Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
🟡 Gepatit A – oldini olish mumkin bo‘lgan yuqumli kasallik.

Kasallik asosan iflos qo‘llar, zararlangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish hamda meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish kasallikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Sog‘lig‘ingizni asrang, gepatit A ga qarshi profilaktika choralariga amal qiling!
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☀️ Jazirama issiqda oftob urishidan qanday saqlanish mumkin?

🌡️ Havo harorati yuqori bo‘lgan kunlarda quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
👒 Bosh kiyim va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing.
💧 Kun davomida yetarli miqdorda suv iching.
🚶‍♀️ Soat 11:00–17:00 oralig‘ida imkon qadar ochiq quyosh ostida uzoq qolmang.
👕 Yengil, och rangli va tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni tanlang.
🏠 Salqin joylarda ko‘proq bo‘lishga harakat qiling.
🍉 Meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling, og‘ir va yog‘li taomlarni cheklang.
👶👵 Bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlarga alohida e’tibor qarating.
⚠️ Agar bosh aylanishi, kuchli holsizlik, ko‘ngil aynishi yoki tana haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol salqin joyga o‘ting, suv iching va zarurat bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
📌 Ushbu video sun’iy intellekt personaji yordamida tayyorlangan bo‘lib, undagi tavsiyalar sog‘liqni saqlash bo‘yicha tavsiya etilgan profilaktik choralarni eslatish maqsadida taqdim etildi.
1
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena nazorati o’tkazildi

📍 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo’rg’ontepa tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan 12-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida buyruq asosida sanitariya-gigiyena tekshiruvi o’tkazildi.
📌O’rganish jarayonida quydagilarga e’tbor qaratildi;
🧸 guruh va yordamchi xonalarning sanitariya holati;
🍽 oshxona hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari;
💧 ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi;
👨‍⚕️ xodimlarning tibbiy hujjatlari;
🦠 dezinfeksiya tadbirlarining olib borilishi;
🌡 sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi batafsil nazorat qilindi.
📋 O’rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar taqdim etildi.
1
Umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya holati o‘rganildi

🔹 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tarkibida umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya-gigiyena holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish, tez buziluvchi mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartiblariga amal qilinishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.
📢 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iste’molchilar salomatligini muhofaza qilish yuzasidan tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧🦠 Diareya – oldini olish bo‘lgan kasallik!

⚠️ Diareya – kun davomida 3 va undan ortiq marta suyuq ich kelishi bilan kechadigan holat bo‘lib, organizmni suvsizlantirishi mumkin.
Diareya nimadan kelib chiqadi?
🦠 Viruslar, bakteriyalar va parazitlar tufayli.
💧 Ifloslangan ichimlik suvi iste’mol qilinganda.
🍽️ Sifatsiz yoki buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda.
👐 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda.
🥗 Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni iste’mol qilganda.
Oldini olish uchun:
🧼 Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuving.
💧 Faqat xavfsiz yoki qaynatilgan suv iching.
🍎 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving.
🍗 Oziq-ovqatlarni to‘liq pishirib iste’mol qiling.
🥛 Muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilmang.
🚫 Ko‘cha sharoitida sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda tayyorlangan ovqat va ichimliklardan saqlaning.
Xavfsiz oziq-ovqat savdosini ta’minlash yo‘lida nazorat ishlari olib borildi.

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman sanitariya bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman markaziy dehqon bozori hamda aholi gavjum ko‘chalarda joylashgan savdo nuqtalarida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan hamda ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan savdo obyektlari aniqlanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.
⚠️ Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi:
🍏 Aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
🦠 Yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish;
🧼 Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash;
👨‍⚕️ Jamoat salomatligini muhofaza qilishdan iborat.
🧴🦠 Dezinfeksiya sog‘lom muhit asosi.

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumani Muazzinboy MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘la va omborxonalarida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

🦠 Dezinfeksiya — atrof muhitdagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilishga qaratilgan muhim sanitariya tadbiridir. U yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytirish, aholi salomatligini himoya qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


🏡 Profilaktik dezinfeksiya ishlari aholi yashash hududlarida sanitariya holatini yaxshilash va sog‘lom turmush muhitini yaratish maqsadida muntazam amalga oshirilmoqda.
#Muhim_mavzu

QUTURISH KASALLIGINI QANDAY ANIQLASH VA HIMOYALANISH MUMKIN?

‼️Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili quturishdan 55 mingdan ortiq odam vafot etadi. Kasallik 150 dan ortiq mamlakatda qayd etilmoqda. Quturish bo‘yicha eng noqulay mintaqa Janubiy-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Xitoy, Vetnam, Filippin, Laos, Indoneziya va boshqa Osiyo mamlakatlari hisoblanadi.

🎙Quturish kasalligi bo‘yicha aholini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Farhod Qurbonbekov bilan suhbatlashdik.

Quturish qanday kasallik?

U inson uchun nimasi bilan xavfli?

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/125382

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏖Yozgi ta’tilda oromgohlarda cho‘milish qoidalariga amal qiling!

