Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
510 subscribers
7.39K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
Kasallikka yo‘l yo‘q‼️Profilaktika va emlanish asosiy vosita‼️

👥 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon bo‘limi tomonidan
🟢Nazarmahram MFY hududida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarga qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
🔈Tadbir davomida aholiga quyidagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
— Botulizm
— Virusli gepatitlar
— Qizamiq
— Gripp
— Quturish
✔️Shuningdek, emlanishning ahamiyati va samaradorligi, yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
🔼O‘z vaqtida emlanish sog‘lom hayot va mustahkam immunitet garovi ekanligi tushuntirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkilotlarda Mehnat gigienasi mutaxassisi oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shartligi belgilandi.


📈 Hukumatning 819-son qarori bilan tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sho‘basi, bo‘limi, boshqarmasi yoki xizmati tashkil etilganda, ular tarkibidagi bir nafar xodim mehnat gigienasi mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shart etib belgilandi.
➡️ Mazkur talabning joriy etilishi mehnatni muhofaza qilish tizimida formal yondashuvdan voz kechib, ish joyidagi xavflarni tibbiy-ilmiy asosda baholash va xodim salomatligini ishlab chiqarish manfaatlaridan ustun qo‘yish zarurati bilan bog‘liq.

🔍MAZKUR TALAB NIMA UCHUN KERAK❓
📌Ishlab chiqarish muhitidagi ko‘plab xavflar tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki inson organizmiga uzoq muddatli ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Chang, kimyoviy moddalar, shovqin, vibratsiya, yuqori yoki past harorat, radiatsiya, biologik omillar — bularning barchasi kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
✔️Bu kabi xavflarni to‘g‘ri baholash va oldini olish faqat texnik yoki ma’muriy bilim bilan emas, balki tibbiy-gigienik bilim va malaka bilan amalga oshiriladi. Shu sababli ham mehnatni muhofaza qilish xizmati tarkibida tibbiy ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lishi mazkur qaror bilan mustahkamlandi.

➕MEHNAT GIGIENASI MUTAXASSISINING ASOSIY VAZIFALARI:
📌 ish joylaridagi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlaydi va ularni tibbiy-gigiyenik me’yorlar asosida baholaydi;
📌ishlab chiqarish omillarining xodim salomatligiga ta’sirini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli oqibatlar nuqtai nazaridan tahlil qiladi;
📌 dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
📌 kasb kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
📌 ish joylarini attestatsiya qilish jarayonlarida sanitariya-gigienik xulosalar beradi;
📌shaxsiy himoya vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishini tibbiy jihatdan asoslaydi;
📌xodimlar uchun ish va dam olish rejimi, mikroklimat, yoritish va sanitariya sharoitlariga doir talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
📌mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ish beruvchiga majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asoslangan takliflar kiritadi.

Mehnat gigienasi mutaxassisi — bu mehnatni muhofaza qilish tizimida xodim salomatligini himoya qiluvchi asosiy tibbiy bo‘g‘indir. Ushbu talabning joriy etilishi:
✔️ kasb kasalliklari xavfini kamaytirishga;
✔️ ishlab chiqarishdagi yashirin xavflarni o‘z vaqtida aniqlashga;
✔️ baxtsiz hodisalar va salomatlikka yetkaziladigan zarar oqibatlarini oldini olishga;
✔️ ish beruvchining huquqiy va ijtimoiy javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱 YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzi — me’yorida bo‘lsin!

🕯Osh tuzi organizm uchun zarur, ammo ortiqcha iste’mol qon bosimi oshishi va yurak-buyrak kasalliklariga olib kelishi mumkin.
🎙Kuniga 5 grammgacha tuz iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Sog‘ligingiz uchun tuzni me’yorida ishlating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GRIPP — BEPARVO BO‘LISHGA SABAB EMAS!

Gripp har kimga yuqishi mumkin, ammo ayrim guruhlar uchun u ayniqsa xavfli:
👶 bolalar
👵 keksalar
🤰 homilador ayollar
❤️‍🩹 surunkali kasalligi borlar
🛡 immuniteti past bo‘lganlar
❗ Gripp asoratlari og‘ir kechishi mumkin.
✅ O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun:
💉 emlaning
🧼 gigiyena qoidalariga rioya qiling
👨‍⚕️ shifokor tavsiyalariga amal qiling
Yo‘l bo‘yidagi savdoga yo’l yo‘q! Bu sog‘liq uchun xavfli!

🟢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi yo‘l bo‘ylarida tashkil etilgan noqonuniy savdolar yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
🛑 Tadbir davomida sotuvchilarga yo‘l bo‘yida, chang-to‘zon va avtomobillar chiqindi gazlari ta’sirida sotilayotgan oziq-ovqat hamda meva-sabzavot mahsulotlari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.
❗ Nega yo‘l bo‘yida savdo qilish taqiqlanadi?
• Mahsulotlar chang va zararli gazlar bilan ifloslanadi
• Sanitariya-gigiyena talablari buziladi
• Ichak infeksiyalari, zaharlanish va turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishi mumkin
• Savdo qiluvchilar va xaridorlar uchun yo‘l-transport hodisalari xavfi ortadi
👩‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan savdo faoliyati faqat belgilangan maxsus joylarda amalga oshirilishi xavfsiz va maqsadga muvofiq ekani, bu orqali turli ko‘ngilsiz holatlar hamda kasalliklarning oldi olinishi mumkinligi haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
💬 Aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, yo‘l bo‘yida sotilayotgan mahsulotlarning zararli oqibatlari, kasalliklarning oldini olish choralari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Xorijiy mamlakatlarda 3 oy va undan ortiq bo‘lgan har bir fuqaro uchun OIV infeksiyasiga qon tahlillarini topshirish tavsiya etiladi.

🎗OIV ga tekshirish – hayotiy ehtiyoj chorasi.

Batafsil ma’lumot: 📹

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🦠 DIFTERIYA

Havo-tomchi va muloqot orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Asosan yuqori nafas yo‘llari va halqumni zararlaydi.

⚠️Xavfi:
Nafas yo‘llari plyonka bilan yopilib, og‘ir intoksikatsiya va o‘lim xavfi tug‘diradi.


🩺Belgilar:
🌡 Isitma
🗣 Ovoz bo‘g‘ilishi
👄 Halqumda oq plyonka
😮‍💨 Nafas qiyinlashishi

Profilaktika:
💉 Rejali va majburiy emlash

📆Emlash jadvali:
👶 2, 3, 4, 16 oy
🧑🏻 7 va 16 yosh — revaksinatsiya
💉 Emlaning — hayotingizni asrang!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Baliq — Omega-3 va oqsilga boy foydali mahsulot

Baliq mahsulotlari tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari va yuqori sifatli oqsil organizm salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

🔹 Yurak salomatligi — yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi
🔹 Miya faoliyati — xotira va diqqatni yaxshilaydi
🔹 Immunitet — organizmning himoya kuchini mustahkamlaydi
🔹 Sog‘lom ovqatlanish — yengil hazm bo‘ladigan, to‘yimli mahsulot
📌 Mutaxassislar haftasiga kamida 2 marta baliq iste’mol qilishni tavsiya etadilar.
🥗 Sog‘lom ovqatlaning sog‘lig‘ingizni asrang!
❤1
Grippga qarshi emlanish — sog‘lom hayot uchun muhim qadam!

‼️Gripp oddiy shamollash emas. U og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
💉 Emlanish grippdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib, kasallikni yengil o‘tkazishga yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminar

👩‍⚕️👨‍⚕️ Sanepidqo‘m Andijon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Andijon shahar bolalar shifoxonasida parazitar kasalliklar hamda ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
📌 Seminar davomida OP, DPM va tug‘ruq uyi tibbiy xodimlari faol ishtirok etib, mavzu bo‘yicha muhim bilim va amaliy tavsiyalarni olishdi.
👩‍🏫📊 Sanepidqo‘mita Andijon viloyat boshqarmasi Parazitologiya bo‘limi mudirasi G. Qurbanova tomonidan ishtirokchilarga:
🔹 parazitar kasalliklarning asosiy turlari,
🔹 ularning yuqish yo‘llari,
🔹 kasalliklarni erta aniqlash usullari,
🔹 samarali profilaktika choralari,
🔹 shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish ahamiyati
haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🧼🍎 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, bolalar muassasalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅📈 Mazkur o‘quv-seminar tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, parazitar kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mahallada sog‘liq uchun muhim tashabbus!

⚡️Andijon viloyati Sanepidqo‘mita Izboskan tumani bo‘limi mutaxassislari “mahallabay” tizimi asosida Navro‘z Obod MFY hududida uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
♻️ Tadbir davomida mavsumiy kasalliklar — gripp va O‘RVI, shuningdek:
🦠 virusli gepatitlarning barcha turlari
🌡 qizamiq
🐕🐈 zoonoz (uy hayvonlari orqali yuqadigan) kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli tavsiyalar berildi.
⚡️ Shuningdek,aholi salomatligini ta’minlash maqsadida ichimlik suvlaridan namunalar olinib, bakteriologik tekshiruv uchun Bakteriologiya laboratoriyasiga topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani, Dasturhonchi MFY hududida joylashgan sut mahsulotlari (smetana, sut, qaymoq) ishlab chiqarish sexi faoliyati yuzasidan havoga yoqimsiz hidlar taralayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
🔹Mazkur murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilishi ma’lum qilinadi.
📌 O‘rganish ishlari yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🐟BALIQ — OMEGA-3 YOG‘ KISLOTALARI VA OQSILGA BOY, YURAK VA MIYA UCHUN FOYDALI

👨‍⚕️Odam organizmiga shifobaxsh ta’sir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, o‘z vaqtida va me’yorida, zarur bo‘lganda esa parhezbop taomlar iste’mol qilish muhimdir.
Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.


➡️O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagani sababli baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi.

➡️ Baliqni "miya uchun ozuqa" deb bejiz aytishmaydi: axir uning tarkibida Omega-3 – boshqa hech qaysi modda bilan almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari mavjud. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu "yaxshi" yog‘lar - kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, u ko‘rish qobiliyatining pasayishidan tortib, Alsgeymer kasalligigacha bo‘lgan turli xil kasalliklarning oldini olishda organizmga yordam beradi.

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/127378

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉TAYINLOV

SHOYMURATOV ELMUROT DILMUROT O‘G‘LI –
Sanepidqo‘mita raisining tegishli buyrug‘i bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
RASMIY MUNOSABAT

“Asaka tumani Dasturxonchi MFY hududida aniqlangan holat yuzasidan”
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Asaka tumani Dasturxonchi MFY Boyko‘chasi 64-uy manzilida fuqaro Kamolov Mavlonbek tomonidan tashkil etilgan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi joyida o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha mazkur sex belgilangan tartibda faoliyatini boshlamagan.
➖Yuvilgan dastgohlardan chiqqan chiqindi (oqova) suvlar natijasida yoqimsiz hid kelib chiqqan bo‘lib, ushbu holat mahalla aholisi tomonidan e’tiroz bildirilishiga sabab bo‘lgan.
➖Mahsulotlar boshqa ishlab chiqaruvchilardan olib kelingan holda vaqtinchalik sharoitda saqlanib, realizatsiya qilingan;
➖Fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tegishli ruxsat hujjatlariga ega emas.
🧪 Vaqtinchalik saqlanayotgan smetana, mayizli smetana va tvorog mahsulotlaridan kimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar uchun laboratoriya namunalari olindi.
⚖️ Fuqaroga kelgusida faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi bo‘yicha tushuntirish va yo‘naltirishlar berildi.