Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
510 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurash va epidemik barqarorlik

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👤 Tadbirda Boshqarma rahbari A.Ikromov korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek komplaens nazorat tizimi doirasida bo‘limlar zimmasidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
💉🦠 Shu bilan birga, viloyatda emlanish va immunizatsiya holati, mavjud epidemik vaziyat bo‘limlar kesimida muhokama qilinib, yuqumli kasalliklarning oldini olish choralarini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Zamonaviy laboratoriyalar sari muhim qadam!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasiga qarashli laboratoriyalar binosida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ishlar zamon talablari va zamonaviy standartlarga mos sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
🔧 Rekonstruksiya jarayonida:
🔹 laboratoriya xonalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda
🔹 muhandislik va kommunikatsiya tizimlari modernizatsiya qilinmoqda
🔹 zamonaviy laboratoriya uskunalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda
🧬 Rekonstruksiya yakunlangach, quyidagi laboratoriyalar zamonaviy sharoitda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan:
✅ Parazitologiya laboratoriyasi
✅ Virusologiya laboratoriyasi
✅ Bakteriologiya laboratoriyasi
✅ Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi
✅ Radiologiya laboratoriyasi
📌Asosiy maqsad
🛡️ tahlillar aniqligi va tezkorligini oshirish
🦠 yuqumli kasalliklarni erta aniqlash
🔹aholi salomatligini ishonchli himoyalash
Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, laboratoriyalar zamong mos, xavfsiz va samarali tibbiy nazorat maskaniga aylanishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin iqtisodiyotga qarshi ochiq muloqot va qonuniy faoliyat sari

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida Boshqarma rahbari A. Ikromov tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish dasturi doirasida seminar o‘tkazildi.

👥 Tadbirda hududiy bo‘limlar mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari faol ishtirok etib, sanitariya-epidemiologik talablar, qonunchilikka rioya etish hamda ochiq va shaffof faoliyat yuritish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
❓💬 Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga to‘liq, aniq va tushunarli javoblar berildi. Amaliy misollar orqali tushuntirishlar berilib, muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
📌 Seminar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
• 🧾 yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari
• ✅ rasmiy va qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklari
• 🧼 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish
• 🦠 yuqumli kasalliklar profilaktikasi
• 🤝 davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish
🟢Mazkur seminar ochiq muloqot va o‘zaro ishonch muhitida o‘tib, tadbirkorlar uchun foydali yo‘nalishlar va aniq tushunchalar berishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥦🍎 Meva va sabzavotlar sog‘lom hayotning muhim qismi!

💪Ular organizmni vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi, hazm jarayonini yaxshilaydi hamda yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
📌 Mutaxassislar tavsiyasiga asosan:
Kuniga kamida 400–500 gramm turli xil meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Grippdan himoyalaning emlanishni unutmang!
🔼Sovuq mavsumda sog‘liqni asrash o‘z qo‘limizda
💉 Grippga qarshi emlanish ;
✔️ kasallikdan eng ishonchli himoya
✔️ asoratlar xavfini keskin kamaytiradi
✔️ immunitetni mustahkamlaydi
✔️ atrofdagilarni ham himoya qiladi
🔹 Shuningdek, quyidagilarga amal qiling:
🧼 Qo‘llarni tez-tez yuving
😷 Gavjum joylarda niqob taqing
🍎 Vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qiling
💤 Yetarlicha dam oling
🚪 Xonalarni muntazam shamollating
‼️Emlanish + sog‘lom turmush tarzi grippga qarshi kuchli himoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qizamiq haftaligi doirasida emlashlar holati o‘rganildi.

🟢Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari Navbahor va Chimyon OShPlarda profilaktik emlashlar holatini o‘rgandi.
👶👧 6 oylikdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida viloyatimizda qizamiqqa qarshi emlashlar jadal olib borilmoqda.
🔼O‘rganishlar davomida
💉 emlash qamrovi
🦠 qizamiq holatlari
❄️ vaksinalar saqlanishi
📣 targ‘ibot ishlari
✅ Yakunda emlash tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🛡 Emlash — qizamiqdan eng ishonchli himoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilinmoqda.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

😎Telegram|😎 Instagram|😎 Facebook|😎 YouTube|😐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rezavor mevalar — sog‘liqning rang-barang kaliti!

🛡Kichkina, ammo nihoyatda kuchli
rezavor mevalar antioksidantlarga boy bo‘lib, hujayralarni himoya qiladi va organizmning tabiiy qarshiligini oshiradi
🍓 Qulupnay — tetiklik bag‘ishlaydi
🍇 Malina — organizmni tozalashga ko‘maklashadi
🫐 Chernika — ko‘rish va xotira uchun foydali
🍒 Smorodina — immunitetni mustahkamlaydi
🌰 Tut — qon tarkibini yaxshilaydi va quvvat bag‘ishlaydi
❗️Har kuni oz miqdorda bo‘lsa ham rezavor mevalar iste’mol qiling —
tanangiz sizga albatta rahmat aytadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 Grippga imkon bermaymiz!
‼️Kichik ehtiyot choralarini kundalik odatga aylantiring.
🚫Sog‘lig‘ingizni bugundan asrang grippga yo‘l bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqon bozorlari sog‘liq mezonlari asosida o’rganildi.

📌 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon bo‘limi tumandagi dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borildi.
🔍Tekshiruvlar mobaynida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• 🧊 Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va realizatsiya qilish talablari
• ⏰ Yaroqlilik muddatlariga qat’iy rioya etilishi
• 👩‍⚕️ Savdo bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi
• 🚫 Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini savdoga chiqarmaslik
ℹ️ Savdogarlarga sanitariya gigiyena qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko’rsatmalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM