Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.28K photos
768 videos
147 files
910 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Quyosh tig‘i ostida qolgan ichimliklar salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
🥤 Issiq harorat ta’sirida ichimlik tarkibi o‘zgaradi, bakteriyalar ko‘payadi va zaharlanish xavfi ortadi.
Ichimliklarni salqin joyda saqlang va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida qoldirmang.
🏘 “Mahalla bay” tizimi asosida Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi Izboskan tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Gurkirov mahalla fuqarolar yig‘inida reja asosida kundalik profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
♻️ Mahalla faollari hamda patronaj hamshiralar bilan hamkorlikda uyma-uy yurilib, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
💉 Suhbatlar davomida mavsumiy kasalliklar, xususan diareya, meningit, qizamiq hamda gepatit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
🩺 Shuningdek, kasalliklarga qarshi emlashning samaradorligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va sifatli ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🐄 Uy hayvonlari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar haqida ham tushunchalar berilib, uy hayvonlarini muntazam ravishda veterinariya mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazib turish zarurligi ta’kidlandi.
Tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi

📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan Paxtaobod tuman TBga qarashli 50-OPda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida rejali o‘rganish ishlari olib borildi.
🩺 O‘rganish jarayonida muassasadagi sanitariya-gigiyena talablari, dezinfeksiya ishlari, tibbiy chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish holati, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
♻️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
👍2
#Zakovat

“Zakovat” intellektual o'yini
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi kubogi turniri

📍2026 yil 15-may kuni soat 09.00da “Zakovat arena”da

🏆“Zakovat” intellektual o'yini
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi kubogi turniri bo‘lib o‘tadi.

📣Unda hududiy boshqarmalar - 16 ta jamoa g‘oliblik va kubok uchun o‘zaro bellashadi.

🔥 Qizg‘in va murosasiz uchrashuvlarga boy bo‘lishi kutilayotgan turnirda barchaga omad tilaymiz!

‼️Jamoalar ro‘yxati bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💊 BFQ (biologik faol qo‘shimchalar)ni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling!

🔰Bugungi kunda BFQ mahsulotlari keng qo‘llanilmoqda. Ammo ularni nazoratsiz va mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilish salomatlik uchun turli noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
📌 Mahsulot tarkibi, ishlab chiqaruvchisi, sertifikati hamda yaroqlilik muddatiga albatta e’tibor qarating. Shuningdek, tavsiya etilgan dozaga qat’iy amal qiling.
⚠️ Esda tuting: BFQ dori vositasi emas va kasalliklarni davolash o‘rnini bosa olmaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom sharoitlar o‘rganilmoqda.

👫Bolalar salomatligi va ularning jismoniy hamda ruhiy rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
🔹 Guruh va yotoqxonalarning sanitariya holati
🔹 Bolalar mebellari va jihozlarining xavfsizligi
🔹 Ichimlik suvi hamda sanitariya vositalari ta’minoti
🔹 Dezinfeksiya va profilaktik tadbirlar
🔹 Xodimlarning tibbiy ko‘rik va gigiyenik bilimlari
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
🚫🛒 Noqonuniy savdo rastalariga qarshi nazorat tadbirlari o‘tkazildi

🏙 Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida hududlarda nazorat tadbirlari olib borildi.
🔎 O‘rganishlar davomida yo‘l chetlari, piyodalar yo‘laklari va belgilanmagan hududlarda tashkil etilgan noqonuniy savdo nuqtalari aniqlandi.
⚠️ Yo‘l bo‘ylarida va ochiq, nazoratsiz hududlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari chang, zararli mikroorganizmlar va turli tashqi omillar ta’siriga uchrashi mumkin. Bu esa mahsulot sifatining pasayishi hamda inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi ehtimolini oshiradi.
♻️ Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rildi hamda fuqarolarga savdo faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Zakovat” intellektual o'yini
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi kubogi turniri boshlandi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Tibbiyot muassasalarida sanitariya va profilaktik nazorat ishlari olib borilmoqda.

♻️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi oilaviy shifokorlik punktlarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔹 O‘rganishlar davomida aholi o‘rtasida immunizatsiya tadbirlarining sifatli tashkil etilishi va samaradorligi;
🔹 Tibbiy cheklovga olingan bolalarning emlash bilan qamrovi;
🔹 Sil kasalligini erta aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar holati;
🔹 “Toza qo‘llar” dasturi talablari ijrosi;
🔹 Bolalar orasida ichak gelmintozlari bilan kasallanish holatlarini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔹 Shuningdek, brutsellyoz, kuydirgi va vabo kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar uchun tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
1
Mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Aylanpa MFYda aholi o‘rtasida navbatdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

🏠 Mahalla vakillari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xonadonlarda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

📍 Targ‘ibot davomida quydagilar bo’yicha;
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati
🧼 “Toza qo‘llar” loyihasining o‘rni
🥫 Konserva mahsulotlarini noto‘g‘ri tayyorlash botulizmga olib kelishi mumkinligi
⚠️ Zoonoz va xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berildi.
1
🦠 Gepatit A, B va C jigarni zararlovchi virusli kasalliklar bo‘lib, ularning yuqish yo‘llari va xavf darajasi turlicha. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, steril vositalardan foydalanish hamda profilaktik ko‘riklardan o‘tish muhimdir.
📌 Salomatlikka befarq bo‘lmang erta aniqlash ko‘plab xavflarning oldini oladi.