Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
510 subscribers
7.38K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
👉TAYINLOV

SHOYMURATOV ELMUROT DILMUROT O‘G‘LI –
Sanepidqo‘mita raisining tegishli buyrug‘i bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
RASMIY MUNOSABAT

“Asaka tumani Dasturxonchi MFY hududida aniqlangan holat yuzasidan”
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Asaka tumani Dasturxonchi MFY Boyko‘chasi 64-uy manzilida fuqaro Kamolov Mavlonbek tomonidan tashkil etilgan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi joyida o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha mazkur sex belgilangan tartibda faoliyatini boshlamagan.
➖Yuvilgan dastgohlardan chiqqan chiqindi (oqova) suvlar natijasida yoqimsiz hid kelib chiqqan bo‘lib, ushbu holat mahalla aholisi tomonidan e’tiroz bildirilishiga sabab bo‘lgan.
➖Mahsulotlar boshqa ishlab chiqaruvchilardan olib kelingan holda vaqtinchalik sharoitda saqlanib, realizatsiya qilingan;
➖Fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tegishli ruxsat hujjatlariga ega emas.
🧪 Vaqtinchalik saqlanayotgan smetana, mayizli smetana va tvorog mahsulotlaridan kimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar uchun laboratoriya namunalari olindi.
⚖️ Fuqaroga kelgusida faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi bo‘yicha tushuntirish va yo‘naltirishlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash va epidemik barqarorlik

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👤 Tadbirda Boshqarma rahbari A.Ikromov korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek komplaens nazorat tizimi doirasida bo‘limlar zimmasidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
💉🦠 Shu bilan birga, viloyatda emlanish va immunizatsiya holati, mavjud epidemik vaziyat bo‘limlar kesimida muhokama qilinib, yuqumli kasalliklarning oldini olish choralarini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Zamonaviy laboratoriyalar sari muhim qadam!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasiga qarashli laboratoriyalar binosida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ishlar zamon talablari va zamonaviy standartlarga mos sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
🔧 Rekonstruksiya jarayonida:
🔹 laboratoriya xonalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda
🔹 muhandislik va kommunikatsiya tizimlari modernizatsiya qilinmoqda
🔹 zamonaviy laboratoriya uskunalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda
🧬 Rekonstruksiya yakunlangach, quyidagi laboratoriyalar zamonaviy sharoitda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan:
✅ Parazitologiya laboratoriyasi
✅ Virusologiya laboratoriyasi
✅ Bakteriologiya laboratoriyasi
✅ Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi
✅ Radiologiya laboratoriyasi
📌Asosiy maqsad
🛡️ tahlillar aniqligi va tezkorligini oshirish
🦠 yuqumli kasalliklarni erta aniqlash
🔹aholi salomatligini ishonchli himoyalash
Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, laboratoriyalar zamong mos, xavfsiz va samarali tibbiy nazorat maskaniga aylanishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin iqtisodiyotga qarshi ochiq muloqot va qonuniy faoliyat sari

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida Boshqarma rahbari A. Ikromov tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish dasturi doirasida seminar o‘tkazildi.

👥 Tadbirda hududiy bo‘limlar mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari faol ishtirok etib, sanitariya-epidemiologik talablar, qonunchilikka rioya etish hamda ochiq va shaffof faoliyat yuritish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
❓💬 Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga to‘liq, aniq va tushunarli javoblar berildi. Amaliy misollar orqali tushuntirishlar berilib, muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
📌 Seminar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
• 🧾 yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari
• ✅ rasmiy va qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklari
• 🧼 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish
• 🦠 yuqumli kasalliklar profilaktikasi
• 🤝 davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish
🟢Mazkur seminar ochiq muloqot va o‘zaro ishonch muhitida o‘tib, tadbirkorlar uchun foydali yo‘nalishlar va aniq tushunchalar berishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥦🍎 Meva va sabzavotlar sog‘lom hayotning muhim qismi!

💪Ular organizmni vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi, hazm jarayonini yaxshilaydi hamda yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
📌 Mutaxassislar tavsiyasiga asosan:
Kuniga kamida 400–500 gramm turli xil meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Grippdan himoyalaning emlanishni unutmang!
🔼Sovuq mavsumda sog‘liqni asrash o‘z qo‘limizda
💉 Grippga qarshi emlanish ;
✔️ kasallikdan eng ishonchli himoya
✔️ asoratlar xavfini keskin kamaytiradi
✔️ immunitetni mustahkamlaydi
✔️ atrofdagilarni ham himoya qiladi
🔹 Shuningdek, quyidagilarga amal qiling:
🧼 Qo‘llarni tez-tez yuving
😷 Gavjum joylarda niqob taqing
🍎 Vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qiling
💤 Yetarlicha dam oling
🚪 Xonalarni muntazam shamollating
‼️Emlanish + sog‘lom turmush tarzi grippga qarshi kuchli himoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qizamiq haftaligi doirasida emlashlar holati o‘rganildi.

🟢Sanepidqo‘mita Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari Navbahor va Chimyon OShPlarda profilaktik emlashlar holatini o‘rgandi.
👶👧 6 oylikdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida viloyatimizda qizamiqqa qarshi emlashlar jadal olib borilmoqda.
🔼O‘rganishlar davomida
💉 emlash qamrovi
🦠 qizamiq holatlari
❄️ vaksinalar saqlanishi
📣 targ‘ibot ishlari
✅ Yakunda emlash tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🛡 Emlash — qizamiqdan eng ishonchli himoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilinmoqda.

⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati

😎Telegram|😎 Instagram|😎 Facebook|😎 YouTube|😐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rezavor mevalar — sog‘liqning rang-barang kaliti!

🛡Kichkina, ammo nihoyatda kuchli
rezavor mevalar antioksidantlarga boy bo‘lib, hujayralarni himoya qiladi va organizmning tabiiy qarshiligini oshiradi
🍓 Qulupnay — tetiklik bag‘ishlaydi
🍇 Malina — organizmni tozalashga ko‘maklashadi
🫐 Chernika — ko‘rish va xotira uchun foydali
🍒 Smorodina — immunitetni mustahkamlaydi
🌰 Tut — qon tarkibini yaxshilaydi va quvvat bag‘ishlaydi
❗️Har kuni oz miqdorda bo‘lsa ham rezavor mevalar iste’mol qiling —
tanangiz sizga albatta rahmat aytadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM