Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi
510 subscribers
7.39K photos
783 videos
147 files
932 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

❄️Qishda mevalarni nega yeyish kerak?

Qish faslida bolalarning organizmi sovuq, virus va mikroblarga qarshi kurashish uchun ko‘proq kuch talab qiladi. Shuning uchun mevalar juda muhim!

❓Mevalar nima beradi?

❓Qaysi mevalarni kamroq yeyish kerak?

🎥 Bu va boshqa ma’lumotlar bilan “Bolajon” telekanalining “Bolalar vaqti” ko‘rsatuvida tanishishingiz mumkin.

😮 Bolajonlar eslatma uchun: Mevalarni yeyishdan oldin albatta yuvishni unutmang va me’yorda iste’mol qiling!

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OITS_markazi
🎗 “Menga OIV yuqmaydi!” — degan ishonch eng katta xato!

Ko‘pchilik o‘zini xavfdan yiroq deb o‘ylaydi. Ammo OIV har kimga, himoyasiz qolgan har bir kishiga yuqishi mumkin.
👉 O‘zingni himoya qil! Bilim — eng kuchli himoya!
Bilimingizni sinang 🟢🔵➡️ https://forms.gle/8VxnjXk5GUVy8pnT7
Kuydirgi oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik

‼️Kuydirgi bu o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan chorva hayvonlaridan odamga yuqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tuproqda uzoq vaqt saqlanib, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
🔴 Kuydirgi qanday yuqadi?
— Kasal hayvon go‘shti orqali
— Hayvon terisi va juni bilan aloqa qilganda
— Veterinariya nazoratidan o‘tmagan mahsulotlar orqali
⚠️ Asosiy belgilari:
— Terida og‘riqsiz, qora rangli yara paydo bo‘lishi
— Tana haroratining ko‘tarilishi
— Holsizlik, bosh og‘rig‘i
✅ Oldini olish choralari:
— Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini faqat ishonchli savdo joylaridan xarid qiling
— Kasal hayvonni so‘ymaslik va undan foydalanmaslik
— Chorva hayvonlarini o‘z vaqtida emlatish
— Shubhali alomatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quturish kasalligiga qarshi profilaktika dolzarb masala!

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirokida O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi tomonidan quturish kasalligining oldini olish mavzusida seminar o‘tkazildi.
📌 Seminar davomida quyidagi muhim masalalar yoritib berildi:
🔹 Quturish kasalligining kelib chiqish sabablari va yuqish yo‘llari
🔹 Kasallikning inson salomatligi uchun o‘ta xavfli oqibatlari
🔹 It, mushuk va yovvoyi hayvonlar orqali yuqish xavfi
🔹 Tishlash yoki tirnalish holatida birinchi yordam ko‘rsatish tartibi
🔹 O‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilishning ahamiyati
🔹 Profilaktik emlash ishlarini tashkil etish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish
👩‍⚕️👨‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan amaliy misollar asosida bilimlar mustahkamlandi, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
✅ Bunday seminarlar aholi salomatligini muhofaza qilish, quturish kasalligining oldini olish va epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Yangi Chek MFY hududида navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
🔹 Aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, muammolar o‘rganildi va takliflar tinglandi.
🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
🔹 Yuqumli kasalliklar (quturish, sil, gripp, qizamiq,gepatit, botulizm va boshqalar) profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🔹 Rejali emlashlardan voz kechayotgan 2 nafar fuqaroga vaksinatsiyaning ahamiyati tushuntirildi.
🔹 Ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilib, suv namunalari laboratoriya tekshiruvlari uchun olindi.
🔹 Mahalla yettiligi bilan mavjud muammolar muhokama qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hatay viloyatida barpo etilgan "O‘zbekiston" turar joy majmuasidagi xonadonlar o‘z egalariga topshirildi hamda Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

