Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
Oziq-ovqat savdo muassasalarida nazorat va profilaktika tadbirlari olib borildi

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirkorlarga quydagilar bo’yicha tushunchalar berildi.
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish
• Yuqumli kasalliklarning tarqalishini kamaytirish
• Savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Savdo muassasalari rahbarlariga amaldagi qonunchilik hamda sanitariya me’yorlariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar va taqdimnomalar berildi.
👥 Mas’ul xodimlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom bola — mustahkam kelajak sari muhim qadam!

💉 Gripp — havo tomchi yo‘llari orqali yuqadigan, og‘ir asoratlar bilan kechishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallikdir. Ayniqsa bolalar jamoasida tez tarqalishi sababli profilaktika tadbirlari muhim ahamiyatga ega.
🏫 Jalaquduq Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida grippga qarshi bepul emlash tadbirlari tashkil etildi.
👩‍⚕️ Malakali pediatr shifokorlar va vaksinatorlardan iborat tibbiy guruh tomonidan 93 nafar bolada immunizatsiya amalga oshirildi.
🗣 Shuningdek, muassasa xodimlari o‘rtasida gripp kasalligini oldini olish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

📍 Qarshi shahrida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sanitariya-epidemiologik masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev ishtirok etdi.

🗣 Muloqot davomida:
➡️ sanitariya-epidemiologik talablar,
➡️ tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar,
➡️ aholini qiziqtirgan savollar yuzasidan ochiq javoblar berildi,
➡️ taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi.

✅ Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, soha faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan muhim fikr va tashabbuslar ilgari surildi.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите Совета мира
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the Board of Peace

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом заседании Совета мира в городе Вашингтоне.

#Mirziyoyev #sammit #Tinchlikkengashi #hamkorlik

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ramazonda xurmo iste’mol qiling sog‘lig‘ingizni mustahkamlang!

🍯 Nega aynan xurmo?

✅ Tez energiya manbai
Xurmo tabiiy glyukoza va fruktozaga boy bo‘lib, ro‘zadan keyin organizmga tez kuch beradi.
✅ Ovqat hazmini yaxshilaydi
Tarkibidagi tolalar ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va qabziyatning oldini oladi.
✅ Yurak uchun foydali
Kaliy va magniy moddalariga boy bo‘lib, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Qon shakarini me’yorida ko‘taradi
Iftorni xurmo bilan ochish organizmga yengil va bosqichma-bosqich energiya beradi.
✅ Immunitetni mustahkamlaydi
Vitamin va antioksidantlarga boyligi sababli organizm himoyasini kuchaytiradi.
🌙 Tavsiya:
Iftorni 1–3 dona xurmo va bir stakan iliq suv bilan ochish tavsiya etiladi.
Har tong sog‘liq nazorati bilan boshlansin!

🏰Bog‘chalardagi ertalabki filtr – bu oddiy tartib emas, balki bolajonlarimizni yuqumli kasalliklardan asraydigan ishonchli qalqondir.
📣Tasavvur qiling
Agar bir bola shamollab kelsa va vaqtida aniqlanmasa, butun guruh xavf ostida qolishi mumkin.
Ertalabki filtr esa aynan shu xavfni oldini oladi!
📌 Filtr jarayonida:
✨ Bolaning umumiy ahvoli kuzatiladi
🌡 Tana harorati o‘lchanadi
👀 Kasallik belgilari tekshiriladi
Bu kichik nazorat – katta himoya demakdir.
‼️Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan infografikada ushbu muhim jarayonning bosqichlari yoritilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik doimiy nazoratda!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔍O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruv amalga oshirildi:
✅ Amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar ijrosi
✅ Sanitariya qoidalariga rioya qilinishi
✅ Asbob-uskunalarning tozaligi va sterilizatsiya jarayonlari
✅ Dezinfeksiya tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi
✅ Tibbiy chiqindilarni saralash va utilizatsiya qilish tartibi
✅ Davolash xonalari, operatsion blok va laboratoriyalarning sanitariya holati
✅ Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishi
✅ Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash sharoitlari
✅ Vaksina va immunobiologik preparatlarni saqlash (sovuq zanjir talablari)
✅ Ichki nazorat hujjatlarining yuritilishi
📋 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
JAHON SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTI NIPAHNING GLOBAL MIQYOSDA TARQALISH XAVFINI PAST DEB BAHOLAMOQDA.

🌍Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu infeksiya xavfi yuqori bo'lgan mamlakatlar ro'yxati doimiy ravishda ko'rib chiqib yangilanib borilmoqda.

⚡️Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari Hindistonda Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda va profilaktika maqsadida mamlakatimiz chegaralaridagi barcha oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin nazorati kuchaytirildi. Kasallik holatlari qayd etilgan Hindiston va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


🇺🇿Mamlakatimizda tibbiyot muassasalari, shoshilinch tibbiy yordam brigadalari va yuqumli kasalliklar shifoxonalari chetdan kirib kelish mumkin bo‘lgan har qanday infeksiyalar boʻyicha shay holatda bo‘lib, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalari va dezinfektsiyalash vositalarining shoshilinch zahiralari yaratilgan.
Kasallik tarqalishini oldini olish uchun ushbu infeksiya xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga shaxsiy profilaktika choralarini ko'rishlari va quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tamiz:

➡️Avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya eting;
➡️ mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving;
➡️sayohatga borgan bo‘lsangiz, tayyorlanishi no'malum bo‘lgan ochiq holda sotilayotgan salqin ichimliklarni sotib olmang;
➡️ yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib iching;
➡️ asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmang.

Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang.

Sanitariya-epidemiologiyk osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi shuni alohida ta'kidlaydiki, NIPAH virusi O'zbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror!


⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

SANEPIDQO‘MITADA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA QASHQADARYO TAJRIBASI YO‘LGA QO‘YILADI


‼️Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev va Qashqadaryo viloyatidagi sohada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

“Endi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko‘taramiz, xorijiy tillarni bilgan va sohada tashabbuskorlik qilayotgan yoshlar xorijga malaka oshirish va tajriba almashishga yuboriladi. Har bir tumandan til o‘rganishga ishtiyoqi bor yoshlarning 2 nafariga xorijiy til kurslariga to‘lovlar to‘lab beriladi faqat 6 oyda natija ko‘rsatish lozim. Agar bu tajriba o‘zini oqlasa Respublikamizni boshqa hududlarida ham joriy qilinadi”, - dedi Qo‘mita raisi.

📝Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarning muammolar va takliflari tinglandi. Kelgusida yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qashqadaryo viloyati tajribasini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish maqsadida:

Batafsil: https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/135062

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM