Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
Dehqon bozorida sanitariya nazorati amalga oshirildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumanidagi dehqon bozori hududida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔬 Nazorat jarayonida:
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, bakteriologik laboratoriya tekshiruviga yuborildi.
• Bu ishlar ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
👩‍⚕️ Shuningdek, savdo rastalarida:
• sotuvchilarning maxsus ust-bosh kiyimlarda faoliyat yuritishi,
tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi,
• sanitariya qoidalariga amal qilishi to‘liq nazoratdan o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
1
‼️Qizamiq — juda tez tarqaladigan va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikdir. Uni oldini olishning eng samarali yo‘li emlash hisoblanadi.
💉Farzandlaringizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlatish orqali ularni qizamiqdan himoya qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Transyog‘lar sog‘liqni sekin yemirayotgan xavf!

Transyog‘lar — bu sanoatda qayta ishlangan yog‘lar bo‘lib, ko‘pincha tez tayyorlanadigan va uzoq saqlanadigan mahsulotlarda uchraydi. Ularni muntazam iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Transyog‘lar qayerlarda uchraydi?
• Fast-food mahsulotlari
• Chips va krakerlar
• Margarin va spredlar
• Qandolat mahsulotlari (pechenye, pirojniy, tortlar)
• Qayta-qayta ishlatilgan qovurilgan yog‘lar
💢Transyog‘larning organizmga zarari:
• Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi
• Qonda “yomon” xolesterin (LDL) miqdorini ko‘paytiradi
• “Yaxshi” xolesterin (HDL) miqdorini kamaytiradi
• Semirish va modda almashinuvi buzilishiga olib keladi
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
Qanday ehtiyot bo‘lish kerak?
• Qadoqdagi mahsulot tarkibini o‘qish
• “Transyog‘” yoki “gidrogenlangan yog‘” yozuvi bor mahsulotlardan cheklanish
• Uy sharoitida yangi va tabiiy mahsulotlar iste’mol qilish
• Qovurilgan ovqatlarni me’yorida iste’mol qilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi salomatligi eng katta boylik!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Yangi Bo‘ston MFY hududida “Mahallabay ishlash tizimi” asosida aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Targ‘ibot davomida fuqarolarga bir qator yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📌 Jumladan quyidagi mavzularda tavsiyalar berildi:
🦠 Gepatit kasalligining oldini olish
💉 Qizamiqga qarshi emlashning ahamiyati
🧬 OIV infeksiyasi profilaktikasi
🥫 Botulizm – uy sharoitida tayyorlangan konservalardan ehtiyot bo‘lish
🧼 Toza qo‘llar – ko‘plab kasalliklarning oldini oladi
🥗 Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish
💧 Ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish
🏠 Uy-joy va atrof-muhit tozaligiga rioya qilish
📖 Tadbir davomida aholiga profilaktik buklet va tavsiyalar tarqatilib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
🔼Avval o‘tkazilgan tekshiruvda sanitariya qoidalari buzilgani aniqlanib, javobgar shaxs jarimaga tortilgan hamda obyekt faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng faoliyatni qayta davom ettirishga ruxsat berilgan.
🔼2026-yil 14-mart kuni “gastroenterit” tashxisi bilan murojaat qilgan holatlar yuzasidan yana epidemiologik surishtiruv o‘tkazilib, obyekt faoliyati to‘xtatildi. Tegishli namunalar olinib, hujjatlar rasmiylashtirilib huquqiy idoralarga taqdim etildi.
🔼Bemorlarning holati qoniqarli bo‘lib, ularning salomatligi tibbiy nazoratga olingan. Tekshiruv va kuzatuv ishlari davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
✂️ Sartaroshxonalarda gigiyena mijoz salomatligi garovi! 🧼

💇🏻‍♀️💇🏻‍♂️Sartaroshxona xizmatlari aholiga yaqin bo‘lgan xizmat turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli u yerda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish juda muhim. O‘zbekiston Respublikasining SanQ va M (Sanitariya qoidalari va me’yorlari) talablariga ko‘ra sartaroshxonalarda quyidagi gigiyenik talablar bajarilishi shart:
🔹 🧴 Asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilish
Har bir mijozdan so‘ng qaychi, ustara, taroq va boshqa asboblar maxsus dezinfeksiya eritmalarida ishlov berilishi kerak.
🔹 🪒 Bir martalik vositalardan foydalanish
Ustara pichoqlari, salfetkalar, bo‘yin qog‘ozlari kabi buyumlar faqat bir marta ishlatiladi va keyin utilizatsiya qilinadi.
🔹 🧽 Ish joyining tozaligi
Sartarosh stoli, kreslolar va ish yuzalari muntazam dezinfeksiya vositalari bilan tozalanishi lozim.
🔹 🧑‍⚕️ Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
Sartaroshlar toza ish kiyimi kiyishi, qo‘llarni tez-tez yuvishi va sanitariya qoidalariga amal qilishi kerak.
🔹 🩺 Tibbiy ko‘rikdan o‘tish
Sartaroshxona xodimlari belgilangan tartibda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi shart. Bu yuqumli va teri kasalliklarining mijozlarga yuqishini oldini olishga xizmat qiladi.
🔹 🌬 Xonaning shamollatilishi
Sartaroshxona xonalari yaxshi shamollatilgan bo‘lishi, toza havo almashinuvi ta’minlanishi zarur.
🔹 🗑 Chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish
Soch qoldiqlari va chiqindilar yopiq idishlarda yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi kerak.
⚠️ Sanitariya qoidalariga amal qilinmasa, teri kasalliklari, zamburug‘ infeksiyalari va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin.
1
Emlash – sog‘lom avlod va xavfsiz kelajak poydevori.

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.
🌍 2025 yil yakunlari bo‘yicha Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasalliklarning oldini olishda eng samarali choralaridan biri sifatida vaksinatsiyani e’tirof etdi.
📚 Seminarda;
🔹 xavfsiz immunizatsiya tadbirlarini tashkil etishning huquqiy asoslari
🔹 emlash jarayonining asosiy mezonlari va bosqichlari
🔹 emlash jarayonida ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlarining vazifalari
batafsil muhokama qilindi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Seminar davomida tumanda faoliyat yuritayotgan:
▫️ oilaviy shifokorlik punktlari
▫️ poliklinika mudirlari
▫️ pediatr shifokorlar
▫️ emlash ishlariga mas’ul hamshiralar
ishtirok etib, qizamiq kasalligining oldini olish, shuningdek ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha immunizatsiya tadbirlarini tashkil etishning ahamiyati yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi parazitologiya laboratoriyalarida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQ va M) talablari asosida tekshiruv ishlari olib boriladi.
🔬 Laboratoriyada xizmat ko‘rsatish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1️⃣ Namuna qabul qilish
Fuqarolar yoki tashkilotlardan biologik va oziq-ovqat namunalari qabul qilinadi (najas, suv, sabzavot-mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari).
2️⃣ Ro‘yxatga olish
Kelib tushgan namuna laboratoriya jurnaliga qayd etilib, har bir namunaga alohida identifikatsiya raqami beriladi.
3️⃣ Laborator tekshiruv
Mutaxassislar tomonidan namuna mikroskopik va laborator usullar yordamida tekshirilib:
• parazit tuxumlari va lichinkalari
• gelmintlar
• protozoalar mavjudligi aniqlanadi.
4️⃣ Oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirish
SanQ va M talablari asosida oziq-ovqat mahsulotlarida parazitlar yoki ularning tuxumlari mavjudligi laborator tekshiruvlar orqali aniqlanadi.
5️⃣ Natijalarni rasmiylashtirish
Tekshiruv yakunida laboratoriya xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachiga taqdim etiladi.
6️⃣ Profilaktik tavsiyalar berish
Zarurat bo‘lganda mutaxassislar tomonidan parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha gigiyenik tavsiyalar beriladi.
⚠️ Eslatma: Parazitar kasalliklarning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri yuvish va saqlash hamda tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish muhimdir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😁😂😅😅

CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

😎Telegram|😎 Instagram|😎 Facebook|😎 YouTube|😐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Gepatit A – iflos qo‘l, suv va oziq-ovqat orqali tez yuqadigan kasallik.
⚠️ Oddiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik kasallik xavfini oshiradi.
💉 Emlanish esa eng ishonchli himoya bo‘lib, organizmni Gepatit A ga qarshi mustahkamlaydi.
🛡 Qo‘llarni yuvish, toza suv ichish va meva-sabzavotni yaxshilab tozalash orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling.
💬 Unutmang: Tozalik + emlash = sog‘lom hayot!
🦠 Qrim-Kongo gemorragik isitma o‘ta xavfli yuqumli kasallik!

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi epidemiolog vrachi M. Patliddinov bilan suhbat orqali batafsil ma’lumot berildi.
👤 Savol: Qrim-Kongo gemorragik isitma qanday kasallik?
👨‍⚕️ Javob:
Qrim-Kongo gemorragik isitma — bu o‘ta xavfli virusli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kana chaqishi orqali yuqadi. Kasallik og‘ir kechib, qon ketishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
👤 Savol: Kasallik qanday yo‘llar bilan yuqadi?
👨‍⚕️ Javob:
• Kana chaqishi orqali
• Kasallangan hayvon qoni yoki to‘qimalari bilan aloqa
• Bemorning qon va biologik suyuqliklari orqali
👤 Savol: Belgilari qanday boshlanadi?
👨‍⚕️ Javob:
• To‘satdan isitma chiqishi
• Bosh og‘rig‘i
• Mushak va bel og‘rig‘i
• Ko‘ngil aynishi
• Keyinchalik qon ketish holatlari kuzatilishi mumkin
👤 Savol: Ushbu kasallikka qarshi emlanish bormi?
👨‍⚕️ Javob:
Afsuski, hozirgi kunda Qrim-Kongo gemorragik isitmaga qarshi keng qo‘llaniladigan emlash mavjud emas
Shu sababli profilaktika choralariga amal qilish muhim.
👤 Savol: Kasallikning asoratlari qanday bo‘lishi mumkin?
👨‍⚕️ Javob:
• Kuchli ichki va tashqi qon ketishlar
• Jigar va buyrak faoliyati buzilishi
• Qon ivish tizimi izdan chiqishi
• Shok holati
• Og‘ir holatlarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin
👤 Savol: Qanday himoyalanish mumkin?
👨‍⚕️ Javob:
Tabiatda yopiq kiyim kiyish
Kana chaqishidan saqlanish
Chorva mollari bilan ishlaganda ehtiyot choralarini ko‘rish
Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
Shubhali holatda darhol shifokorga murojaat qilish
📢 Xulosa:
Qrim-Kongo gemorragik isitma — hayot uchun xavfli kasallik. Ogohlik va ehtiyot choralariga amal qilish orqali o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Korrupsiyaga qarshi kurash – halollik sari muhim qadam!

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha xodimlar o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi.
👨‍💼 Seminarni boshqarma boshlig‘i A. Ikromov olib bordi.
📌 Seminar davomida xodimlarga:
⚖️ korrupsiyaning oldini olish choralari,
📉 uning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari,
💻 hujjatlarni raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlash,
📂 xizmat faoliyatida shaffoflikni kuchaytirish masalalari tushuntirildi.
📊 Shuningdek, bo‘limlar kesimida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:
🔹 ichki nazoratni kuchaytirish,
🔹 xizmat intizomini mustahkamlash,
🔹 murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish,
🔹 korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish.
🤝 Halollik va shaffoflik har bir xodim faoliyatining ustuvor mezoni bo‘lishi lozim.
RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDAGI 2146 TA MASJIDLARGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA MUTAXASSISLARI BIRIKTIRILGAN

📆20 mart kuni kuni yurtimizdagi jome’ masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qiladi.

Masjidlarimiz sanitariya-gigiyena talablariga javob beradimi?

❗️Ayni paytda yurtimizdagi barcha jome’ masjidlarda Ramazon hayiti namoziga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida masjidlarda keng qamrovli dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi, ichimlik va issiq suv ta’minoti holati doimiy nazoratga olindi. Shuningdek, tahoratxona va hojatxonalarda barcha zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratildi.

Masjidlarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga nimalar kiradi?

❗️Masjidlarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga quyidagilar kiradi:

Hayit namozlari o‘qiladigan masjidlarning tahoratxonalarda sovuq va issiq suv ta’minoti doimiy bo‘lishi hamda xonalar doimiy ravishda toza-sarishta saqlanishi;
namoz o‘qilayotgan joylar (xonalar) havo harorati 18-24°С darajada, havoning nisbiy namligi 65 foizdan oshmagan va havo harakatining tezligi 0,2 m/s.da bo‘lishini;
masjidlarda vaqti-vaqti bilan hududiy dezinfeksiya stansiyalari bilan shartnomalar tuzgan holda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlash, masjidga tegishli bo‘lgan barcha bino va inshootlarda zararsizlantiruvchi moddalarni qo‘llagan holda tozalash va yuvish ishlari amalga oshirishini;
masjiddan chiqayotgan shovqin darajasini aholi yashash joylari uchun belgilangan SanQvaNlari talablaridan yuqori bo‘lmasligi belgilangan;

Masjidlarda doimiy nazorat qanday yo‘lga qo‘yilgan?

❗️Respublikamiz hududlaridagi 2146 ta masjidlarga hududiy boshqarmalar mutaxassislaridan mas’ul xodimlar belgilangan. Ular sanitariya holatini doimiy kuzatib boradi.

Fuqarolarga tavsiyalar

❗️Fuqarolardan gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, imkon qadar ertaroq kelib, tartib bilan joylashish, atrof-muhit hamda tahoratxonalar tozaligini saqlashga ahamiyat berishlarini so‘raymiz.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🍄 Tabiatda o‘sadigan qo‘ziqorinlarning barchasi ham iste’molga yaroqli emas. Ayrimlari kuchli zaharli bo‘lib, inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
⚠️ Ayniqsa, o‘xshash qo‘ziqorinlar odamlarni chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun notanish qo‘ziqorinlarni iste’mol qilmang!
🚑 Zaharlanish belgilari kuzatilsa, vaqtni boy bermang darhol shifokorga murojaat qiling!