Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

SANEPIDQO‘MITADA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA QASHQADARYO TAJRIBASI YO‘LGA QO‘YILADI


‼️Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev va Qashqadaryo viloyatidagi sohada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

“Endi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko‘taramiz, xorijiy tillarni bilgan va sohada tashabbuskorlik qilayotgan yoshlar xorijga malaka oshirish va tajriba almashishga yuboriladi. Har bir tumandan til o‘rganishga ishtiyoqi bor yoshlarning 2 nafariga xorijiy til kurslariga to‘lovlar to‘lab beriladi faqat 6 oyda natija ko‘rsatish lozim. Agar bu tajriba o‘zini oqlasa Respublikamizni boshqa hududlarida ham joriy qilinadi”, - dedi Qo‘mita raisi.

📝Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarning muammolar va takliflari tinglandi. Kelgusida yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qashqadaryo viloyati tajribasini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish maqsadida:

Batafsil: https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/135062

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Masjidlarda sog‘lom muhit ibodat uchun qulay sharoit!

⚡️Sanepid qo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari hamda sanitariya-gigiyena laboratoriyasi xodimlari tomonidan tumandagi jome masjidlarda sanitariya nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
✅ Masjidlarning ichki xonalarida nisbiy namlik darajasi maxsus asbob-uskunalar yordamida aniq o‘lchandi;
✅ Havo almashinuvi va shamollatish tizimlarining holati batafsil ko‘zdan kechirildi;
✅ Namlik me’yordan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.
📌Ma’lumki, masjidlarda me’yoriy namlik va toza havo muhitini saqlash ibodat qiluvchilar salomatligini asrash, mavsumiy shamollash va nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Kitobxonlik va ma’naviyat targ‘ibotiga bag‘ishlangan nufuzli tanlov bo‘lib o‘tdi!

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Andijon viloyati filiali, Andijon viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamda Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Z.M.Bobur asarlarini eng ko‘p o‘qigan davlat xizmatchisi” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyon etdilar. Tanlov uchun asosiy asar sifatida Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani tanlab olindi.

🏆Quvonarlisi, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi sanitariya vrachi O. Usmanov mazkur tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

🏆Ushbu yutuq — kitobga muhabbat, ma’naviyatga e’tibor va doimiy izlanishlar samarasidir.
👏 G‘olibimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🥰1
Sog‘lom avlod – porloq kelajak!

Sanepidqo’mita Andijon viloyat boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Bo‘ston tumanidagi 13 sonli umumta’lim maktabida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
📍 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida quyidagi yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va o‘rganish ishlari olib borildi:
🔹 🤧 Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI)
🔹 🥫 Botulizm kasalligi
🔹 🍽 Guruhli ovqatdan zaharlanish holatlari
🔹 🔴 Qizamiq kasalligi
💡 Mutaxassislar tomonidan quydagilar bo’yicha
✅ Kasalliklarning yuqish yo‘llari
✅ Dastlabki belgilarini erta aniqlash
✅ Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish
✅ To‘g‘ri ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligi
bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi.
🧼🤲 “Toza qo‘llar” amaliy dasturi doirasida o‘quvchilarga qo‘lni to‘g‘ri va samarali yuvish usullari amaliy ko‘rsatib berildi. Zero, toza qo‘llar – ko‘plab kasalliklarning oldini olishdagi eng oddiy va samarali vositadir!
👩‍🏫 Maktab ma’muriyatiga esa:
🔹 Sanitariya-gigiyena talablarini kuchaytirish
🔹 Sinf xonalarini muntazam shamollatish
🔹 O‘quvchilar salomatligi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish
bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
❤2
Rasmiy munosabat.

