Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Aholi salomatligi ustuvor vazifa!

🍽️ Aholi orasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
❗️ Shu munosabat bilan, noqonuniy ravishda yo‘l bo‘ylarida oziq-ovqat mahsulotlari savdosining oldini olish, aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish, oshqozon-ichak infeksiyalari hamda parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda.
👨‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan markaziy yo‘l bo‘ylarida muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda.
📌 O‘tkazilgan targ‘ibot ishlari davomida:
• tadbirkorlar va fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan savdo shoxobchalarida sotish zarurligi,
• sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish,
• mahsulotlarning saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatiga e’tibor berish muhimligi tushuntirildi.
⚠️ Unutmang:
Yo‘l bo‘yida sotilayotgan sifatsiz mahsulotlar sog‘lig‘ingiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin!
🦠 Leyshmanioz — bu parazitar kasallik bo‘lib, u odamga asosan hasharotlar orqali yuqadi.
📌 Kasallik qanday yuqadi?
🔸 Asosiy yo‘l — chivin chaqishi orqali
Leyshmanioz Phlebotomus turiga mansub mayda chivin (qum pashshasi) chaqqanda yuqadi. Ushbu hasharot kasallik qo‘zg‘atuvchisini odam qoniga o‘tkazadi.
🔸 Hayvonlardan odamga
Kasallik manbai ko‘pincha itlar, kemiruvchilar va boshqa yovvoyi hayvonlar bo‘lishi mumkin. Chivin avval zararlangan hayvonni, so‘ng odamni chaqsa — infeksiya yuqadi.
🔸 Kam hollarda
• Qon orqali (transfuziya paytida)
• Ona qornidan bolaga (juda kam uchraydi)
⚠️ Muhim eslatma:
Leyshmanioz odamdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaydi!
🛡️ Qanday himoyalanish mumkin?
Chivinlardan saqlaning (to‘r, repelentlardan foydalaning)
Kechqurun va tunda ochiq joylarda ehtiyot bo‘ling
Uy atrofi va yashash joylarini toza saqlang
Uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazing
Mahallalarda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

🔸Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Tuyalas MFY hududida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🌿 Hududdagi ko‘cha va guzarlarda obodonlashtirish, tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilindi.
💉 Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning muhimligi haqida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
🦠 Fuqarolarga quturish, kuydirgi, leyshmanioz hamda virusli gepatit kabi xavfli kasalliklardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berildi.
🥫 Shuningdek, uy sharoitida konservalangan mahsulotlar tayyorlashning xavf-xatarlari, xususan botulizm kasalligiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi qat’iy choralar: maktabda keng qamrovli dezinfeksiya ishlari olib borildi

🏫 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi, ayniqsa o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida 9-umumta’lim maktabida dezinfeksiya tadbirlari tashkil etildi.
🔹 Мaktab yo‘laklari
🔹 zinalar
🔹 o‘quv xonalari
🔹 umumiy foydalanish joylari
to‘liq zararsizlantirildi.
❗️ Nega dezinfeksiya zarur?
🦠 Virus va bakteriyalar yopiq joylarda tez tarqaladi
👥 Bolalar jamoasida kasallik yuqish xavfi yuqori
🧼 Dezinfeksiya — infeksiya zanjirini uzadi
Sog‘lom ta’lim muhiti yaratadi
⚠️ Profilaktika kasallikni davolashdan ko‘ra samaraliroq!
👎1
🔷Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani hududida noxush hid tarqalayotgani bo‘yicha murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, murojaatda keltirilgan hududdan oqib o‘tuvchi zovurda yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga sabab hududda faoliyat yuritayotgan sochik (latta) ishlab chiqarish sexidan chiqqan oqova suvlar hisoblanadi. Mazkur oqova suvlar tozalanib, zararsizlantirilgandan so‘ng tashlanishi lozim bo‘lsa-da, ayrim holatlarda talab darajasida tozalanmaganligi oqibatida muammo yuzaga kelgan.
🔸Shuningdek, zovur turli xil chiqindilar bilan to‘lib qolganligi sababli tozalash va rekonstruksiya ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ishlar tuman irrigatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
🔸Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektni qonuniy tartibda tekshirish bo‘yicha nazorat qiluvchi organlarga tegishli hujjatlar taqdim etildi.
🔸Holat yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
⚠️ Vabo nima?

Vabo ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan xavfli ichak infeksiyasi bo‘lib, tez suvsizlanishga olib keladi
🚨 Belgilari
💧 Suvsimon ich ketish
🤢 Qusish
🥵 Kuchli chanqoq
😓 Holsizlik, suvsizlanish
➡️ Og‘ir holatda hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin
🔄 Qanday yuqadi?
🚱 Iflos ichimlik suvi
🍉 Yuvilmagan meva-sabzavot
🦠 Gigiyena qoidalariga amal qilmaslik
🍽 Ochiq joydagi ovqatlar
🛡 Himoyalanish yo‘llari
Faqat toza / qaynatilgan suv iching
🧼 Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuving
🥗 Meva-sabzavotni yaxshilab yuvib iste’mol qiling
🚫 Ko‘cha ovqatlaridan ehtiyot bo‘ling
🏡 Tozalik va sanitariyaga amal qiling
‼️ Belgilar paydo bo‘lsa — darhol shifokorga murojaat qiling
💊 Vaqtida davolansa, kasallikdan saqlanish mumkin
Kasalliklarning oldini olish har birimizning vazifamiz!

🏫 Sanepidqo’mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan 50-UTMda quturish hamda o‘tkir ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
👩‍🏫 Tadbir davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarga:
🔹 kasalliklarning kelib chiqish sabablari
🔹 yuqish yo‘llari
🔹 dastlabki belgilari
🔹 og‘ir oqibatlari
🔹 oldini olish choralariga doir muhim tushunchalar berildi
‼️Ayniqsa quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🚿 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish
🥗 Toza va sifatli oziq-ovqat iste’mol qilish
💧 Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish
🐕 Noma’lum hayvonlardan ehtiyot bo‘lish
💉 Vaqtida emlanish muhimligi
⚠️ Unutmang! Kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish oson va xavfsiz!
Qo‘g‘ontepada noqonuniy savdoga qarshi nazorat olib borildi.
🔹Qo‘g‘ontepa tumanida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Sanepidqo‘mita Qo’rg’ontepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan eski dehqon bozori hududlari hamda Andijon–Xonobod magistral yo‘li bo‘ylarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔹Mutaxassislar tomonidan tez aynuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganilib, sotuvchilarga sanitariya-gigiyena talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, mahsulotlarning belgilangan haroratda saqlanishi, tozalik qoidalariga rioya etilishi va iste’molchilar salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
1
Changli havo organizmga ko‘rinmas zarar‼️

🫁 Nafas olish tizimi
Chang zarrachalari o‘pkaga kirib, bronxit, astma va allergik kasalliklarni kuchaytiradi.
‼️Yurak-qon tomir tizimi
Iflos havo qon bosimini oshirib, yurak kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
👀 Ko‘zlar
Qichishish, qizarish va ko‘z yosh oqishi kuzatiladi.
🧠 Asab tizimi
Bosh og‘rig‘i, charchoq va diqqat susayishiga olib keladi.
👶👵 Bolalar va keksalar
Immunitet past bo‘lgani uchun ta’sir kuchliroq seziladi.
⚠️ Himoya choralari
😷 Ko‘chada niqob taqing
🏠 Uyda nam tozalashni unutmang
🌳 Yashil hududlarda ko‘proq vaqt o‘tkazing
💧 Ko‘proq suv iching
🚫 Changli muhitda uzoq qolmang
Bog‘chalarda sanitariya talablari qay darajada?

🟢Sanepidqo’mita Oltinko‘l bo’limi tomonidan tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya talablari asosida rejali tekshiruv o‘tkazildi.
🟢 Tekshiruv davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, hojatxonalar hamda qo‘l yuvish joylarining tozalik holati batafsil o‘rganildi.
🧼 Shuningdek, muassasada “Toza qo‘llar” amaliy dasturining ijrosi, bolalar va xodimlar tomonidan gigiyena qoidalariga rioya etilishi ham nazorat qilindi.
🧑‍⚕️ Tarbiyachi va boshqa xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati ham ko‘zdan kechirildi.
🧪 Laboratoriya tahlillari uchun zarur namunalar olinib, tekshiruv uchun yuborildi.
1
🚫 BOTULIZMGA QARSHI KESKIN NAZORAT.XAVFLI KONSERVAlar YO‘Q QILINDI!

🟢Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan botulizm kasalligini oldini olish maqsadida bozorlarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🛒 Eski Shahar markaziy bozorida o‘tkazilgan tekshiruv davomida:
Uy sharoitida tayyorlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan konservalar aniqlanib, zararsizlantirildi va yo‘q qilindi.
👥 Shuningdek:
🔹 Sotuvchilar va xaridorlarga botulizmning xavfi va og‘ir oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berildi
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini faqat ishonchli va ruxsat etilgan joylardan xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi
⚠️ Esda tuting. Uy sharoitida noto‘g‘ri tayyorlangan konservalar hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin!
🚫 Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ikromov hamda bo‘lim mudirlari ishtirokida “Korrupsiya — davlat rivojining kushandasi” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi.
🗣 Tadbir davomida tizimda korrupsiyaga olib keluvchi omillar, ularning oldini olish mexanizmlari hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📑 Xususan:
🔹 hujjatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish
🔹 xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borish
🔹 har bir bo‘lim kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
🦠 Shu bilan birga, soha doirasida:
💉 yuqumli kasalliklar profilaktikasi va emlash jarayonlari
🍽 oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar ham muhokama markazida bo‘ldi
🤝 Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.
2👍1