Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
518 subscribers
7.31K photos
774 videos
147 files
913 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Боламдаги касалликни эмлашга алоқаси йўқ, эмлашни 7 ой аввал олганмиз. Андижон вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси томонидан ҳолат ўрганиб чиқилди:
Ўрганиш жараёнида маълум бўлишича, хабарда тилга олинган Мухаммаджонов Имронбек 2024 йил 16 июль куни туғилган бўлиб, ҳозирда 1 ёш 7 ойлик. Унга бошқарилувчи юқумли касалликларга қарши эмлаш ишлари (КПК-1, ПНЕВМО-3), 12 ойлигида охирги марта - 7 ой аввал ўтказилган, эмлашдан сўнг ҳеч қандай ножўя таъсир кузатилмаган.
2025 йил 29 октябрь куни эмлаш қилинган жойда эмас, оёғининг бошқа жойида йирингли яра бўлган. @andijonvssb @andijonsbb
MENINGIT JIDDIY VA XAVFLI KASALLIK!

‼️Meningit bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, tez rivojlanadi va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
🤒 Kuchli bosh og‘rig‘i, yuqori harorat, bo‘yinning qotishi va ko‘ngil aynishi kabi belgilar kuzatilsa — darhol shifokorga murojaat qiling!
💉 Vaqtida emlanish va gigiyena qoidalariga rioya qilish kasallikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida o‘quv seminari tashkil etildi.
📌Seminar “Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish” mavzusida o‘tkazildi.
👩‍🏫 Unda tumanda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
📌 Seminar davomida tuman bo‘limi mutaxassislari
👨‍⚕️ F. To‘htanazarov
👨‍⚕️ O. Usmanov
👩‍⚕️ S. Mo‘ydinova
tomonidan;
Oziq-ovqatdan zaharlanish turlari
Kelib chiqish sabablari
Profilaktika va oldini olish choralari
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
📌Bunday seminarlar taʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡️ Rejali emlash sog‘lom jamiyat kafolati!

📌 Sanepidqo‘mita Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko’p tarmoqli markaziy poliklinikada rejali emlash jarayonlari yuzasidan nazorat ishlari olib borildi.
• Mahalla kesimida patronaj hamshiralar faoliyati o‘rganildi
• Bolalar va aholi o‘rtasida emlash qamrovi tahlil qilindi
• Emlash hujjatlari va hisob-kitoblar tekshirildi
• Vaksinalarni saqlash sharoitlari (sovuq zanjir) nazorat qilindi
❗️ Nega bunday tekshiruvlar o‘tkaziladi?
✔️ Yuqumli kasalliklarning oldini olish
✔️ Bolalarda to‘liq va o‘z vaqtida emlashni ta’minlash
✔️ Vaksinalarning sifatli saqlanishi va qo‘llanishini nazorat qilish
✔️ Aholi salomatligini himoya qilish
✔️ Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash
💉 Rejali emlash — har bir bola va jamiyat salomatligi uchun muhim himoya chorasi hisoblanadi.
1
⚠️ QIZAMIQ – ASORATLARI BILAN XAVFLI!

🦠Qizamiq oddiy toshma emas! U o‘pka yallig‘lanishi, otit, ensefalit va immunitet pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va emlanmaganlar xavf ostida.
💉 Eng samarali himoya vaksinatsiya!
Farzandingizni o‘z vaqtida emlatib, og‘ir asoratlarning oldini oling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus o‘quv-taktik seminar o‘tkazildi!

🦠 “Quturish kasalligi va uning profilaktikasi” mavzusida
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan maxsus o‘quv-taktik seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
👥 Seminarda;
🔹 Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari
🔹 Tuman IIB mutaxassislari
🔹 TTB xodimlari
🔹 Tuman Obodonlashtirish bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.
Ushbu amaliy mashg’ulotda;
Quturish kasalligining kelib chiqish sabablari
Kasallikning oldini olish choralari
Emlash ishlarini to‘g‘ri tashkil etish
Aholi o‘rtasida ehtiyot choralarini kuchaytirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🩺 Shuningdek, ayrim muolajalar amaliy tarzda bajarilib, ishtirokchilarga ko‘rsatib berildi.
Sartaroshxona va go‘zallik salonlarida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

