Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
517 subscribers
7.36K photos
780 videos
147 files
925 links
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar sanitariya-epidemiologiya bo‘limi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan murojaat bo‘yicha shuni ma’lum qilamiz.
📌O‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaatda keltirilgan ayrim maʼlumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
📌Maʼlum qilamizki, bo‘lim binosida taʼmirlash ishlari yakunlangan. Xizmat xonalari zarur mebel va jihozlar bilan to‘liq taʼminlangan hamda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgan. Xodimlarni rag‘batlantirish ishlari amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib borilmoqda.
📌Har bir murojaat va taklif qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishi yana taʼminlanadi.
‼️Shuningdek, asossiz hamda tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OGOH BO‘LING! KRIM-GONGO GEMORRAGIK ISITMASI XAVFLI KASALLIK!

‼️Ushbu kasallik kana chaqishi orqali yuqadi va to‘satdan yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, holsizlik hamda qon ketish belgilari bilan kechishi mumkin. Ayniqsa chorvadorlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari va tabiat qo‘ynida ko‘p bo‘ladiganlar ehtiyot choralarini ko‘rishlari zarur.
🛡 Yopiq kiyim kiying
🦟 Kana qarshi vositalardan foydalaning
🐄 Chorvaga o‘z vaqtida ishlov bering
👩🏻‍⚕️Belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GRIPPNI YENG! O‘ZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI HIMOYA QILING!

🦠Mavsumiy grippni yengil deb o‘ylamang! Oldini olish – eng to‘g‘ri va samarali yo‘l!
🔹 🧼 Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuving
🔹 😷 Jamoat joylarda niqob taqing
🔹 🪟 Xonalarni muntazam shamollatib turing
🔹 🥗 Vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qiling
🔹 💧 Ko‘proq suyuqlik iching
🔹 🏠 Betob bo‘lsangiz uyda qoling va boshqalarga yuqtirmang
🔹 💉 Shifokor tavsiyasiga ko‘ra emlaning! — emlash grippning og‘ir asoratlaridan himoya qiladi
⚠️ Gripp belgilari:
🌡 Isitma
🤕 Bosh og‘rig‘i
🤧 Burun oqishi yoki bitishi
😣 Holsizlik
Erta choralar tezroq sog‘ayishga asos bo’ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Jalalquduq hayoti” gazetasida virusli gepatitdan saqlanish mavzusida dolzarb maqola chop etildi. Unda kasallikning yuqish yo‘llari, belgilari va oldini olish choralari haqida muhim tavsiyalar berilgan.
👩‍⚕️ Muallif F. Imomnazarova –tuman epidemiologi,vrach.
Salomatligingizni asrang! Profilaktika eng to‘g‘ri yo‘l.
👍1
🔴🟦🟦🟦🟦🟦
#TENDER

‼️UNOPS Sanepidqo’mita epidemiologiya xizmati mutaxassislari uchun ISEMID Axborot Tizimi bo‘yicha treningni tashkil etish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

Izoh: ISEMID – Yuqumli kasalliklar epidemiologik monitoringi axborot tizimi.

📝Tender hujjatlariga havola (https://www.ungm.org/Public/Notice/292098).

Batafsil:
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/136655

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati


📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🟢Murojaatda keltirilgan barcha holatlar vakolatli mutaxassislar tomonidan atroflicha tekshirilmoqda.
🟢O‘rganish ishlari yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri Semashko va Tashkenskaya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy binosining birinchi qavatida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🟢Holat vakolatli tashkilotlar tomonidan tekshirilmoqda.
O‘rganish yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan ochiq muloqot – yangi imkoniyatlar sari muhim qadam

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Ushbu qaror ijrosi doirasida Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ikramov yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

✔️Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini ochiq bayon etdilar. Soha faoliyati, sanitariya-epidemiologik xavfsizlik, ta’lim va ish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
✔️Shuningdek, yoshlarning kasb-hunar egallashi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi, tadbirkorlik va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
✔️ Belgilangan tartibga muvofiq, har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va bunday tadbirlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
✔️ Yoshlarning muammolarini joyida hal etish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Qo‘ziqorin tanlashda ehtiyot bo‘ling!

🍄Iste’molga yaroqli qo‘ziqorin — bu sog‘liq garovi. Xarid qilishda mahsulotning tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi va saqlanish sharoitiga albatta e’tibor bering.
⚠️ Nazorat qilinmagan joylardan va o‘rmondan terilgan notanish qo‘ziqorinlarni iste’mol qilmang.
Sog‘lig‘ingizni asrang — faqat ishonchli va xavfsiz mahsulotni tanlang!
1
Oshxonalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish sog‘lom jamiyat kafolati!

⚡️Sanepidqo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan oshxonalarda xodimlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida xodimlarga
👩‍🍳 Maxsus ish kiyimida bo‘lish
🧴 Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
👐 Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish va antiseptiklardan foydalanish
🩺 O‘z vaqtida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish
📋 Tibbiy daftarchani yuritish va nazorat qilish
🥗 Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va qayta ishlash
🦠 Yuqumli kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish
bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish maskanlarida sanitariya talablari va gigiyena qoidalariga rioya etilishi aholi salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴⭕️⭕️⭕️⭕️

‼️Eng ko‘p mikroblar telefon, pult va oshxona gubkasida bo‘ladi

🔬 Eng iflos 5 buyum:

1️⃣Telefon ekrani;
2️⃣Oshxona gubkasi;
3️⃣ Muzlatkich tutqichi;
4️⃣ Pul va bank kartalari;
5️⃣Bolalar o‘yinchoqlari.

⚠️Bu buyumlar orqali ichak infeksiyalari, teri va nafas yo‘llari kasalliklari yuqishi mumkin.

🧼 Oddiy profilaktika:

•Telefonni kuniga kamida 1 marta artish;
• Oshxona gubkasini 5–7 kunda almashtirish;
• Bolalar buyumlarini muntazam yuvish;
• Ovqatdan oldin qo‘l yuvishni odat qilish.

✍️ Mutaxassislar ta’kidlashicha, kasalliklarning 70 foizi oddiy gigiyena qoidalariga amal qilinmagani sababli kelib chiqadi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦

UNOPS Sanepidqo’mita uchun laboratoriya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha tender e’lon qiladi:

📌Densitometr, standart – 6 dona
📌 Laboratoriya tegirmoni – 3 dona

Tender hujjatlariga havola (https://www.ungm.org/Public/Notice/291605).

Batafsil: 👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/136660

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan jumladan Ulug’nor, Buloqboshi, Paxtabod, Andijon tumanlari umumta’lim maktablaridagi oshxona va bufetlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi
Oshxona va bufetlarning sanitariya holati
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari
Yaroqlilik muddati nazorati
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va maxsus kiyimda ishlashi
Taqiqlangan mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘yilmasligi
🚫 Maktab oshxona va bufetlarida quyidagi mahsulotlarni sotish taqiqlanadi:
Gazlangan va energetik ichimliklar
Chips, quruq gazaklar va kuchli ta’m beruvchi qo‘shimchali mahsulotlar
Sertifikatsiz va sifati tasdiqlanmagan mahsulotlar
Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar
Sanitariya talablariga javob bermaydigan tez tayyor taomlar
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni yuzasidan ma’sullarga kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom ovqatlanish muhitini yaratish va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlashdir.