Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
516 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦠 O‘tkir yuqumli ichak kasalliklaridan qanday himoyalanish mumkin?

📹 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov tomonidan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, asosiy belgilari hamda samarali profilaktika choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
▶️ Lavhani tomosha qilib, ushbu kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishing va o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang.
👍2
💉 Qizamiqqa qarshi emlaning sog‘lig‘ingizni himoya qiling!

🛡 Qizamiq havotomchi yo‘li orqali tez yuqadigan virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa emlanmagan bolalar va kattalarda og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Emlash – qizamiqdan himoyalanishning eng ishonchli va xavfsiz usuli.
📌 Nima uchun emlanish kerak?
🔹 Kasallanish xavfini keskin kamaytiradi.
🔹 Og‘ir asoratlar (zotiljam, ensefalit, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va boshqalar)ning oldini oladi.
🔹 Jamoaviy immunitetni shakllantirib, atrofdagilarni ham himoya qiladi.
💉 Emlash xavfsizmi?
Ha. Qizamiqqa qarshi vaksina ko‘p yillardan buyon dunyo bo‘ylab millionlab bolalar va kattalarda qo‘llanilib kelinmoqda. U xalqaro va milliy sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan xavfsiz hamda samarali deb e’tirof etilgan.
💡 Emlangandan so‘ng ayrim odamlarda:
🌡 Tana haroratining biroz ko‘tarilishi;
💉 Ukol qilingan joyda og‘riq yoki qizarish;
😴 Qisqa muddatli holsizlik kuzatilishi mumkin.
Bu holatlar odatda 1–3 kun ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va organizmda immunitet shakllanayotganidan dalolat beradi.
Vaksina qizamiq kasalligini chaqirmaydi.
Vaksinalar autizmga sabab bo‘lmaydi. Bu haqdagi da’volar ilmiy tadqiqotlar bilan rad etilgan.
👨‍⚕️ Farzandingizni Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating. Zarurat tug‘ilganda shifokor tavsiyasiga amal qiling.
📌 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

⚖️ Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
👤 Seminarda Andijon viloyati korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimi Yu. Yunusov ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga sabab bo‘luvchi omillar hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’ruza qildi.
📖 Shuningdek, tadbir davomida:
🔹 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
🔹 xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishning qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi;
🔹 davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
🔹 fuqarolar bilan ochiq, shaffof va xolis munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🚻 Jamoat hojatxonalarida gigiyena har birimizning mas’uliyatimiz!

🧼 Toza va sanitariya talablariga javob beradigan jamoat hojatxonalari ichak infeksiyalari hamda boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Hojatxonadan foydalangandan so‘ng qo‘llaringizni sovun bilan yuvishni unutmang.
🧴 Tozalik va gigiyena vositalaridan to‘g‘ri foydalaning.
🗑 Chiqindilarni faqat maxsus axlat qutisiga tashlang.
🌬 Hojatxonalarda tozalik va shamollatish qoidalariga rioya qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️ Salomatlik bebaho ne’mat!

📻 Andijon radiosining “Salomatlik” eshittirishida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Nargizaxon Axunova ishtirok etib, ovqatdan zaharlanishning oldini olish mavzusida batafsil ma’lumot berdi.
☀️ Efir davomida yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri tanlash va saqlash, quyosh tig‘ida sotilayotgan mahsulotlarni xarid qilmaslik, shuningdek, ovqatdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar tinglovchilar e’tiboriga havola etildi.
1👍1
Rejali tekshiruv o’tkazildi

Sanepidqo’mita Paxtaobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy zararsizlantirish bo’limida rejali davlat sanitariya nazorati tadbirlari o’tkazildi.
🦠 Tekshiruv davomida quyidagi yo’nalishlar nazorat qilindi:
Tibbiy buyumlarni qabul qilish, saralash va zararsizlantirish jarayonlariga rioya etilishi;
Sterilizatsiya uskunalarining texnik holati va ishlash samaradorligi;
Dezinfeksiya, sterilizatsiya hamda steril materiallarni saqlash tartibi;
Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejim talablariga amal qilinishi;
Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi hamda maxsus himoya vositalaridan foydalanishi;
Tibbiy chiqindilarni yig’ish, vaqtincha saqlash va utilizatsiya qilish tartibi;
Tegishli hujjatlar va nazorat jurnallarining yuritilishi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥤 Yo‘l bo‘yida sotilayotgan go‘ja, ayron va salqin ichimliklarni xarid qilishda ehtiyot bo‘ling!

☀️ Yoz mavsumida yo‘l yoqalarida noma’lum sharoitda sotilayotgan go‘ja, ayron va turli salqin ichimliklar iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
⚠️ Mahsulotning muvofiqlik sertifikati bo‘lmasa, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash sharoiti va sifati kafolatlanmaydi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish oziq-ovqatdan zaharlanish va ichak yuqumli kasalliklariga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Faqat belgilangan savdo shoxobchalarida sotilayotgan, yorlig‘i va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud mahsulotlarni xarid qiling.
❗️Mazkur lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.
💊 Unutmang! Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi emas!

📌 Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) organizmni qo‘llab-quvvatlash va ayrim vitamin hamda minerallar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan mahsulotlardir.
⚠️ Ammo ular:
Kasallikni davolamaydi;
Shifokor belgilagan dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi;
Tashxis qo‘yish yoki davolash maqsadida qo‘llanilmaydi.
BFQlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ayniqsa, homilador ayollar, emizikli onalar, bolalar va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar ehtiyotkor bo‘lishlari zarur.
❗️Mahsulot xarid qilayotganda uning:
✔️ davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
✔️ yaroqlilik muddati;
✔️ saqlash sharoiti;
✔️ ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor bering.
🛡️ Sog‘lig‘ingizni asrang! Davolanish uchun faqat shifokor tavsiya etgan dori vositalaridan foydalaning.
Oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya nazorati o‘tkazildi.

📍 Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Norbota MFY, Beshkaltak ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
✔️O’rganishlar jarayonida;
▫️ oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari;
▫️ mahsulotlarning yaroqlilik muddati va markirovkasi;
▫️ sovutish uskunalarining soz holatda ishlashi;
▫️ savdo obyektlarining sanitariya-gigiyenik holati;
▫️ xodimlarning sanitariya qoidalariga rioya etishi atroflicha o‘rganildi.
📌 O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
🚰 Jamoat hojatxonalarida suvni asrang!

💦 Suv bebaho ne’mat. Uni tejash har birimizning burchimiz!
🚽 Jamoat hojatxonalaridan foydalanayotganda quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
💧 Kranni keragidan ortiq ochmang.
🚰 Qo‘lingizni yuvib bo‘lgach, kranni mahkam yoping.
🔧 Suv sizayotgan kran yoki nosoz jihozni ko‘rsangiz, mas’ullarga xabar bering.
🧼 Suvni tejash bilan birga shaxsiy gigiyena qoidalariga ham rioya qiling.
🌍 Har tomchi suvni asrash kelajakni asrash demak!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💉 Gepatit A dan ishonchli himoya emlanish!

🦠Gepatit A yuqumli virusli kasallik bo‘lib, uning oldini olishning eng samarali usullaridan biri emlanishdir.

Kasallikning oldini olish uchun:
Gepatit A ga qarshi emlaning;
🧼 Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving;
🚰 Faqat qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning;
🍎 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling;
🍽️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling.
Ushbu lavha sun’iy intellekt yordamida yaratildi.
Savdo xodimlari uchun sanitariya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Shahrixon tuman sanitariya bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumanidagi chorva hayvonlari bozorida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
❗️Nazorat davomida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan barcha savdo shoxobchalarida sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
🦠 Savdo xodimlari o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🩺 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 200-son buyrug‘i talablariga muvofiq savdo xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish holati o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
RASMIY MUNOSABAT

📍Ijtimoiy tarmoqda Marhamat tumani hududiga oid keltirilgan murojaatda yashash hududida chorva hayvonlari boqilishi, hayvon chiqindilarining to‘planishi hamda noxush hid tarqalishi holati yuzasidan bildirilgan murojaat belgilangan tartibda mas’ul mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda chorva mollari saqlanayotgani aniqlandi. Hududda sanitariya-tozalash ishlari tashkil etilib, hayvon chiqindilari belgilangan tartibda olib chiqildi, zararsizlantirish tadbirlari amalga oshirildi hamda noxush hidni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, xonadon egasiga hududni muntazam toza saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, hayvon chiqindilarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda olib chiqish hamda chorva hayvonlarini amaldagi veterinariya-sanitariya talablariga muvofiq parvarishlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.