Qo‘ziqorin tanlashda ehtiyot bo‘ling!
🍄Iste’molga yaroqli qo‘ziqorin — bu sog‘liq garovi. Xarid qilishda mahsulotning tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi va saqlanish sharoitiga albatta e’tibor bering.
⚠️ Nazorat qilinmagan joylardan va o‘rmondan terilgan notanish qo‘ziqorinlarni iste’mol qilmang.
Sog‘lig‘ingizni asrang — faqat ishonchli va xavfsiz mahsulotni tanlang!

❤1
Oshxonalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish sog‘lom jamiyat kafolati!
⚡️ Sanepidqo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan oshxonalarda xodimlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida xodimlarga
👩🍳 Maxsus ish kiyimida bo‘lish
🧴 Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
👐 Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish va antiseptiklardan foydalanish
🩺 O‘z vaqtida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish
📋 Tibbiy daftarchani yuritish va nazorat qilish
🥗 Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va qayta ishlash
🦠 Yuqumli kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish
bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish maskanlarida sanitariya talablari va gigiyena qoidalariga rioya etilishi aholi salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
•Telefonni kuniga kamida 1 marta artish;
• Oshxona gubkasini 5–7 kunda almashtirish;
• Bolalar buyumlarini muntazam yuvish;
• Ovqatdan oldin qo‘l yuvishni odat qilish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
UNOPS Sanepidqo’mita uchun laboratoriya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha tender e’lon qiladi:
Tender hujjatlariga havola (https://www.ungm.org/Public/Notice/291605).
Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/136660
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan jumladan Ulug’nor, Buloqboshi, Paxtabod, Andijon tumanlari umumta’lim maktablaridagi oshxona va bufetlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi
✅ Oshxona va bufetlarning sanitariya holati
✅ Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari
✅ Yaroqlilik muddati nazorati
✅ Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va maxsus kiyimda ishlashi
✅ Taqiqlangan mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘yilmasligi
🚫 Maktab oshxona va bufetlarida quyidagi mahsulotlarni sotish taqiqlanadi:
❌ Gazlangan va energetik ichimliklar
❌ Chips, quruq gazaklar va kuchli ta’m beruvchi qo‘shimchali mahsulotlar
❌ Sertifikatsiz va sifati tasdiqlanmagan mahsulotlar
❌ Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar
❌ Sanitariya talablariga javob bermaydigan tez tayyor taomlar
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni yuzasidan ma’sullarga kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom ovqatlanish muhitini yaratish va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlashdir.

Botulizm va ovqatdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha amaliy seminar
🔰 Sanepid qo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 4-,9-, 20-, 24- va 37-sonli DMTTlarda profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.
🔹 Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri saqlash
🔹 Tez buziluvchi mahsulotlarni muzlatkichda saqlash
🔹 Tayyor taomlar muddatiga rioya qilish
🔹 Oshxona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi
🔹 Bolalar ovqatida sifat va xavfsizlik nazorati
💡 Shuningdek, botulizm sabablari va oldini olish choralari tushuntirildi, xodimlarga amaliy tavsiyalar berildi.
👶 Profilaktik tadbirlar bolalar salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega.

RASMIY MUNOSABAT
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jaobod tumani Yangi hayot MFY hududidagi 11-sonli umumta’lim maktabida ichki savdo shoxobchalari faoliyati yuzasidan tanqidiy murojaat tarqaldi.
🔹Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Maktab hududida 1 ta oshxona, 1 ta bufet va 1 ta o‘quv qurollari do‘koni faoliyat yuritayotgani aniqlandi.
O‘rganish davomida:
• fuqaro S. Mo‘ydinova — maktab oshxonasi faoliyatini olib borgan;
• fuqaro S. Xodjiboyeva — maktab bufetini yuritgan;
• fuqaro T. Mamadaliyeva — o‘quv qurollari do‘konini boshqargan.
🔹Mazkur fuqarolar tomonidan savdo faoliyati belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani, sanitariya-gigiyena talablari buzilgani hamda uch tomonlama shartnomalar tuzilmagani aniqlandi.
🔹Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan har bir shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.
🔹Shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan yetarli nazorat olib borilmagani sababli mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Forwarded from Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси
Вакциналар — болажонлар ҳаётининг қалқонидир
Ижтимоий тармоқларда гўёки болажонларга қилинган эмлаш муолажаларидан кейин асоратлар кузатилгани ҳақида асоссиз ва илмий жиҳатдан тасдиқланмаган хабарлар тарқалмоқда.
Маълумки, ҳаётда минглаб турли касалликлар мавжуд бўлиб, уларнинг айримлари инсон саломатлиги учун ўта хавфли ҳисобланади. Айниқса, айрим юқумли касалликлар болалик даврида оғир кечиб, ногиронликка ёки умр бўйи асоратларга сабаб бўлиши мумкин. Ана шундай хавфли ҳолатларнинг олдини олиш учун эмлаш тадбирлари амалга оширилади. Вакцина орқали касаллик қўзғатувчилари организмга таништирилади ва шу орқали иммунитет шаклланади.
Вакциналар БМТнинг Болалар жамғармаси — ЮНИСЕФ назорати остида етказиб берилади. Улар ишлаб чиқарилаётган завод ва фабрикаларда қатъий сифат назоратидан ўтади. Вакциналарнинг хавфсизлиги, самарадорлиги ва болалар саломатлигига зарар етказмаслиги дунё олимлари томонидан кўп йиллик илмий тадқиқотлар асосида баҳоланади.
Жаҳон амалиётида вакциналарнинг нархи мамлакат иқтисодий имкониятларига қараб белгиланади: ривожланган давлатлар учун юқори нархда, кам таъминланган давлатлар учун арзонлаштирилган ҳолда етказиб берилади. Ўзбекистон ҳам болалар соғлигини муҳофаза қилиш мақсадида вакциналарни катта маблағ эвазига сотиб олиб, аҳолига бепул тарзда тақдим этади. Айрим хусусий тиббиёт муассасалари эса вакциналарни ўз маблағи ҳисобидан олиб, пуллик хизмат сифатида қўллайди.
Эмлашдан бош тортиш болалар орасида хавфли касалликларнинг кўпайишига сабаб бўлиши мумкин. Масалан, полиомиелит касаллиги болаларда фалажликка — қўл ва оёқ ҳаракатининг йўқолишига олиб келиши мумкин. Айрим юқумли касалликлар эса 39–40 даражагача иситма билан кечиб, бола организми учун жиддий хавф туғдиради.
2021–2022 йиллардаги COVID-19 пандемияси даврида айрим ҳудудларда эмлаш ўз вақтида амалга оширилмагани сабабли болалар турли касалликларга кўпроқ чалингани ҳам бунга яққол мисол бўла олади.
Болажонларда аллергик реакциялар ва айрим нохуш ҳолатлар турли сабабларга кўра кузатилиши мумкин: памперслар, нам салфеткалар, эмизикли оналарнинг овқатланиш тартибига риоя қилмаслиги ва бошқа омиллар. Бундай ҳолатларни тўлиқ эмлаш билан боғлаш — тиббий билимсизлик белгисидир.
Ўзбекистонга олиб кирилаётган вакциналар хавфсиз, сифатли ва халқаро стандартларга жавоб берадиган дори воситаларидир.
Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати @andijonvssb @andijonssb