Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI HAQIDA NIMALAR BILISH MUHIM?
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga — o‘tkir diareya, salmonellyoz, ichburug‘, vabo kabi kasalliklar bo‘lib, ular ko‘pincha iflos suv, yuvilmagan meva-sabzavot yoki gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuqadi.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari — o‘tkir diareya, salmonellyoz, ichburug‘ (dizenteriya), vabo va boshqa bir qator o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Ushbu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qo‘zg‘atib, bemor hamda sog‘lom bakteriya tashuvchi insonlar kasallik qo‘zg‘atuvchilarining asosiy manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni asosan najasi orqali tashqi muhitga chiqarib, tashqi muhitni kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslantiradilar.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim yetakchi yuqish omillari orqali farqlanadi. Masalan, o‘tkir diareya, salmonellyoz, ichburug‘ (dizenteriya) kabi kasalliklarning yuqishida yetakchi omil — ifloslangan oziq-ovqat yoki tayyor taomlar bo‘lsa, vabo kasalligining yetakchi yuqish omili — ifloslangan suv hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari maishiy muloqot yo‘li bilan ham yuqadi. Ushbu kasalliklarning aholi orasida keng tarqalishiga pashsha va chivinlar ham muhim rol o‘ynaydi. Ular turli xil sig‘imdagi og‘zi ochiq qoldirilgan idishlardagi suv va usti ochiq qolgan taomlar hamda oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘nib, ularni ifloslaydi.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining aholi orasida paydo bo‘lishi va ko‘payishi mavsumiy tusga ega bo‘lib, tashqi muhit harorati ko‘tarilishi bilan boshlanadi va keyinchalik kuchayadi. Kasalliklar, odatda, bahor fasli o‘rtalarida paydo bo‘lib, kech kuzgacha davom etadi. Ayniqsa 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qaynatilmagan suv, har xil sifati kafolatlanmagan chanqovbosdi ichimliklar, meva-sabzavot va ko‘katlarni toza suvda yuvmasdan iste’mol qilishi hamda ushbu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslangan ochiq suv havzalarida cho‘milishi oqibatida kasalliklarni yuqtirib olish hollari ko‘payadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar inson organizmiga tushganidan to kasallik alomatlari paydo bo‘lgunicha o‘tadigan vaqt “yashirin davr” deb ataladi. Bu davr barcha turdagi yuqumli kasalliklarga xos bo‘lib, bir necha soatdan 21 kungacha davom etishi mumkin.
Kasalliklarning yuqish yo‘llari va kelib chiqaruvchi omillar:
Qaynatilmagan suvni (sifati kafolatlanmagan ariq, kanal va boshqa ochiq suv havzalari) iste’mol qilish;
Uy sharoitida uzoq muddat saqlangan (sovutkichda saqlangan bo‘lsa ham) ovqatni iste’mol qilish;
Qovun-tarvuz, meva-chevalarni ko‘chadan xarid qilib, yuvmasdan, suvga chayqamasdan iste’mol qilish;
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarashda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
Yosh bolalarga beriladigan sun’iy yoki qo‘shimcha ovqatlarni tayyorlash va saqlashda gigiyena qoidalariga amal qilmaslik.
Ovqatlanganda, ichimlik suvini iste’mol qilganda va bola parvarishida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, kasallik alomatlari paydo bo‘lganda esa tezda shifokorga murojaat etish — o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishining oldini olishda eng muhim omildir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
🚰Jamoat hojatxonalarida suvni tejaylik!
🌍 Suv — hayot manbai. Uni asrash har birimizning burchimiz!
Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish juda muhim. Quyidagi choralar orqali suvni asrashga hissa qo‘shamiz:
🔎Suv tejamkorligiga qat’iy nazorat o‘rnatish
📣 Videoroliklar, bannerlar va bukletlar orqali targ‘ibot olib borish
📱 OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tushuntirish ishlari
👨👩👧 Aholi o‘rtasida suvni tejash madaniyatini shakllantirish
🚿 Sensorli kranlar va ikki rejimli bachoklarni joriy etish
✅ Ijroni doimiy nazoratga olish
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt

#foydali_maslahat
💉 Virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlashning ahamiyati!
📍 Eslab qoling: Toza suv, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va o‘z vaqtida emlanish gepatit A kasalligidan himoyalanishning eng muhim choralaridir.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
Virusli gepatit A — jigarni zararlovchi yuqumli kasallik bo‘lib, asosan ifloslangan suv, oziq-ovqat va kir qo‘llar orqali yuqadi. Kasallikning oldini olishning eng samarali usuli — emlashdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇳 🇺🇸 AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan va UNICEF tomonidan amalga oshiriladigan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi: Sog'liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish va xavflar haqida xabar berish hamda jamoatchilik bilan aloqalar dasturi
AQSh hukumatining UNICEF tomonidan amalga oshirilayotgan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi (Global Health Security Program) dasturi asosida,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
IT TISHLAGANDA NIMA QILISH KERAK? QUTURISH NIMA?
