Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.27K photos
762 videos
147 files
908 links
Download Telegram
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Doʻngqishloq MFYda aholi o‘rtasida navbatdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

🏠 Mahalla vakillari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

📍 Targ‘ibot davomida quydagilar bo’yicha;
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati
🧼 “Toza qo‘llar” loyihasining o‘rni
🥫 Konserva mahsulotlarini noto‘g‘ri tayyorlash botulizmga olib kelishi mumkinligi
⚠️ Zoonoz va xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berildi.

https://t.me/OAV_JIB_rasmiy
1
📢 E’LON

👥 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tadi.
🗓 24-iyun kuni
🕘 Soat 09:00 dan boshlab
📍 Manzil: Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi binosi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, tadbirkorlik, kommunal hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari, muammo va takliflari ko‘rib chiqiladi.
📌 Eslatib o‘tamiz, haftaning seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari
🕘 09:00–11:00 oralig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish kunlari hisoblanadi.
🤝 Sizni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin.
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Jahon chempionati bahslarida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga omad tilaymiz.

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-gʻayrat, matonat va muvaffaqiyat yor boʻlishini tilab qolamiz.
Oldinga, Oʻzbekiston!
#OldingaOzbekiston #JCH2026
VPCh (inson papilloma virusi, ya'ni HPV) ga qarshi emlash juda muhim.
Chunki u HPV infeksiyasining eng xavfli turlaridan himoya qiladi.
💉Emlashning asosiy afzalliklari:
⚡️Bachadon bo‘yni saratonining oldini oladi. HPV bachadon bo‘yni saratonining asosiy sababidir.
⚡️Boshqa saraton turlaridan himoya qiladi. Jumladan, anal, jinsiy a'zolar, og‘iz va tomoq saratonlarining ayrim turlarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.
⚡️Jinsiy a'zolar siğillarining oldini oladi.
⚡️Uzoq muddatli himoya beradi. Tadqiqotlar vaksinaning ko‘p yillar davomida samarali ekanligini ko‘rsatgan.
Qachon emlanish kerak?
Eng yaxshi natija vaksina jinsiy hayot boshlanishidan oldin qabul qilinganda kuzatiladi.
Odatda 9–14 yoshdagi qizlar va o‘g‘il bolalarga tavsiya etiladi.
❗️Kattaroq yoshdagi shaxslar ham shifokor tavsiyasiga ko‘ra emlanishlari mumkin.
Xavfsizligi
♻️HPV vaksinalari dunyo bo‘ylab millionlab odamlarda qo‘llanilgan va ularning xavfsizligi yuqori darajada tasdiqlangan. Ko‘pincha faqat yengil nojo‘ya ta'sirlar (inyeksiya joyida og‘riq, qizarish, qisqa muddatli isitma) kuzatiladi.
Forwarded from Deleted Account
🦠 Gepatit B ning oldini olish
📌 Gepatit B — jigarni zararlovchi xavfli virusli kasallik. Uni quyidagi choralar orqali oldini olish mumkin:
Vaksina qildiring – eng samarali himoya usuli.
Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling.
Faqat steril tibbiy asbob-uskunalardan foydalaning.
Ustara, tish cho‘tkasi va manikyur anjomlarini boshqalar bilan ulashmang.
Qon quyish va tibbiy muolajalarda xavfsizlik qoidalariga amal qiling.
Sog‘lom turmush tarzini olib boring va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘ting.
⚠️ Eslatma: Gepatit B o‘z vaqtida emlanish orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasallikdir.
Sog‘lig‘ingizni asrang! 💚 https://t.me/san_epid_baliqchi
👬 2-12 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Sanepidqo'mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Paxtaobod tumani M va MT bo‘limiga qarashli 2-sonli,12-sonli DMTT larda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Tekshiruv davomida ta'lim tashkilotining sanitariya-texnik holati, ertalabki filtr ishlarining sifati, xodimlarining davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, dezinfeksiya chora-tadbirlarining olib borilishi hamda muassasa oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati ko'zdan kechirildi.

Bolalar salomatligi — jamiyat kelajagi! Ularning sog‘lom muhitda tarbiyalanishi davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir


Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Bizni kuzating


👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman)
1
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Buloqboshi tumani, Guliston MFY hududidagi holat yuzasidan murojaatda keltirilgan manzillar tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Guliston MFYning Ildam va Olmos ko‘chalaridagi xonadonlarda chorva mollari saqlanish holati ko‘zdan kechirilib, mavjud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Masala vakolatli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.
🔰 Yozgi Ta'tilda Extiyot Bo'laylik

❇️ Sanepid qo'mita Qo'rg'ontepa tuman bo‘lim Sanitariya bo'limi San vrach E.Imomnazarov tomonidan
"Qo'rg'ontepa Haqiqati"gazetasining 2026 yil 20  iyun №8 (8024) sonida "Yozgi Ta'tilda Extiyot Bo'laylik" profilaktikasi bo‘yicha maqolasi chop etildi.

Sanepid qo'mita Qo'rg'ontepa tuman bo'limi OAB Axborot xizmati

https://t.me/SEOvaJSQ_qorgontepa
Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
Ⓜ️ Mahallalarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🏦 Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi
mutahasislari tomonidan O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

🔴 Dastavval mahalla faollari bilan hududdagi mavjud muammolar tahlil qilindi.

🟠 Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlanishi hamda ichimlik suv tarmoqlari holati o‘rganildi va laboratoriya tekshiruvlari uchun ichimlik suvi naʼmunalari olinib laboratoriyaga topshirildi.

🟢 Hududda aholi sholichilik bilan shug‘ullanishi inobatga olinib bezgak kasalligi profilaktikasi bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etildi.

🔵 Aholi o‘rtasida kuydirgi, virusli gepatit, quturish, o‘tkir ichak kasalliklarini oldini olish choralari bo‘yicha tushintirish targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

🟣 Fuqorolarga mavzularga oid 100 dan ortiq eslatmalar va bukletlar taqdim etildi.

Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi.
2
🖋️📸🎤 27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

💐Yurtimizda so‘z erkinligi, ochiqlik va xolis axborot tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlar, blogerlar, operatorlar, fotograflar hamda matbuot xizmati xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz.
💐Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👍2
📌 Gepatit C kasalligi asosan qon orqali yuqadi. Hozirda unga qarshi vaksina mavjud emas.

🦠 Infeksiyaning oldini olishning yagona yo'li - virusli qon bilan bevosita aloqadan qochish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish va tibbiy muolajalarda xavfsizlikni ta'minlashdir.

https://t.me/andijonshaharsanepid
🏡 Omanarik MFYda profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

👨‍⚕️ Sanepidqo‘mita Baliqchi tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Omanarik MFY hududida yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida fuqarolarga:
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish;
🫧 Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish;
💧 Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish;
🦠 Mavsumiy yuqumli kasalliklardan himoyalanish;
💉 Emlashning ahamiyati va uning kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan aholini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, foydali profilaktik tavsiyalar taqdim etildi.

📲 Telegram: https://t.me/san_epid_baliqchi
1
🚻 Jamoat hojatxonalarida gigiyena qoidalariga rioya qiling!

🧼 Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish o‘zingiz va atrofdagilar salomatligini himoya qiladi.

Hojatxonadan foydalangandan so‘ng qo‘llaringizni sovun bilan yuving.
🧻 Hojatxona qog‘ozidan me’yorida foydalaning va unitazga begona buyumlarni tashlamang.
🗑 Chiqindilarni faqat maxsus chiqindi qutisiga tashlang.
🚰 Suvni isrof qilmang.
🤝 Tozalikni saqlang va umumiy foydalanish joylariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling.
📢 Nosozlik yoki sanitariya holatidagi kamchiliklarni mas’ul xodimlarga ma’lum qiling.