Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
510 subscribers
7.39K photos
783 videos
147 files
931 links
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Asaka tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 20-son maktabgacha ta’lim tashkiloti yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
🔹2025 yil uchun tasdiqlangan yillik ish rejasiga asosan, 2025 yil 12 may kuni Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi tomonidan 20-DMTTda belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
🔹Nazorat jarayonida bino va guruh xonalari ta’mir talab holatda ekani, tom qismidan chakki o‘tish joylari mavjudligi, suv ta’minoti, hojatxona va oshxona bilan bog‘liq sanitariya-gigiyena kamchiliklari, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmagani, shuningdek ayrim xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlangan.
🔹Aniqlangan kamchiliklarga asosan, Sanepidqo‘mita tomonidan 2025 yil 15 maydagi qaror bilan tashkilot faoliyati 2025 yil 16 may kunidan vaqtincha to‘xtatilgan.
🔹Kamchiliklar belgilangan tartibda bartaraf etilgach, 2025 yil 19 iyul kuni EDO orqali yuborilgan xatga muvofiq, 20-DMTTga 2025 yil 21 iyul kunidan boshlab o‘z faoliyatini qayta davom ettirishga ruxsat berilgan.
🔹Mazkur holat yuzasidan tegishli nazorat tadbirlari amaldagi qonunchilik doirasida olib borilganligi ma’lum qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat xavfsizligi nazoratda

⚡️Aholi salomatligini asrash va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarida profilaktik nazorat ishlari olib borilmoqda.
🔼 O‘rganishlar jarayonida mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, sotuv tartibi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi tekshirildi. Shuningdek, savdo xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi nazoratga olindi.
📄 Natijada mas’ullarga belgilangan talablar bo‘yicha taqdimnomalar berilib, sanitariya targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!

⚡️Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan ,Shaaxrixon tuman bo‘limlari tomonidan tumandagi kam ta’minlangan oilalar a’zolari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi profilaktik tadbirlar doirasida virusli gepatit kasalligiga qarshi emlash ishlari tashkil etildi.
💉Ushbu emlash tadbirlari aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
✅ Emlash uchun zarur bo‘lgan vaksina vositalari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ta’minlandi, bu esa tadbirning uzluksiz va samarali o‘tkazilishiga xizmat qildi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Tadbir tibbiyot muassasalari ishtirokida, belgilangan sanitariya-qoidalari va tibbiy talablar asosida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Gripp — befarqlikni kechirmaydigan jiddiy infeksiya!

❌ Uni oldini olish mumkin, ammo e’tiborsizlik grippga imkon yaratadi.
☄️ Infografikada grippdan
himoyalanish bo‘yicha oddiy va foydali tavsiyalar jamlangan.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘zingizni va farzandlaringizni asrang!
📌 Salomatlik — eng katta boylik!
Yuqumli kasalliklarning oldini olish qo‘ldan boshlanadi‼️

🧼 Qo‘llarni to‘g‘ri yuvish qoidalari
1️⃣ Sovun va suv bilan yuving
2️⃣ Kamida 20 soniya yuvib ishqalang
3️⃣ Kaft, qo‘l usti, barmoqlar orasini tozalang
4️⃣ Tirnoq ostini unutmang
5️⃣ Toza sochiq bilan quriting
❗️Qo‘llarni yuvish shart:
• Ovqatdan oldin
• Hojatxonadan keyin
• Ko‘chadan kirganda
🦠 Toza qo‘l sog‘lom hayot!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Gripp — befarqlikni kechirmaydigan virusli kasallik.

