Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
516 subscribers
7.28K photos
768 videos
147 files
910 links
Download Telegram
Jome masjidlarida profilaktik zararsizlantirish tadbirlari olib borildi.

🕌 Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan jome masjidlarida keng ko‘lamli sanitariya-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
📌Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yuritayotgan 12 ta jome masjidlarining:
🚿 tahoratxonalari
🧼 xonaqohlari
🚻 hojatxonalari
dezinfeksiya vositalari yordamida sifatli zararsizlantirildi.
Tadbirlar davomida bayram kunlarida aholi sanitariyaepidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🏢Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan rejali tekshiruv asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya-nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Nazorat davomida quydagilar;
🚰 ichimlik suvi taʼminoti,
🍲 oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati,
🧴 oshxona va yuvinish xonalarining;
sanitariya holati,
🛏️ bolalar yotoqxonalarining tozaligi,
🧹 dezinfeksiya ishlari,
👩‍⚕️ xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda
📋 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi oʻrganildi.
🖐 Shuningdek, muassasalarda “Toza qoʻllar” amaliy dasturi doirasida bolalarga qoʻllarni toʻgʻri va muntazam yuvish qoidalari amaliy tarzda tushuntirildi. Gigiyena koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
🔹Sanepidqo‘mita boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari hamda FVV, Tibbiyot birlashmasi, boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Paxtaobod tumani Shomat MFY hududidagi Abubakir Siddiq jome masjidida o‘quv-taktik seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
🦠 Seminar davomida Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, dezinfeksiya tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish hamda aholining salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
⚡️ Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish, aholini xavfsiz hududga yo‘naltirish va vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari mutasaddi xizmatlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Bolangizni gijjalardan himoya qiling!

🔴Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.

Bolalar bu kasallikni qanday yuqtirib olishadi?

Agar bola gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa qanday belgilar kuzatiladi?

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Transyog‘lar — salomatlik uchun xavf!

📌Transyog‘lar — bu suyuq o‘simlik yog‘larini kimyoviy yo‘l bilan qattiq holatga keltirilgan sun’iy yog‘lardir.

Ular qaysi mahsulotlarda ko‘p?

🍟 Fast-fudlar (kartoshka fri, burgerlar).
🍩Tayyor tort, pechenye va vaflilar.
🍿Chips va popkornlar.
🧈 Yarim tayyor muzlatilgan xamirlar.

⚠️ Organizmga asosiy zararlari:

Qonda «yomon» xolesterinni oshirib, infarkt va insult xavfini keskin kuchaytiradi.
Moddalar almashinuvini buzib, 2-tur qandli diabetga olib keladi.
Organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini chaqiradi.

🛡 Nima qilish kerak?

Mahsulot xarid qilayotganda yorlig‘idagi yozuviga e’tibor bering va iloji bo‘lsa, voz keching.
Uy sharoitida tabiiy sariyog‘ va o‘simlik yog‘laridan foydalaning.
Fast-fud va tayyor shirinliklar iste’molini cheklang.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

Muborak Qurbon hayiti ayyomi barchangizga tinchlik, xotirjamlik, mehr-oqibat hamda fayzu baraka olib kelsin. Ushbu ulug‘ ayyom insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Sizlarni va oila a’zolaringizni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman. Har bir xonadonga qut-baraka, mustahkam sog‘liq, baxt va omad tilayman. El-yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz doimo farovon bo‘lsin.

Qilayotgan ezgu amallaringiz, xayru saxovat va duolaringiz Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i
A. Ikromov
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍦 MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARISHGA QO‘YILADIGAN GIGIYЕNIK TALABLAR

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️ Biologik faol qo‘shimchalari dori vositasi emas!

Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) — bu oziq-ovqatga qo‘shimcha sifatida qabul qilinadigan, organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan moddalardir. Ular dori vositasi emas, balki ovqatlanishni boyituvchi vosita hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Bizni kuzating

👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ O‘zbegim o‘g‘lonlari, sizlarga Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir o‘yin, har bir g‘alaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.

🔥Maydonda matonat, ishonch va g‘alaba ruhi sizlarni tark etmasin!

🏆O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor bo‘lsin!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” xayriya donorlik aksiyasida Sanepidqo‘mita tizimi xodimlari faol ishtirok etdi

🔬Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, “Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” hamda “Birga hayotni saqlaymiz” shiorlari ostidagi donorlik aksiyasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi xodimlari faol qatnashdi.

🩺Ezgu tashabbus doirasida topshirilgan qon davolanishga muhtoj bolalarning salomatligini tiklashga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁😂😅😅

Sanminimum kurslarida
study.sanepid.uz onlayn platformasi orqali tez va oson o‘qing

O‘qishni boshlash uchun QR kodni skanerlang https://study.sanepid.uz

Hozircha platformada orqali
➡️go‘sht va go‘sht mahsulotlari
➡️sut va sut mahsulotlari
➡️non va un mahsulotlari
➡️ oziq-ovqat qo‘shimchalari
➡️biologik faol qo‘shimchalar
➡️ tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari da faoliyat yurituvchiklar uchun kurslar mavjud

📚 O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik qo‘lga kiritasiz

🔝 Hoziroq o‘qishni boshlang!
Xavfsiz xizmat faoliyatingizni kafolatlang!

⚡️Zero aholi salomatligini saqlash siz-u bizning burchimizdir

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
☀️ YOZ O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLAR MAVSUMI

🌍 Ona zaminimizda pishib, yetiladigan meva, poliz, sabzavot mahsulotlari rangin jilosi, shirin-shakarligi, mo‘lu ko‘lligi bilan ko‘zlarni quvnatadi. Agar farzandlarngiz yoningizda bo‘lsa shoshib donasini og‘ziga solib oladi. Hatto ba’zi kattalar ham nafsining gapiga kirib, yuvib yeyish xayolidan ko‘tarilib, mazzasini tatib ko‘radilar. Ana shu paytda ularni o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, uni yuqish hollari haqida  ma’lumotga ega emasliklarini tushunib yetasiz.

⁉️ Shunda haqli savol tug‘iladi. Xaridor ya’ni bu fuqaro nega kasallikka chalindi? O‘tkir yuqumli kasallik nima? Unga chalinmaslik uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Mazkur savollarga Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining  Epidemiologiya bo‘limi mudiri Feruzbek Mamadaliyev javob berdi. 👇

👉 Batafsil o'qish

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

☄️Samarqandda raqamlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

💬Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda raqamlashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida elektron platformalar va raqamli xizmatlarni amaliyotga tatbiq etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Elektron axborot tizimlarining joriy etilishi tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

🔈Samarqand viloyatida Sanepidqo‘mita hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari(XTSQ)ni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari bilan tashkil etildi.

Tadbir Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalarini amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari o‘rtasida raqamli axborot almashinuvini takomillashtirish hamda “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” YUKEMni hududlarda samarali joriy etishga qaratilgan.

Seminarda epidemiologlar, AKT mutaxassislari, infeksionist shifokorlar va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga YUKEM tizimining funksional imkoniyatlari, undan foydalanish tartiblari hamda texnik va tashkiliy masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir jarayonida tizim bilan ishlashning amaliy jihatlari ko‘rgazmali tarzda tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi. Shuningdek, soha xodimlari o‘z tajribalari va faoliyat davomida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Mazkur o‘quv-seminarlar YUKEM axborot tizimini samarali joriy etish, sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi
.