Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
🧂 Ortiqcha tuz iste’moli sekin keladigan, lekin jiddiy xavf!

Ko‘pchilik tuzni oddiy mahsulot deb hisoblaydi. Ammo uning ortiqcha iste’moli organizmda asta-sekin salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:
🔬 Organizmda nimalar yuz beradi?
🔸 Qon tomirlar torayadi va elastikligi pasayadi
🔸 Qon bosimi oshib, gipertoniya rivojlanadi
🔸 Yurak ortiqcha yuklama ostida ishlaydi
🔸 Buyraklar tuzni chiqarish uchun ko‘proq zo‘riqadi
🔸 Tanada suyuqlik to‘planib, shishlar paydo bo‘ladi
Qanday kasalliklarga olib keladi?
🔻 Yurak xuruji va insult xavfi ortadi
🔻 Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanadi
🔻 Osteoporoz (suyaklar zaiflashuvi) yuzaga keladi
🔻 Oshqozon-ichak tizimi muammolari kuchayadi
⚠️ Yashirin tuz manbalari:
Ko‘p hollarda biz faqat qo‘shilgan tuzni hisoblaymiz, ammo:
🍟 fastfudlar
🥫 konservalar
🧀 pishloqlar
🥓 kolbasa va dudlangan mahsulotlar
— tarkibida juda ko‘p “yashirin tuz” mavjud!
Mahallalarda sog‘lom turmush xavfsiz kelajak garovi!

❇️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Naymanobod MFY hududida navbatdagi profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida aholi honadonlariga tashrif buyurilib, mahalla faollari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
📌 Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
💉 Qizamiq, gepatit ,meningit va OIV kabi yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning muhim ahamiyati
🧼 “Toza qo‘llar” odati orqali gripp, virusli gepatit va o‘tkir ichak kasalliklaridan himoyalanish
🥫 Uy sharoitida noto‘g‘ri tayyorlangan konservalar botulizm kasalligiga olib kelishi mumkinligi
🐄 Zoonoz va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralarini tushuntirishlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bruselloz — chorva hayvonlaridan yuqadigan xavfli infeksiya. Oddiy ehtiyot choralariga amal qilib, o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling.

🖥Bizni kuzatishda davom eting!
Мaktablarda sanitariya va gigiyena nazoratda!

❇️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 13–18-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🧼 Sinf xonalarining sanitariya-gigiyena holati
🏥 Tibbiyot xonasining jihozlanishi va tartibi
🚰 “Toza qo‘llar” amaliy dasturining bajarilishi
🚻 Maktab hojatxonalarining tozaligi va holati
📌 Mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi va sifati nazorat qilindi

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi tomonidan dehqon bozorlarida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
🧼 Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi nazorat qilindi.
📦 Mahsulotlarning to‘g‘ri saqlanishi, sanitariya-epidemiologik xulosaga ega bo‘lishi hamda “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq yorliqlanishi (ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati aniq ko‘rsatilgan holda) o‘rganildi.
👩‍🔬 Sotuvchilarning maxsus kiyimda faoliyat yuritishi, shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanganligi va belgilangan tartibda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi tekshirildi.
📢 Shuningdek, sotuvchilar va fuqarolar o‘rtasida oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
🇺🇿 Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyatlar operatsion markazi (PHEOC) ochildi

⚡️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati bilan hamkorlikda hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi hamkorligida ochilgan markaz favqulodda vaziyatlar vaqtida real vaqt rejimida axborot almashinuvi, operativ rejalashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi hududiy muvofiqlashtirish platformasi sifatida xizmat qiladi.

🖥Markazning milliy tizimlarga integratsiyalashuvi jamoat salomatligiga tahdidlarga o‘z vaqtida, izchil va muvofiqlashtirilgan tarzda javob berilishini ta’minlaydi.

📊Hududiy darajada favqulodda vaziyatlarga javob berish salohiyatini mustahkamlash orqali Termiz operatsion markazi yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda jamoat salomatligi bilan bog‘liq boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda javob berish vaqtini qisqartirishga hamda inqiroz davrida asosiy tibbiy xizmatlarning uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlab, Surxondaryo viloyatining 3 milliondan ortiq aholisi, ayniqsa favqulodda vaziyatlardan eng ko‘p zarar ko‘radigan bolalar va aholining zaif qatlamlari manfaatlariga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat:

❇️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Buloqboshi tumani hududida faoliyat olib borayotgan dehqon bozoridagi holat yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganish uchun nazoratga olindi.
📌Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish maqsadida boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📌O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🛡️ Korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👤 Boshqarma boshlig‘i A. Ikromov o‘z nutqida korrupsiyaning oldini olish omillari, xususan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, xodimlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
💻 Seminar davomida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish, hujjatlar aylanishini elektron shaklga o‘tkazish orqali shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
💉 Bo‘limlar kesimida yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholini emlash ishlarini samarali tashkil etish, epidemiologik barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Seminar yakunida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Chang va iflos havo nafaqat noqulaylik, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf!

Changli havoning zararli ta’siri:
• Nafas yo‘llarini zararlaydi
• Allergiya va yo‘talni kuchaytiradi
• Bronxit va astma xurujlarini qo‘zg‘atadi
• Yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi
• Immunitetni pasaytiradi
⚠️ Ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi borlar uchun xavf yuqori!
🛡️ O‘zingizni qanday himoya qilasiz?
✔️ Tashqarida niqob (maska) taqing
✔️ Uyda nam tozalashni muntazam qiling
✔️ Ko‘p suyuqlik iching
✔️ Derazalarni changli paytda yopiq tuting
✔️ Iloji boricha yashil hududlarda sayr qiling
‼️Unutmang.Toza havo sog‘lom hayot garovi!
Qo‘rg‘ontepada samarali sanitariya ishlari e’tirof etildi

Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepid bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasidagi ishlar ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Ushbu faoliyat “Iqbol” gazetasining navbatdagi sonida chop etilib, jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
Maqolada sanitariya nazorati, sog‘lom turmush targ‘iboti va yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aks etgan.
Bu e’tirof jamoaning samarali mehnatini tasdiqlab, yanada faol ishlashga undaydi.
👍1
“Uch yulduzli yondashuv” — bu nima?

📊 “Uch yulduzli yondashuv” — bu ta’lim muassasalarida suv, sanitariya va gigiyena holatini bosqichma-bosqich yaxshilash va baholash tizimi hisoblanadi.

Ushbu tizim 3 bosqichdan iborat bo‘lib;

1️⃣yulduz — boshlang‘ich daraja
Maktabda eng zarur sharoitlar yaratiladi:
✔️ qo‘l yuvish joylari
✔️ sovun va suv mavjudligi
✔️ oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish

2️⃣yulduz — o‘rta daraja
Sharoitlar yaxshilanadi va barqarorlashadi:
✔️ doimiy toza ichimlik suvi
✔️ toza va alohida hojatxonalar
✔️o‘quvchilarda gigiyena odatlari shakllanadi

3️⃣yulduz — yuqori daraja
Eng yaxshi va barqaror tizim:
✔️ barcha sanitariya-gigiyena talablari to‘liq bajarilgan
✔️ infratuzilma zamonaviy va qulay
✔️ gigiyena madaniyati kundalik hayotga aylangan

💡 Bu yondashuv maktablarda:

➡️ toza suv, qulay hojatxona, qo‘l yuvish odatini yo‘lga qo‘yish orqali bolalar salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OITS/OIV – oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik!

🔰 Har bir inson o‘z salomatligi uchun mas’ul!
OIV qanday yuqadi?
• Himoyasiz jinsiy aloqa orqali
• Qon orqali (nesteril igna, shprits)
• Onadan bolaga (homiladorlik, tug‘ruq, emizish vaqtida)
⚠️ E’tibor bering!
OIV kundalik muloqot orqali yuqmaydi: qo‘l berib ko‘rishish, quchoqlashish, bir idishdan ovqat yeyish xavfli emas!
Profilaktika choralariga amal qiling:
• Har doim himoyalangan jinsiy aloqa qiling
• Faqat steril tibbiy asboblardan foydalaning
• Qon quyishda tekshirilgan qon tanlang
• Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
• Doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘ting
Esda tuting‼️
Erta aniqlash sog‘lom hayot garovi!
1
🧠 Bolalarda meningitdan himoyalaning!
⚠️ Meningit — bosh miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar uchun juda xavfli!
Shu sababli profilaktika choralariga amal qilish juda muhim.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Bolaga qo‘lni tez-tez yuvishni o‘rgating
🔹 Shaxsiy gigiyenaga amal qiling
🔹 Xonalarni muntazam shamollating
🔹 Gavjum joylarda uzoq vaqt bo‘lishni cheklang
🔹 Shamollash va infeksiyalarni e’tiborsiz qoldirmang
🚨 Xavfli belgilar:
🔸 Yuqori isitma
🔸 Kuchli bosh og‘rig‘i
🔸 Qayt qilish
🔸 Bo‘yin qotishi
🔸 Yorug‘likdan qo‘rqish
👉 Shu belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling!