Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.31K photos
774 videos
147 files
913 links
Download Telegram
Sartaroshxona va go‘zallik salonlarida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

📍 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tumani bo’limi tumandagi sartaroshxona va go‘zallik salonlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
👥Go’zallik saloni hamda sartaroshxona xodimlariga;
Ish joylarida dezinfeksiya tadbirlarini muntazam olib borish
Asbob-uskunalarni har bir mijozdan so‘ng zararsizlantirish
Bir martalik vositalardan foydalanish
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi
Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🦠 Yuqumli kasalliklarning oldini olish har birimizning mas’uliyatimiz!
🛡 Sanitariya talablariga rioya qilish orqali aholi salomatligi va epidemiologik barqarorlik ta’minlanadi.
#startap
🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytiriladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
📝 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar va talabalar uchun biznes va startap ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.
🔹 “Mohirlik va biznes soati”
9–11-sinf o‘quvchilari hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun har oy kamida 2 marta startap g‘oya yaratish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
🏆 “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi
• tuman bosqichi g‘oliblariga — 5 mln so‘mgacha
• viloyat bosqichi g‘oliblariga — 10 mln so‘mgacha mukofot
• loyihalarga Yoshlar ishlari agentligi va IT Park hamrohlik qiladi.
📊 G‘oyalar taqdimoti
Har chorakda loyihalar ota-onalar, biznes vakillari va olimlarga taqdim etiladi.
🛒 Mahsulotlarni sotish imkoniyati
Ta’lim muassasalarida yaratilgan mahsulotlar marketing platformalari orqali sotuvga chiqariladi.
💡 Kraudsorsing tizimi (2026-yil 1-apreldan)
Davlat tashkilotlari muammolar yechimi uchun ochiq tanlovlar e’lon qiladi va har oy “Startap kuni” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
🌟 “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi
• OTMlarda o‘tkaziladi
• g‘oliblarga 100 mln so‘m grant
• umumiy mukofot jamg‘armasi — 10 mlrd so‘m.
💰 Startap g‘oliblari uchun qo‘llab-quvvatlash
• 20 ming AQSH dollarigacha investitsion qarz (venchur jamg‘armalari orqali)
• raqamli startaplar uchun 10 ming AQSH dollarigacha grant.
📌 Endi yoshlar o‘z g‘oyasini nafaqat yaratishi, balki uni haqiqiy biznesga aylantirish imkoniga ega!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MTTlarda to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
👶 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishi Sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanM va Q) talablari asosida tashkil etilishi lozim. Bu esa bolalarning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri rivojlanishi hamda yuqumli va noinfeksion kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanitariya talablariga ko‘ra:
🥗 Ovqatlar bolalar yoshiga mos va muvozanatli bo‘lishi
🍞 Kunlik ratsionda oqsil, yog‘ va uglevodlar yetarli miqdorda bo‘lishi
🥛 Sut va sut mahsulotlari, go‘sht, sabzavot hamda mevalar muntazam berilishi
🍲 Taomnoma (menyu) tasdiqlangan me’yorlar asosida tuzilishi
🧼 Ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilinishi
⚠️ Shuningdek:
Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish
Tayyor ovqatlarni noto‘g‘ri saqlash
Sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik
kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
📌 To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish:
Bolalar immunitetini mustahkamlaydi
Sog‘lom o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydi
Kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Quturish kasalligi bo‘yicha brifing o‘tkazildi

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan quturish kasalligining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan brifing.Unda vrach-epidemiolog S. Xusanova tomonidan quturish kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari hamda profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌 Brifing davomida aholiga hayvonlar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, tishlash holatlarida zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

🏫 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Andijon shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔰 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim masalalar yuzasidan tushunchalar berildi:
🦠 Yuqumli kasalliklar (quturish, gepatit, qizamiq, suvchechak va boshqa kasalliklar) qanday yuqishi va ularning belgilari haqida;
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish – qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, toza-ozoda yurish zarurligi;
💉 Profilaktik emlashlarning ahamiyati hamda kasalliklarning oldini olishda emlash muhimligi;
😷 Kasallik alomatlari sezilganda o‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilish zarurligi;
🏫 Maktab muhitida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish va kasalliklar tarqalishining oldini olish choralariga rioya etish.
📌 Tadbir yakunida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, gigiyena qoidalarini doimo bajarish hamda yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🦠 Brutsellyoz hayvonlardan yuqadigan xavfli kasallik