⚡️Asaka tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 20-son maktabgacha ta’lim tashkiloti yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
🔹2025 yil uchun tasdiqlangan yillik ish rejasiga asosan, 2025 yil 12 may kuni Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka tuman bo‘limi tomonidan 20-DMTTda belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
🔹Nazorat jarayonida bino va guruh xonalari ta’mir talab holatda ekani, tom qismidan chakki o‘tish joylari mavjudligi, suv ta’minoti, hojatxona va oshxona bilan bog‘liq sanitariya-gigiyena kamchiliklari, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmagani, shuningdek ayrim xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlangan.
🔹Aniqlangan kamchiliklarga asosan, Sanepidqo‘mita tomonidan 2025 yil 15 maydagi qaror bilan tashkilot faoliyati 2025 yil 16 may kunidan vaqtincha to‘xtatilgan.
🔹Kamchiliklar belgilangan tartibda bartaraf etilgach, 2025 yil 19 iyul kuni EDO orqali yuborilgan xatga muvofiq, 20-DMTTga 2025 yil 21 iyul kunidan boshlab o‘z faoliyatini qayta davom ettirishga ruxsat berilgan.
🔹Mazkur holat yuzasidan tegishli nazorat tadbirlari amaldagi qonunchilik doirasida olib borilganligi ma’lum qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat xavfsizligi nazoratda

⚡️Aholi salomatligini asrash va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarida profilaktik nazorat ishlari olib borilmoqda.
🔼 O‘rganishlar jarayonida mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, sotuv tartibi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi tekshirildi. Shuningdek, savdo xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi nazoratga olindi.
📄 Natijada mas’ullarga belgilangan talablar bo‘yicha taqdimnomalar berilib, sanitariya targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!

⚡️Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan ,Shaaxrixon tuman bo‘limlari tomonidan tumandagi kam ta’minlangan oilalar a’zolari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi profilaktik tadbirlar doirasida virusli gepatit kasalligiga qarshi emlash ishlari tashkil etildi.
💉Ushbu emlash tadbirlari aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
✅ Emlash uchun zarur bo‘lgan vaksina vositalari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ta’minlandi, bu esa tadbirning uzluksiz va samarali o‘tkazilishiga xizmat qildi.
👩‍⚕️👨‍⚕️ Tadbir tibbiyot muassasalari ishtirokida, belgilangan sanitariya-qoidalari va tibbiy talablar asosida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Gripp — befarqlikni kechirmaydigan jiddiy infeksiya!

❌ Uni oldini olish mumkin, ammo e’tiborsizlik grippga imkon yaratadi.
☄️ Infografikada grippdan
himoyalanish bo‘yicha oddiy va foydali tavsiyalar jamlangan.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘zingizni va farzandlaringizni asrang!
📌 Salomatlik — eng katta boylik!
Yuqumli kasalliklarning oldini olish qo‘ldan boshlanadi‼️

🧼 Qo‘llarni to‘g‘ri yuvish qoidalari
1️⃣ Sovun va suv bilan yuving
2️⃣ Kamida 20 soniya yuvib ishqalang
3️⃣ Kaft, qo‘l usti, barmoqlar orasini tozalang
4️⃣ Tirnoq ostini unutmang
5️⃣ Toza sochiq bilan quriting
❗️Qo‘llarni yuvish shart:
• Ovqatdan oldin
• Hojatxonadan keyin
• Ko‘chadan kirganda
🦠 Toza qo‘l sog‘lom hayot!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Gripp — befarqlikni kechirmaydigan virusli kasallik.

🛡O‘z vaqtida EMLANISH, shaxsiy gigiyena va ehtiyot choralariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tozalik va salomatlik bo‘yicha muhim seminar

⚡️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Nilufarning kelajak avlodlari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv seminari tashkil etildi.
📌 Seminar davomida quyidagi mavzular yoritildi:
🩺 Ertalabki filtrni o‘tkazish tartibi
🤧 Gripp kasalligini oldini olish
💉 Virusli gepatit A ga qarshi emlashning ahamiyati
🧼 Oshxona va xonalarda tozalik qoidalari
🧸 O‘yinchoqlarni yuvish va dezinfeksiya qilish
👩‍⚕️ Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi
💬 Ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
❗️ Hurmatli nodavlat MTT rahbarlari!
Xodimlaringiz bilimini va ko’nikmalarni oshirmoqchimisiz?
📞 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlariga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM