Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
💧 Suvni tejash – barchamizning mas’uliyatimiz!

🚺🚹Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suvni tejashga e’tibor qaratish orqali katta miqdordagi suv isrofini oldini olish mumkin. Oddiy qoidalarga amal qilish — kranni ochiq qoldirmaslik, nosozliklarni o‘z vaqtida tuzatish va suvdan oqilona foydalanish kelajak avlod uchun muhim resursni asrashga xizmat qiladi.
‼️Har bir tomchi suv qadrli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzini me’yorida iste’mol qiling!

‼️Ortiqcha tuz iste’moli qon bosimining oshishi, yurak va buyrak kasalliklari xavfini kuchaytirishi mumkin. Mutaxassislar kuniga 5 grammdan ortiq tuz iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi.
🥗 Sog‘lom turmush uchun tuzni me’yorida ishlating va to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor bering.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

Koronavirus: O‘zbekistonda 11-mart kuni ilk bemor aniqlangan


‼️2020-yil mart oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan birinchi bemor ayol bo‘lib, u 11-mart kuni “Parij – Toshkent” aviqatnovi orqali mamlakatimizga kelgan.

🛡Shundan so‘ng sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tezkor epidemiologik choralar ko‘rildi: bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olindi. Kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat choralari joriy etildi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/141536

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️“Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” 0108-26-son SanQvaN bo‘yicha ma’lumot

🗃Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 07-martda 3898-sonli hisob raqami bilan “Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” 0108-26-son SanQvaN ro‘yxatdan o‘tdi.

‼️SanQvaN O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF–111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2023-yil 2-iyundagi PQ–181-son “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlaydi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/141450

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👑👑👑👑🩳

Yod yetishmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkun?

📹Video sizga foydali ma’lumotlarni taqdim qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ “Mo‘jizaviy ozish vositalari” sog‘liq uchun xavf bo‘lishi mumkin!

‼️Bugungi kunda tez ozdirishni va’da qiluvchi biofaol qo‘shimchalar keng reklama qilinmoqda. Ammo ularni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Nimalar yuz berishi mumkin?
🔹 Yurak faoliyatining buzilishi – yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi.
🔹 Ovqat hazm qilish muammolari – ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qorin og‘rig‘i.
🔹 Gormonal muvozanat buzilishi – ayollarda hayz siklining o‘zgarishi mumkin.
🔹 Jigar va buyraklarga zarar – ayrim qo‘shimchalarda noma’lum kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.
🔹 Asab tizimi buzilishi – bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi.
⚠️ Eng xavfli jihati – ayrim mahsulotlarning tarkibi to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lishi yoki ularning sifati nazoratdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin.
✔️Tavsiya
Ozish uchun biofaol qo‘shimchalarga ishonishdan oldin shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashish, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikka e’tibor qaratish muhim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Changli havo sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

‼️Bunday paytda oddiy ehtiyot choralariga amal qilish juda muhim. Niqob taqish, deraza va eshiklarni yopiq tutish, ko‘proq suv ichish hamda uyda nam tozalash orqali o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqon bozorida sanitariya nazorati amalga oshirildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumanidagi dehqon bozori hududida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔬 Nazorat jarayonida:
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, bakteriologik laboratoriya tekshiruviga yuborildi.
• Bu ishlar ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
👩‍⚕️ Shuningdek, savdo rastalarida:
• sotuvchilarning maxsus ust-bosh kiyimlarda faoliyat yuritishi,
tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi,
• sanitariya qoidalariga amal qilishi to‘liq nazoratdan o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
1
‼️Qizamiq — juda tez tarqaladigan va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikdir. Uni oldini olishning eng samarali yo‘li emlash hisoblanadi.
💉Farzandlaringizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlatish orqali ularni qizamiqdan himoya qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Transyog‘lar sog‘liqni sekin yemirayotgan xavf!

Transyog‘lar — bu sanoatda qayta ishlangan yog‘lar bo‘lib, ko‘pincha tez tayyorlanadigan va uzoq saqlanadigan mahsulotlarda uchraydi. Ularni muntazam iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Transyog‘lar qayerlarda uchraydi?
• Fast-food mahsulotlari
• Chips va krakerlar
• Margarin va spredlar
• Qandolat mahsulotlari (pechenye, pirojniy, tortlar)
• Qayta-qayta ishlatilgan qovurilgan yog‘lar
💢Transyog‘larning organizmga zarari:
• Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi
• Qonda “yomon” xolesterin (LDL) miqdorini ko‘paytiradi
• “Yaxshi” xolesterin (HDL) miqdorini kamaytiradi
• Semirish va modda almashinuvi buzilishiga olib keladi
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
Qanday ehtiyot bo‘lish kerak?
• Qadoqdagi mahsulot tarkibini o‘qish
• “Transyog‘” yoki “gidrogenlangan yog‘” yozuvi bor mahsulotlardan cheklanish
• Uy sharoitida yangi va tabiiy mahsulotlar iste’mol qilish
• Qovurilgan ovqatlarni me’yorida iste’mol qilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi salomatligi eng katta boylik!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Yangi Bo‘ston MFY hududida “Mahallabay ishlash tizimi” asosida aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Targ‘ibot davomida fuqarolarga bir qator yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📌 Jumladan quyidagi mavzularda tavsiyalar berildi:
🦠 Gepatit kasalligining oldini olish
💉 Qizamiqga qarshi emlashning ahamiyati
🧬 OIV infeksiyasi profilaktikasi
🥫 Botulizm – uy sharoitida tayyorlangan konservalardan ehtiyot bo‘lish
🧼 Toza qo‘llar – ko‘plab kasalliklarning oldini oladi
🥗 Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish
💧 Ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish
🏠 Uy-joy va atrof-muhit tozaligiga rioya qilish
📖 Tadbir davomida aholiga profilaktik buklet va tavsiyalar tarqatilib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
🔼Avval o‘tkazilgan tekshiruvda sanitariya qoidalari buzilgani aniqlanib, javobgar shaxs jarimaga tortilgan hamda obyekt faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng faoliyatni qayta davom ettirishga ruxsat berilgan.
🔼2026-yil 14-mart kuni “gastroenterit” tashxisi bilan murojaat qilgan holatlar yuzasidan yana epidemiologik surishtiruv o‘tkazilib, obyekt faoliyati to‘xtatildi. Tegishli namunalar olinib, hujjatlar rasmiylashtirilib huquqiy idoralarga taqdim etildi.
🔼Bemorlarning holati qoniqarli bo‘lib, ularning salomatligi tibbiy nazoratga olingan. Tekshiruv va kuzatuv ishlari davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
✂️ Sartaroshxonalarda gigiyena mijoz salomatligi garovi! 🧼

💇🏻‍♀️💇🏻‍♂️Sartaroshxona xizmatlari aholiga yaqin bo‘lgan xizmat turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli u yerda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish juda muhim. O‘zbekiston Respublikasining SanQ va M (Sanitariya qoidalari va me’yorlari) talablariga ko‘ra sartaroshxonalarda quyidagi gigiyenik talablar bajarilishi shart:
🔹 🧴 Asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilish
Har bir mijozdan so‘ng qaychi, ustara, taroq va boshqa asboblar maxsus dezinfeksiya eritmalarida ishlov berilishi kerak.
🔹 🪒 Bir martalik vositalardan foydalanish
Ustara pichoqlari, salfetkalar, bo‘yin qog‘ozlari kabi buyumlar faqat bir marta ishlatiladi va keyin utilizatsiya qilinadi.
🔹 🧽 Ish joyining tozaligi
Sartarosh stoli, kreslolar va ish yuzalari muntazam dezinfeksiya vositalari bilan tozalanishi lozim.
🔹 🧑‍⚕️ Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
Sartaroshlar toza ish kiyimi kiyishi, qo‘llarni tez-tez yuvishi va sanitariya qoidalariga amal qilishi kerak.
🔹 🩺 Tibbiy ko‘rikdan o‘tish
Sartaroshxona xodimlari belgilangan tartibda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi shart. Bu yuqumli va teri kasalliklarining mijozlarga yuqishini oldini olishga xizmat qiladi.
🔹 🌬 Xonaning shamollatilishi
Sartaroshxona xonalari yaxshi shamollatilgan bo‘lishi, toza havo almashinuvi ta’minlanishi zarur.
🔹 🗑 Chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish
Soch qoldiqlari va chiqindilar yopiq idishlarda yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi kerak.
⚠️ Sanitariya qoidalariga amal qilinmasa, teri kasalliklari, zamburug‘ infeksiyalari va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin.
1
Emlash – sog‘lom avlod va xavfsiz kelajak poydevori.

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.
🌍 2025 yil yakunlari bo‘yicha Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasalliklarning oldini olishda eng samarali choralaridan biri sifatida vaksinatsiyani e’tirof etdi.
📚 Seminarda;
🔹 xavfsiz immunizatsiya tadbirlarini tashkil etishning huquqiy asoslari
🔹 emlash jarayonining asosiy mezonlari va bosqichlari
🔹 emlash jarayonida ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlarining vazifalari
batafsil muhokama qilindi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Seminar davomida tumanda faoliyat yuritayotgan:
▫️ oilaviy shifokorlik punktlari
▫️ poliklinika mudirlari
▫️ pediatr shifokorlar
▫️ emlash ishlariga mas’ul hamshiralar
ishtirok etib, qizamiq kasalligining oldini olish, shuningdek ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha immunizatsiya tadbirlarini tashkil etishning ahamiyati yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi parazitologiya laboratoriyalarida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQ va M) talablari asosida tekshiruv ishlari olib boriladi.
🔬 Laboratoriyada xizmat ko‘rsatish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1️⃣ Namuna qabul qilish
Fuqarolar yoki tashkilotlardan biologik va oziq-ovqat namunalari qabul qilinadi (najas, suv, sabzavot-mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari).
2️⃣ Ro‘yxatga olish
Kelib tushgan namuna laboratoriya jurnaliga qayd etilib, har bir namunaga alohida identifikatsiya raqami beriladi.
3️⃣ Laborator tekshiruv
Mutaxassislar tomonidan namuna mikroskopik va laborator usullar yordamida tekshirilib:
• parazit tuxumlari va lichinkalari
• gelmintlar
• protozoalar mavjudligi aniqlanadi.
4️⃣ Oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirish
SanQ va M talablari asosida oziq-ovqat mahsulotlarida parazitlar yoki ularning tuxumlari mavjudligi laborator tekshiruvlar orqali aniqlanadi.
5️⃣ Natijalarni rasmiylashtirish
Tekshiruv yakunida laboratoriya xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachiga taqdim etiladi.
6️⃣ Profilaktik tavsiyalar berish
Zarurat bo‘lganda mutaxassislar tomonidan parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha gigiyenik tavsiyalar beriladi.
⚠️ Eslatma: Parazitar kasalliklarning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri yuvish va saqlash hamda tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish muhimdir.