‼️Brutsellyoz kasalligi asosan kasallangan chorva hayvonlari bilan aloqa qilish yoki xom sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqadi. Kasallik isitma, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘rig‘i va holsizlik kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon radiosi orqali qizamiq haqida ma’lumot berildi

🎙Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassisi N. Axunova tomonidan Andijon radiosi orqali qizamiq kasalligi, uning yuqish yo‘llari, alomatlari hamda oldini olish choralari haqida tushuntirishlar berildi.
🎙 Suhbat davomida qizamiqning xavfli asoratlari, kasallikdan himoyalanishning eng samarali usuli emlash ekani, shuningdek bolalarni o‘z vaqtida emlatish muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish muhim vazifa!

⚡️Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Boʼston tuman boʼlimi mutaxassisi D.Xolmatova tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ichki kasalliklar boʼlimi navbatchi hamshiralari o‘rtasida “Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

📌 Suhbat davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 tibbiyot xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish
🔹 qo‘l gigiyenasi va dezinfeksiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish
🔹 tibbiy asbob-uskunalarni to‘g‘ri sterilizatsiya qilish
🔹 bemorlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytirish
💬 Tadbir yakunida hamshiralarga shifoxona ichi infeksiyalarining profilaktikasi bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, ushbu yo‘nalishda doimiy nazoratni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

O‘RALI HOJATXONALAR YER OSTI SUVLARINI ZARARLAYDIMI?


‼️Zamonaviy shaharni jamoat hojatxonalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vokzallar, bog‘lar, shaharning markaziy ko‘chalari, savdo markazlari va bozorlar, stadionlar, plyajlar jamoat hojatxonalari o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylardir.

🔰Hozirgi kunda O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

🎙Respublikadagi jamoat hojatxonalarining sanitariya sharoitlarini o‘rganish davomida aniqlangan mavjud holat va muammolar nimalardan iborat. Bu boradagi bizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshlig‘i Juman To‘ychiyev bilan suhbatlashdik.

O‘rali hojatxonalar yer osti suvlarini zararlaydimi?

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/138888

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gelmintozlar – sanitariya-gigiyena bilan bog‘liq muammo‼️

⚠️ Gelmintozlar — organizmga parazit qurtlar tushishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, ko‘pincha gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda kelib chiqadi.
📌 Asosan;
🥕 yuvilmagan meva-sabzavotlar
👐 yuvilmagan qo‘llar
💧 iflos yoki qaynatilmagan suv
🐕 uy hayvonlari orqali yuqadi.
🛡 Oldini olish uchun:
✔️ qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish
✔️ meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish
✔️ ichimlik suvini qaynatib iste’mol qilish
✔️ shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim.
Tozalik va gigiyena gelmintozlarning oldini olishning eng samarali yo‘li
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Laboratoriyada oziq-ovqat mahsulotlarining tekshirilishi.

🔬 Sanitariya-qoidalari va me’yorlari (SanQ va M) talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari aholining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida muntazam ravishda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
📌 Tekshiruvdan maqsad:
• oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini aniqlash
mikrobiologik, kimyoviy va toksik moddalar mavjudligini tekshirish
• mahsulotlarning amaldagi sanitariya me’yorlariga mosligini baholash
🧪 Laboratoriya tekshiruvlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
• mikrobiologik tekshiruvlar (patogen mikroorganizmlar aniqlash)
• kimyoviy tekshiruvlar (nitrat, pestitsid, og‘ir metallar miqdori)
• toksikologik tekshiruvlar
• organoleptik baholash (ta’mi, hidi, rangi va ko‘rinishi)
⚠️ Agar tekshiruv natijasida mahsulotlar SanQ va M talablariga javob bermasa, ularni realizatsiyaga chiqarish taqiqlanadi va tegishli profilaktik hamda nazorat choralar ko‘riladi.
Laboratoriya nazorati oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aholining sog‘lig‘ini saqlashga xizmat qil
Aholi salomatligi yo‘lida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tumani bo‘limi boshlig‘i D. Xo‘jamnazarova boshchiligida Naymonobod MFY hududida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘rganish va targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
📌Tadbir davomida hududda sohaga oid mavjud muammolar o‘rganilib, mahalla fuqarolari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
🏠 Shuningdek, aholi yashash xonadonlarida mahalla vakillari hamda patronaj xizmati xodimlari bilan hamkorlikda uyma-uy yurib profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Targ‘ibot jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
💉 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati
🧼Virusli gepatit hamda o‘tkir ichak kasalliklarining oldini olishda “Toza qo‘llar” gigiyenasi
🥫 Xonadon sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari botulizm kasalligiga sabab bo‘lishi mumkinligi
🐄 Zoonoz va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan saqlanish choralari.
Aholining sanitariya madaniyatini oshirish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bunday profilaktik tadbirlar hududlarda davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Changli havodan himoyalanish ‼️

