Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.28K photos
768 videos
147 files
910 links
Download Telegram
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom sharoitlar o‘rganilmoqda.

👫Bolalar salomatligi va ularning jismoniy hamda ruhiy rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
🔹 Guruh va yotoqxonalarning sanitariya holati
🔹 Bolalar mebellari va jihozlarining xavfsizligi
🔹 Ichimlik suvi hamda sanitariya vositalari ta’minoti
🔹 Dezinfeksiya va profilaktik tadbirlar
🔹 Xodimlarning tibbiy ko‘rik va gigiyenik bilimlari
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
🚫🛒 Noqonuniy savdo rastalariga qarshi nazorat tadbirlari o‘tkazildi

🏙 Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida hududlarda nazorat tadbirlari olib borildi.
🔎 O‘rganishlar davomida yo‘l chetlari, piyodalar yo‘laklari va belgilanmagan hududlarda tashkil etilgan noqonuniy savdo nuqtalari aniqlandi.
⚠️ Yo‘l bo‘ylarida va ochiq, nazoratsiz hududlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari chang, zararli mikroorganizmlar va turli tashqi omillar ta’siriga uchrashi mumkin. Bu esa mahsulot sifatining pasayishi hamda inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi ehtimolini oshiradi.
♻️ Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rildi hamda fuqarolarga savdo faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Zakovat” intellektual o'yini
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi kubogi turniri boshlandi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Tibbiyot muassasalarida sanitariya va profilaktik nazorat ishlari olib borilmoqda.

♻️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi oilaviy shifokorlik punktlarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔹 O‘rganishlar davomida aholi o‘rtasida immunizatsiya tadbirlarining sifatli tashkil etilishi va samaradorligi;
🔹 Tibbiy cheklovga olingan bolalarning emlash bilan qamrovi;
🔹 Sil kasalligini erta aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar holati;
🔹 “Toza qo‘llar” dasturi talablari ijrosi;
🔹 Bolalar orasida ichak gelmintozlari bilan kasallanish holatlarini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔹 Shuningdek, brutsellyoz, kuydirgi va vabo kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar uchun tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
1
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Aylanpa MFYda aholi o‘rtasida navbatdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

🏠 Mahalla vakillari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

📍 Targ‘ibot davomida quydagilar bo’yicha;
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati
🧼 “Toza qo‘llar” loyihasining o‘rni
🥫 Konserva mahsulotlarini noto‘g‘ri tayyorlash botulizmga olib kelishi mumkinligi
⚠️ Zoonoz va xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berildi.
1
🦠 Gepatit A, B va C jigarni zararlovchi virusli kasalliklar bo‘lib, ularning yuqish yo‘llari va xavf darajasi turlicha. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, steril vositalardan foydalanish hamda profilaktik ko‘riklardan o‘tish muhimdir.
📌 Salomatlikka befarq bo‘lmang erta aniqlash ko‘plab xavflarning oldini oladi.
📌 Korrupsiyaga qarshi kurash taraqqiyot va samaradorlik omili.

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida boshqarma rahbari ishtirokida xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya – davlat rivoji kushandasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
📍 Seminar davomida korrupsiyaning oldini olish, tizimda raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, faoliyatni bo‘limlar kesimida samarali tashkil etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.
💉 Seminarda emlash va immunizatsiya samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama qilinib, tahlil etildi.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Suxrondaryo viloyatida Sanepidqo‘mita hamda UNIСEF hamkorligida Suxrondaryo va Qashqadaryo viloyatlari tuman hamda shahar bo‘limlari Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari uchun

🇺🇳 🇺🇸AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan va UNICEF tomonidan amalga oshiriladigan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi: Sog'liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish va xavflar haqida xabar berish hamda jamoatchilik bilan aloqalar dasturi
AQSh hukumatining UNICEF tomonidan amalga oshirilayotgan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi (Global Health Security Program) dasturi asosida,


📝“Aholi salomatligini saqlash maqsadida salomatlikka oid xavflar haqida muloqot va hamjamiyat ishtiroki” mavzusida trening boshlandi.

❗️Treningda ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashadi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekiston o‘z iqtisodiy tarixida yangi sahifani ochdi: O‘zbekistonning London fond birjasida IPO joylashtirishi — iqtisodiy taraqqiyotdagi tarixiy qadam

📈2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston London fond birjasida (London Stock Exchange) O‘zbekiston Milliy investisiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

📌Bu mamlakatning zamonaviy tarixida bunday ko‘lamdagi ilk IPO hisoblanadi. Bu voqea shunchaki moliyaviy bitim emas, balki O‘zbekistonning yangi taraqqiyot modeliga — ochiq, raqobatbardosh va xalqaro standartlarga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tayotganini anglatuvchi tarixiy qadam bo‘ldi.

📝Bu jarayonga jahon bozorining munosabati alohida ahamiyat kasb etdi. UzNIF aksiyalariga bo‘lgan talab joylashtirish hajmidan to‘rt baravardan ortiq bo‘ldi, umumiy buyurtmalar hajmi esa qariyb 3 milliard dollarga yetdi.

🗓Bunday yuqori qiziqish xalqaro institusional investorlar O‘zbekistonni uzoq muddatli o‘sish va ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotganini isbotlaydi. Sababi bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimizdagi keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kengaytirish hamda investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.

🪩UzNIF aksiyalarining London fond birjasida joylashtirilishi mamlakatning investision imijini sezilarli darajada mustahkamlab, uning xalqaro maydondagi tanilishini oshirdi va O‘zbekistonning yangi iqtisodiy brendini shakllantirdi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suvni tejash har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Jo‘mraklarni ochiq qoldirmang, nosozliklarga befarq bo‘lmang va suvdan me’yorida foydalaning. Unutmang, har bir tomchi suv qadrli!
Dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tuman dehqon bozori hududida nazorat ishlari olib borildi.
📌 O‘rganishlar davomida:
🥩 Go‘sht va go‘sht mahsulotlari;
🥛 Sut va sut mahsulotlari;
🥗 Salatlar
🥤 Gazli va salqin ichimlik mahsulotlarining saqlanish sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
🧪 Shuningdek, mahsulotlarning veterinariya va sanitariya laboratoriyasi xulosasi asosida savdoga chiqarilishi, sotuvchilarning belgilangan tartibda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holatlari nazorat qilindi.
Profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.

❇️ Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumani hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
🦠 Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar uchun sog‘lom muhit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
🧴 Dezinfeksiya tadbirlari mikroblar va zararli infeksiyalar tarqalish xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏫 Ta’lim muassasalarida muntazam dezinfeksiya ishlari bolalar salomatligini muhofaza qilish, xavfsiz va toza muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.