Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
515 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan muborak Ramazon oyi arafasida barcha jome masjidlarda keng ko‘lamli sanitariya-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

❇️ Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan jamoat joylarida sanitariya osoyishtaligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda mavsumiy yuqumli kasalliklar, ayniqsa gripp kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli ishlar tashkil etildi.
❇️ Barcha jome masjidlar hududida sanitariya holati o‘rganilib, yuqori darajada tozalikni ta’minlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.
❇️ Ko‘p foydalaniladigan yuzalar, kirish-chiqish joylari, ibodat hududlari va umumiy foydalanish maydonlarida maxsus dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirish ishlari olib borildi.
❇️ Shuningdek, jamoat joylarida sanitariya madaniyatini oshirish, sog‘lom muhit yaratish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
🕌 Muqaddas Ramazon oyini pokiza, xavfsiz va sog‘lom muhitda o‘tkazishni ta’minlashdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon – salomatlik va poklanish oyi!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Shomirova tomonidan Ramazon oyini sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish asosida o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✨ Ramazonda sog‘lom turmush uchun muhim qoidalar:
🥗 Iftorlikda me’yorni saqlang oshqozonni ortiqcha zo‘riqtirmang.
💧 Saharlikda yetarli miqdorda suv iching.
🍲 Yog‘li, qovurilgan va og‘ir taomlarni kamaytiring.
🥒 Sabzavot, meva va oqsilga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling.
🕰 Ovqatlanish tartibiga rioya qiling.
🚶‍♀️ Yengil jismoniy faollikni unutmang.
🔽Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat ro‘zani yengil tutishga, balki organizmni tozalash va mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
QUTURISH – HAYOT UCHUN ENG XAVFLI TAHDID!

🐕Quturish – o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvon tishlashi orqali yuqadi.
Kasallik belgilari boshlanganidan so‘ng uni davolash deyarli imkonsiz.
❗ Qanday yuqadi?
• It, mushuk, tulki va boshqa yovvoyi hayvonlar tishlashi orqali
• Kasallangan hayvon so‘lagi ochiq yara yoki shilliq qavatga tushganda
❗ Asosiy belgilar:
• Tana harorati ko‘tarilishi
• Bosh og‘rig‘i, holsizlik
• Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya)
• Asabiylik, tirishishlar
🚑 Nima qilish kerak?
✔️ Tishlangan joyni darhol 10–15 daqiqa sovunli suv bilan yuvish
✔️ Zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish
✔️ Belgilangan tartibda vaksina olish
🐾 Profilaktika chorasi:
✔️ Uy hayvonlarini muntazam ravishda quturishga qarshi emlatish
✔️ Nazoratsiz va begona hayvonlarga yaqinlashmaslik
🛡️ Unutmang! Quturishning yagona himoyasi — oldini olish va o‘z vaqtida emlanishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat savdo muassasalarida nazorat va profilaktika tadbirlari olib borildi

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirkorlarga quydagilar bo’yicha tushunchalar berildi.
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish
• Yuqumli kasalliklarning tarqalishini kamaytirish
• Savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Savdo muassasalari rahbarlariga amaldagi qonunchilik hamda sanitariya me’yorlariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar va taqdimnomalar berildi.
👥 Mas’ul xodimlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom bola — mustahkam kelajak sari muhim qadam!

💉 Gripp — havo tomchi yo‘llari orqali yuqadigan, og‘ir asoratlar bilan kechishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallikdir. Ayniqsa bolalar jamoasida tez tarqalishi sababli profilaktika tadbirlari muhim ahamiyatga ega.
🏫 Jalaquduq Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida grippga qarshi bepul emlash tadbirlari tashkil etildi.
👩‍⚕️ Malakali pediatr shifokorlar va vaksinatorlardan iborat tibbiy guruh tomonidan 93 nafar bolada immunizatsiya amalga oshirildi.
🗣 Shuningdek, muassasa xodimlari o‘rtasida gripp kasalligini oldini olish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

📍 Qarshi shahrida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sanitariya-epidemiologik masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev ishtirok etdi.

🗣 Muloqot davomida:
➡️ sanitariya-epidemiologik talablar,
➡️ tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar,
➡️ aholini qiziqtirgan savollar yuzasidan ochiq javoblar berildi,
➡️ taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi.

✅ Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, soha faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan muhim fikr va tashabbuslar ilgari surildi.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите Совета мира
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the Board of Peace

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом заседании Совета мира в городе Вашингтоне.

#Mirziyoyev #sammit #Tinchlikkengashi #hamkorlik

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ramazonda xurmo iste’mol qiling sog‘lig‘ingizni mustahkamlang!

🍯 Nega aynan xurmo?

✅ Tez energiya manbai
Xurmo tabiiy glyukoza va fruktozaga boy bo‘lib, ro‘zadan keyin organizmga tez kuch beradi.
✅ Ovqat hazmini yaxshilaydi
Tarkibidagi tolalar ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va qabziyatning oldini oladi.
✅ Yurak uchun foydali
Kaliy va magniy moddalariga boy bo‘lib, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Qon shakarini me’yorida ko‘taradi
Iftorni xurmo bilan ochish organizmga yengil va bosqichma-bosqich energiya beradi.
✅ Immunitetni mustahkamlaydi
Vitamin va antioksidantlarga boyligi sababli organizm himoyasini kuchaytiradi.
🌙 Tavsiya:
Iftorni 1–3 dona xurmo va bir stakan iliq suv bilan ochish tavsiya etiladi.
Har tong sog‘liq nazorati bilan boshlansin!

🏰Bog‘chalardagi ertalabki filtr – bu oddiy tartib emas, balki bolajonlarimizni yuqumli kasalliklardan asraydigan ishonchli qalqondir.
📣Tasavvur qiling
Agar bir bola shamollab kelsa va vaqtida aniqlanmasa, butun guruh xavf ostida qolishi mumkin.
Ertalabki filtr esa aynan shu xavfni oldini oladi!
📌 Filtr jarayonida:
✨ Bolaning umumiy ahvoli kuzatiladi
🌡 Tana harorati o‘lchanadi
👀 Kasallik belgilari tekshiriladi
Bu kichik nazorat – katta himoya demakdir.
‼️Sanepidqoʼmita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan infografikada ushbu muhim jarayonning bosqichlari yoritilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM