Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.27K photos
765 videos
147 files
910 links
Download Telegram
Sifatsiz ayron salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin!

🥛 Ayron yoz mavsumida eng ko‘p iste’mol qilinadigan ichimliklardan biri. Biroq sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, noma’lum sharoitda tayyorlangan yoki saqlangan ayron inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
❗️Sifatsiz ayron iste’moli quyidagi holatlarga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud:
🔹 O‘tkir ichak infeksiyalari
🔹 Ovqatdan zaharlanish
🔹 Qorin og‘rig‘i va ich ketishi
🔹 Ko‘ngil aynishi va qayt qilish
🔹 Bolalar hamda keksalarda suvsizlanish holati
Ayron xarid qilishda quyidagilarga e’tibor bering:
📌 Mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati
📌 Saqlash harorati (+2…+6°C)
📌 Qadoqning butun va shikastlanmaganligi
📌 Mahsulot tarkibi va ishlab chiqaruvchi ma’lumotlari
📌 Noma’lum savdo nuqtalaridan mahsulot xarid qilmaslik
🚫 Quyidagi belgilar kuzatilsa ayronni iste’mol qilmang:
Nordon va o‘tkir hid
Rangining o‘zgarishi
Qadoqning shishgan bo‘lishi
Ta’mida achish yoki g‘alati holat sezilishi
👨‍⚕️ Ayniqsa bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalligi bor shaxslar sifatli hamda xavfsiz mahsulot iste’mol qilishi muhim.
⚠️ Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) dori vositasi emas!

💊 BFQlar organizmni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha vosita hisoblanadi, ammo ular kasallikni davolamaydi va shifokor tavsiyasisiz asosiy davolash o‘rnini bosa olmaydi.
❗️Ayrim hollarda noto‘g‘ri yoki me’yoridan ortiq qabul qilingan BFQlar salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
❗️E’tibor bering:
BFQ — bu dori emas
Kasallikni davolash xususiyati isbotlanmagan bo‘lishi mumkin
Faqat ishonchli va sertifikatlangan mahsulotlarni tanlang
Shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang
Bolalar va homilador ayollarda ehtiyotkorlik zarur
🩺 Salomatlik bilan bog‘liq muammolarda o‘zbilarmonlik bilan davolanish emas, mutaxassis tavsiyasi muhim!
📌 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang har qanday vositani qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahat qiling.
#Qabul
#Iyun_oyi_uchun

⚡️Iyun oyida vrachlar uchun ochiladigan malaka oshirish kurslari!

1️⃣ oylik (144 soat):

🔷 “Epidemiologiya”
🔷 “Bakteriologiya”
🔷 “Oziq-ovqat mahsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar”

Kursga yozilish uchun:
☎️+99899-810-55-99
+998 90 919 73 71

✉️@Shakhobiddinovich_1404

📍Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonabod, “Toshkent” MFY, Toshkent yangi aylanma avtomobil yo‘li.

🔖Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi.

📌Mo‘ljal: “Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi”

👉SanepidRC👈

Instagram | Youtube | Facebook|Website
Jome masjidlarida profilaktik zararsizlantirish tadbirlari olib borildi.

🕌 Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan jome masjidlarida keng ko‘lamli sanitariya-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
📌Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yuritayotgan 12 ta jome masjidlarining:
🚿 tahoratxonalari
🧼 xonaqohlari
🚻 hojatxonalari
dezinfeksiya vositalari yordamida sifatli zararsizlantirildi.
Tadbirlar davomida bayram kunlarida aholi sanitariyaepidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🏢Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan rejali tekshiruv asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya-nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Nazorat davomida quydagilar;
🚰 ichimlik suvi taʼminoti,
🍲 oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati,
🧴 oshxona va yuvinish xonalarining;
sanitariya holati,
🛏️ bolalar yotoqxonalarining tozaligi,
🧹 dezinfeksiya ishlari,
👩‍⚕️ xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda
📋 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi oʻrganildi.
🖐 Shuningdek, muassasalarda “Toza qoʻllar” amaliy dasturi doirasida bolalarga qoʻllarni toʻgʻri va muntazam yuvish qoidalari amaliy tarzda tushuntirildi. Gigiyena koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
🔹Sanepidqo‘mita boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari hamda FVV, Tibbiyot birlashmasi, boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Paxtaobod tumani Shomat MFY hududidagi Abubakir Siddiq jome masjidida o‘quv-taktik seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
🦠 Seminar davomida Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, dezinfeksiya tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish hamda aholining salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
⚡️ Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish, aholini xavfsiz hududga yo‘naltirish va vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari mutasaddi xizmatlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Bolangizni gijjalardan himoya qiling!

🔴Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.

Bolalar bu kasallikni qanday yuqtirib olishadi?

Agar bola gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa qanday belgilar kuzatiladi?

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Transyog‘lar — salomatlik uchun xavf!

📌Transyog‘lar — bu suyuq o‘simlik yog‘larini kimyoviy yo‘l bilan qattiq holatga keltirilgan sun’iy yog‘lardir.

Ular qaysi mahsulotlarda ko‘p?

🍟 Fast-fudlar (kartoshka fri, burgerlar).
🍩Tayyor tort, pechenye va vaflilar.
🍿Chips va popkornlar.
🧈 Yarim tayyor muzlatilgan xamirlar.

⚠️ Organizmga asosiy zararlari:

Qonda «yomon» xolesterinni oshirib, infarkt va insult xavfini keskin kuchaytiradi.
Moddalar almashinuvini buzib, 2-tur qandli diabetga olib keladi.
Organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini chaqiradi.


🛡 Nima qilish kerak?

Mahsulot xarid qilayotganda yorlig‘idagi yozuviga e’tibor bering va iloji bo‘lsa, voz keching.
Uy sharoitida tabiiy sariyog‘ va o‘simlik yog‘laridan foydalaning.
Fast-fud va tayyor shirinliklar iste’molini cheklang.


⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

Muborak Qurbon hayiti ayyomi barchangizga tinchlik, xotirjamlik, mehr-oqibat hamda fayzu baraka olib kelsin. Ushbu ulug‘ ayyom insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Sizlarni va oila a’zolaringizni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman. Har bir xonadonga qut-baraka, mustahkam sog‘liq, baxt va omad tilayman. El-yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz doimo farovon bo‘lsin.

Qilayotgan ezgu amallaringiz, xayru saxovat va duolaringiz Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i
A. Ikromov
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍦 MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARISHGA QO‘YILADIGAN GIGIYЕNIK TALABLAR

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️ Biologik faol qo‘shimchalari dori vositasi emas!

Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) — bu oziq-ovqatga qo‘shimcha sifatida qabul qilinadigan, organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan moddalardir. Ular dori vositasi emas, balki ovqatlanishni boyituvchi vosita hisoblanadi.


Sanepidqo'mita Paxtaobod tuman Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Bizni kuzating


👉Telegram (https://t.me/SEO_va_JSQ_Paxtaobod_tuman
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ O‘zbegim o‘g‘lonlari, sizlarga Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir o‘yin, har bir g‘alaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.

🔥Maydonda matonat, ishonch va g‘alaba ruhi sizlarni tark etmasin!

🏆O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor bo‘lsin!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” xayriya donorlik aksiyasida Sanepidqo‘mita tizimi xodimlari faol ishtirok etdi

🔬Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, “Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” hamda “Birga hayotni saqlaymiz” shiorlari ostidagi donorlik aksiyasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi xodimlari faol qatnashdi.

🩺Ezgu tashabbus doirasida topshirilgan qon davolanishga muhtoj bolalarning salomatligini tiklashga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁😂😅😅

Sanminimum kurslarida
study.sanepid.uz onlayn platformasi orqali tez va oson o‘qing

O‘qishni boshlash uchun QR kodni skanerlang https://study.sanepid.uz

Hozircha platformada orqali
➡️go‘sht va go‘sht mahsulotlari
➡️sut va sut mahsulotlari
➡️non va un mahsulotlari
➡️ oziq-ovqat qo‘shimchalari
➡️biologik faol qo‘shimchalar
➡️ tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari da faoliyat yurituvchiklar uchun kurslar mavjud

📚 O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun QR-kodli sertifikatlarni avtomatik qo‘lga kiritasiz

🔝 Hoziroq o‘qishni boshlang!
Xavfsiz xizmat faoliyatingizni kafolatlang!

⚡️Zero aholi salomatligini saqlash siz-u bizning burchimizdir

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2