Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.27K photos
762 videos
147 files
908 links
Download Telegram
🖋️📸🎤 27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

💐Yurtimizda so‘z erkinligi, ochiqlik va xolis axborot tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlar, blogerlar, operatorlar, fotograflar hamda matbuot xizmati xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz.
💐Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👍2
📌 Gepatit C kasalligi asosan qon orqali yuqadi. Hozirda unga qarshi vaksina mavjud emas.

🦠 Infeksiyaning oldini olishning yagona yo'li - virusli qon bilan bevosita aloqadan qochish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish va tibbiy muolajalarda xavfsizlikni ta'minlashdir.

https://t.me/andijonshaharsanepid
🏡 Omanarik MFYda profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

👨‍⚕️ Sanepidqo‘mita Baliqchi tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Omanarik MFY hududida yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida fuqarolarga:
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish;
🫧 Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish;
💧 Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish;
🦠 Mavsumiy yuqumli kasalliklardan himoyalanish;
💉 Emlashning ahamiyati va uning kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan aholini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, foydali profilaktik tavsiyalar taqdim etildi.

📲 Telegram: https://t.me/san_epid_baliqchi
1
🚻 Jamoat hojatxonalarida gigiyena qoidalariga rioya qiling!

🧼 Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish o‘zingiz va atrofdagilar salomatligini himoya qiladi.

Hojatxonadan foydalangandan so‘ng qo‘llaringizni sovun bilan yuving.
🧻 Hojatxona qog‘ozidan me’yorida foydalaning va unitazga begona buyumlarni tashlamang.
🗑 Chiqindilarni faqat maxsus chiqindi qutisiga tashlang.
🚰 Suvni isrof qilmang.
🤝 Tozalikni saqlang va umumiy foydalanish joylariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling.
📢 Nosozlik yoki sanitariya holatidagi kamchiliklarni mas’ul xodimlarga ma’lum qiling.
DMTTlarda sanitariya talablari doimiy e’tiborda!

🔰Sanepidqo‘mita Shahrixon bo‘limi Epidemiologiya bo‘limi xodimlari Shahrixon tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan hamkorlikda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda tegishli buyruqlar ijrosi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, DMTTlarda bolalar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda sanitariya talablari bajarilishi o‘rganilib, mas’ullarga amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🔬 Shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha nazorati o‘tkazildi

🏥 Sanepidqo‘mita Jalaquduq tumani bo‘limi bakteriologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida reja asosida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.
🦠 O‘rganishlar davomida sterilizatsiya va dezinfeksiya tadbirlarining tashkil etilishi, aseptika hamda antiseptika qoidalariga rioya etilishi, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
👩‍⚕️ Tibbiyot xodimlariga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilish hamda infeksiyalar profilaktikasiga oid tavsiyalar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
🧫 Laboratoriya tekshiruvlari uchun tibbiyot jihozlari va muhitidan 160 ta surtma hamda 16 ta havo namunasi olinib, mikrobiologik tahlilga yuborildi.
Bunday nazorat tadbirlari tibbiyot muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda ona va bola salomatligini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
💉 Mutaxassis maslahati

Emlash yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi eng samarali usul!

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassisi Zamiraxon Madiyarova bilan suhbat

Savol: Emlash nima uchun muhim?
👩‍⚕️ Javob: Emlash organizmda ma’lum yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qiladi. Natijada inson kasallikni yengil o‘tkazadi yoki umuman kasallanmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham emlashni yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi eng samarali va ishonchli usullardan biri sifatida e’tirof etadi.
Savol: Qaysi kasalliklardan emlash orqali himoyalanish mumkin?
👩‍⚕️ Javob: Milliy emlash taqvimi asosida bolalar va kattalar qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, poliomiyelit, ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol, virusli gepatit B hamda boshqa xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi.
Savol: Ayrim ota-onalar emlashdan cho‘chiydi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
👩‍⚕️ Javob: Har bir vaksina qo‘llanilishidan oldin xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha sinovlardan o‘tadi. Emlashdan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan yengil isitma yoki ukol qilingan joydagi og‘riq organizmning himoya reaksiyasi bo‘lib, odatda qisqa muddatda o‘tib ketadi.
Savol: Emlashni kechiktirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
👩‍⚕️ Javob: Emlashni o‘z vaqtida olmagan bolalar va kattalarda yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ortadi. Bu nafaqat ularning, balki atrofdagilar salomatligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Savol: Aholiga tavsiyangiz?
👩‍⚕️ Javob: Farzandlaringizni Milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating. Emlash orqali siz nafaqat o‘zingizni, balki oilangiz va jamiyat salomatligini ham himoya qilasiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Qonun ustuvorligi halol jamiyat poydevori!

📢Pora olish yoki berish, xizmat vakolatini suiiste’mol qilish hamda mansab mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qonunga xilof hisoblanadi.
Bunday huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud.
Halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish korrupsiyasiz muhitni shakllantirishning eng muhim omilidir.
🚨 Dehqon bozorida sanitariya nazorati olib borildi.

🛒 Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tuman dehqon bozori hududida navbatdagi sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
🧪 Nazorat davomida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini baholash hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olindi.
👨‍⚕️ Shuningdek, savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi, maxsus sanitariya kiyimlaridan foydalanishi va gigiyena talablariga rioya etishi oʻrganildi.
📢 Tadbir yakunida sotuvchilarga sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishda belgilangan meʼyorlarga rioya etish yuzasidan tavsiyalar hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
FAVVORALARDA CHOʻMILISH — INFEKSIYA YUQTIRISH XAVFINI OSHIRADI

⚡️Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi?

📍Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud - u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.

📌Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi.

‼️Cho‘milishdan saqlanish sabablari

Batafsil 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/185847

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙🟦🟦

Sanitariya xizmati: kecha va bugun

Aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida sanitariya xizmati qanday bosqichlarni bosib o‘tdi?
Bugun sohada qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?

📺 Bu haqida batafsil "Sevimli" telekanali "Yangi hayot" tok-shousida tomosha qiling!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Favvoralarda cho‘milmang!

Favvoralar cho‘milish uchun emas, balki shahar obodonchiligi va bezagi uchun mo‘ljallangan.

⚠️ Favvoradagi suv yuqumli kasalliklar, teri va ko‘z infeksiyalari hamda turli jarohatlar xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang jamoat joylarida belgilangan qoidalarga amal qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yoz mavsumida diareya xavfi: o‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?

☀️Yoz oylarida diareya nima sababdan ko‘payadi? Uning asosiy belgilari qanday? Kasallikning oldini olish va diareya kuzatilganda qanday choralar ko‘rish kerak?
📹 Ushbu lavha orqali diareya haqida muhim ma’lumotlar hamda mutaxassis tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin.
Sog‘lig‘ingizni asrang, gigiyena qoidalariga rioya qiling!
1👍1
📍 Mahallabay tizimida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

🌿 Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan Birlashgan MFY hududida hamkor tashkilotlar ishtirokida keng qamrovli sanitariya-profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
💧 Tadbir davomida aholi oʻrtasida mavsumiy yuqumli kasalliklar, botulizm hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🧪 Ichimlik suvi sifatini nazorat qilish maqsadida bakteriologik laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalaridan olindi.
📄 Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri saqlash va isteʼmol qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilib, eslatma bukletlari tarqatildi.
🟢🟦🟦🟦

👶 Farzandingizni qachon emlatish kerak ekanligini bilmayapsizmi?


Unda Milliy emlash kalendarini saqlab qo'ying va farzandlaringizni o'z vaqtida emlating


⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM