Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.3K photos
771 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Dezinfeksiya xavfsiz hayot kafolati!

📍Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtabod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi yashash maskanlarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda tibbiyot punktlarida dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.
📌 Natijada:
🦠 Infeksiya tarqalishining oldi olinadi
👶 Bolalar va aholining salomatligi saqlanadi
🏡 Toza va xavfsiz muhit ta’minlanadi
⚠️Dezinfeksiya kasalliklarning oldini olishda eng samarali choradir.
RASMIY AXBOROT

‼️So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar kelib tushishi davom etayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanepidqo‘mita quyidagilarni ma’lum qiladi. Dunyo mamlakatlarida bo‘lgani kabi, respublikamizda ham meningokokk infeksiyasi asosan mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, kasallanish holatlari ko‘proq kuz va bahor oylarida, xususan fevral-mart oylarida qayd etiladi.

⚡️ Sanepidqo‘mita tomonidan epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, barqarorlikni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktik va sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✔️Shu jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ushbu shaxslar orasida kasallanish holatlari qayd etilmadi. Vaksinatsiyaga tibbiy qarshi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazorati ostida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan qamrab olinmoqda.

‼️Shu o‘rinda, kasallikning asosiy belgilarini yana bir bor qayd etish maqsadga muvofiq:

🔘yuqori harorat (isitma);

🔘kuchli bosh og‘rig‘i;

🔘 bo‘yin qotishi (bo‘yinni egish qiyin bo‘lishi);

🔘 ko‘ngil aynishi yoki qusish;

🔘 yorug‘likka sezgirlik;

🔘 uyquchanlik, holsizlik;

🔘 tutqanoq (ba’zan);

🔘 tanada toshma paydo bo‘lishi (ayniqsa bakterial turida).

Bolalar va chaqaloqlardagi belgilari:

🔘tinmay yig‘lash;

🔘 ovqat yemaslik;

🔘 juda uyquchanlik yoki qo‘zg‘aluvchanlik;

🔘 tanada qattiqlik.

🔹Fuqarolarimizda ushbu belgilarning birortasi yoki bir nechtasi kuzatilsa albatta oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinika, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

‼️Kasallikning oldini olish choralari:

🔘shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;

🔘 kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;

🔘 jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish;

🔘 "Haj" va "Umra" safarlariga chiqishdan oldin emlanish, safardan qaytgandan so‘ng ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash;

🔘 ixtiyoriy emlanishdan o‘tish;

🔘 bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar shifokor nazoratida bo‘lishi hamda tibbiy ko‘rsatma asosida profilaktik choralar bilan qamrab olinishi.

📌Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida vaksinatsiya markazlari mavjud bo‘lib, ularda aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli vaksina zaxiralari hamda sharoitlar yaratilgan.

📣Shu o‘rinda, fuqarolardan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini, epidemiologik vaziyat barqaror ekanligini inobatga olgan holda, faqat ishonchli va rasmiy manbalar orqali ma’lumot olishlarini so‘raymiz.

📍Ixtiyoriy emlanish uchun manzillar va aloqa raqamlari:

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/161375

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va ko'rilayotgan kuch haqida ishonchli manbalardan ma'lumot olish so'raymiz.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥤 Shirin gazli ichimliklar mazali, ammo ehtiyot bo‘ling!

❗️Shirin gazli ichimliklar ko‘pchilikka yoqadi, lekin ularni me’yoridan ortiq iste’mol qilish sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
📌 Mutaxassislar quydagilarni tavsiya qiladi;
🔹 Kunlik ratsionda shakar miqdori cheklangan bo‘lishi kerak
🔹 Gazli ichimliklar tarkibida ortiqcha shakar va sun’iy qo‘shimchalar mavjud
🔹 Ular organizmda moddalar almashinuvini buzishi mumkin
⚠️ Ortiqcha iste’mol oqibatlari quydagilarga olib kelishi mumkin;
🦷 Tish emalining yemirilishi
⚖️ Ortiqcha vazn va semizlik
💉 Qandli diabet rivojlanish xavfi
❤️ Yurak-qon tomir kasalliklari ehtimoli oshadi
To‘g‘ri tanlov;
💧 Oddiy toza suv iching
🍵 Shakar qo‘shilmagan choy va tabiiy ichimliklarni tanlang
🍋 Mevali suvlar foydaliroq alternativ hisoblanadi
1
🛡️ Salomatlik – har bir oilaning eng katta boyligi!

