Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.26K photos
761 videos
147 files
905 links
Download Telegram
Virusli gepatitning oldini olish bo‘yicha seminar o’tkazildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Shahrixon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tibbiyot xodimlari ishtirokida virusli gepatit kasalligi hamda uning oldini olish choralariga bag‘ishlangan targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.
🦠 Seminar davomida virusli gepatitning yuqish yo‘llari, kasallikning ilk belgilari, erta aniqlashning ahamiyati hamda kasallikning jigar faoliyatiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi.
💉 Shuningdek, profilaktika maqsadida:
🔹 gepatit B ga qarshi emlashning ahamiyati;
🔹 shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish;
🔹 faqat steril tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish;
🔹 qon va biologik suyuqliklar bilan ishlashda ehtiyot choralariga amal qilish;
🔹 xavfsiz tibbiy muolajalarni tashkil etish hamda sanitariya talablarga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tumani bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam olib borilmoqda.
🦠 Dezinfeksiya ishlari turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi virus, bakteriya va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilish, ularning atrof-muhitda tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Mazkur tadbirlar sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shakar iste’molida me’yorni unutmang!

🍬Ortiqcha shakar iste’moli semirish, 2-tip qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va tish kariyesi xavfini oshiradi.
🌍 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, erkin shakar iste’moli kunlik energiya ehtiyojining 10 % dan oshmasligi, imkon qadar 5 % dan kam bo‘lishi tavsiya etiladi.
Sog‘lom turmush tarzi me’yorida shakar iste’molidan boshlanadi.
📌 Batafsil ma’lumotni infografika orqali bilib oling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💉 VPCH (odam papillomasi virusi)ga qarshi emlanish haqida muhim ma’lumotlar!

🦠Qizlaringiz salomatligi va kelajagini himoya qilish uchun VPCH vaksinasining ahamiyati, kimlar emlanishi hamda vaksinaning xavfsizligi haqida ushbu lavha orqali bilib olishingiz mumkin.
📌 Sog‘lom kelajak bugungi to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi.
Lavhani ko‘ring va yaqinlaringiz bilan ham ulashing.
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Delvarzin MFYda navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

🔹 Aholiga botulizmning oldini olish, jazirama kunlarda oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔹 O‘tkir ichak yuqumli kasalliklari, virusli gepatit, quturish, bezgak va vabo profilaktikasi yuzasidan bukletlar tarqatildi.

🔹 Ichimlik suvi hamda ochiq suv havzalaridan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi.
1
💊Biologik faol qoʻshimchalar tarkibida foydalanish taqiqlangan va cheklangan moddalar

📁 ROʻYXATI
1️⃣. Dori vositalari va faol farmatsevtik substansiyalar:
gormonal preparatlar (estrogenlar, androgenlar, ularning hosilalari va boshqalar);
stereoid gormonlar va ularning analoglari;
markaziy asab tizimi stimulyatorlari va dorivor anorektiklar;
fosfodiyesteraza-5 ingibitorlari (PDE5);
kardiotrop dori moddalari;
analgetiklar va nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar;
antibiotiklar va mikroblarga qarshi dori preparatlari;
antidepressantlar, anksiolitiklar, sedativ dori vositalari;
oziq-ovqat komponentlariga mansub boʻlmagan har qanday boshqa dori moddalari.
2. Giyohvandlik va psixotrop moddalar:
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar rasmiy roʻyxatlariga kiritilgan moddalar;
sunʼiy kannabinoidlar.
3. Δ9-tetragidrokannabinol (THS) va narkotik taʼsirga ega mahsulotlar:
Δ9-tetragidrokannabinol (THS) har qanday shaklda;
kannabis (kanoplya) va uning smolalari (oziq-ovqat maqsadlarida qoʻllanilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan hollar bundan mustasno);
tarkibida THS miqdori oziq-ovqat mahsulotlari uchun milliy belgilangan chegaraviy qiymatlardan yuqori boʻlgan ekstraktlar, moylar va boshqa mahsulotlar.
4. Zaharli moddalar va sanoat kimyoviy moddalari:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallanmagan sanoat kimyoviy moddalari va texnologik reagentlar;
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan zaharli moddalar;
kanserogen, mutagen yoki reprotoksik faolligi aniqlangan, oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash ruxsat etilmagan moddalar.
5. Identifikatsiya qilinmagan yoki zaharli kelib chiqishi oʻsimlikka mansub boʻlgan qismlari:
oʻsimlikning botanik turi va foydalanilgan qismi aniq koʻrsatilmagan oʻsimlik aralashmalari va ekstraktlari;
odatdagi isteʼmol sharoitida inson uchun zaharli yoki toksik deb eʼtirof etilgan oʻsimlik komponentlari;
oziq-ovqat mahsuloti yoki BFQ tarkibida qoʻllanilishi milliy roʻyxatlar bilan taqiqlangan oʻsimlik ingrediyentlari.
6. Xavfsiz deb tan olinmagan tirik mikroorganizmlar:
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash uchun ruxsat etilmagan genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar;
patogen mikroorganizmlar va ularning toksigen variantlari, shu jumladan toksin ishlab chiqaradigan yoki patogenlik omillariga ega boʻlgan shtammlar.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏊‍♀️ Suzish havzalaridan foydalanishda gigiyena qoidalariga amal qiling!

🌊 Suzish havzasi sog‘lom dam olish maskani bo‘lishi uchun har bir tashrif buyuruvchi gigiyena qoidalariga rioya qilishi muhim.

🔹 Hovuzga kirishdan oldin dush qabul qiling. Bu suvning ifloslanishini kamaytiradi.

🩴 Maxsus rezina shippakdan foydalaning. Bu zamburug‘li kasalliklar yuqish xavfini kamaytiradi.

🩱 Toza suzish kiyimi va qalpoqchadan foydalaning.

🚫 Kasallik alomatlari (isitma, ich ketishi, teri yoki ko‘z yallig‘lanishi) bo‘lsa, hovuzga tushmang.

🚼 Kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus suzish tagliklaridan foydalaning.

💧 Hovuz suvidan ichmang va uni yutmaslikka harakat qiling.

🧴 Suzishdan so‘ng dush qabul qiling va qo‘llaringizni sovun bilan yuving.

👂 Quloq va terini yaxshilab quriting. Bu ayrim infeksiyalar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

⚠️ Hovuz hududida belgilangan sanitariya qoidalariga qat’iy amal qiling!
🍔 Fast-food qulay, ammo uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

📌 Fast-food tarkibidagi ortiqcha tuz, shakar va to‘yingan yog‘lar semirish, yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertoniya hamda 2-tur qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiradi.
🥗 Sog‘lom turmush tarzini tanlang, yangi tayyorlangan va muvozanatli ovqatlarni iste’mol qiling.
📲 Mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumotni infografika orqali bilib oling.
🛒 Dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari sifati o‘rganildi.

Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kuygan yor dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
➡️Tadbir davomida tez buziluvchi mahsulotlarni saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya qoidalari asosida saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
💊Biologik faol qoʻshimchalar tarkibida foydalanish taqiqlangan va cheklangan moddalar

📁 ROʻYXATI
1️⃣. Dori vositalari va faol farmatsevtik substansiyalar:
gormonal preparatlar (estrogenlar, androgenlar, ularning hosilalari va boshqalar);
stereoid gormonlar va ularning analoglari;
markaziy asab tizimi stimulyatorlari va dorivor anorektiklar;
fosfodiyesteraza-5 ingibitorlari (PDE5);
kardiotrop dori moddalari;
analgetiklar va nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar;
antibiotiklar va mikroblarga qarshi dori preparatlari;
antidepressantlar, anksiolitiklar, sedativ dori vositalari;
oziq-ovqat komponentlariga mansub boʻlmagan har qanday boshqa dori moddalari.
2. Giyohvandlik va psixotrop moddalar:
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar rasmiy roʻyxatlariga kiritilgan moddalar;
sunʼiy kannabinoidlar.
3. Δ9-tetragidrokannabinol (THS) va narkotik taʼsirga ega mahsulotlar:
Δ9-tetragidrokannabinol (THS) har qanday shaklda;
kannabis (kanoplya) va uning smolalari (oziq-ovqat maqsadlarida qoʻllanilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan hollar bundan mustasno);
tarkibida THS miqdori oziq-ovqat mahsulotlari uchun milliy belgilangan chegaraviy qiymatlardan yuqori boʻlgan ekstraktlar, moylar va boshqa mahsulotlar.
4. Zaharli moddalar va sanoat kimyoviy moddalari:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallanmagan sanoat kimyoviy moddalari va texnologik reagentlar;
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan zaharli moddalar;
kanserogen, mutagen yoki reprotoksik faolligi aniqlangan, oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash ruxsat etilmagan moddalar.
5. Identifikatsiya qilinmagan yoki zaharli kelib chiqishi oʻsimlikka mansub boʻlgan qismlari:
oʻsimlikning botanik turi va foydalanilgan qismi aniq koʻrsatilmagan oʻsimlik aralashmalari va ekstraktlari;
odatdagi isteʼmol sharoitida inson uchun zaharli yoki toksik deb eʼtirof etilgan oʻsimlik komponentlari;
oziq-ovqat mahsuloti yoki BFQ tarkibida qoʻllanilishi milliy roʻyxatlar bilan taqiqlangan oʻsimlik ingrediyentlari.
6. Xavfsiz deb tan olinmagan tirik mikroorganizmlar:
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash uchun ruxsat etilmagan genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar;
patogen mikroorganizmlar va ularning toksigen variantlari, shu jumladan toksin ishlab chiqaradigan yoki patogenlik omillariga ega boʻlgan shtammlar.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chilla davri nima?

☀️Yozning eng issiq kunlari chilla deb ataladi. Bu davrda quyosh nurlari juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun kunduzi uzoq vaqt tashqarida yurish sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

🌞 «Bolajon» telekanalining "NIMA GAP" dasturida chilla davrida o‘zingizni qanday asrash, ko‘proq suv ichish, bosh kiyim kiyish va quyoshdan ehtiyot bo‘lish qoidalari bolalarga qiziqarli va tushunarli tarzda tushuntirib berildi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda Sanepidqo‘mita rahbariyati tomonidan xodimlardan noqonuniy pul yig‘ishga majburlanayotgani haqidagi murojaat yuzasidan xizmat tekshiruvi va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda murojaatda keltirilgan barcha holatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida har tomonlama o‘rganilmoqda.
Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot belgilangan tartibda taqdim etiladi.
🗞 Gazeta sahifasida dolzarb mavzu yoritildi

📍 “Jalaquduq hayoti” gazetasining 2026 yil 52-sonida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi vrach-epidemiologi X. Risboyevaning “O‘tkir yuqumli ichak kasalliklaridan saqlaning” nomli maqolasi chop etildi.
📌 Unda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish, kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
📖 Salomatligingizni asrash yo‘lida maqola bilan tanishishni tavsiya etamiz.
🏕 Bolalar oromgohlarida sanitariya-gigiyena talablari nazorat qilinmoqda

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Shahrixon tumanidagi Beshariq bolalar oromgohida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

🔹 Oromgoh hududidagi sanitariya-gigiyena sharoitlari batafsil o‘rganildi.

🧪 Ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tashqi muhitdan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari uchun yuborildi.

📋 Amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

📢 Mutaxassislar tomonidan oromgoh xodimlari bilan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, oziq-ovqat xavfsizligi, yuqumli kasalliklarning oldini olish va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.