📍 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tumani bo’limi tumandagi sartaroshxona va go‘zallik salonlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
👥Go’zallik saloni hamda sartaroshxona xodimlariga;
Ish joylarida dezinfeksiya tadbirlarini muntazam olib borish
Asbob-uskunalarni har bir mijozdan so‘ng zararsizlantirish
Bir martalik vositalardan foydalanish
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi
Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🦠 Yuqumli kasalliklarning oldini olish har birimizning mas’uliyatimiz!
🛡 Sanitariya talablariga rioya qilish orqali aholi salomatligi va epidemiologik barqarorlik ta’minlanadi.
#startap
🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytiriladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
📝 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar va talabalar uchun biznes va startap ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.
🔹 “Mohirlik va biznes soati”
9–11-sinf o‘quvchilari hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun har oy kamida 2 marta startap g‘oya yaratish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
🏆 “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi
• tuman bosqichi g‘oliblariga — 5 mln so‘mgacha
• viloyat bosqichi g‘oliblariga — 10 mln so‘mgacha mukofot
• loyihalarga Yoshlar ishlari agentligi va IT Park hamrohlik qiladi.
📊 G‘oyalar taqdimoti
Har chorakda loyihalar ota-onalar, biznes vakillari va olimlarga taqdim etiladi.
🛒 Mahsulotlarni sotish imkoniyati
Ta’lim muassasalarida yaratilgan mahsulotlar marketing platformalari orqali sotuvga chiqariladi.
💡 Kraudsorsing tizimi (2026-yil 1-apreldan)
Davlat tashkilotlari muammolar yechimi uchun ochiq tanlovlar e’lon qiladi va har oy “Startap kuni” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
🌟 “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi
• OTMlarda o‘tkaziladi
• g‘oliblarga 100 mln so‘m grant
• umumiy mukofot jamg‘armasi — 10 mlrd so‘m.
💰 Startap g‘oliblari uchun qo‘llab-quvvatlash
• 20 ming AQSH dollarigacha investitsion qarz (venchur jamg‘armalari orqali)
• raqamli startaplar uchun 10 ming AQSH dollarigacha grant.
📌 Endi yoshlar o‘z g‘oyasini nafaqat yaratishi, balki uni haqiqiy biznesga aylantirish imkoniga ega!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MTTlarda to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
👶 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishi Sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanM va Q) talablari asosida tashkil etilishi lozim. Bu esa bolalarning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri rivojlanishi hamda yuqumli va noinfeksion kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanitariya talablariga ko‘ra:
🥗 Ovqatlar bolalar yoshiga mos va muvozanatli bo‘lishi
🍞 Kunlik ratsionda oqsil, yog‘ va uglevodlar yetarli miqdorda bo‘lishi
🥛 Sut va sut mahsulotlari, go‘sht, sabzavot hamda mevalar muntazam berilishi
🍲 Taomnoma (menyu) tasdiqlangan me’yorlar asosida tuzilishi
🧼 Ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilinishi
⚠️ Shuningdek:
Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish
Tayyor ovqatlarni noto‘g‘ri saqlash
Sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik
kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
📌 To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish:
Bolalar immunitetini mustahkamlaydi
Sog‘lom o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydi
Kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Quturish kasalligi bo‘yicha brifing o‘tkazildi

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan quturish kasalligining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan brifing.Unda vrach-epidemiolog S. Xusanova tomonidan quturish kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari hamda profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌 Brifing davomida aholiga hayvonlar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, tishlash holatlarida zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

🏫 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Andijon shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔰 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim masalalar yuzasidan tushunchalar berildi:
🦠 Yuqumli kasalliklar (quturish, gepatit, qizamiq, suvchechak va boshqa kasalliklar) qanday yuqishi va ularning belgilari haqida;
🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish – qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, toza-ozoda yurish zarurligi;
💉 Profilaktik emlashlarning ahamiyati hamda kasalliklarning oldini olishda emlash muhimligi;
😷 Kasallik alomatlari sezilganda o‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilish zarurligi;
🏫 Maktab muhitida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish va kasalliklar tarqalishining oldini olish choralariga rioya etish.
📌 Tadbir yakunida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, gigiyena qoidalarini doimo bajarish hamda yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🦠 Brutsellyoz hayvonlardan yuqadigan xavfli kasallik

‼️Brutsellyoz kasalligi asosan kasallangan chorva hayvonlari bilan aloqa qilish yoki xom sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqadi. Kasallik isitma, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘rig‘i va holsizlik kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon radiosi orqali qizamiq haqida ma’lumot berildi

🎙Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassisi N. Axunova tomonidan Andijon radiosi orqali qizamiq kasalligi, uning yuqish yo‘llari, alomatlari hamda oldini olish choralari haqida tushuntirishlar berildi.
🎙 Suhbat davomida qizamiqning xavfli asoratlari, kasallikdan himoyalanishning eng samarali usuli emlash ekani, shuningdek bolalarni o‘z vaqtida emlatish muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish muhim vazifa!

⚡️Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Boʼston tuman boʼlimi mutaxassisi D.Xolmatova tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ichki kasalliklar boʼlimi navbatchi hamshiralari o‘rtasida “Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

📌 Suhbat davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 tibbiyot xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish
🔹 qo‘l gigiyenasi va dezinfeksiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish
🔹 tibbiy asbob-uskunalarni to‘g‘ri sterilizatsiya qilish
🔹 bemorlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytirish
💬 Tadbir yakunida hamshiralarga shifoxona ichi infeksiyalarining profilaktikasi bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, ushbu yo‘nalishda doimiy nazoratni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

O‘RALI HOJATXONALAR YER OSTI SUVLARINI ZARARLAYDIMI?


‼️Zamonaviy shaharni jamoat hojatxonalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vokzallar, bog‘lar, shaharning markaziy ko‘chalari, savdo markazlari va bozorlar, stadionlar, plyajlar jamoat hojatxonalari o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylardir.

🔰Hozirgi kunda O‘zbekistonda jamoat hojatxonalari faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

🎙Respublikadagi jamoat hojatxonalarining sanitariya sharoitlarini o‘rganish davomida aniqlangan mavjud holat va muammolar nimalardan iborat. Bu boradagi bizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshlig‘i Juman To‘ychiyev bilan suhbatlashdik.

O‘rali hojatxonalar yer osti suvlarini zararlaydimi?

Batafsil: 👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/138888

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gelmintozlar – sanitariya-gigiyena bilan bog‘liq muammo‼️

⚠️ Gelmintozlar — organizmga parazit qurtlar tushishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, ko‘pincha gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda kelib chiqadi.
📌 Asosan;
🥕 yuvilmagan meva-sabzavotlar
👐 yuvilmagan qo‘llar
💧 iflos yoki qaynatilmagan suv
🐕 uy hayvonlari orqali yuqadi.
🛡 Oldini olish uchun:
✔️ qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish
✔️ meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish
✔️ ichimlik suvini qaynatib iste’mol qilish
✔️ shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim.
Tozalik va gigiyena gelmintozlarning oldini olishning eng samarali yo‘li
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1