⚡️Ijtimoiy tarmoqda keltirilgan “Guliston MFY da noqonuniy sotilayotgan tuzlama “tog’risida murojaat yuzasidan Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Marxamat tumani bo’limi tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.
📌O’rganish yakuniga ko’ra qo’shimcha ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🍾2
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Ijtimoiy tarmoqning Telegram messenjeri orqali “Baliqchi tuman Sanepidqo‘m bo‘limi xodimlari nomidan yozmoqdamiz, boshlig‘imiz Mamadaliyev Baxromjonni ishdan olinishidan noroziligimizni bildiramiz” mazmunidagi murojaat tarqalganligi yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Baliqchi tuman bo‘limi boshlig‘ining lavozimdan ozod etilishi uning yozma arizasiga asosan, o‘z xohishiga ko‘ra hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilgan.
📌Mazkur jarayon belgilangan tartibda, mehnat qonunchiligi normalariga to‘liq rioya etilgan holda rasmiylashtirilgan.
Ayni vaqtda ushbu lavozimga munosib nomzodni tayinlash masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
✅Shuningdek ,tibbiyot birlashmasidagi sanitariya -gigiyena yo’nalishida bildirilgan e’tiroz bo’yicha ham o’rganish ishlari o’tkazilayotgani, o’rganish yakuniga ko’ra qo’shimcha ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖐💧 Toza qo‘llar sog‘lom turmush asosi!

🫲🫱Qo‘l yuvish — eng oddiy, ammo eng samarali himoya chorasi.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish o‘z qo‘limizda!
‼️Har safar sovun bilan kamida 20 soniya qo‘l yuvishni odat qiling.
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Bruselloz – jiddiy, lekin oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik!

❗️Xom sut ichish, yaxshi pishmagan go‘sht iste’mol qilish yoki kasallangan hayvon bilan himoyasiz ishlash sog‘liq uchun katta xavf tug‘diradi.
🌡Uzoq davom etuvchi isitma, kuchli terlash, bo‘g‘im va bel og‘rig‘i – beparvo qoldirmang!
💉Eng muhimi — hayvonlarni o‘z vaqtida emlash, sutni qaynatish va go‘shtni to‘liq pishirish.
‼️Sog‘liq – mas’uliyatdan boshlanadi!
Brusellozning oldini olish har bir chorvador va har bir oilaning vazifasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | "Z.M.BOBUR ASARLARINI ENG KO'P O'QIGAN DAVLAT XIZMATCHISI" KO'RIK TANLOVI 23.02.2026

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Yutuq teleekranda keng yoritildi!

📹“Z.M.Bobur asarlarini eng ko‘p o‘qigan davlat xizmatchisi” tanlovi haqida Andijon MTRK ning “Axborot” informatsion dasturida batafsil ma’lumot berildi.
📚Tanlov buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur merosini targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, unda Pirimqul Qodirov ning “Yulduzli tunlar” romani asosiy asar sifatida tanlab olingan edi.
🏆 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi sanitariya vrachi O. Usmanovning faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani ham alohida e’tirofga loyiq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Bozorlarda oziq-ovqat xavfsizligi nazoratda!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan bozorlarda keng qamrovli targ‘ibot va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
🛒Bozorlarda tashkil etilgan yarmarkalarga olib kirilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari — go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavot hamda mevalar veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilmoqda.
🧼 Savdo xodimlari va iste’molchilarga:
• oziq-ovqat xavfsizligi qoidalari,
• mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash talablari,
• savdo rastalarining tozaligi,
• saqlash sharoitlari,
• sotuvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Shuningdek, botulizm, gripp, qizamiq va quturish kasalliklarining oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, eslatma materiallari tarqatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💫 Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida  

⏱  15:00 da  O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi tomonidan

🪪 Mavzu: “Respublikada Sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta'minlashda olib borilayotgan ishlar: 2025-yil tahlili” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🎧Matbuot anjumani translyatsiyasini "UzReport TV" telekanali va telekanalning  Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

🎤 Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini taklif qilamiz.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
❤1
#MeningPrezidentim

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni
ko‘ramiz
”,

– dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarPrezidenti

Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.

Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.

Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#YoshlarPrezidenti

📣“Yoshlar kuni” bo‘lish e`lon qilindi

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon – sog‘lom turmush sari qadam!

🥣 Saharlikni kanda qilmang – kun davomida quvvatli bo‘lasiz.
🍲 Iftorni yengil va me’yorida boshlang.
💧 Suvni yetarli iching – organizm suvsizlanmasin.
🥗 Sabzavot va mevalarni ko‘paytiring.
🚫 Ortiqcha va yog‘li taomlardan tiyiling.
⚠️ Surunkali kasalligi borlar shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.
🌙Ramazon oyini sog‘lom, bardam va barakali o‘tkazing!
❤1