Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.28K photos
768 videos
147 files
910 links
Download Telegram
💊 BFQ mahsulotlari organizmni qo‘llab-quvvatlashda yordamchi vosita bo‘lishi mumkin.
❗️Ularni iste’mol qilishda mahsulot tarkibi, yaroqlilik muddati va qo‘llash tartibiga e’tibor qaratish muhim. Ayniqsa, BFQ mahsulotlarini shifokor tavsiyasiga asosan va me’yorida qabul qilish tavsiya etiladi
1
BOLALAR O‘YINCHOQLARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

👶 Bolalar salomatligini saqlash va xavfsiz rivojlanishini ta’minlash maqsadida bolalar o‘yinchoqlari sanitariya-gigiyena talablariga mos bo‘lishi zarur. O‘yinchoqlarni tanlashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
O‘yinchoq bolaning yoshiga mos bo‘lishi kerak
Sifati tasdiqlangan va xavfsizlik belgilariga ega bo‘lishi lozim
O‘tkir qirrali, sinuvchan yoki jarohat yetkazuvchi qismlarga ega bo‘lmasligi kerak
Toksik bo‘yoq va zararli kimyoviy moddalar ishlatilmagan bo‘lishi zarur
Yuzasi silliq, tozalash va yuvish uchun qulay bo‘lishi kerak
Kichik ajraluvchi qismlar erta yoshdagi bolalar uchun xavf tug‘dirmasligi lozim
Begona hid taratadigan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi
O‘yinchoqlar muntazam tozalanib, gigiyenik holatda saqlanishi kerak
⚠️ Sifatsiz va nazoratdan o‘tmagan o‘yinchoqlar bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, allergik holatlar yoki jarohatlanish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Oftob urushining oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹 Kun davomida yetarli miqdorda toza suv iste’mol qiling
🔹 Soat 11:00–16:00 oralig‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida uzoq qolmang
🔹 Paxtali, yengil va och rangli kiyimlar kiying
🔹 Keng soyali bosh kiyim va quyoshdan himoya ko‘zoynagidan foydalaning
🔹 Tana qizib ketishini oldini olish uchun salqin va soyali joylarda dam oling
🔹 Jismoniy faollikni havo salqin vaqtga rejalashtiring
🔹 Tarkibida SPF 30–50+ bo‘lgan quyoshdan himoya kremlaridan foydalaning. Krem tashqariga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin surtib, zaruratga ko‘ra har 2–3 soatda yangilab turing
🔹 Gazli va shirin ichimliklar o‘rniga suv hamda foydali suyuqliklarni iste’mol qiling
⚠️ Quyidagi belgilar kuzatilsa ehtiyot bo‘ling:
▪️ bosh aylanishi
▪️ kuchli holsizlik
▪️ ko‘ngil aynishi
▪️ tana haroratining ko‘tarilishi
▪️ tez yurak urishi
❗️Bunday holatlarda shaxsni zudlik bilan salqin joyga olib o‘tish, suv ichirish va zarurat bo‘lsa tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi.
❇️Sanepidqo’mita Boʼston tuman boʼlimi mutaxassislari tomonidan may oyi ish rejasiga muvofiq tumandagi tibbiyot muassasalarida navbatdagi sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
📌Nazorat tadbirlari quyidagi muassasalarda olib borildi:
🏢 Tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlar
🩺 Oilaviy poliklinikalar
🏥 Oilaviy shifokorlik punktlari
💉 Emlash xonalari
🧪 Laboratoriya va muolaja xonalari
🛏 Statsionar bo‘limlar
🚰 Sanitariya-gigiyena holati talab etiladigan hududlar
📋 O‘rganishlar davomida:
🧫 Bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazish maqsadida surtmalar olinib, laborator tahlillarga yuborildi.
🦠 Muassasalarda dezinfeksiya holati, tibbiy asbob-uskunalarning sterilizatsiya jarayonlari, sanitariya qoidalariga rioya qilinishi, xodimlarning gigiyenik talablar asosida faoliyat yuritishi o‘rganildi.
📑 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlardan tushuntirish xatlari olinib, amaldagi qonunchilik talablari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Yozgi ta’tilni oromgohlarda o‘tkazadigan bolalarni qanday tayyorlash lozim?

🏕️ Yozgi oromgohlar bolalarning dam olishi, sog‘lomlashishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun muhim maskan hisoblanadi. Biroq farzandni oromgohga yuborishdan oldin sanitariya-gigiyena hamda tibbiy tavsiyalarga amal qilish muhim.
Bola oromgohga yuborilishidan oldin quyidagilarga e’tibor qarating:
🩺 Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazing
Bolaning umumiy salomatlik holati tekshirilib, zarur tibbiy ma’lumotnomalar rasmiylashtirilishi kerak.
💉 Profilaktik emlashlarni nazorat qiling
Yoshiga mos emlashlar o‘z vaqtida olingan bo‘lishi lozim.
📄 Kerakli hujjatlarni tayyorlang
Tibbiy ma’lumotnoma, tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi va boshqa talab etiladigan hujjatlar oldindan tayyorlansin.
🧴 Shaxsiy gigiyena vositalarini tayyorlang
Tish cho‘tkasi, tish pastasi, sovun, shampun, sochiq, nam salfetka va boshqa gigiyena vositalari alohida joylashtirilsin.
👕 Mavsumga mos kiyimlar tanlang
Yengil kiyimlar, bosh kiyim, sport kiyimlari va kechki salqin ob-havo uchun ustki kiyim ham tayyorlash tavsiya etiladi.
🦟 Hasharotlardan himoya vositalarini unutmang
Mos vositalardan foydalanish yoz mavsumida foydali hisoblanadi.
💧 Suv ichish tartibini tushuntiring
Bolaga faqat toza ichimlik suvi iste’mol qilish odatini eslatib o‘ting.
🍎 Ovqatlanish va gigiyena qoidalarini tushuntiring
Ovqatdan oldin qo‘l yuvish, noma’lum mahsulotlarni iste’mol qilmaslik haqida tushuntirish zarur.
👨‍👩‍👧 Psixologik tayyorgarlik ham muhim
Bolani mustaqillikka, jamoada muloqot qilishga va ichki tartib qoidalariga rioya qilishga tayyorlash tavsiya etiladi.
Bezgak kasalligining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o’tkazildi.

🏢 Sanepidqoʻmita Andijon tuman bo‘limi entomolog mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida tizimli profilaktik ishlar olib borilmoqda.
🧪 Xususan, hududlarda bezgak kasalligini tarqatuvchi anafil chivinlari lichinkalariga qarshi biologik kurash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan suv havzalari va chivinlar ko‘payishi mumkin bo‘lgan hududlarda maxsus biologik vositalar yordamida profilaktik ishlov berish ishlari olib borilmoqda.
🦟 Bezgak chivinlar orqali yuqadigan yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, kuchli holsizlik, titroq, bosh og‘rig‘i va umumiy ahvolning yomonlashuvi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
📌 Bezgakning oldini olish uchun:
Suv to‘planadigan joylarni nazorat qilish
Hovli va atrof hududlarni ozoda saqlash
Chivinlarga qarshi himoya vositalaridan foydalanish
Uy-joylarda to‘r va himoya vositalarini qo‘llash
Profilaktik tavsiyalarga amal qilish muhim
2
Sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 46-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
👩‍🏫 Seminar davomida mutaxassislar tomonidan:
🧼 xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalari;
🍽️ bolalar ovqatlanishini tashkil etishda sanitariya talablari;
🦠 yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari;
🧴 dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish;
💧 ichimlik suvi va sanitariya holatini nazorat qilish;
🏫 MTT hududi va xonalarida gigiyenik talablarni ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bunday o‘quv seminarlarining asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida sanitariya madaniyatini oshirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi vrach epidemiologi Zamiraxon Madiyarova tomonidan qizamiq kasalligi, uning yuqish yo‘llari, belgilari hamda profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌 Ushbu lavhada qizamiqdan himoyalanish, emlashning ahamiyati hamda aholi orasida kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.
Sifatsiz ayron salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin!

🥛 Ayron yoz mavsumida eng ko‘p iste’mol qilinadigan ichimliklardan biri. Biroq sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, noma’lum sharoitda tayyorlangan yoki saqlangan ayron inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
❗️Sifatsiz ayron iste’moli quyidagi holatlarga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud:
🔹 O‘tkir ichak infeksiyalari
🔹 Ovqatdan zaharlanish
🔹 Qorin og‘rig‘i va ich ketishi
🔹 Ko‘ngil aynishi va qayt qilish
🔹 Bolalar hamda keksalarda suvsizlanish holati
Ayron xarid qilishda quyidagilarga e’tibor bering:
📌 Mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati
📌 Saqlash harorati (+2…+6°C)
📌 Qadoqning butun va shikastlanmaganligi
📌 Mahsulot tarkibi va ishlab chiqaruvchi ma’lumotlari
📌 Noma’lum savdo nuqtalaridan mahsulot xarid qilmaslik
🚫 Quyidagi belgilar kuzatilsa ayronni iste’mol qilmang:
Nordon va o‘tkir hid
Rangining o‘zgarishi
Qadoqning shishgan bo‘lishi
Ta’mida achish yoki g‘alati holat sezilishi
👨‍⚕️ Ayniqsa bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalligi bor shaxslar sifatli hamda xavfsiz mahsulot iste’mol qilishi muhim.
⚠️ Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) dori vositasi emas!

💊 BFQlar organizmni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha vosita hisoblanadi, ammo ular kasallikni davolamaydi va shifokor tavsiyasisiz asosiy davolash o‘rnini bosa olmaydi.
❗️Ayrim hollarda noto‘g‘ri yoki me’yoridan ortiq qabul qilingan BFQlar salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
❗️E’tibor bering:
BFQ — bu dori emas
Kasallikni davolash xususiyati isbotlanmagan bo‘lishi mumkin
Faqat ishonchli va sertifikatlangan mahsulotlarni tanlang
Shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang
Bolalar va homilador ayollarda ehtiyotkorlik zarur
🩺 Salomatlik bilan bog‘liq muammolarda o‘zbilarmonlik bilan davolanish emas, mutaxassis tavsiyasi muhim!
📌 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang har qanday vositani qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahat qiling.
#Qabul
#Iyun_oyi_uchun

⚡️Iyun oyida vrachlar uchun ochiladigan malaka oshirish kurslari!

1️⃣ oylik (144 soat):

🔷 “Epidemiologiya”
🔷 “Bakteriologiya”
🔷 “Oziq-ovqat mahsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar”

Kursga yozilish uchun:
☎️+99899-810-55-99
+998 90 919 73 71

✉️@Shakhobiddinovich_1404

📍Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonabod, “Toshkent” MFY, Toshkent yangi aylanma avtomobil yo‘li.

🔖Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi.

📌Mo‘ljal: “Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi”

👉SanepidRC👈

Instagram | Youtube | Facebook|Website
Jome masjidlarida profilaktik zararsizlantirish tadbirlari olib borildi.

🕌 Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan jome masjidlarida keng ko‘lamli sanitariya-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
📌Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yuritayotgan 12 ta jome masjidlarining:
🚿 tahoratxonalari
🧼 xonaqohlari
🚻 hojatxonalari
dezinfeksiya vositalari yordamida sifatli zararsizlantirildi.
Tadbirlar davomida bayram kunlarida aholi sanitariyaepidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🏢Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan rejali tekshiruv asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya-nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Nazorat davomida quydagilar;
🚰 ichimlik suvi taʼminoti,
🍲 oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati,
🧴 oshxona va yuvinish xonalarining;
sanitariya holati,
🛏️ bolalar yotoqxonalarining tozaligi,
🧹 dezinfeksiya ishlari,
👩‍⚕️ xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda
📋 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi oʻrganildi.
🖐 Shuningdek, muassasalarda “Toza qoʻllar” amaliy dasturi doirasida bolalarga qoʻllarni toʻgʻri va muntazam yuvish qoidalari amaliy tarzda tushuntirildi. Gigiyena koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.