidi, oltingugurt dioksidi hamda uglerod oksidi (is gazi) miqdori belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmagani aniqlandi.
🛡 Mazkur nazorat tadbirlari atmosfera havosi sifatini baholash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🚫 Noqonuniy savdolarga qarshi reyd tadbirlari o‘tkazildi
🚔 Andijon viloyati Sanepidqo‘mita Izboskan tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish hamda noqonuniy savdolarga barham berish maqsadida Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inining Charxpalak (Toshkentpetak) ko‘chasida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
🛒 Tadbir davomida noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan savdo joylarida sotish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Rasmiy munosabat
🔹Ijtimoiy tarmoqda Buloqboshi tumani, Guliston MFY hududi bo‘yicha keltirilgan murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mazkur xonadonda qishloq xo‘jaligi hayvonlari boqilishi hamda sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani aniqlandi.
🔹Xonadon egasiga hududni doimo ozoda saqlash, hayvonlar saqlanadigan joylarni muntazam tozalash hamda hosil bo‘ladigan hayvon chiqindilarini belgilangan tartibda va o‘z vaqtida utilizatsiya qilish yuzasidan tushuntirish va profilaktik tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, amaldagi sanitariya qonunchiligi talablarini buzganligi sababli xonadon egasiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi. Kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida sanitariya talablari o‘rganildi.
📝 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali sanitariya nazorati tadbiri o‘tkazildi.
❗Nazorat jarayonida muassasaning sanitariya-gigiyena holati, bolalarni ertalabki tibbiy kuzatuv (filtr)dan o‘tkazish tartibi, xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, dezinfeksiya va profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi atroflicha baholandi.
🥣 Shuningdek, oshxona faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti, sifati hamda yaroqlilik muddatlariga rioya etilishi o‘rganildi.
✅ Tekshiruv davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi sanitariya qoidalari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

🥩 Go‘sht savdosi obyektlarida sanitariya qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi go‘sht do‘konlarida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
👨⚕️ Mutaxassislar sotuvchilar e’tiborini go‘sht mahsulotlarini sanitariya talablari asosida saqlash va sotish, ish joylari ozodaligini ta’minlash, maxsus kiyimlarda faoliyat yuritish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga qaratdi.
✅ Shuningdek, iste’molchilarga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda sanitariya talablariga amal qilish muhim ekani yana bir bor eslatib o‘tildi.

🏡 Mahallalarda sanitariya targ‘iboti tadbirlari amalga oshirildi.
📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Mustaqillik MFYning Alloma, Shijoat, Nurobod, Chustiy, Uvaysiy hamda Muallimlar ko‘chalarida mahallabay tizim asosida sanitariya-profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
🧼 Targ‘ibot davomida aholi o‘rtasida shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish hamda xonadon va atrof-muhitni ozoda saqlashning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Shuningdek, fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va tayyorlash hamda yoz faslida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Davolash-profilaktika muassasalarida rejali nazorat o‘tkazildi
🏫Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi ko‘p tarmoqli kattalar poliklinikasi hamda uning Yorqishloq hududiy bo‘limida rejali tekshiruvlar amalga oshirildi.
❗Tekshiruv jarayonida shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish, tibbiyot chiqindilarini belgilangan tartibda saqlash va zararsizlantirish, shuningdek, emlash jarayonlarida xavfsiz immunizatsiya talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
📊 Shuningdek, hududdagi epidemiologik vaziyat tahlil qilinib, tibbiyot xodimlari ishtirokida “Toza qo‘llar” dasturining ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
📋 Yakunda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

🐕 Quturish oldini olish mumkin bo‘lgan, ammo xavfli kasallik!
🐾 Quturish virusli kasallik bo‘lib, kasallangan it, mushuk, tulki, bo‘ri va boshqa sutemizuvchilar tishlaganda yoki ularning so‘lagi jarohatga tushganda yuqadi. Kasallik belgilari boshlanganidan keyin deyarli har doim o‘lim bilan yakunlanadi.
⚠️ O‘zingizni qanday himoya qilasiz?
🔹 Begona va qarovsiz hayvonlarga yaqinlashmang.
🔹 Uy hayvonlarini o‘z vaqtida quturishga qarshi emlating.
🔹 Bolalarni hayvonlar bilan ehtiyotkor muomala qilishga o‘rgating.
🔹 Yovvoyi hayvonlarga tegmang.
🩹 Agar hayvon tishlasa yoki tirnasa:
✅ Jarohatni darhol 15 daqiqa davomida sovun va oqayotgan suv bilan yaxshilab yuving.
✅ Jarohatga antiseptik ishlov bering.
✅ Zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qiling.
❌ O‘zboshimchalik bilan davolanmang va emlashni kechiktirmang.
💉 Quturishga qarshi emlash kasallikning oldini olishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Vaqtida boshlangan emlash inson hayotini saqlab qoladi.

Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega bu muhim?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM