Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
516 subscribers
7.27K photos
763 videos
147 files
909 links
Download Telegram
Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
🦠 Meningit kasalligidan ehtiyot bo‘ling ❗️

🏦 Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri, oliy toifali vrach epidemiolog, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash aʼlochisi F. Imomnazarovaning usbu kasallik profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalari taqdim etilmoqda.

🔴 Aziz yurtdoshlar. Siz umra ziyoratiga yoki sayohat uchun horijiy davlatga bormoqchimisiz. Buning uchun meningit kasalligiga qarshi emlanishni unutmang.
Bu Sizning va oila aʼzolaringiz sog‘lig‘i uchun o‘ta muhimdir.

Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi.
👍2
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani Fayzobod mahallasi bo‘yicha e’lon qilingan murojaat yuzasidan ma’lum qilamizki, mazkur holat Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining Asaka tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

O‘rganish ishlari yakunlari hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shaxar “Mustaqillik” MFY da yashovchi aholidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan ma’lum qilamizki, mazkur holat Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

O‘rganish ishlari yakunlari hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
2
Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
🍉 Tarvuzdan zaharlanib qolmaslik uchun nima qilish lozim.

▶️ Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi sanitariya vrachi S. Mo‘ydinovaning ushbu mavzudagi tavsiyalari taqdim etilmoqda.

🔴 Aziz yurtdoshlar jazirama yozning issiq kunlarida tarvuz istemol qilish niyoyatda foydali.

🔴 Lekin sifatsiz mahsulot Sizning va oila aʼzolaringiz salomatligi uchun katta havfdir.

🔴 Mahsulot harid qilayotganingizda uni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi bo‘yicha hulosa mavjudligiga eʼtibor bering. Undagi nitratlar ruhsat etilgan meʼyoru 60 mg/kg dan ortib ketmagan bo‘lishi shart.

Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi.
🔰 O‘quv seminari o‘tkazildi.

🏦 Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi ichki kasalliklar bo‘limida shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Shifoxona ichi infeksiyadini kelib chiqishini oldini olish maqsadida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar ham kelishib olindi.


Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Bizni kuzating


👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman)
Forwarded from Deleted Account
📌 Yod yetishmasligining oqibatlari
Yod organizm uchun muhim mikroelement bo‘lib, uning yetishmasligi sog‘liq uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:
🔹 Qalqonsimon bez kattalashishi (buqoq)
🔹 Xotira va diqqatning pasayishi
🔹 Tez charchash va holsizlik
🔹 Modda almashinuvining sekinlashishi
🔹 Vazn ortishi
🔹 Bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanishning sustlashishi
🔹 Immunitetning pasayishi
🔹 Homilador ayollarda homila rivojlanishiga salbiy ta'sir
Yod yetishmasligining oldini olish uchun yodlangan tuzdan foydalanish va yodga boy mahsulotlarni (dengiz mahsulotlari, baliq, tuxum, sut mahsulotlari) muntazam iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Sog‘lom hayot — yoddan boshlanadi! 🩺💙 https://t.me/san_epid_baliqchi
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Doʻngqishloq MFYda aholi o‘rtasida navbatdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

🏠 Mahalla vakillari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

📍 Targ‘ibot davomida quydagilar bo’yicha;
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati
🧼 “Toza qo‘llar” loyihasining o‘rni
🥫 Konserva mahsulotlarini noto‘g‘ri tayyorlash botulizmga olib kelishi mumkinligi
⚠️ Zoonoz va xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berildi.

https://t.me/OAV_JIB_rasmiy
1
📢 E’LON

👥 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tadi.
🗓 24-iyun kuni
🕘 Soat 09:00 dan boshlab
📍 Manzil: Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi binosi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, tadbirkorlik, kommunal hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari, muammo va takliflari ko‘rib chiqiladi.
📌 Eslatib o‘tamiz, haftaning seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari
🕘 09:00–11:00 oralig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish kunlari hisoblanadi.
🤝 Sizni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin.
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Jahon chempionati bahslarida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga omad tilaymiz.

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-gʻayrat, matonat va muvaffaqiyat yor boʻlishini tilab qolamiz.
Oldinga, Oʻzbekiston!
#OldingaOzbekiston #JCH2026
VPCh (inson papilloma virusi, ya'ni HPV) ga qarshi emlash juda muhim.
Chunki u HPV infeksiyasining eng xavfli turlaridan himoya qiladi.
💉Emlashning asosiy afzalliklari:
⚡️Bachadon bo‘yni saratonining oldini oladi. HPV bachadon bo‘yni saratonining asosiy sababidir.
⚡️Boshqa saraton turlaridan himoya qiladi. Jumladan, anal, jinsiy a'zolar, og‘iz va tomoq saratonlarining ayrim turlarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.
⚡️Jinsiy a'zolar siğillarining oldini oladi.
⚡️Uzoq muddatli himoya beradi. Tadqiqotlar vaksinaning ko‘p yillar davomida samarali ekanligini ko‘rsatgan.
Qachon emlanish kerak?
Eng yaxshi natija vaksina jinsiy hayot boshlanishidan oldin qabul qilinganda kuzatiladi.
Odatda 9–14 yoshdagi qizlar va o‘g‘il bolalarga tavsiya etiladi.
❗️Kattaroq yoshdagi shaxslar ham shifokor tavsiyasiga ko‘ra emlanishlari mumkin.
Xavfsizligi
♻️HPV vaksinalari dunyo bo‘ylab millionlab odamlarda qo‘llanilgan va ularning xavfsizligi yuqori darajada tasdiqlangan. Ko‘pincha faqat yengil nojo‘ya ta'sirlar (inyeksiya joyida og‘riq, qizarish, qisqa muddatli isitma) kuzatiladi.
Forwarded from Deleted Account
🦠 Gepatit B ning oldini olish
📌 Gepatit B — jigarni zararlovchi xavfli virusli kasallik. Uni quyidagi choralar orqali oldini olish mumkin:
Vaksina qildiring – eng samarali himoya usuli.
Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling.
Faqat steril tibbiy asbob-uskunalardan foydalaning.
Ustara, tish cho‘tkasi va manikyur anjomlarini boshqalar bilan ulashmang.
Qon quyish va tibbiy muolajalarda xavfsizlik qoidalariga amal qiling.
Sog‘lom turmush tarzini olib boring va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘ting.
⚠️ Eslatma: Gepatit B o‘z vaqtida emlanish orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasallikdir.
Sog‘lig‘ingizni asrang! 💚 https://t.me/san_epid_baliqchi
👬 2-12 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Sanepidqo'mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Paxtaobod tumani M va MT bo‘limiga qarashli 2-sonli,12-sonli DMTT larda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Tekshiruv davomida ta'lim tashkilotining sanitariya-texnik holati, ertalabki filtr ishlarining sifati, xodimlarining davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, dezinfeksiya chora-tadbirlarining olib borilishi hamda muassasa oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati ko'zdan kechirildi.

Bolalar salomatligi — jamiyat kelajagi! Ularning sog‘lom muhitda tarbiyalanishi davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir


Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Bizni kuzating


👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman)
1