Bolalar va kattalarning suv havzalarida xavfsiz cho‘milishi sog‘liqni saqlashning muhim omillaridan biridir.
Quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qiling:
🏊 Faqat cho‘milish uchun ruxsat berilgan va jihozlangan suv havzalarida cho‘miling.
👨‍👩‍👧 Bolalarni kattalar nazoratisiz suvga tushirmang.
🚫 Belgilanmagan, chuqurligi noma’lum yoki xavfli hududlarda cho‘milmang.
🍽️ Ovqatlangandan so‘ng darhol suvga tushmang. Kamida 1–1,5 soat tanaffus qiling.
🌡️ Juda qizib ketgan holda birdaniga sovuq suvga sakramang.
🤽 Suzishni bilmasangiz, chuqur joylarga kirmang va maxsus qutqaruv vositalaridan foydalaning.
🚯 Suv havzalarini ifloslantirmang, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlang.
💧 Cho‘milish vaqtida suvni yutmaslikka harakat qiling.
⛈️ Momaqaldiroq, kuchli shamol yoki noqulay ob-havo sharoitida cho‘milmang.
⚠️ O‘zingizni holsiz his qilsangiz yoki suvda noqulaylik sezsangiz, darhol qirg‘oqqa chiqing va tibbiy yordamga murojaat qiling.
⚖️ Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymang!

🚫 Korrupsiya – mansab yoki xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy foydalanishdir.
⚠️ Manfaatlar to‘qnashuvi xodimning shaxsiy manfaatlari uning xizmat vazifalarini xolis va adolatli bajarishiga ta’sir qilishi yoki shunday taassurot uyg‘otishi mumkin bo‘lgan holatdir.
📌 Har bir davlat xizmatchisi:
xizmat vazifalarini halollik va xolislik bilan bajarishi;
shaxsiy manfaatini xizmat manfaatidan ustun qo‘ymasligi;
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda bu haqda rahbariyatni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
Mansab vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish, pora olish yoki berish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvini yashirish kabi holatlar qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
🏘️ Aholi salomatligini asrash yo‘lida targ‘ibot ishlari o’tkazildi.

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari hamda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamkorligida aholi o‘rtasida dolzarb sanitariya-epidemiologik mavzularda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
📍 Navbatdagi uchrashuv Tuyalas mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli turar joylarda istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida tashkil etildi.
🌞🍽️🦠 Tadbir davomida:
🔹 jazirama issiq kunlarida bolalarni issiq urishidan himoya qilish;
🔹 ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish;
🔹 yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish choralari;
🔹 vaksinatsiyaning yuqumli kasalliklardan ishonchli himoyalanishdagi muhim o‘rni yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦠 O‘tkir yuqumli ichak kasalliklaridan qanday himoyalanish mumkin?

📹 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov tomonidan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, asosiy belgilari hamda samarali profilaktika choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
▶️ Lavhani tomosha qilib, ushbu kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishing va o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang.
👍2
💉 Qizamiqqa qarshi emlaning sog‘lig‘ingizni himoya qiling!

🛡 Qizamiq havotomchi yo‘li orqali tez yuqadigan virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa emlanmagan bolalar va kattalarda og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Emlash – qizamiqdan himoyalanishning eng ishonchli va xavfsiz usuli.
📌 Nima uchun emlanish kerak?
🔹 Kasallanish xavfini keskin kamaytiradi.
🔹 Og‘ir asoratlar (zotiljam, ensefalit, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va boshqalar)ning oldini oladi.
🔹 Jamoaviy immunitetni shakllantirib, atrofdagilarni ham himoya qiladi.
💉 Emlash xavfsizmi?
Ha. Qizamiqqa qarshi vaksina ko‘p yillardan buyon dunyo bo‘ylab millionlab bolalar va kattalarda qo‘llanilib kelinmoqda. U xalqaro va milliy sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan xavfsiz hamda samarali deb e’tirof etilgan.
💡 Emlangandan so‘ng ayrim odamlarda:
🌡 Tana haroratining biroz ko‘tarilishi;
💉 Ukol qilingan joyda og‘riq yoki qizarish;
😴 Qisqa muddatli holsizlik kuzatilishi mumkin.
Bu holatlar odatda 1–3 kun ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va organizmda immunitet shakllanayotganidan dalolat beradi.
Vaksina qizamiq kasalligini chaqirmaydi.
Vaksinalar autizmga sabab bo‘lmaydi. Bu haqdagi da’volar ilmiy tadqiqotlar bilan rad etilgan.
👨‍⚕️ Farzandingizni Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating. Zarurat tug‘ilganda shifokor tavsiyasiga amal qiling.
📌 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

⚖️ Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
👤 Seminarda Andijon viloyati korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimi Yu. Yunusov ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga sabab bo‘luvchi omillar hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’ruza qildi.
📖 Shuningdek, tadbir davomida:
🔹 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
🔹 xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishning qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi;
🔹 davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
🔹 fuqarolar bilan ochiq, shaffof va xolis munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.