Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
512 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
Salomatlik darsi — foydali va muhim!

🩺 Sanepidqo‘mita Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan
gripp 🤧, O‘RVI 🌡,
gepatit 🦠 hamda qizamiq 🔴 kasalliklari bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
📍 48-UTM da o‘tkazilgan uchrashuv davomida o‘quvchilarga:
🔹 Kasalliklarning kelib chiqish sabablari
🔹 Qanday yo‘llar bilan yuqishi
🔹 Dastlabki alomatlari
🔹 Oldini olish va himoyalanish choralari
🔹 Emlashning ahamiyati
🔹 Og‘ir asoratlari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Suhbat interaktiv tarzda o‘tdi, o‘quvchilar o‘z savollariga mutaxassislardan aniq javoblar oldilar.
🛡 Unutmang: kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish oson va samaraliroq!
NAZORAT VA SHAFFOFLIK — USTUVOR YO‘NALISH!

🏢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida seminar bo‘lib o‘tdi.

👥 Seminar Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I. Sotvoldiev hamda Nazoratlarni muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Sh. Qo‘ziboev tomonidan olib borildi.
🔹Seminar davomida
➡️Amaldagi qaror va topshiriqlar ijrosi
➡️Nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish
➡️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash
➡️Aholi salomatligini muhofaza qilish
🔽Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va qonuniy faoliyatni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
✅Ochiq muloqot va tahlillar asosida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik koʻrsatkichlari boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0107-26-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida


🪄Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-fevralda hisobga olindi.

O‘qish uchun ⬇️

🌐0107-26-son SanQvaN

➡️https://t.me/sanepidcommitteeuzbot

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢

Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

‼️2026-yil 19-fevral kuni soat 10:30 da Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev ishtirok etadi.

Uchrashuvda:
➡️ Sanitariya-epidemiologik talablar
➡️Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar
➡️Aholini qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar
➡️ Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratiladi.

👉 Barcha tadbirkorlar va fuqarolarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!

📍 Manzil: Qarshi shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
🕙 Vaqti: 2026-yil 19-fevral, soat 10:30

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-saytТelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🚫 Қонунчиликка кўра, дорихоналардан реализация қилинган дори воситалари ва тиббий буюмлар қайтариб олинмайди ва шунга ўхшаш дори воситалари ва тиббий буюмларга алмаштирилмайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О достойном проведении священного месяца Рамазан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yod tanqisligi sog‘liq uchun jiddiy muammo!

‼️Yod yetishmovchiligi qalqonsimon bez faoliyatini buzadi, holsizlik, diqqat pasayishi va bolalarda rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi. Ayniqsa homilador ayollar va bolalar uchun salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
✅ Yodlangan tuzdan foydalaning
✅ To‘g‘ri ovqatlaning
✅ Profilaktik ko‘riklardan o‘ting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Epidemiologik barqarorlik salomatlik va xotirjam hayot asosi!

🗞 “IQBOL” gazetasining navbatdagi sonida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan sanitariya-epidemiologik nazorat hamda jamoat salomatligini ta’minlash borasidagi ishlar keng yoritildi.

🔹 Yuqumli kasalliklarning oldini olish
🔹 Savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari ustidan nazorat
🔹 Profilaktik tadbirlar
🔹 Aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari
Barqaror sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash – sog‘lom jamiyat garovi!
⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan muborak Ramazon oyi arafasida barcha jome masjidlarda keng ko‘lamli sanitariya-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

❇️ Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan jamoat joylarida sanitariya osoyishtaligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda mavsumiy yuqumli kasalliklar, ayniqsa gripp kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli ishlar tashkil etildi.
❇️ Barcha jome masjidlar hududida sanitariya holati o‘rganilib, yuqori darajada tozalikni ta’minlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.
❇️ Ko‘p foydalaniladigan yuzalar, kirish-chiqish joylari, ibodat hududlari va umumiy foydalanish maydonlarida maxsus dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirish ishlari olib borildi.
❇️ Shuningdek, jamoat joylarida sanitariya madaniyatini oshirish, sog‘lom muhit yaratish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
🕌 Muqaddas Ramazon oyini pokiza, xavfsiz va sog‘lom muhitda o‘tkazishni ta’minlashdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon – salomatlik va poklanish oyi!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Shomirova tomonidan Ramazon oyini sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish asosida o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✨ Ramazonda sog‘lom turmush uchun muhim qoidalar:
🥗 Iftorlikda me’yorni saqlang oshqozonni ortiqcha zo‘riqtirmang.
💧 Saharlikda yetarli miqdorda suv iching.
🍲 Yog‘li, qovurilgan va og‘ir taomlarni kamaytiring.
🥒 Sabzavot, meva va oqsilga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling.
🕰 Ovqatlanish tartibiga rioya qiling.
🚶‍♀️ Yengil jismoniy faollikni unutmang.
🔽Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat ro‘zani yengil tutishga, balki organizmni tozalash va mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
QUTURISH – HAYOT UCHUN ENG XAVFLI TAHDID!

🐕Quturish – o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvon tishlashi orqali yuqadi.
Kasallik belgilari boshlanganidan so‘ng uni davolash deyarli imkonsiz.
❗ Qanday yuqadi?
• It, mushuk, tulki va boshqa yovvoyi hayvonlar tishlashi orqali
• Kasallangan hayvon so‘lagi ochiq yara yoki shilliq qavatga tushganda
❗ Asosiy belgilar:
• Tana harorati ko‘tarilishi
• Bosh og‘rig‘i, holsizlik
• Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya)
• Asabiylik, tirishishlar
🚑 Nima qilish kerak?
✔️ Tishlangan joyni darhol 10–15 daqiqa sovunli suv bilan yuvish
✔️ Zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish
✔️ Belgilangan tartibda vaksina olish
🐾 Profilaktika chorasi:
✔️ Uy hayvonlarini muntazam ravishda quturishga qarshi emlatish
✔️ Nazoratsiz va begona hayvonlarga yaqinlashmaslik
🛡️ Unutmang! Quturishning yagona himoyasi — oldini olish va o‘z vaqtida emlanishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat savdo muassasalarida nazorat va profilaktika tadbirlari olib borildi

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirkorlarga quydagilar bo’yicha tushunchalar berildi.
• Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish
• Yuqumli kasalliklarning tarqalishini kamaytirish
• Savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Savdo muassasalari rahbarlariga amaldagi qonunchilik hamda sanitariya me’yorlariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar va taqdimnomalar berildi.
👥 Mas’ul xodimlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM