Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
519 subscribers
7.3K photos
773 videos
147 files
912 links
Download Telegram
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Ichki kasalliklar” bo‘limi faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat yuzasidan ma’lumot.
🔸Mazkur holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish uchun qabul qilindi. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔸O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan barcha holatlar, jumladan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi hamda boshqa masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.
🔸O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 OIV profilaktikasi sog‘lig‘ingizni himoya qiling!

‼️OIV infeksiyasining oldini olish har bir insonning o‘z qo‘lida. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, faqat steril tibbiy asboblardan foydalanish, himoyalangan hayot tarziga amal qilish va vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish kasallik xavfini kamaytiradi.
‼️Unutmang OIV kundalik muloqot, qo‘l berib ko‘rishish yoki birga ovqatlanish orqali yuqmaydi.
Sog‘lom turmush tarzi va ehtiyot choralariga amal qilish orqali OIV infeksiyasining oldini olish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MENINGITDAN EHTIYOT BO‘LING!

🧠Meningit – bu miya va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan xavfli kasallik bo‘lib, u tez rivojlanishi va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli kasallikdan o‘z vaqtida ehtiyot choralarini ko‘rish juda muhim.
Meningitning asosiy belgilariga e’tibor bering:
🔹 Kuchli bosh og‘rig‘i
🔹 Yuqori tana harorati
🔹 Ko‘ngil aynishi va qusish
🔹 Bo‘yin qotishi
🔹 Yorug‘likka sezuvchanlik
🔹 Holsizlik va uyquchanlik
🛡 Kasallikdan himoyalanish uchun:
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling
Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvib turing
Immunitetni mustahkamlovchi sog‘lom ovqatlanishga amal qiling
Shamollash va yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida davolang
Zarur hollarda emlash orqali himoyalaning
⚠️ Agar yuqoridagi belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Erta tashxis qo‘yish va davolash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini oladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍽️ Maktab oshxonalarida oziq-ovqat sifati o‘rganildi

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 26 va 32-sonli umumta’lim maktablari oshxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida ovqat tayyorlash jarayoni, ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.
👩‍🍳 Oshxona xodimlariga SanPiN talablariga rioya qilish, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🚫 Bolalar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gazli ichimliklar, chips, fast-fud va ortiqcha shakarli shirinliklar savdodan chetlashtirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi direktori B.Igamberdiyev tashabbusi bilan Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi yosh mutaxassislari o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

🗓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

🔍 B.Igamberdiyev o‘z nutqida, markaz faol yoshlarini aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha volontyorlar faoliyati bilan birga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirish, kitobxonlik, til-kasb-hunar o‘rganish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sohaga oid turli g‘oya, loyiha hamda yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔍Markazning yosh mutaxassislari o‘rtasida qizg‘in tarzda tus olgan ushbu tadbir davomida imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.

🛩 Tadbirda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi U.Nazarov tomonidan markazning izlanuvchan va faol yosh mutaxassislarini kelgusi rejalari haqida so‘z yuritilib, fidokorona mehnatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan topshirildi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿 Yoshlar – kelajak bunyodkorlari!

⚡️Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, bu kun yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanmoqda.
🔹Shu munosabat bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ikromov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
👥 Uchrashuv davomida:
• yoshlarning taklif va muammolari tinglandi;
• sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi;
• sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda yoshlarning o‘rni haqida fikr almashildi;
• faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
💬 Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan tashabbuslar haqida takliflar bildirdilar.
Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan ishlash, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajakdagi yutuqlariga mustahkam zamin yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
💧 Suvni tejash – barchamizning mas’uliyatimiz!

🚺🚹Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suvni tejashga e’tibor qaratish orqali katta miqdordagi suv isrofini oldini olish mumkin. Oddiy qoidalarga amal qilish — kranni ochiq qoldirmaslik, nosozliklarni o‘z vaqtida tuzatish va suvdan oqilona foydalanish kelajak avlod uchun muhim resursni asrashga xizmat qiladi.
‼️Har bir tomchi suv qadrli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzini me’yorida iste’mol qiling!

‼️Ortiqcha tuz iste’moli qon bosimining oshishi, yurak va buyrak kasalliklari xavfini kuchaytirishi mumkin. Mutaxassislar kuniga 5 grammdan ortiq tuz iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi.
🥗 Sog‘lom turmush uchun tuzni me’yorida ishlating va to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor bering.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

Koronavirus: O‘zbekistonda 11-mart kuni ilk bemor aniqlangan


‼️2020-yil mart oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan birinchi bemor ayol bo‘lib, u 11-mart kuni “Parij – Toshkent” aviqatnovi orqali mamlakatimizga kelgan.

🛡Shundan so‘ng sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tezkor epidemiologik choralar ko‘rildi: bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olindi. Kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat choralari joriy etildi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/141536

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️“Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” 0108-26-son SanQvaN bo‘yicha ma’lumot

🗃Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 07-martda 3898-sonli hisob raqami bilan “Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” 0108-26-son SanQvaN ro‘yxatdan o‘tdi.

‼️SanQvaN O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF–111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2023-yil 2-iyundagi PQ–181-son “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlaydi.

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/141450

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👑👑👑👑🩳

Yod yetishmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkun?

📹Video sizga foydali ma’lumotlarni taqdim qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ “Mo‘jizaviy ozish vositalari” sog‘liq uchun xavf bo‘lishi mumkin!

‼️Bugungi kunda tez ozdirishni va’da qiluvchi biofaol qo‘shimchalar keng reklama qilinmoqda. Ammo ularni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Nimalar yuz berishi mumkin?
🔹 Yurak faoliyatining buzilishi – yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi.
🔹 Ovqat hazm qilish muammolari – ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki qorin og‘rig‘i.
🔹 Gormonal muvozanat buzilishi – ayollarda hayz siklining o‘zgarishi mumkin.
🔹 Jigar va buyraklarga zarar – ayrim qo‘shimchalarda noma’lum kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.
🔹 Asab tizimi buzilishi – bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi.
⚠️ Eng xavfli jihati – ayrim mahsulotlarning tarkibi to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lishi yoki ularning sifati nazoratdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin.
✔️Tavsiya
Ozish uchun biofaol qo‘shimchalarga ishonishdan oldin shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashish, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikka e’tibor qaratish muhim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Changli havo sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

‼️Bunday paytda oddiy ehtiyot choralariga amal qilish juda muhim. Niqob taqish, deraza va eshiklarni yopiq tutish, ko‘proq suv ichish hamda uyda nam tozalash orqali o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqon bozorida sanitariya nazorati amalga oshirildi.

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Paxtaobod tumanidagi dehqon bozori hududida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🔬 Nazorat jarayonida:
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, bakteriologik laboratoriya tekshiruviga yuborildi.
• Bu ishlar ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
👩‍⚕️ Shuningdek, savdo rastalarida:
• sotuvchilarning maxsus ust-bosh kiyimlarda faoliyat yuritishi,
tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi,
• sanitariya qoidalariga amal qilishi to‘liq nazoratdan o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
1