📝 Quturish — virusli kasallik boʻlib, kasal hayvon tishlaganidan soʻng paydo boʻladi. Bu kasallik asab tizimining jiddiy shikastlanishi bilan kechadi. Agarda oʻz vaqtida davo chorasi koʻrilmasa oʻlimga olib keladi.
📌 Tishlagan har bir hayvon, birinchi navbatda quturish uchun potentsial xavfli deb hisoblanishi lozim.
📌 Quturish kasalligi asosan itdan, shuningdek, mushuk, tulki, yenot va boʻri kabi hayvonlardan yuqadi. Infeksiya tishlanganda yoki tirnalganda, va asosan soʻlak orqali yuqadi.
❓ Hayvon tishlaganda nima qilish kerak?
Batafsil:👇 👇 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/168786
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
Batafsil:
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/168786
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMLASH - SALOMATLIKNING KAFOLATI
💉 Bolalarni 13 turdagi vaksina bilan qamrab olish ishlarini monitoring qilish maqsadida Sanepidqo‘mita mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔗 Samarqand viloyatidagi oilaviy poliklinikalarda Sanepidqo‘mita Vaksinalar logistikasi va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova hamda bosh mutaxassis Xursanoy Jamalova tomonidan emlash jarayonlari monitoring qilindi.
🖌 O‘rganishlar davomida poliklinikalarda emlash jarayonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, vaksinalarni belgilangan talablar asosida saqlash, emlash tadbirlarini amalga oshirish hamda emlashdan keyin bolalar holatini monitoring qilish ishlari atroflicha o‘rganildi.
🗂 O‘rganishlar yakunida Samarqand viloyatida milliy emlash kalendari asosida tashkil etilayotgan emlash tadbirlari yuqori saviyada olib borilayotgani alohida e’tirof etildi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shaharidagi oshxonada lag’monga solingan go’sh ichida qurt yurgani bo‘yicha e’lon qilingan murojaat yuzasidan ma’lum qilamizki, mazkur holat Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganish ishlari yakunlari hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shaharidagi oshxonada lag’monga solingan go’sh ichida qurt yurgani bo‘yicha e’lon qilingan murojaat yuzasidan ma’lum qilamizki, mazkur holat Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganish ishlari yakunlari hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
YOZNING SEVIMLI MAHSULOTLARI: QOVUN VA TARVUZ ISTE’MOLIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
‼️ Yoz fasli kelishi bilan dasturxonlarimizdan qovun va tarvuz kabi shirin va sersuv poliz mahsulotlari keng o‘rin oladi.
Ko‘pchilik fuqarolarda “Qovun va tarvuzni qayerdan sotib olish kerak?”, “Kesilgan mahsulotni qancha vaqt saqlash mumkin?”, “Nitratlar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?” kabi savollar tug‘iladi.
🎙 Shu munosabat bilan mazkur masala yuzasidan Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Oybarchin Atamuratova bilan suhbatlashdik.
❓ Aytingchi, qovun va tarvuzlarni xarid qilishda qanday talablarga amal qilish lozim?
❓ Qovun va tarvuzni iste’mol qilishdan oldin qanday gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak?
❓ Qovun va tarvuzlarni saqlashning to‘g‘ri shartlari qanday?
❓ Kesilgan qovun va tarvuzni qanday saqlash kerak?
Batafsil:👇 👇 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/176220
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱 Telegram|📱 Instagram|📱 Facebook|📱 YouTube|📱 Veb-sayt | 🌐 Emlash veb-sayt
Ko‘pchilik fuqarolarda “Qovun va tarvuzni qayerdan sotib olish kerak?”, “Kesilgan mahsulotni qancha vaqt saqlash mumkin?”, “Nitratlar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?” kabi savollar tug‘iladi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/176220
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚽️ O‘zbekiston — bizning faxrimiz!
🏆Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasiga ulkan omad va zafarlar tilaymiz!
💚 Millionlab yurtdoshlarimiz qalbi sizlar bilan!
⚽️ Har bir o‘yin — g‘urur, har bir g‘alaba — xalqimiz quvonchi!
🇺🇿 Sizlarga kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
🙌 Olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿Bayrog‘imiz doimo baland hilpirayversin!
🏆Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasiga ulkan omad va zafarlar tilaymiz!
💚 Millionlab yurtdoshlarimiz qalbi sizlar bilan!
⚽️ Har bir o‘yin — g‘urur, har bir g‘alaba — xalqimiz quvonchi!
🇺🇿 Sizlarga kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
🙌 Olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿Bayrog‘imiz doimo baland hilpirayversin!
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
BIR OTA FARYODI...
Qizamiqqa qarshi emlanmaslik og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi
Ko‘pchilik qizamiqni bir necha kunlik toshma va isitma bilan o‘tib ketadigan kasallik deb o‘ylaydi. Ammo shifokorlar ogohlantirmoqda: qizamiq yillar o‘tib ham og‘ir asorat qoldirishi mumkin.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida
👇👇👇
📹 https://youtu.be/3StnQt8lG8M
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
BIR OTA FARYODI...
Qizamiqqa qarshi emlanmaslik og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi
Ko‘pchilik qizamiqni bir necha kunlik toshma va isitma bilan o‘tib ketadigan kasallik deb o‘ylaydi. Ammo shifokorlar ogohlantirmoqda: qizamiq yillar o‘tib ham og‘ir asorat qoldirishi mumkin.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida
👇👇👇
📹 https://youtu.be/3StnQt8lG8M
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from Sanepid qo'mita Qo'rg'ontepa tuman bo'limi
🔰 A gepatiti, yoki sariq kasal, xalq orasida nomlanishicha — kattalar va bolalarning hammani shikastlaydigan kasallik. Ushbu kasallik jigarga shikast yetkazgan holda yengil darajada qanday kechsa og‘ir darajada ham shunday kechishi mumkin. A gepatitini boshidan kechirish, bu – salomatlikni uzoq vaqtgacha tiklash, eng asosiysi, qat’iy parhezlarga rioya etish, jismoniy faollikni esa pasaytirish demakdir.
✅ A gepatiti — bu iflos qo‘llar kasalligi deb hisoblanadi. Baxtga qarshi, sanitariya sharoitlari ustidan qat’iy nazorat, shaxsiy gigienaga rioya etish ham bu kasallikni chetlab o‘tish imkonini beravermaydi.
❇️ A gepatitiga qarshi vaksinalash — unga qarshi kurashishning eng samarador usulidir.
Sanepid qo'mita Qo'rg'ontepa tuman bo'limi OAB Axborot xizmati
https://t.me/SEOvaJSQ_qorgontepa

Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
Forwarded from SanEpidQo'mita Jalaquduq tuman bo'limi (Обиджон)
⚠️ Shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish choralari ko‘rilyapdimi ?
🏦 Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi bakteriologiya laboratoriyasi mutahasislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi qabul MRJ bo‘limida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.
🏥 Aholiga tibbiyot xizmati ko‘rsatishda sterilizaysiya, dezinfeksiya, aseptika, antiseptika qoidalariga amal qilinishi, shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish tartiblariga rioya qilinishi tahlil qilindi.
🏨 Tibbiyot xodimlari o‘rtasida mavzuga oid yo‘nalishda tushintirish targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.
🔬 Tibbiyot jixozlaridan 118 dona surtmalar, 18 dona xaho namunalari olinib mikrobiologik tahlil uchun laboratoriyaga yuborildi.
Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi.

❤2
Forwarded from IZBOSKAN TUMANI SEO VA JSQ
"MAHALLABAY" tizimida ishlar amalda.
✅Andijon viloyati Sanepidkoʻmita Izboskan tumani boʻlimi mutaxassislari Choʻrtonliq mahalla fuqarolar yigʻinida uyma-uy yurib aholini sanitariya madaniyatini oshirish va aholi oʻrtasida yuqumli oʻtkir ichak kasalligini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
♻️Shuningdek bolalarni yoshma-yosh kalendar asosida kasalliklarga qarshi oladigan vaksinalarini oʻz vaqtida olib borishlari, bu bilan bolalarni balki aholi oʻrtasida ham yuqumli kasalliklarni kelib chiqishini oldini olishlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Forwarded from Sanepidqo‘mita Paxtaobod tuman bo‘limi
⚡️ BFQ kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
✅ BFQ hech qachon shifokor tayyinlagan asosiy davolash kursining o‘rnini bosa olmaydi.
✅ Har qanday qo‘shimchani qabul qilishdan oldin, organizmdagi haqiqiy ehtiyojni aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish va qon tahlillarini topshirish zarur.
✅ Nazoratsiz qabul qilingan qo‘shimchalar jigarga yuklama bo‘lishi yoki boshqa dori vositalarining ta’sirini kamaytirishi mumkin
Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi
👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman)
Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) — bu oziq-ovqatga qo‘shimcha sifatida qabul qilinadigan, organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan moddalardir. Ular dori vositasi emas, balki ovqatlanishni boyituvchi vosita hisoblanadi.
✅ BFQ hech qachon shifokor tayyinlagan asosiy davolash kursining o‘rnini bosa olmaydi.
✅ Har qanday qo‘shimchani qabul qilishdan oldin, organizmdagi haqiqiy ehtiyojni aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish va qon tahlillarini topshirish zarur.
✅ Nazoratsiz qabul qilingan qo‘shimchalar jigarga yuklama bo‘lishi yoki boshqa dori vositalarining ta’sirini kamaytirishi mumkin
Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi
Bizni kuzating
👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman)
❤1
Forwarded from Sanepidqoʻmita Boʼston (XOLMATOVA DILDORA RUSTAMOVNA)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SANEPIDQO‘MITA Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi jamoasi O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasini chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi! 🇺🇿⚽
Yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yorqin g‘alabalar tilaymiz. Sizlarning har bir yutug‘ingiz butun xalqimiz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz siz bilan birgamiz! 🇺🇿🏆
Sanepidqo‘mita Boʼston tuman boʼlimi Axborot xizmati