Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
Rejali tekshiruv o’tkazildi

Sanepidqo’mita Paxtaobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy zararsizlantirish bo’limida rejali davlat sanitariya nazorati tadbirlari o’tkazildi.
🦠 Tekshiruv davomida quyidagi yo’nalishlar nazorat qilindi:
Tibbiy buyumlarni qabul qilish, saralash va zararsizlantirish jarayonlariga rioya etilishi;
Sterilizatsiya uskunalarining texnik holati va ishlash samaradorligi;
Dezinfeksiya, sterilizatsiya hamda steril materiallarni saqlash tartibi;
Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejim talablariga amal qilinishi;
Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi hamda maxsus himoya vositalaridan foydalanishi;
Tibbiy chiqindilarni yig’ish, vaqtincha saqlash va utilizatsiya qilish tartibi;
Tegishli hujjatlar va nazorat jurnallarining yuritilishi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥤 Yo‘l bo‘yida sotilayotgan go‘ja, ayron va salqin ichimliklarni xarid qilishda ehtiyot bo‘ling!

☀️ Yoz mavsumida yo‘l yoqalarida noma’lum sharoitda sotilayotgan go‘ja, ayron va turli salqin ichimliklar iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
⚠️ Mahsulotning muvofiqlik sertifikati bo‘lmasa, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash sharoiti va sifati kafolatlanmaydi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish oziq-ovqatdan zaharlanish va ichak yuqumli kasalliklariga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Faqat belgilangan savdo shoxobchalarida sotilayotgan, yorlig‘i va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud mahsulotlarni xarid qiling.
❗️Mazkur lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.
💊 Unutmang! Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi emas!

📌 Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) organizmni qo‘llab-quvvatlash va ayrim vitamin hamda minerallar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan mahsulotlardir.
⚠️ Ammo ular:
Kasallikni davolamaydi;
Shifokor belgilagan dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi;
Tashxis qo‘yish yoki davolash maqsadida qo‘llanilmaydi.
BFQlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ayniqsa, homilador ayollar, emizikli onalar, bolalar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar ehtiyotkor bo‘lishlari zarur.
❗️Mahsulot xarid qilayotganda uning:
✔️ davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
✔️ yaroqlilik muddati;
✔️ saqlash sharoiti;
✔️ ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor bering.
🛡️ Sog‘lig‘ingizni asrang! Davolanish uchun faqat shifokor tavsiya etgan dori vositalaridan foydalaning.
Oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya nazorati o‘tkazildi.

📍 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Norbota MFY, Beshkaltak ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
✔️O’rganishlar jarayonida;
▫️ oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari;
▫️ mahsulotlarning yaroqlilik muddati va markirovkasi;
▫️ sovutish uskunalarining soz holatda ishlashi;
▫️ savdo obyektlarining sanitariya-gigiyenik holati;
▫️ xodimlarning sanitariya qoidalariga rioya etishi atroflicha o‘rganildi.
📌 O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
🚰 Jamoat hojatxonalarida suvni asrang!

💦 Suv bebaho ne’mat. Uni tejash har birimizning burchimiz!
🚽 Jamoat hojatxonalaridan foydalanayotganda quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
💧 Kranni keragidan ortiq ochmang.
🚰 Qo‘lingizni yuvib bo‘lgach, kranni mahkam yoping.
🔧 Suv sizayotgan kran yoki nosoz jihozni ko‘rsangiz, mas’ullarga xabar bering.
🧼 Suvni tejash bilan birga shaxsiy gigiyena qoidalariga ham rioya qiling.
🌍 Har tomchi suvni asrash kelajakni asrash demak!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💉 Gepatit A dan ishonchli himoya emlanish!

🦠Gepatit A yuqumli virusli kasallik bo‘lib, uning oldini olishning eng samarali usullaridan biri emlanishdir.

Kasallikning oldini olish uchun:
Gepatit A ga qarshi emlaning;
🧼 Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving;
🚰 Faqat qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning;
🍎 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling;
🍽️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling.
Ushbu lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.
Savdo xodimlari uchun sanitariya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Shahrixon tuman sanitariya bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumanidagi chorva hayvonlari bozorida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
❗️Nazorat davomida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan barcha savdo shoxobchalarida sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
🦠 Savdo xodimlari o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🩺 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 200-son buyrug‘i talablariga muvofiq savdo xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish holati o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
RASMIY MUNOSABAT

📍Ijtimoiy tarmoqda Marhamat tumani hududiga oid keltirilgan murojaatda yashash hududida chorva hayvonlari boqilishi, hayvon chiqindilarining to‘planishi hamda noxush hid tarqalishi holati yuzasidan bildirilgan murojaat belgilangan tartibda mas’ul mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda chorva mollari saqlanayotgani aniqlandi. Hududda sanitariya-tozalash ishlari tashkil etilib, hayvon chiqindilari belgilangan tartibda olib chiqildi, zararsizlantirish tadbirlari amalga oshirildi hamda noxush hidni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, xonadon egasiga hududni muntazam toza saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, hayvon chiqindilarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda olib chiqish hamda chorva hayvonlarini amaldagi veterinariya-sanitariya talablariga muvofiq parvarishlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tibbiy ko‘rikning afzalliklari:

🩺 Kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash imkonini beradi.
🩸Yurak-qon tomir, qandli diabet, onkologik va boshqa surunkali kasalliklar xavfini baholashga yordam beradi.
💊 O‘z vaqtida davolanishni boshlash orqali og‘ir asoratlarning oldini oladi.
👨‍👩‍👧 Atrofdagilar salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi, ayniqsa yuqumli kasalliklarni erta aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
📋 Mehnat faoliyati, ta’lim va ayrim kasblar uchun belgilangan tibbiy ko‘riklardan o‘tish amaldagi sanitariya va mehnat qonunchiligi talabidir.
🍎 Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha shifokor tavsiyalarini olish imkonini beradi.
📅 Unutmang! Hech qanday shikoyat bo‘lmasa ham, muntazam profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish sog‘liqni saqlashning muhim qismidir.
📍 Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

🔶Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ikromov boshchiligida boshqarma bo‘limlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
🟢Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha bo‘limlar kesimida, jumladan, yuqumli kasalliklar, sanitariya nazorati, laboratoriya hamda profilaktika yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Seminar yakunida mas’ul xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

📍Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Namuna MFY hududida aholi o‘rtasida navbatdagi sanitariya-profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🤝 Mahalla faollari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
📌 Targ‘ibot davomida quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi:
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash (vaksinatsiya)ning ahamiyati;
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda “Toza qo‘llar” loyihasining sog‘liqni saqlashdagi o‘rni;
🥫 Uy sharoitida konserva mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilmagan holda tayyorlash botulizm kasalligiga sabab bo‘lishi mumkinligi;
⚠️ Zoonoz hamda boshqa xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish choralari yuzasidan tavsiyalar berildi.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌡️ Jazirama issiqda o‘zingizni asrang!

🌞Yozning issiq kunlarida sog‘lig‘ingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
💧 Ko‘proq toza suv iching.
🧢 Bosh kiyim kiying va och rangli, yengil kiyimlarni tanlang.
☀️ Soat 11:00–17:00 oralig‘ida quyosh ostida uzoq vaqt qolmang.
🚑 Agar bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi yoki hushdan ketish kabi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
📌Ushbu lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.
Atmosfera havosida sifat nazorati amalga oshirildi.
🌍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan atmosfera havosi sifatini nazorat qilish maqsadida rejali laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.
🧪 Navbatdagi monitoring davomida tuman markazidagi Dilxush va O‘zbekiston ko‘chalarida atmosfera havosidan namunalar olinib tahlil qilindi.
💨 Laboratoriya tekshiruvlari natijasida chang, azot oksidi, oltingugurt dioksidi hamda uglerod oksidi (is gazi) miqdori belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmagani aniqlandi.
🛡 Mazkur nazorat tadbirlari atmosfera havosi sifatini baholash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.