Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.29K photos
769 videos
147 files
911 links
Download Telegram
Maktablarda sanitariya va sog‘lom muhit nazoratda.

🔰 Sanepidqo‘mita tomonidan ish rejasiga asosan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida rejali sanitariya nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ovqatlanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda belgilangan tartibda ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirildi.
🦠 Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot suhbatlari o‘tkazildi.
Sog‘lom muhit sifatli xizmat mezoni.

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan sartaroshxona va go‘zallik salonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi.
🧴 O‘rganish davomida ish qurollarining dezinfeksiya qilinishi, xonalar ozodaligi, foydalanilayotgan vositalarning sanitariya talablariga mosligi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi nazorat qilindi.
🩺 Mutaxassislar tomonidan xodimlarga gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, ish joylarini muntazam dezinfeksiya qilish, bir martalik vositalardan foydalanish hamda mijozlar uchun toza va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🫧 Qo‘l yuvish — oddiy odat bo‘lib ko‘rinsada, u ko‘plab yuqumli kasalliklarning oldini olishda eng samarali himoya vositalaridan biridir.
📌 Farzandlarimizga quyidagi oltin qoidalarni muntazam o‘rgataylik❗️
Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘l yuvish
Hojatxonadan foydalangandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yuvish
Ko‘chadan uyga kirgach qo‘llarni tozalash
Hayvonlarga tekkandan keyin qo‘l yuvish
Yo‘tal yoki aksirishdan so‘ng qo‘llarni yuvish
Tirnoqlarni doimo ozoda va kalta saqlash
🧴 Qo‘l yuvishda faqat suvning o‘zi yetarli emas. Sovun bilan kamida 20 soniya davomida kaft, barmoqlar oralig‘i, tirnoq atrofi va bilaklarni yaxshilab yuvish muhim hisoblanadi.
Dehqon bozorida sanitariya nazorati o’tkazildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tuman Dehqon bozorida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🔍Nazorat quydagi ishlar amalga oshirildi;
🥩 oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi;
🧴 savdo rastalaridagi sanitariya holati;
📋 mahsulotlarning veterinariya-sanitariya hujjatlari;
🧪 Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilayotgan kunlik xulosalar monitoring qilindi.
⚠️ Mutaxassislar tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan savdo xodimlariga tushuntirishlar berildi.
Ko‘p qavatli uylarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida “Yangi turmush” MFY hududidagi 109-sonli ko‘p qavatli uyda dezinfeksiya ishlari olib borildi.
🧴 Dezinfeksiya jarayonida:
🚪 kirish va chiqish yo‘laklari,
🪜 zinalar,
🏢 umumiy foydalanish hududlari,
⬇️ yer to‘lalari maxsus dezinfeksiya vositalari yordamida zararsizlantirildi.
⚠️ Dezinfeksiya ishlari turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar, viruslar va bakteriyalarni yo‘q qilish, ularning tarqalishini oldini olish hamda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Aholi yashash joylarida tozalik va sanitariya qoidalariga rioya etilishi sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
🔰Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon universiteti Andijon filiali faoliyati bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamiz.
📍Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan universitet oshxonasida sanitariya-epidemiologik o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida oshxona sanitariya holati tekshirilib, oziq-ovqat mahsulotlaridan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi hamda zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.
Laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, oshxonadan olingan namunalar tarkibida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi holatlar aniqlanmadi.
📌Shuningdek, gumon qilingan ovqatdan zaharlanish holati yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan talabalarda ovqatdan zaharlanish aniqlanmadi.
📌Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud jarayoni davom etmoqda. Yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
⚠️ O‘tkir yuqumli ichak kasalliklaridan ehtiyot bo‘ling!

🦠 Kasalliklar asosan iflos qo‘l, sifatsiz oziq-ovqat va qaynatilmagan suv orqali tarqaladi. Ayniqsa yoz mavsumida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish muhimdir.
Qo‘llarni tez-tez yuving
Meva-sabzavotlarni toza suvda yuving
Faqat sifatli ichimlik suvidan foydalaning
Tez buziluvchi mahsulotlarni sovutkichda saqlang
⚠️ Ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi va tana harorati ko‘tarilganda darhol shifokorga murojaat qiling.
Sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi va sanitariya nazorati amalga oshirildi.

🏭 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hokimligi ishchi guruhi bilan hamkorlikda sanoat korxonalarida profilaktik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍Navbatdagi nazorat tadbiri “Abdulloh And Diyorbek” MChJ trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida tashkil etildi.
📌O‘rganish jarayonida;
▪️ ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari;
▪️ sanitariya-gigiyena talablari;
▪️ ayollar mehnatini muhofaza qilish;
▪️ dam olish va ovqatlanish uchun yaratilgan qulayliklar;
▪️ xodimlarning profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi holatlari tahlil qilindi.
💬 Mutaxassislar tomonidan korxona rahbariyati hamda ishchi xodimlarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasb kasalliklarining oldini olish hamda ishlab chiqarish jarayonida sanitariya talablariga amal qilish yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berildi.
1
🕌 “Qurbon hayiti” oldidan dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi jome masjidlarida “Qurbon hayiti” bayrami oldidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
♻️ Tadbirlar davomida masjidlar hududi, tahoratxona va hojatxonalarda dezinfeksiya ishlari olib borilib, fuqarolarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🛡 Mazkur tadbirlar yuqumli kasalliklar oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.