Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
🚰 Suvni tejash oddiy odatdan boshlanadi!

Jamoat hojatxonalarida suvdan oqilona foydalanish — bu nafaqat iqtisod, balki sanitariya madaniyati hamdir. Har birimiz oddiy qoidalarga amal qilsak, katta natijaga erishamiz.
💧 Bugundan boshlang: kranni bekorga ochiq qoldirmang!
🚰 JAMOAT HOJATXONALARIDA SUV TEJAMKORLIGI MUHIM MASALA!

💧 Suv resurslari cheklangan. Har bir tomchi — kelajak avlod uchun zaxira!
📊 Nega bu muhim?
🔹 Jamoat joylarida suv sarfi juda yuqori
🔹 Bekorga oqizilgan suv — katta yo‘qotish
🔹 Suv tanqisligi global muammoga aylanmoqda
🔹 Toza suv — inson salomatligining asosi
⚠️ Eng ko‘p uchraydigan xatolar:

Kranni yopmasdan chiqib ketish
Qo‘l yuvishda suvni haddan tashqari ochib qo‘yish
Nosoz jihozlarga e’tibor bermaslik
Suvni “cheksiz resurs” deb hisoblash
To‘g‘ri foydalanish qoidalari:
✔️ Qo‘lni sovunlash vaqtida kranni yopib turing
✔️ Faqat zarur miqdorda suv ishlating
✔️ Sensorli yoki tejovchi kranlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlang
✔️ Nosozliklarni darhol xabar qiling
✔️ Tozalikka rioya qiling — ortiqcha suv ketishini oldini oladi
📉 Oddiy odatlar — katta natija:
💧 1 kunda tejalgan suv → yil davomida yuzlab litrga teng
💧 Har bir insonning hissasi umumiy natijani beradi
🚻 Jamoat hojatxonalarida sanitariya-gigiyena talablari

Jamoat hojatxonalari aholining sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim obyektlardan biridir. Ularning tozaligi va gigiyenik holati Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQ va M) asosida qat’iy nazorat qilinadi.
🔹 Asosiy talablar:
✔️ Hojatxonalar doimiy ravishda tozalanib, dezinfeksiya qilinishi shart
✔️ Ichimlik suvi va qo‘l yuvish uchun yetarli sharoit bo‘lishi kerak
✔️ Sovun, antiseptik vositalar va quritish vositalari (salfetka yoki quritgich) mavjud bo‘lishi lozim
✔️ Kanalizatsiya tizimi soz va uzluksiz ishlashi zarur
✔️ Yomon hidlarning oldini olish uchun shamollatish tizimi bo‘lishi kerak
✔️ Chiqindilar yopiq idishlarda saqlanib, o‘z vaqtida olib chiqilishi shart
✔️ Xodimlar maxsus kiyimda bo‘lib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi lozim
🔹 Nima uchun bu muhim?
Infeksion kasalliklar tarqalishini oldini oladi
Aholi salomatligini himoya qiladi
Madaniyatli va xavfsiz muhit yaratadi
🔹 Nazorat kim tomonidan olib boriladi?
Hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan muntazam nazorat o‘rnatiladi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi talab qilinadi.
Emlash bu bolangizni xavfli kasalliklardan himoya qiluvchi eng samarali yo‘l!

Nima uchun o‘z vaqtida emlatish muhim?
🔹 Kuchli himoya yaratadi
Vaksinalar bolaning immun tizimini mustahkamlab, qizamiq, ko‘kyo‘tal, gepatit kabi kasalliklardan asraydi.
🔹 Kasallikning oldini oladi
O‘z vaqtida emlangan bolada og‘ir asoratlar va kasallanish xavfi keskin kamayadi.
🔹 Jamiyatni himoya qiladi
Emlangan bolalar orqali infeksiya tarqalishi sekinlashadi — bu esa boshqalarga ham foyda.
🔹 Sog‘lom kelajak poydevori
Bugungi emlash — ertangi sog‘lom hayot garovi!
📌 Yodda saqlang!
✔️ Har bir emlashning o‘z vaqti bor
✔️ Kechiktirish — xavfni oshiradi
✔️ Emlash taqvimiga amal qilish juda muhim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📍Buxoro shahrida Sanepidqo‘mita hamda UNIСEF hamkorligida
Buxoro va Navoiy viloyati tuman hamda shahar bo‘limlari Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari uchun


📝“Aholi salomatligini saqlash maqsadida salomatlikka oid xavflar haqida muloqot va hamjamiyat ishtiroki” mavzusida trening bo‘shlandi.

‼️Treningda ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashadi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

QO‘L YUVISHNI UNUTMANG — GEPATIT A dan SAQLANING


⚡️Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda inson salomatligiga tahdid solayotgan yuqumli kasalliklar orasida gepatit A alohida o‘rin tutadi. Kasallik asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi haqida eshitganmiz.

‼️Gepatit kasalligining kelib chiqishi, asosiy sabablari, asoratlari va oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bosh mutaxassisi Zulfiya Giyosova bilan suhbat tashkil etdik.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/146766

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri F. Imomov bilan suhbat.

Savol: Gepatit C qanday kasallik?
👨‍⚕️ F. Imomov: Gepatit C — jigarni zararlovchi virusli infeksiya bo‘lib, ko‘pincha yashirin kechadi va vaqtida aniqlanmasa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Savol: Ushbu kasallik qanday yuqadi?
👨‍⚕️ F. Imomov: Asosan qon orqali yuqadi:
• Steril bo‘lmagan igna va shpritslar orqali
• Tibbiy va kosmetologik muolajalar vaqtida
• Qon quyish jarayonida sanitariya qoidalariga amal qilinmasa
Savol: Aholi nimalarga e’tibor berishi kerak?
👨‍⚕️ F. Imomov:
Faqat steril va bir martalik asboblardan foydalanish
Litsenziyaga ega tibbiy muassasalarga murojaat qilish
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
Tasodifiy muolajalardan saqlanish
Savol: Oldini olish mumkinmi?
👨‍⚕️ F. Imomov: Albatta! Profilaktika choralariga amal qilish orqali kasallikning oldini olish mumkin.
👍2😁1
Aholi salomatligi ustuvor vazifa!

🍽️ Aholi orasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
❗️ Shu munosabat bilan, noqonuniy ravishda yo‘l bo‘ylarida oziq-ovqat mahsulotlari savdosining oldini olish, aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish, oshqozon-ichak infeksiyalari hamda parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda.
👨‍⚕️ Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan markaziy yo‘l bo‘ylarida muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda.
📌 O‘tkazilgan targ‘ibot ishlari davomida:
• tadbirkorlar va fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan savdo shoxobchalarida sotish zarurligi,
• sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish,
• mahsulotlarning saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatiga e’tibor berish muhimligi tushuntirildi.
⚠️ Unutmang:
Yo‘l bo‘yida sotilayotgan sifatsiz mahsulotlar sog‘lig‘ingiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin!
🦠 Leyshmanioz — bu parazitar kasallik bo‘lib, u odamga asosan hasharotlar orqali yuqadi.
📌 Kasallik qanday yuqadi?
🔸 Asosiy yo‘l — chivin chaqishi orqali
Leyshmanioz Phlebotomus turiga mansub mayda chivin (qum pashshasi) chaqqanda yuqadi. Ushbu hasharot kasallik qo‘zg‘atuvchisini odam qoniga o‘tkazadi.
🔸 Hayvonlardan odamga
Kasallik manbai ko‘pincha itlar, kemiruvchilar va boshqa yovvoyi hayvonlar bo‘lishi mumkin. Chivin avval zararlangan hayvonni, so‘ng odamni chaqsa — infeksiya yuqadi.
🔸 Kam hollarda
• Qon orqali (transfuziya paytida)
• Ona qornidan bolaga (juda kam uchraydi)
⚠️ Muhim eslatma:
Leyshmanioz odamdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaydi!
🛡️ Qanday himoyalanish mumkin?
Chivinlardan saqlaning (to‘r, repelentlardan foydalaning)
Kechqurun va tunda ochiq joylarda ehtiyot bo‘ling
Uy atrofi va yashash joylarini toza saqlang
Uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazing
Mahallalarda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

🔸Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Tuyalas MFY hududida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🌿 Hududdagi ko‘cha va guzarlarda obodonlashtirish, tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilindi.
💉 Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning muhimligi haqida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
🦠 Fuqarolarga quturish, kuydirgi, leyshmanioz hamda virusli gepatit kabi xavfli kasalliklardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berildi.
🥫 Shuningdek, uy sharoitida konservalangan mahsulotlar tayyorlashning xavf-xatarlari, xususan botulizm kasalligiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi qat’iy choralar: maktabda keng qamrovli dezinfeksiya ishlari olib borildi

🏫 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi, ayniqsa o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida 9-umumta’lim maktabida dezinfeksiya tadbirlari tashkil etildi.
🔹 Мaktab yo‘laklari
🔹 zinalar
🔹 o‘quv xonalari
🔹 umumiy foydalanish joylari
to‘liq zararsizlantirildi.
❗️ Nega dezinfeksiya zarur?
🦠 Virus va bakteriyalar yopiq joylarda tez tarqaladi
👥 Bolalar jamoasida kasallik yuqish xavfi yuqori
🧼 Dezinfeksiya — infeksiya zanjirini uzadi
Sog‘lom ta’lim muhiti yaratadi
⚠️ Profilaktika kasallikni davolashdan ko‘ra samaraliroq!
👎1
🔷Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani hududida noxush hid tarqalayotgani bo‘yicha murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, murojaatda keltirilgan hududdan oqib o‘tuvchi zovurda yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga sabab hududda faoliyat yuritayotgan sochik (latta) ishlab chiqarish sexidan chiqqan oqova suvlar hisoblanadi. Mazkur oqova suvlar tozalanib, zararsizlantirilgandan so‘ng tashlanishi lozim bo‘lsa-da, ayrim holatlarda talab darajasida tozalanmaganligi oqibatida muammo yuzaga kelgan.
🔸Shuningdek, zovur turli xil chiqindilar bilan to‘lib qolganligi sababli tozalash va rekonstruksiya ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ishlar tuman irrigatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
🔸Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektni qonuniy tartibda tekshirish bo‘yicha nazorat qiluvchi organlarga tegishli hujjatlar taqdim etildi.
🔸Holat yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
⚠️ Vabo nima?

Vabo ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan xavfli ichak infeksiyasi bo‘lib, tez suvsizlanishga olib keladi
🚨 Belgilari
💧 Suvsimon ich ketish
🤢 Qusish
🥵 Kuchli chanqoq
😓 Holsizlik, suvsizlanish
➡️ Og‘ir holatda hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin
🔄 Qanday yuqadi?
🚱 Iflos ichimlik suvi
🍉 Yuvilmagan meva-sabzavot
🦠 Gigiyena qoidalariga amal qilmaslik
🍽 Ochiq joydagi ovqatlar
🛡 Himoyalanish yo‘llari
Faqat toza / qaynatilgan suv iching
🧼 Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuving
🥗 Meva-sabzavotni yaxshilab yuvib iste’mol qiling
🚫 Ko‘cha ovqatlaridan ehtiyot bo‘ling
🏡 Tozalik va sanitariyaga amal qiling
‼️ Belgilar paydo bo‘lsa — darhol shifokorga murojaat qiling
💊 Vaqtida davolansa, kasallikdan saqlanish mumkin
Kasalliklarning oldini olish har birimizning vazifamiz!

🏫 Sanepidqo’mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan 50-UTMda quturish hamda o‘tkir ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
👩‍🏫 Tadbir davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarga:
🔹 kasalliklarning kelib chiqish sabablari
🔹 yuqish yo‘llari
🔹 dastlabki belgilari
🔹 og‘ir oqibatlari
🔹 oldini olish choralariga doir muhim tushunchalar berildi
‼️Ayniqsa quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🚿 Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish
🥗 Toza va sifatli oziq-ovqat iste’mol qilish
💧 Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish
🐕 Noma’lum hayvonlardan ehtiyot bo‘lish
💉 Vaqtida emlanish muhimligi
⚠️ Unutmang! Kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish oson va xavfsiz!
Qo‘g‘ontepada noqonuniy savdoga qarshi nazorat olib borildi.
🔹Qo‘g‘ontepa tumanida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Sanepidqo‘mita Qo’rg’ontepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan eski dehqon bozori hududlari hamda Andijon–Xonobod magistral yo‘li bo‘ylarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔹Mutaxassislar tomonidan tez aynuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganilib, sotuvchilarga sanitariya-gigiyena talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, mahsulotlarning belgilangan haroratda saqlanishi, tozalik qoidalariga rioya etilishi va iste’molchilar salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
1