Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.3K photos
771 videos
147 files
912 links
Download Telegram
😁😂😅😅

GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHGA
QO‘YILADIGAN MAXSUS TALABLAR


🍖 So‘yilgan hayvonlarning ichki a’zolari va to‘qimalarining so‘yilgandan keyingi ifloslanishining oldini olish uchun:
— qo‘llar, pichoqlar, zirhli qo‘lqoplar va fartuklar ifloslanishiga qarab har 30 daqiqada kamida 1 marta yuviladi va dezinfeksiya qilinadi;
– tanani arralash uchun arraning polotnosi
ifloslanishiga qarab 1 ish soatiga kamida 1 marta sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinfeksiya qilinadi;
– so‘yish mahsulotlari 15 minutdan kechiktirmasdan qayta ishlashga (ishlov berishga) yuboriladi;
– so’yilgan hayvon tanasini osma ilgaklardan yerga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/159426

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Sinf xonalarida gigiyenik talablar o‘quvchilar salomatligi va samarali ta’lim uchun muhim omil hisoblanadi.
Tozalik,
toza havo,
yetarli yorug‘lik
qulay sharoit sog‘lom muhit yaratadi.
📌 Har bir sinfda ushbu talablar bajarilishi farzandlarimiz kelajagi uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda “tez va oson ozish” va’dasi bilan taklif etilayotgan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) keng tarqalmoqda. Ammo ularning barchasi ham xavfsiz emas.
⚠️ Ehtimoliy salbiy oqibatlar:
— yurak-qon tomir tizimiga zarar
— jigar va buyrak faoliyatining buzilishi
— gormonal nomutanosiblik
— uyqusizlik va asabiylik
— allergik reaksiyalar
❗️ Ayrim mahsulotlar tarkibi aniq ko‘rsatilmagan yoki nazoratdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin.
❗️Yodingizda tuting
Sog‘lom vazn tashlash faqat muvozanatli ovqatlanish, jismoniy faollik va mutaxassis tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Gepatitga qarshi kurash muhim profilaktik tadbirlar davom etmoqda!

Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan gepatit kasalligini oldini olish maqsadida 5-oilaviy poliklinikada epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
🔍 O’rganish davomida;
▫️ olib borilayotgan profilaktik ishlar,
▫️ mavjud hujjatlar,
▫️ sanitariya-gigiyena talablari asosida faoliyat holati o‘rganildi.
🏘️ Shuningdek, “Mahallabay” tizimi orqali aholi o‘rtasida gepatit kasalligi, uning yuqish yo‘llari va oldini olish choralariga oid keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
❗️Eslatma o’rnida shuni yodda tuting!
✔️ Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
✔️ Faqat toza va xavfsiz oziq-ovqat iste’mol qiling
✔️ Tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘ting
🌥Havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:
– gripp va O‘RVI;
– difteriya;
– ko‘kyo‘tal;
– qizamiq;
– suvchechak;
– qizilcha;
– epidemik parotit;
– o‘pka sili va boshqalar

🐾Fekal-oral yo‘li bilan tarqaladigan infeksiyalar:
– qorin tifi hamda A va V paratiflari;
– dizenteriya;
– salmonellyoz;
– virusli gepatit A;
– gelmintozlar;
– botulizm;
– vabo va boshqalar.

👥Maishiy-kontakt yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:
– qichima;
– pedikulyoz (bitlash);
– mikrosporiyalar;
– trixofitiya;
– qoqshol;
– quturish;
– kuydirgi va boshqalar.

🦟 Qon so‘ruvchi hasharotlar (chivinlar, kanalar, burgalar, bitlar, so‘nalar, bo‘kalar va boshqalar) chaqishi orqali yuqadigan infeksiyalar:
– bezgak;
– tulyaremiya;
– toshmali tif;
– kana ensefaliti;
– o‘lat va boshqalar.

👤Parenteral yo‘l bilan (ineksiya, jarohat, operatsiya, tatuirovka, qon, sperma/vaginal sekretsiya, ko‘krak suti, limfa va boshqalar) va vertikal yo‘l bilan (onadan homilaga) yuqadigan infeksiyalar:
– zaxm;
– gonoreya;
– trixomoniaz;
– virusli gepatit B va C;
– OIV infeksiyasi va boshqalar.

❗️Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishning asosiy chora-tadbirlari quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
– infeksiya manbalarini o‘z vaqtida aniqlash;
– infeksiya manbalariga ta’sir ko‘rsatish;
– infeksiya yuqish yo‘llarini uzish;
– infeksiyaga moyil bo‘lgan inson organizmiga ta’sir o‘tkazish;
– veterinariya va fitosanitariya nazoratini o‘z vaqtida amalga oshirish;
– ovqatlanishni tashkil etish jarayoni qoidalariga rioya qilish (sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatlari va qoidalariga amal qilish, ovqatga to‘g‘ri kulinariya va termik ishlov berish, xom oziq-ovqat mahsulotlarini tatib ko‘rishdan saqlanish, faqat oqar ichimlik suvi bilan yaxshilab yuvilgan sabzavotlar, ko‘katlar va mevalarni iste’mol qilish).

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

🔶Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Tekshiruvlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi:
🥛 Sut va sut mahsulotlarining saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati
🥗 Tayyor salat va tez buziluvchi mahsulotlarning gigiyenik holati
🥩 Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining veterinariya hujjatlari va saqlanishi
🍞 Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda sanitariya talablariga rioya etilishi
🧊 Mahsulotlarni saqlash uchun muzlatgich va jihozlarning holati
📄 Tadbirkorlarning tibbiy daftarchalari mavjudligi va amaldagi holati
Shuningdek, tadbirkorlarga:
⚠️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
⚠️ Mahsulotlarni belgilangan haroratda saqlash
⚠️ Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotmaslik
⚠️ Tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Yumshoq muzqaymoq xavfsiz va sifatli bo‘lishi shart!

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlar hamda savdo shoxobchalari xodimlari o‘rtasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
✔️Nima uchun nazorat o‘tkazildi?
Yoz mavsumida yumshoq muzqaymoq mahsulotlariga talab oshadi. Noto‘g‘ri tayyorlash yoki saqlash esa oziq-ovqatdan zaharlanish va ichak infeksiyalari xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligini himoya qilish maqsadida tushuntirish ishlari tashkil etildi.
📌 Jumladan;
Uskunalar va apparatlarning tozaligi
Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
Xomashyo sifati va yaroqlilik muddati
Tayyor mahsulotni to‘g‘ri saqlash sharoitlari
✔️ Muzqaymoq apparatlarini har kuni dezinfeksiya qilish
✔️ Faqat sifatli va sertifikatlangan xomashyodan foydalanish
✔️ Xodimlar maxsus kiyim va qo‘lqopda ishlashi
✔️ Mahsulotni belgilangan haroratda saqlash
✔️ Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimlarni ishga jalb qilish
1
📖 Kitob tafakkur kaliti, ma’naviyat manbai.

🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limida tashkil etilgan axborot-kutubxona markazi shaxobchasi xodimlar uchun haqiqiy ma’naviy maskanga aylangan.
✔️Ushbu maskanda jahon va o‘zbek adabiyotining sara asarlari muntazam ravishda targ‘ib qilinib, kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida bu yerda tizimli ishlar olib borilmoqda.
🛡 Navbatdagi tadbir buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar muhokamasiga bag‘ishlanib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📌 Ayni paytda 48 nafar xodim ko‘chma kutubxona xizmatidan faol foydalanib, kitobxonlikni kundalik hayotining bir qismiga aylantirmoqda.
“Kitob bilim manbai, tafakkur charxi va qalb tarbiyachisidir.”
Maktab o‘quvchilarida vitamin va mikroelementlar tanqisligining oldini olish!
🧒🍎 Maktab yoshidagi bolalarda to‘g‘ri ovqatlanish SanQ va M gigiyenik talablari asosida tashkil etilishi zarur.
✔️Quyidagilar tavsiya etiladi:
🥗 Balanslangan ovqatlanish
— Ratsionda oqsil, yog‘ va uglevodlar me’yorida bo‘lishi
— Go‘sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar majburiy
🥕 Vitaminlarga boy mahsulotlar
— A vitamini: sabzi, qovoq
— C vitamini: karam, limon, mevalar
D vitamini: baliq, tuxum, sut mahsulotlari
🥛 Mikroelementlar bilan ta’minlash
— Temir: go‘sht, jigar, dukkaklilar
— Kalsiy: sut va sut mahsulotlari
— Yod: yodlangan tuzdan foydalanish
💧 Ichimlik rejimi
— Faqat sifatli va xavfsiz ichimlik suvi iste’moli
🕒 Ovqatlanish tartibi
— Kuniga 3–4 mahal ovqatlanish
— Nonushta majburiy
🏃 Faollik va kun tartibi
— Har kuni jismoniy faollik
— Ochiq havoda yetarli vaqt bo‘lish
⚠️Vitamin va biologik qo‘shimchalar faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilinadi.
1
Yuqumli kasalliklardan saqlanish va ularning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari

📍 Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahallalarda tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 “Birlashgan” MFYda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, quyidagi kasalliklar haqida ma’lumot berildi:
🔹 Gepatit
🔹 Qizamiq
🔹 Botulizm
🔹 Diareya
🔹 Bezgak
🔹 Boshqa yuqumli kasalliklar
💬 Suhbat davomida kasalliklarning qanday kelib chiqishi, qanday yuqishi, nimalarga olib kelishi va eng asosiysi — ularning oldini olish yo‘llari sodda va tushunarli tarzda tushuntirib berildi.
📄 Aholiga foydali tavsiyalar va eslatmalar ham tarqatildi.
Dezinfeksiya xavfsiz hayot kafolati!

📍Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtabod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi yashash maskanlarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda tibbiyot punktlarida dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.
📌 Natijada:
🦠 Infeksiya tarqalishining oldi olinadi
👶 Bolalar va aholining salomatligi saqlanadi
🏡 Toza va xavfsiz muhit ta’minlanadi
⚠️Dezinfeksiya kasalliklarning oldini olishda eng samarali choradir.
RASMIY AXBOROT

‼️So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar kelib tushishi davom etayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanepidqo‘mita quyidagilarni ma’lum qiladi. Dunyo mamlakatlarida bo‘lgani kabi, respublikamizda ham meningokokk infeksiyasi asosan mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, kasallanish holatlari ko‘proq kuz va bahor oylarida, xususan fevral-mart oylarida qayd etiladi.

⚡️ Sanepidqo‘mita tomonidan epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, barqarorlikni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktik va sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✔️Shu jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ushbu shaxslar orasida kasallanish holatlari qayd etilmadi. Vaksinatsiyaga tibbiy qarshi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazorati ostida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan qamrab olinmoqda.

‼️Shu o‘rinda, kasallikning asosiy belgilarini yana bir bor qayd etish maqsadga muvofiq:

🔘yuqori harorat (isitma);

🔘kuchli bosh og‘rig‘i;

🔘 bo‘yin qotishi (bo‘yinni egish qiyin bo‘lishi);

🔘 ko‘ngil aynishi yoki qusish;

🔘 yorug‘likka sezgirlik;

🔘 uyquchanlik, holsizlik;

🔘 tutqanoq (ba’zan);

🔘 tanada toshma paydo bo‘lishi (ayniqsa bakterial turida).

Bolalar va chaqaloqlardagi belgilari:

🔘tinmay yig‘lash;

🔘 ovqat yemaslik;

🔘 juda uyquchanlik yoki qo‘zg‘aluvchanlik;

🔘 tanada qattiqlik.

🔹Fuqarolarimizda ushbu belgilarning birortasi yoki bir nechtasi kuzatilsa albatta oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinika, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

‼️Kasallikning oldini olish choralari:

🔘shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;

🔘 kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;

🔘 jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish;

🔘 "Haj" va "Umra" safarlariga chiqishdan oldin emlanish, safardan qaytgandan so‘ng ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash;

🔘 ixtiyoriy emlanishdan o‘tish;

🔘 bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar shifokor nazoratida bo‘lishi hamda tibbiy ko‘rsatma asosida profilaktik choralar bilan qamrab olinishi.

📌Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida vaksinatsiya markazlari mavjud bo‘lib, ularda aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli vaksina zaxiralari hamda sharoitlar yaratilgan.

📣Shu o‘rinda, fuqarolardan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini, epidemiologik vaziyat barqaror ekanligini inobatga olgan holda, faqat ishonchli va rasmiy manbalar orqali ma’lumot olishlarini so‘raymiz.

📍Ixtiyoriy emlanish uchun manzillar va aloqa raqamlari:

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/161375

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va ko'rilayotgan kuch haqida ishonchli manbalardan ma'lumot olish so'raymiz.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM