Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
🛡️ Korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👤 Boshqarma boshlig‘i A. Ikromov o‘z nutqida korrupsiyaning oldini olish omillari, xususan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, xodimlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
💻 Seminar davomida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish, hujjatlar aylanishini elektron shaklga o‘tkazish orqali shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
💉 Bo‘limlar kesimida yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholini emlash ishlarini samarali tashkil etish, epidemiologik barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Seminar yakunida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Chang va iflos havo nafaqat noqulaylik, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf!

Changli havoning zararli ta’siri:
• Nafas yo‘llarini zararlaydi
• Allergiya va yo‘talni kuchaytiradi
• Bronxit va astma xurujlarini qo‘zg‘atadi
• Yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi
• Immunitetni pasaytiradi
⚠️ Ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi borlar uchun xavf yuqori!
🛡️ O‘zingizni qanday himoya qilasiz?
✔️ Tashqarida niqob (maska) taqing
✔️ Uyda nam tozalashni muntazam qiling
✔️ Ko‘p suyuqlik iching
✔️ Derazalarni changli paytda yopiq tuting
✔️ Iloji boricha yashil hududlarda sayr qiling
‼️Unutmang.Toza havo sog‘lom hayot garovi!
Qo‘rg‘ontepada samarali sanitariya ishlari e’tirof etildi

Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepid bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasidagi ishlar ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Ushbu faoliyat “Iqbol” gazetasining navbatdagi sonida chop etilib, jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
Maqolada sanitariya nazorati, sog‘lom turmush targ‘iboti va yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aks etgan.
Bu e’tirof jamoaning samarali mehnatini tasdiqlab, yanada faol ishlashga undaydi.
👍1
“Uch yulduzli yondashuv” — bu nima?

📊 “Uch yulduzli yondashuv” — bu ta’lim muassasalarida suv, sanitariya va gigiyena holatini bosqichma-bosqich yaxshilash va baholash tizimi hisoblanadi.

Ushbu tizim 3 bosqichdan iborat bo‘lib;

1️⃣yulduz — boshlang‘ich daraja
Maktabda eng zarur sharoitlar yaratiladi:
✔️ qo‘l yuvish joylari
✔️ sovun va suv mavjudligi
✔️ oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish

2️⃣yulduz — o‘rta daraja
Sharoitlar yaxshilanadi va barqarorlashadi:
✔️ doimiy toza ichimlik suvi
✔️ toza va alohida hojatxonalar
✔️o‘quvchilarda gigiyena odatlari shakllanadi

3️⃣yulduz — yuqori daraja
Eng yaxshi va barqaror tizim:
✔️ barcha sanitariya-gigiyena talablari to‘liq bajarilgan
✔️ infratuzilma zamonaviy va qulay
✔️ gigiyena madaniyati kundalik hayotga aylangan

💡 Bu yondashuv maktablarda:

➡️ toza suv, qulay hojatxona, qo‘l yuvish odatini yo‘lga qo‘yish orqali bolalar salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OITS/OIV – oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik!

🔰 Har bir inson o‘z salomatligi uchun mas’ul!
OIV qanday yuqadi?
• Himoyasiz jinsiy aloqa orqali
• Qon orqali (nesteril igna, shprits)
• Onadan bolaga (homiladorlik, tug‘ruq, emizish vaqtida)
⚠️ E’tibor bering!
OIV kundalik muloqot orqali yuqmaydi: qo‘l berib ko‘rishish, quchoqlashish, bir idishdan ovqat yeyish xavfli emas!
Profilaktika choralariga amal qiling:
• Har doim himoyalangan jinsiy aloqa qiling
• Faqat steril tibbiy asboblardan foydalaning
• Qon quyishda tekshirilgan qon tanlang
• Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
• Doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘ting
Esda tuting‼️
Erta aniqlash sog‘lom hayot garovi!
1
🧠 Bolalarda meningitdan himoyalaning!
⚠️ Meningit — bosh miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar uchun juda xavfli!
Shu sababli profilaktika choralariga amal qilish juda muhim.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Bolaga qo‘lni tez-tez yuvishni o‘rgating
🔹 Shaxsiy gigiyenaga amal qiling
🔹 Xonalarni muntazam shamollating
🔹 Gavjum joylarda uzoq vaqt bo‘lishni cheklang
🔹 Shamollash va infeksiyalarni e’tiborsiz qoldirmang
🚨 Xavfli belgilar:
🔸 Yuqori isitma
🔸 Kuchli bosh og‘rig‘i
🔸 Qayt qilish
🔸 Bo‘yin qotishi
🔸 Yorug‘likdan qo‘rqish
👉 Shu belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling!
Xavfsizlik yo‘lida amaliy mashg‘ulotlar.

🔰Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tuman bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Izboskan tumanidagi:
• “Dinamo” o‘yingohi
• Musiqa maktabi
• Istirohat bog‘ida
o‘quv-taktik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
♻️ Tadbir davomida mutaxassislar favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblarini amalda sinab ko‘rishdi.
❗️ Bunday amaliy mashg‘ulotlar nima uchun muhim?
• Favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatadi
• Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantiradi
• Aholi hayoti va salomatligini saqlab qolishda tezkorlikni oshiradi
• Turli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi
📌 Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi mutaxassislarning bilim saviyasini oshirish, amaliy tayyorgarligini kuchaytirish hamda favqulodda holatlarga doimiy tayyor holatda bo‘lishni ta’minlashdir.
2
Botulizm jiddiy xavf! Oldini olish esa oson!

Botulizm noto‘g‘ri saqlangan yoki tayyorlangan oziq-ovqat orqali yuqadigan og‘ir zaharlanishdir.
⚠️ O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Quyidagilarga amal qiling:
🚫 Uy sharoitda tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmang
✔️Mahsulotlarni iste’mol qilishdan oldin albatta tekshiring
🚫 Shishgan, hidlangan yoki ko‘rinishi o‘zgargan mahsulotlarni iste’mol qilmang
🧼 Oziq-ovqat tayyorlashda tozalikka qat’iy rioya qiling
❄️ Mahsulotlarni to‘g‘ri haroratda saqlang
👶 Bolalarga (ayniqsa 1 yoshgacha) aslo bermang!
🚨 Belgilar:
— ko‘rish xiralashishi
— gapirish va yutishda qiyinchilik
— holsizlik
Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qiling!
📢 Bozorlarda sanitariya talablari qanday?

♻️Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida dehqon va oziq-ovqat bozorlarida quyidagi sanitariya-gigiyena talablari qat’iy bajarilishi shart:
🔰 Hudud tozaligi
— Bozor hududi doimiy ravishda toza saqlanishi
— Chiqindilar maxsus konteynerlarda yig‘ilishi va o‘z vaqtida olib chiqilishi
🚰 Suv va kanalizatsiya tizimi
— Ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlangan bo‘lishi
— Kanalizatsiya tizimi soz holatda bo‘lishi
🧼 Savdo joylari gigiyenasi
— Savdo rastalari toza va dezinfeksiya qilingan bo‘lishi
— Xom va tayyor mahsulotlar alohida joylashtirilishi
🥩 Oziq-ovqat xavfsizligi
— Mahsulotlar veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tgan bo‘lishi
— Tez buziladigan mahsulotlar sovitkichlarda saqlanishi
👨‍⚕️ Sotuvchilarga talablar
— Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi
— Maxsus kiyim (xalat, qo‘lqop)da ishlashi
🪳 Zararkunandalarga qarshi kurash
— Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari muntazam olib borilishi
⚖️ Nazorat
— Sanitariya qoidalariga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilinadi
Tibbiyot xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

🔰 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Unda epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri X. Saydanov hamda immunolog B. Arzimatov ishtirok etdi.
👨‍⚕️ Tadbirda Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi bo‘lim mudirlari, KTMP, OP va OSHP rahbarlari qatnashdi.
📌 Seminar davomida:
— Meningit va qizamiq kasalliklarini erta aniqlash
— Kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi
— Zamonaviy davolash usullari
— Profilaktika choralariga oid muhim ma’lumotlar muhokama qilindi
🌍 Shuningdek, JSST tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar asosida tushuntirishlar berildi.
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda:
✔️ sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
✔️ o‘z vaqtida emlanish (vaksinatsiya)
eng muhim omillardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
🚨Qizamiq oddiy kasallik emas!

📢Bir qarashda oddiy toshma yoki isitmadek tuyulishi mumkin…
Ammo qizamiq — bolalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi!

❗️ Har bir ota-ona bilishi kerak:
Qizamiq tez yuqadi va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
💉 Eng kuchli himoya — emlash!
🧼 Tozalik va gigiyena — har kuni odat bo‘lsin
🚫 Kasal bolalardan uzoqroq tuting
Farzandingizni himoya qiling bugun ertaga kech bo‘lishi mumkin!
Bolalar salomatligi yo‘lida muhim profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

👩‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 20-sonli MTTda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida gijja kasalligining oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida keng qamrovli sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borildi.

🩺 Tadbirlar davomida quydagi tadbirlar amalga oshirildi;
👫Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
🧼 Gigiyena qoidalari haqida sodda va tushunarli tarzda tushuntirishlar berildi
👨‍👩‍👧 Ota-onalar uchun foydali tavsiyalar yetkazildi
🛡 Kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rildi
⚠️ Unutmang!
Farzandingiz salomatligi sizning e’tiboringizda!
Aholi salomatligi yo‘lida keng qamrovli targ‘ibot ishlari o’tkazildi.

🔰 Sanepidqo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida tuman hududidagi 25 ta MFYda uyma-uy yurib targ‘ibot ishlari olib borildi.
🏡 Xonadonlarga kirib, aholi bilan bevosita muloqot qilinib:
☑️ Botulizm kasalligi
☑️ Guruhli ovqatdan zaharlanish holatlari
☑️ Qutirish,qizamiq, bezgak
☑️ Leyshmanioz va kuydirgi
☑️ Virusli gepatit kasalliklari
bo‘yicha oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi.
📌 Shuningdek, aholiga kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha eslatmalar tarqatildi.