Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Ro‘za hayiti arafasida muhim tadbirlar

🕌 Ro‘za hayiti munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlar tomonidan viloyatdagi jome masjidlarida hayit namoziga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
🧼 Profilaktik tadbirlar doirasida;
Masjidlar hududining sanitariya holati nazorat qilindi
Tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari o‘tkazildi
🔷O‘rganishlar natijasida jome masjidlarining sanitariya holati talab darajasida ekanligi aniqlandi.
Aholi salomatligini saqlash va bayramni xavfsiz o‘tkazish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Dehqon bozorida sanitariya holati o’rganildi.

🔷Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumanidagi Dehqon bozorida navbatdagi sanitariya-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
🧼 Jumladan nazorat davomida;
• savdo rastalarining tozaligi
• oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti
• sotuvchilarning gigiyenik holati
atroflicha o‘rganildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
🔬 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan har kuni berilayotgan xulosalar monitoring qilindi.
⚠️ Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha:
• sifatsiz mahsulotlarni sotmaslik
• tez buziluvchi mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash
• shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
bo‘yicha savdogarlarga tavsiyalar berildi.
1
NAVRO‘Z VA RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN SOG‘LOM OVQATLANISH VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BORASIDAGI TAVSIYALAR

‼️Yurtimizda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramlar — Navro‘z va Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ ayyomlarda oilalarimizda turli milliy taomlar tayyorlanib, mahallalarda xalq sayillari va bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

🪩Bayram kunlarida aholi salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

🔰Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi barcha fuqarolardan quyidagi sanitariya-gigiyena talablariga amal qilishlarini so‘raydi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/143951

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti va Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari e'lon qilindi

Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

▪️ 20-mart (juma)Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

▪️ 21-mart (shanba) – Navro'z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

▪️ 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

▪️ 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Hurmatli yurtdoshlar!

🕌Sizlarni ulug‘ va muborak ayyom — Ro‘za hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu qutlug‘ bayram barchamizga tinchlik, xotirjamlik, mehr-oqibat va baraka olib kelsin. Xonadonlaringiz fayzga, dasturxonlaringiz to‘kin-sochinlikka to‘lsin.
🌙Ro‘za hayiti — ezgulik, saxovat va bag‘rikenglik bayramidir. Shu muborak kunlarda bir-birimizga yanada mehribon bo‘lib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asraylik.
🌙Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i
A. Ikromov
1
Hurmatli yurtdoshlar!

💐Siz azizlarni yurtimizga bahor nafasi kirib kelgan, yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan muborakbod etaman.
💐Navro‘z – bu tabiat uyg‘onishi, qalblar poklanishi va yangi orzu-maqsadlar sari dadil qadam tashlash faslidir. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayz, baraka, tinchlik va quvonch olib kirsin.
💐Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, sanitariya va gigiyena madaniyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimiz aynan mana shunday ezgu qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
💐Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Navro‘z bayrami barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, yorqin kelajak va ezgu niyatlar ro‘yobini olib kelsin!
Hurmat bilan,
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i
A. Ikromov
🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!

💐Andijon viloyatida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamda turli tashkilotlar vakillari bayram tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.
🎶 “Andijon City” saylgohida laparlar yangramoqda,
🌾sumalaklar tayyorlanib,
🌸 aholi birgalikda bayram shukuhini his qilmoqda.
🌺Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi!
👍2
😁😂😅😅

Sut mahsulotlari nega tez buziladi?

‼️Ko‘pchilik sut yoki qatiq tez buzilib qolishidan shikoyat qiladi. Aslida bunga bir nechta oddiy sabablar bor.

🗃Asosiy sabablar:

🌡 Noto‘g‘ri saqlash harorati (muzlatkich +2...+6 °C bo‘lishi kerak);
🪣 idishning ochiq qolishi yoki qopqog‘ining mahkam yopilmasligi;
🏮 xushbo‘y mahsulotlar bilan birga saqlash;
🪩 toza bo‘lmagan qoshiq yoki idishni ishlatish;
saqlash muddatining o‘tib ketishi.

E’tibor bering:
Sut mahsulotlari tez buziladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash oziq-ovqat zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

Unutmang!
- sutni doimo muzlatkichda saqlang;
- ochilgandan so‘ng iloji boricha tezroq foydalaning;
- har safar toza qoshiq ishlating.

Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda - gigiyenaga amal qiling!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GEPATIT — Jigarni zararlovchi xavfli kasallik!

📌 Gepatit nima?
Gepatit — bu jigar yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha viruslar sababli yuzaga keladi (A, B, C turlari).
📊 Eng ko‘p uchraydigan turlari:
🔹 Gepatit A — iflos suv va ovqat orqali
🔹 Gepatit B — qon va biologik suyuqliklar orqali
🔹 Gepatit C — asosan qon orqali yuqadi
⚠️ Asosiy belgilar:
• Holsizlik, tez charchash
• Ko‘ngil aynishi, qusish
• Ko‘z va terining sarg‘ayishi
• Qorinda og‘riq
• Ishtaha yo‘qolishi
🛡 Oldini olish yo‘llari:
✔️ Toza suv ichish
✔️ Qo‘llarni tez-tez yuvish
✔️ Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
✔️ Steril tibbiy vositalardan foydalanish
✔️ Emlanish (A va B gepatitga qarshi)
🚨 Yodda tutung!
Gepatit vaqtida aniqlansa, davolash samarali bo‘ladi!
1
🚰 Xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish qoidalari.

Aholi uchun muhim tavsiyalar:
🔹 Faqat tekshirilgan va ishonchli manbadan suv iching
🔹 Kran suvi ichishdan oldin albatta qaynatilsin 🔥
🔹 Suvni yopiq va toza idishlarda saqlang 🫙
🔹 Idishlarni muntazam yuvib, dezinfeksiya qiling 🧼
🔹 Meva va sabzavotlarni faqat toza suvda yuving 🥦🍎
🔹 Shubhali (rang, hid, ta’m o‘zgargan) suvni ichmang
⚠️ Iflos suvning zarari:
🚫 Quyidagi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin:
• Ich ketish (diareya)
• Ichak infeksiyalari
• Gepatit A
• Parazitar kasalliklar
Qo‘shimcha tavsiyalar:
💧 Safarda qadoqlangan suvdan foydalaning
💧 Filtrlangan suv ichish tavsiya etiladi
💧 Bolalarga faqat qaynatilgan suv bering 👶
💧 Suvni ochiq holda uzoq vaqt saqlamang
Hududlarda sog‘liqni saqlash bo’yicha profilaktik tadbirlar olib borildi.

📍 Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Qashqar MFYda sanitariya-profilaktik yo‘nalishda keng qamrovli targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
👥 Sanepidqo‘mita mutaxassislari hamda ichki ishlar xodimlari birgalikda aholiga zarur tavsiyalar berib, ogohlantirish ishlarini olib bordi.
🛑 Ko‘tarilgan asosiy masalalar:
⚠️ Xavfli yuqumli kasalliklar:
— Qrim-Kongo gemorragik isitmasi
— Kuydirgi
— Brutsellyoz
— Quturish
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
🥫 Uyda tayyorlangan konserva mahsulotlari noto‘g‘ri saqlansa, botulizm xavfini yuzaga keltirishi alohida ta’kidlandi.
🧼 “Toza qo‘llar” qoidalariga amal qilish — ichak infeksiyalariga qarshi eng oddiy va samarali himoya ekani eslatib o‘tildi.
❗️Unutmang Profilaktika kasallikning oldini olishdagi eng muhim qadam!
👥👥👥👥👥👥👥

LEYSHMANIOZ TARQATUVCHI CHIVINLAR FAOLLASHADIGAN MAVSUM BOSHLANMOQDA!


📝JSSTning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi. O‘zbekistonning qator viloyatlarida leyshmaniozlarning tabiiy o‘choqlari mavjud bo‘lib, har yili visseral va zoonoz teri leyshmanioz kasalligi ro‘yxatga olinadi.

🎤Ushbu kasallik haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Inna Tyo bilan suhbatlashdik.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/143931

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😷 Sog‘lig‘ingizni asrang — toza nafas oling!
🔹 Changli muhitda uzoq vaqt bo‘lish nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya va umumiy holsizlikka olib kelishi mumkin.
Quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
🟢 😷 Niqob taqing
Chang ko‘p bo‘lgan joylarda tibbiy niqob yoki respirator ishlating.
🟢 🏠 Uy ichini toza tuting
Nam latta bilan tez-tez artish changni kamaytiradi.
🟢 🚪 Deraza va eshiklarni yopiq tuting
Kuchli shamol paytida chang kirishini oldini oling.
🟢 💧 Ko‘proq suv iching
Organizmdan zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.
🟢 🌿 Yashil hududlarda sayr qiling
Daraxtlar havoni tabiiy tozalaydi.
🟢 🧼 Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling
Qo‘l va yuzni tez-tez yuvib turing.
⚠️ Unutmang: Changli havo — salomatlik uchun xavf!
Sog’lom hayot Toza qo‘llardan boshlanadi.

👐 Gigiyena — sog‘liq garovi! “Toza qo‘llar” dasturi doirasida aholining, ayniqsa bolalar va yoshlarning qo‘l gigiyenasiga bo‘lgan e’tiborini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
👨‍👩‍👧 Bolalarni yoshligidan o‘rgataylik!
Ota-onalar farzandlariga erta yoshdan qo‘l yuvish odatini singdirishlari juda muhim. Bu odat ularning sog‘lom ulg‘ayishida katta ahamiyatga ega.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Qo‘llarni har doim sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuving
🔹 Ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishni unutmang
🔹 Ko‘chadan kelgach va hojatxonadan so‘ng qo‘llarni tozalang
🔹 Antiseptik vositalardan foydalanish tavsiya etiladi
⚠️ Esda tuting. Toza qo‘llar infeksion kasalliklarning oldini olishda eng oddiy va samarali usullardan biridir.
🛒 Oziq-ovqat bozorlari nazorat ostida!

📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi oziq-ovqat bozorlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganildi.
🔍 Mataxasisslar tomonidan quyidagilar tekshirildi;
Sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
Mahsulotlarning saqlash sharoitlari (harorat, gigiyena)
Sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi
Mahsulotlarning yaroqlilik muddati
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi;
📌 Mahsulotlarni belgilangan sharoitda saqlash
📌 Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
📌 Tibbiy ko‘rikdan o‘tishni o‘z vaqtida tashkil etish
📌 Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni savdodan olib tashlash
📌 Savdo joylarini doimiy toza saqlash
🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish barchamizning vazifamiz!
1