🌪️Bahor va yoz fasllarida havoda chang miqdori ko‘payishi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chang nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya va ko‘zning qizarishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘zimizni changli havodan himoya qilish muhim hisoblanadi.
🔹 Niqob taqing
Chang ko‘p bo‘lgan joylarda tibbiy niqob yoki respirator taqish nafas yo‘llarini himoya qiladi.
🔹 Ko‘chada uzoq yurmaslikka harakat qiling
Kuchli shamol va chang ko‘tarilgan paytlarda imkon qadar ko‘chaga kam chiqish tavsiya etiladi.
🔹 Ko‘z va burunni himoya qiling
Ko‘zoynak taqish hamda burunni tez-tez yuvib turish changning zararini kamaytiradi.
🔹 Uy va ish joyini toza saqlang
Xonalarni tez-tez nam mato bilan tozalash changning yig‘ilishining oldini oladi.
🔹 Ko‘proq suyuqlik iching
Suv ichish organizmni tozalashga va nafas yo‘llarini nam saqlashga yordam beradi.
⚠️ Eslatma: Nafas qisishi, yo‘tal yoki allergik belgilar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸8-mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir

💐Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Majlislar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💐Tadbir davomida boshqarma rahbari tomonidan sohada fidokorona mehnat qilib kelayotgan ayollar samimiy tabriklandi hamda ularga ezgu tilaklar bildirildi.
💐Shuningdek, bayram munosabati bilan boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🎁Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, ayollarning jamiyat va sohadagi o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.
🌷Bayramingiz muborak, aziz va mo‘tabar ayollar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1
🌸8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak! 🌸

Hurmatli va aziz ayollar!

💐Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ayol – mehr-muhabbat, go‘zallik, sabr-toqat va ezgulik timsolidir. Sizlarning jamiyatimiz, oilalarimiz hamda kelajak avlodni tarbiyalashdagi o‘rningiz beqiyosdir.
💐Bugungi kunda sanitariya-epidemiologiya sohasida ham ko‘plab fidoyi ayollarimiz mehnat qilib, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq.
💐Ushbu qutlug‘ bayram kunida barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, farovonlik hamda ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo e’zozda, hurmat va e’tiborda bo‘ling!
💐Bayramingiz muborak bo‘lsin!

A. Ikromov
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🤝1
💊 Biologik qo‘shimchalar: foydami yoki ehtiyot chorasi kerakmi?

🔬 Biologik faol qo‘shimchalar (BAQ) — bu organizmni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan vitamin, mineral, o‘simlik ekstraktlari va boshqa foydali moddalardan iborat mahsulotlardir. Ular dori vositasi emas, balki oziq-ovqatga qo‘shimcha sifatida iste’mol qilinadi.
📌 Biologik qo‘shimchalarni iste’mol qilishda quyidagilarga e’tibor bering:
Faqat ishonchli ishlab chiqaruvchilar mahsulotini tanlang
Mutaxassis (shifokor) tavsiyasi bilan qabul qiling
Me’yoridan ortiq iste’mol qilmang
Yorliqdagi tarkibi va amal qilish muddatini tekshiring
⚠️ Unutmang: biologik qo‘shimchalar kasallikni davolamaydi, ular faqat organizmga qo‘shimcha yordam beradi.
👩‍⚕️ Sog‘lig‘ingizni asrang va har qanday mahsulotni iste’mol qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishni unutmang!