🛡O‘z vaqtida EMLANISH, shaxsiy gigiyena va ehtiyot choralariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tozalik va salomatlik bo‘yicha muhim seminar

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Nilufarning kelajak avlodlari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv seminari tashkil etildi.
📌 Seminar davomida quyidagi mavzular yoritildi:
🩺 Ertalabki filtrni o‘tkazish tartibi
🤧 Gripp kasalligini oldini olish
💉 Virusli gepatit A ga qarshi emlashning ahamiyati
🧼 Oshxona va xonalarda tozalik qoidalari
🧸 O‘yinchoqlarni yuvish va dezinfeksiya qilish
👩‍⚕️ Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi
💬 Ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
❗️ Hurmatli nodavlat MTT rahbarlari!
Xodimlaringiz bilimini va ko’nikmalarni oshirmoqchimisiz?
📞 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlariga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasallikka yo‘l yo‘q‼️Profilaktika va emlanish asosiy vosita‼️

👥 Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon bo‘limi tomonidan
🟢Nazarmahram MFY hududida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarga qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
🔈Tadbir davomida aholiga quyidagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
— Botulizm
— Virusli gepatitlar
— Qizamiq
— Gripp
— Quturish
✔️Shuningdek, emlanishning ahamiyati va samaradorligi, yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
🔼O‘z vaqtida emlanish sog‘lom hayot va mustahkam immunitet garovi ekanligi tushuntirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkilotlarda Mehnat gigienasi mutaxassisi oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shartligi belgilandi.


📈 Hukumatning 819-son qarori bilan tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sho‘basi, bo‘limi, boshqarmasi yoki xizmati tashkil etilganda, ular tarkibidagi bir nafar xodim mehnat gigienasi mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shart etib belgilandi.
➡️ Mazkur talabning joriy etilishi mehnatni muhofaza qilish tizimida formal yondashuvdan voz kechib, ish joyidagi xavflarni tibbiy-ilmiy asosda baholash va xodim salomatligini ishlab chiqarish manfaatlaridan ustun qo‘yish zarurati bilan bog‘liq.

🔍MAZKUR TALAB NIMA UCHUN KERAK❓
📌Ishlab chiqarish muhitidagi ko‘plab xavflar tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki inson organizmiga uzoq muddatli ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Chang, kimyoviy moddalar, shovqin, vibratsiya, yuqori yoki past harorat, radiatsiya, biologik omillar — bularning barchasi kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
✔️Bu kabi xavflarni to‘g‘ri baholash va oldini olish faqat texnik yoki ma’muriy bilim bilan emas, balki tibbiy-gigienik bilim va malaka bilan amalga oshiriladi. Shu sababli ham mehnatni muhofaza qilish xizmati tarkibida tibbiy ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lishi mazkur qaror bilan mustahkamlandi.

➕MEHNAT GIGIENASI MUTAXASSISINING ASOSIY VAZIFALARI:
📌 ish joylaridagi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlaydi va ularni tibbiy-gigiyenik me’yorlar asosida baholaydi;
📌ishlab chiqarish omillarining xodim salomatligiga ta’sirini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli oqibatlar nuqtai nazaridan tahlil qiladi;
📌 dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
📌 kasb kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
📌 ish joylarini attestatsiya qilish jarayonlarida sanitariya-gigienik xulosalar beradi;
📌shaxsiy himoya vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishini tibbiy jihatdan asoslaydi;
📌xodimlar uchun ish va dam olish rejimi, mikroklimat, yoritish va sanitariya sharoitlariga doir talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
📌mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ish beruvchiga majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asoslangan takliflar kiritadi.

Mehnat gigienasi mutaxassisi — bu mehnatni muhofaza qilish tizimida xodim salomatligini himoya qiluvchi asosiy tibbiy bo‘g‘indir. Ushbu talabning joriy etilishi:
✔️ kasb kasalliklari xavfini kamaytirishga;
✔️ ishlab chiqarishdagi yashirin xavflarni o‘z vaqtida aniqlashga;
✔️ baxtsiz hodisalar va salomatlikka yetkaziladigan zarar oqibatlarini oldini olishga;
✔️ ish beruvchining huquqiy va ijtimoiy javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱 YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧂 Osh tuzi — me’yorida bo‘lsin!

🕯Osh tuzi organizm uchun zarur, ammo ortiqcha iste’mol qon bosimi oshishi va yurak-buyrak kasalliklariga olib kelishi mumkin.
🎙Kuniga 5 grammgacha tuz iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Sog‘ligingiz uchun tuzni me’yorida ishlating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GRIPP — BEPARVO BO‘LISHGA SABAB EMAS!

Gripp har kimga yuqishi mumkin, ammo ayrim guruhlar uchun u ayniqsa xavfli:
👶 bolalar
👵 keksalar
🤰 homilador ayollar
❤️‍🩹 surunkali kasalligi borlar
🛡 immuniteti past bo‘lganlar
❗ Gripp asoratlari og‘ir kechishi mumkin.
✅ O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun:
💉 emlaning
🧼 gigiyena qoidalariga rioya qiling
👨‍⚕️ shifokor tavsiyalariga amal qiling
Yo‘l bo‘yidagi savdoga yo’l yo‘q! Bu sog‘liq uchun xavfli!

🟢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi yo‘l bo‘ylarida tashkil etilgan noqonuniy savdolar yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
🛑 Tadbir davomida sotuvchilarga yo‘l bo‘yida, chang-to‘zon va avtomobillar chiqindi gazlari ta’sirida sotilayotgan oziq-ovqat hamda meva-sabzavot mahsulotlari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.
❗ Nega yo‘l bo‘yida savdo qilish taqiqlanadi?
• Mahsulotlar chang va zararli gazlar bilan ifloslanadi
• Sanitariya-gigiyena talablari buziladi
• Ichak infeksiyalari, zaharlanish va turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishi mumkin
• Savdo qiluvchilar va xaridorlar uchun yo‘l-transport hodisalari xavfi ortadi
👩‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan savdo faoliyati faqat belgilangan maxsus joylarda amalga oshirilishi xavfsiz va maqsadga muvofiq ekani, bu orqali turli ko‘ngilsiz holatlar hamda kasalliklarning oldi olinishi mumkinligi haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
💬 Aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, yo‘l bo‘yida sotilayotgan mahsulotlarning zararli oqibatlari, kasalliklarning oldini olish choralari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Xorijiy mamlakatlarda 3 oy va undan ortiq bo‘lgan har bir fuqaro uchun OIV infeksiyasiga qon tahlillarini topshirish tavsiya etiladi.

🎗OIV ga tekshirish – hayotiy ehtiyoj chorasi.

Batafsil ma’lumot: 📹

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🦠 DIFTERIYA

Havo-tomchi va muloqot orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Asosan yuqori nafas yo‘llari va halqumni zararlaydi.

⚠️Xavfi:
Nafas yo‘llari plyonka bilan yopilib, og‘ir intoksikatsiya va o‘lim xavfi tug‘diradi.


🩺Belgilar:
🌡 Isitma
🗣 Ovoz bo‘g‘ilishi
👄 Halqumda oq plyonka
😮‍💨 Nafas qiyinlashishi

Profilaktika:
💉 Rejali va majburiy emlash

📆Emlash jadvali:
👶 2, 3, 4, 16 oy
🧑🏻 7 va 16 yosh — revaksinatsiya
💉 Emlaning — hayotingizni asrang!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Baliq — Omega-3 va oqsilga boy foydali mahsulot

Baliq mahsulotlari tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari va yuqori sifatli oqsil organizm salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

🔹 Yurak salomatligi — yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi
🔹 Miya faoliyati — xotira va diqqatni yaxshilaydi
🔹 Immunitet — organizmning himoya kuchini mustahkamlaydi
🔹 Sog‘lom ovqatlanish — yengil hazm bo‘ladigan, to‘yimli mahsulot
📌 Mutaxassislar haftasiga kamida 2 marta baliq iste’mol qilishni tavsiya etadilar.
🥗 Sog‘lom ovqatlaning sog‘lig‘ingizni asrang!
❤1
Grippga qarshi emlanish — sog‘lom hayot uchun muhim qadam!

‼️Gripp oddiy shamollash emas. U og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
💉 Emlanish grippdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib, kasallikni yengil o‘tkazishga yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM