Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Qo‘g‘ontepada noqonuniy savdoga qarshi nazorat olib borildi.
🔹Qo‘g‘ontepa tumanida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Sanepidqo‘mita Qo’rg’ontepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan eski dehqon bozori hududlari hamda Andijon–Xonobod magistral yo‘li bo‘ylarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔹Mutaxassislar tomonidan tez aynuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganilib, sotuvchilarga sanitariya-gigiyena talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, mahsulotlarning belgilangan haroratda saqlanishi, tozalik qoidalariga rioya etilishi va iste’molchilar salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
1
Changli havo organizmga ko‘rinmas zarar‼️

🫁 Nafas olish tizimi
Chang zarrachalari o‘pkaga kirib, bronxit, astma va allergik kasalliklarni kuchaytiradi.
‼️Yurak-qon tomir tizimi
Iflos havo qon bosimini oshirib, yurak kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
👀 Ko‘zlar
Qichishish, qizarish va ko‘z yosh oqishi kuzatiladi.
🧠 Asab tizimi
Bosh og‘rig‘i, charchoq va diqqat susayishiga olib keladi.
👶👵 Bolalar va keksalar
Immunitet past bo‘lgani uchun ta’sir kuchliroq seziladi.
⚠️ Himoya choralari
😷 Ko‘chada niqob taqing
🏠 Uyda nam tozalashni unutmang
🌳 Yashil hududlarda ko‘proq vaqt o‘tkazing
💧 Ko‘proq suv iching
🚫 Changli muhitda uzoq qolmang
Bog‘chalarda sanitariya talablari qay darajada?

🟢Sanepidqo’mita Oltinko‘l bo’limi tomonidan tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya talablari asosida rejali tekshiruv o‘tkazildi.
🟢 Tekshiruv davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, hojatxonalar hamda qo‘l yuvish joylarining tozalik holati batafsil o‘rganildi.
🧼 Shuningdek, muassasada “Toza qo‘llar” amaliy dasturining ijrosi, bolalar va xodimlar tomonidan gigiyena qoidalariga rioya etilishi ham nazorat qilindi.
🧑‍⚕️ Tarbiyachi va boshqa xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati ham ko‘zdan kechirildi.
🧪 Laboratoriya tahlillari uchun zarur namunalar olinib, tekshiruv uchun yuborildi.
1
🚫 BOTULIZMGA QARSHI KESKIN NAZORAT.XAVFLI KONSERVAlar YO‘Q QILINDI!

🟢Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan botulizm kasalligini oldini olish maqsadida bozorlarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🛒 Eski Shahar markaziy bozorida o‘tkazilgan tekshiruv davomida:
Uy sharoitida tayyorlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan konservalar aniqlanib, zararsizlantirildi va yo‘q qilindi.
👥 Shuningdek:
🔹 Sotuvchilar va xaridorlarga botulizmning xavfi va og‘ir oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berildi
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini faqat ishonchli va ruxsat etilgan joylardan xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi
⚠️ Esda tuting. Uy sharoitida noto‘g‘ri tayyorlangan konservalar hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin!
🚫 Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ikromov hamda bo‘lim mudirlari ishtirokida “Korrupsiya — davlat rivojining kushandasi” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi.
🗣 Tadbir davomida tizimda korrupsiyaga olib keluvchi omillar, ularning oldini olish mexanizmlari hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📑 Xususan:
🔹 hujjatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish
🔹 xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borish
🔹 har bir bo‘lim kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
🦠 Shu bilan birga, soha doirasida:
💉 yuqumli kasalliklar profilaktikasi va emlash jarayonlari
🍽 oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar ham muhokama markazida bo‘ldi
🤝 Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.
2👍1
🌍 7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni

💚 Salomatlik bu eng katta boylik!
Har bir inson sog‘lom bo‘lsa, jamiyat ham barqaror va kuchli bo‘ladi.
📌 Bugun o‘zimizga savol beraylik:
— Sog‘lig‘imizga yetarlicha e’tibor beryapmizmi?
— To‘g‘ri ovqatlanamizmi?
— Yetarli darajada harakat qilamizmi?
🟢 Unutmang!
✔️ Toza ovqat — sog‘lom hayot garovi
✔️ Jismoniy faollik — kuch va energiya manbai
✔️ Shaxsiy gigiyena — kasalliklardan himoya
✔️ Profilaktika — eng yaxshi davolash
👨‍⚕️ Salomatlikni asrash — faqat shifokorlarning emas, har birimizning vazifamiz!
Bugundan boshlang
O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang
🚻 Jamoat hojatxonalari — bu oddiy qulaylik emas, balki sanitariya va salomatlik garovi.
💧Toza suv, soz kanalizatsiya, doimiy tozalik va gigiyena har bir hojatxonada bo‘lishi shart!
⚠️ E’tiborsizlik esa yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
🟢 Tozalikka rioya qiling o‘zingiz va boshqalar salomatligini asrang!
Bo‘ston tumanida immunoprofilaktika seminari o‘tkazildi .

🟢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi immunolog vrachi I. Jalilov tomonidan tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida “O‘zbekistonda immunoprofilaktika ishlarini tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
📌Seminar davomida mutaxassislar tomonidan:
👶 0 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni to‘liq emlash bilan qamrab olish
📅 Milliy emlash kalendariga qat’iy amal qilish
💉 Emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish
📊 Emlash jarayonida nazorat va hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri yuritish
bo‘yicha muhim tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🗣 Shuningdek, mutaxassislar emlash – bu nafaqat bola salomatligi, balki jamiyat xavfsizligining muhim omili ekanini alohida ta’kidladilar.
⚕️ Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga batafsil javob oldilar.
Gepatitga qarshi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

🟢Sanepidqo’mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan gepatit kasalliklarini oldini olish maqsadida 7-oilaviy poliklinikada epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish jarayonida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:
🧾 Tibbiy hujjatlarning yuritilishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi
💉 Emlash jarayonlari va profilaktik chora-tadbirlar holati
🧼 Dezinfeksiya va sterilizatsiya qoidalariga rioya etilishi
👩‍⚕️ Tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiyena talablariga amal qilishi
🗂 Gepatit bilan bog‘liq holatlarni ro‘yxatga olish va nazorat qilish tartibi
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
⚠️ Unutmang Gepatitning oldini olish tozalik, ehtiyot choralar va vaqtida profilaktika bilan bog‘liq!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚫 GIYOHVANDLIKKA YO‘Q DEYMIZ!

🟢Sanepidqomita jamoasi giyohvandlikka qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan himoya qilish eng muhim vazifalardan biridir
👨‍⚕️ Sog‘lom hayot bo‘yicha asosiy tavsiyalar
👨‍👩‍👧 Oila qo‘llab-quvvatlashi
🏃‍♂️ Sport va sog‘lom hayot bu yo‘lda eng to‘g‘ri tanlov!
❗️ Unutmang:
Giyohvandlik — hayotni barbod qiladi.
Sog‘lom hayotni tanlang!
🤝 Kelajak uchun birlashaylik!

#GiyohvandlikkaYoq
#SoglomHayot
#Sanepidqomita
#BizBirgamiz
#YoshlarKelajagi
#SoglomTurmush
👍1
🟦🟦🟦

“Temuriylar davrida sanitariya-epidemiologiya sohasi”
mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkazildi

⚡️ Sanepidqo‘mita tomonidan buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan soha xodimlari o‘rtasida “Temuriylar davrida sanitariya-epidemiologiya sohasi” mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkazildi.

➡️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Temuriylar davrida sanitariya va jamoat salomatligiga oid tarixiy merosni o‘rganish, uni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda sohada ilmiy-amaliy faoliyatni rag‘batlantirishdan iborat.
Tanlovda tizim tashkilotlari xodimlari va mutaxassislari tomonidan ko‘plab ilmiy va tahliliy maqolalar taqdim etildi. Mazkur maqolalar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

🏅Tanlov yakunlariga ko‘ra,
Sanepidqo‘mita Namangan viloyati boshqarmasi vrach-epidemiologi Sevara Jurayeva;
🏅Yangiyo‘l tuman bo‘limi xodimlari Olmagul Saribayeva va Laziza
Abdullayeva
;
🏅 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi assistenti Shahlo Boboqulova g‘olib deb topildilar.

🏆 Gʻoliblar Sanepidqo‘mita tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi hamda maqolalar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmati ilmiy-amaliy jurnalida chop etiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tkir ichak kasalliklarining oldini olish muhim!

❇️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov tomonidan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari va ularning oldini olish bo‘yicha brifinngi.
📌Kasalliklar asosan iflos suv, oziq-ovqat va gigiyenaga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Qo‘llarni yuvish
Toza suv ichish
Meva-sabzavotni yuvish
Sog‘lig‘ingizni asrang!
🧂 Ortiqcha tuz iste’moli sekin keladigan, lekin jiddiy xavf!

Ko‘pchilik tuzni oddiy mahsulot deb hisoblaydi. Ammo uning ortiqcha iste’moli organizmda asta-sekin salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:
🔬 Organizmda nimalar yuz beradi?
🔸 Qon tomirlar torayadi va elastikligi pasayadi
🔸 Qon bosimi oshib, gipertoniya rivojlanadi
🔸 Yurak ortiqcha yuklama ostida ishlaydi
🔸 Buyraklar tuzni chiqarish uchun ko‘proq zo‘riqadi
🔸 Tanada suyuqlik to‘planib, shishlar paydo bo‘ladi
Qanday kasalliklarga olib keladi?
🔻 Yurak xuruji va insult xavfi ortadi
🔻 Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanadi
🔻 Osteoporoz (suyaklar zaiflashuvi) yuzaga keladi
🔻 Oshqozon-ichak tizimi muammolari kuchayadi
⚠️ Yashirin tuz manbalari:
Ko‘p hollarda biz faqat qo‘shilgan tuzni hisoblaymiz, ammo:
🍟 fastfudlar
🥫 konservalar
🧀 pishloqlar
🥓 kolbasa va dudlangan mahsulotlar
— tarkibida juda ko‘p “yashirin tuz” mavjud!