📍Sanepidqo‘mita Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
🏘️ “Cho‘ntak” MFY hududida tashkil etilgan uchrashuv davomida fuqarolarga
— gripp, O‘RVI, gepatit, qizamiq, bezgak kabi kasalliklarning kelib chiqish sabablari,
— yuqish yo‘llari va xavf omillari,
— ularning oldini olish choralariga oid muhim tushunchalar berildi.
📌 Shuningdek, aholiga kundalik hayotda amal qilinishi zarur bo‘lgan gigiyena qoidalari tushuntirilib, eslatma materiallari tarqatildi.
Qo‘rg‘ontepada yangi bino xizmatlar uchun yangi bosqich

🏗Qo‘rg‘ontepa tumanida Sanepid qo‘mita bo‘limi uchun barpo etilayotgan yangi bino qurilishi izchil davom etmoqda.

Obyektga qo‘mita raisi B.Q. Yusupaliev hamda hududiy boshqarma rahbari A. Ikromov tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
📌Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi batafsil ko‘zdan kechirildi. Yangi bino zamonaviy talablarga mos tarzda bunyod etilayotgani, unda xodimlar faoliyati uchun zarur barcha sharoitlar yaratilishi qayd etildi.
📌Mas’ullar qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda texnika xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
🍦 Ochiq holdagi muzqaymoqdan ehtiyot bo‘ling!

📍Yoz mavsumida ko‘chalarda va nazoratsiz savdo nuqtalarida ochiq holda sotilayotgan muzqaymoqlar sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
To‘g‘ri saqlanmagan muzqaymoqda mikroblar tez ko‘payadi va bu:
🤢 ichak kasalliklari
🤒 ovqatdan zaharlanish
🤧 yuqumli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
⚠️ Muzqaymoq xarid qilayotganda quyidagilarga e’tibor bering:
qadoqlangan bo‘lishi
saqlash harorati me’yorda bo‘lishi
ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi
sotuvchi sanitariya qoidalariga amal qilishi
🚫 Quyosh ostida uzoq turgan yoki eritilib qayta muzlatilgan mahsulotlarni iste’mol qilmang!
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚻 Jamoat hojatxonalarida gigiyena qoidalariga rioya qilish sog‘lom turmushning muhim qismi.

🫲🫱Qo‘llarni muntazam yuvish, atrof-muhit tozaligini saqlash orqali yuqumli kasalliklarning oldi olinadi.
🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan “Elektron yuqumli kasalliklar monitoringi axborot tizimi (YUKEM AT) va uning ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi.
📌 Seminar davomida yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qilish, ma’lumotlarni tezkor va aniq yuritish hamda tizimdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
👨‍💻 Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga axborot tizimining imkoniyatlari, amaliy ahamiyati va ish jarayonida qo‘llash tartibi bo‘yicha tushunchalar berildi.
🤝 Bunday seminarlar sohada raqamli tizimlardan samarali foydalanishni kengaytirish va epidemiologik nazoratni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1
JSST: DUNYODA 1 YILDA 1,8 MILLIONGA YAQIN ODAM GEPATITGA CHALINMOQDA

🇺🇳 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, virusli gepatit B va C sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Har kuni 4900 dan ortiq yangi infeksiya holatlari qayd etiladi, bu har yili 1,8 million yangi holatga yetadi. Virusli gepatit B va C 2024-yilda 1,34 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

📊 Gepatit dunyoda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘ladigan yuqumli kasalliklar ichida ikkinchi o‘rinda turadi. Virusli gepatit B va C 2024-yilda 1,34 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Asosiy faktlar:

🔴 Yuqori o‘lim: Gepatitdan o‘limning 95% dan ortig‘i B va C gepatitlari tufayli yuzaga keladi.
Yashirin xavf:
Ko‘p odamlar kasallik surunkali bosqichga (sirroz yoki saraton) o‘tmaguncha o‘z holatlaridan bexabar.
Oldini olish:

Batafsil:👇👇👇

https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/161965

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JAMOAT SALOMATLIGI SOHASIDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TIZIMINI MUSTAHKAMLASH BO‘YICHA SEMINAR

📍Buxoro shahrida Sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarda harakatlarni strategik va tezkor rejalashtirish bo‘yicha huquqiy tartibga solish masalalariga bag’ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

📌Tadbir AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan tashkil etildi.

Mazkur seminarda sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimiga jalb etilgan asosiy davlat tuzilmalarining mutaxassislari: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish milliy qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/162185

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM